Umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan Davlat attestatsiyasida har bir savol bo‘yicha
talabalar bilimi quyidagi mezon asosida baholanadi:
“Dasturlash asoslari”, “Matematik analiz”, “Matematik modellashtirish asoslari”, “Hisoblash usullari” fanlaridan har bir savolga berilgan javoblar quyidagicha 25 ballik tizimda baholanadi:
berilgan savolga to‘g‘ri va to‘liq javob yozilsa, savolning mazmuni, mohiyati to‘g‘ri va izchil yoritilsa, shuningdek, ijodiy yondashilsa, javobda mantiqiy yaxlitlikka erishilsa o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 22,5 – 25 ball oralig‘ida;
berilgan savolga to‘g‘ri javob yozilsa, savolning mazmuni to‘liq yoritilgan bo‘lsa, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 17,5 – 22,4 ball oralig‘ida;
berilgan savolga to‘g‘ri javob yozilsa, biroq berilgan savolning mazmuni to‘liq yoritilmagan bo‘lsa, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 15–17,4 ball oralig‘ida;
berilgan savolga javob noto‘g‘ri yoki yuzaki javob yozilsa, qo‘yilgan masalaning mohiyati mazmuni ochib berilmasa, unda o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 0 – 14,9 ball oralig‘ida.
Shundan so’ng har bir talabaning barcha savollardan olgan ballari jamlanib, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 0 balldan 100 ballgacha baholanadi.
5130200 – Amaliy matematika va informatika ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi talabalari uchun umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan Davlat attestatsiyasi test sinovi shaklida o‘tkazish tartibi va baholash mezoni
Umumkasbiy va ixtisoslik fanlari bo‘yicha o‘tkaziladigan Davlat attestatsiyasi “Dasturlash asoslari”, “Matematik analiz”, “Matematik modellashtirish asoslari”, “Hisoblash usullari” fanlaridan ko‘p variantli test sinovi shaklida o‘tkazilsa har bir variant 100 ta yoki 50 ta test savollaridan iborat bo‘ladi. Test sinovini baholash 100 ballik tizim asosida amalga oshiriladi.
Talabalar bilim darajasini belgilashda 100 ta savoldan iborat test sinovi o‘tkazilganda:
test sinovida 90-100 oralig’ida to‘g‘ri javobni topgan talabalarga mos holda 90-100 ball qo‘yiladi.
test sinovida 70-89 oralig’ida to‘g‘ri javobni topgan talabalarga mos holda 70-89 ball qo‘yiladi.
test sinovida 60-69 oralig’ida to‘g‘ri javobni topgan talabalarga mos holda 60-69 ball qo‘yiladi.
test sinovida 60 tadan kam to‘g‘ri javobni topgan (60 balldan kam ball yig‘gan) talabalar davlat attestatsiya sinovidan o‘tmagan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |