Amaliy psixologiya


Download 48.5 Kb.
bet1/7
Sana17.10.2023
Hajmi48.5 Kb.
#1706354
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu1 oila psixoterapiya to\'liq (3)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUGʻBEK NOMIDAGI OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZАX FILIАLI
SIRTQI BO‘LIM
AMALIY PSIXOLOGIYA” YOʻNАLISHI 931-20-GURUH TALABASI BAXTIYOROVA GULASAL
OILA PSIXOTERAPIYASI NAZARIYALARI” FАNIDАN

KURS ISHI


Mavzu: Psixoterapiyaning rivojlanish tarixi

Bajardi: G.Aliyeva
Ilmiy rahbar: N.Samatova

Jizzax-2023
MUNDARIJA
Kirish …………………………………………………………………………….3
I BOB Oila psixoterapiyasi haqida umumiy malumot.
1.1. Oila psixoterapiyasi fanining tarixi va oila va uning zamonaviy modeli……………………………………………………………………………..6
1.2. Oilaga psixologik xizmat ko‘rsatishda psixoterapiyaning ahamiyati……….15
II BOB Psixoterapiya bo’yicha empirik tahlil
2.1.Psixoterapiya turlari………………………………………………………….22
2.2. Yosh oilalarda oilaviy munosabatning shakllanishning psixologik xususiyatlari……………………………………………………………………….29

Xulosa ……………………………………………………………………………34
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………36

Kirish
Kurs ishining dolzarbligi. Hozirgi kunda ko’p holatlarda uchrab turadigan oilaviy munosabatlarda to’g’ri yechim qilish to’g’ri maslahat berish kabi masalalar ko’rib chiqiladi. Oila psixoterapiyasi fanini maqsad va vazifalari to’liq organildi. Mustaqil O‘zbekistonning kelajagi har tomonlama yetuk, intellektual salohiyati baland avlodni tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq. Shu bois ham O‘zbekiston uchun ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko‘tarish asosiy maqsad qilib olindi. Ana shunday dolzarb vazifani amalga oshirishda insonning psixologiyasi, uning psixologik xususiyatlari va xulq-atvorini o'rganish va undan barkamol avlodni tarbiyalash maqsadida foydalanish kabi masalalar alohida ahamiyat kasb eta boshladi. Farzandini har tomonlama kamol topgan haqiqiy inson qilib tarbiyalash har bir ota – onaning ezgu niyatidir. Chunki, aqlan va axloqan barkamol bo’lgan kishi ona yurti oldidagi xizmatlari uchun doimo xalq orasida hurmat e’tiborda bo’lgan va e’zozlangan. Shu bois o’zbeklar insoniylik fazilatlari poydevorining faqatgina oilada qo’yilishini, ya’ni odob – axloqning avvali oiladan boshlanishini azal – azaldan sezishgan va oila tarbiyasiga alohida e’tibor bilan qarashgan. Inson dunyoga kelishi bilanoq voqeylikdagi narsa va hodisalar bilan o’zaro munosabatga kirisha boshlaydi. Odamning qanday shakllanishi narsa va xodisalarning, avvalo qaysi tomonini (yaxshi – yomon, ijobiy – salbiy, foydali – zararli, va boshqalar) o’zlashtirishiga ko’p jihatdan bog’liqdir. Shunga ko’ra dastlab ota – onalar bolada insonning ko’rki va ziynati hisoblangan o’zbek xalqiga xos bir qator noyob xislatlarga: rostguylik, inoqlik, tantilik, vijdonlilik, mehmondo’stlik, ota – onalar va kattalarga hurmat, samimiylik, qadr – qimmatni saqlash, mehr – oqibatli bo’lish, o’zaro yordam kabi yaxshi fazilatlarga havas, yomon illatlarga esa nafrat uyg’otib borishlari alohida ahamiyatga ega. Buning uchun ajdodlarimizdan meros bo’lib qolgan bola tarbiyasiga bog’liq milliy qadriyatlarimizdan oqilona foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Bola tarbiyasi va uning yetuk shaxs sifatida shakllanishida oilaning roli nihoyatda kattadir. Oilada bolaning aqliy faoliyati kamol topadi, dunyoqarashi, tafakkuri shakllanadi, kishilarga nisbatan mehr – oqibat hissi tarbiyalanadi. Bolaning bilimi, qobiliyati va malakalarining shakllanishi aynan oila va oilaviy tarbiyaga bog’liqdir. Muxtaram birinchi Prezidentimiz I.Karimov Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir nomli asarida shunday deydi: ,,Odamzod dunyoda juda ko’p kasbu hunarning egasi bo’lishi mumkin. Quruvchi, dehqon, bog’bon, shoir, olim bo’lib nom qozonish, mol – mulk orttirish mumkin. Lekin, Alloh taolo insonga ato etgan eng katta boylik, eng ulug’ burch borki, uni dunyodagi hech bir narsa bilan qiyoslab bo’lmaydi. Bu farzand ko’rib, ota bo’lish, ona bo’lish baxtidir. Bu faqatgina baxtu saodat emas, balki yaratganning oldida, elu yurt oldida juda katta mas’uliyat ham demakdir. Har bir oqil insonning va jamiyatimizning muqaddas vazifasi, aytish mumkinki, hayotining ma’nosi qobil farzandlar o’stirish, ularni ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan mukammal qilib tarbiyalash, kamolini ko’rish, ota – onasiga, vataniga sadoqatli kishilar etib voyaga etkazishdan iboratdir. Shunga qaramay, oila institutida kuzatilayotgan har qanday o‘zgarishlari odatda eng avvalo, ayolning – xotin-qizlarning jamiyat va oilada tutgan maqomlarining o‘zgarib borayotganligi, ular malakalarining oshib borayotganligi va kasb-hunar, lavozim pog‘onalarida erkaklardan qolishmaslikka intilayotganligi bilan izohlanadi. Qayd etilgan holat bevosita oila hayotida ro‘y berayotgan turli xil o‘zgarishlarga, ham salbiy, ham ijobiy hodisalarga sabab bo‘lmoqda. Ikkala jins vakillari xaq-huquqlarining amalda tenglashib borayotganligi xotin-qizlarning erkaklar – yigitlar oldida o‘zini tutishi va o‘z navbatida yigitlarning qizlarga, erkaklarning ayoliga bo‘lgan munosabatlari, xushomad qilishlarida o‘z aksini topmoqda. Ayniqsa, Yevropa xalqlarida nikoh oldi sovchilik instituti yo‘qolib, uning o‘rniga o‘z xohishi bilan o‘ziga nikoh sheriginini tanlashi an’anasi barqarorlashdi. Lekin ayni holat saqlanib qolgan mamlakatlarda, jumladan, O‘zbekistonda oila institutiga munosabat boshqacharoq, ya’ni an’analarga sodiqlik saqlanib qolgan. Sovchilikning ahamiyati shundaki, bunda o‘rtada turganlar, kelin-kuyov oilasini tanigan, bilgan, surishtirgan odamlar bo‘lgani sababli ham ular yosh oilaning mustahkam bo‘lishidan juda manfaatdordirlar, shuning uchun haqiqiy o‘zbekona mezonlar, “teng-tengi bilan” tamoyili asosida, sovchilar yordamida qurilgan nikohlar aksariyat holatlarda mustahkam bo‘ladi. Kishilik jamiyati paydo bo’lgandan boshlab oilasi masalasi, shaxslararo munosabat ayniqsa oilada bolalar tarbiyasi dolzarb masalalardan biri bo’lib kelmoqda. Ana shu boisdan ,,Oilada bola tarbiyasining ijtimoiy psixologik xususiyatlari” mavzusida bitiruv malakaviy ishi tayyorlashni o’z oldimizga maqsad qilib belgilab oldik.

Download 48.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling