Amaliy psixologiya
Mavzuning o’rganilganlik darajasi
Download 59.75 Kb.
|
Mamirova Zeboning kurs ishi tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining maqsadi
- Kurs ishining predmeti
- Ishning tarkibiy tuzilishi
Mavzuning o’rganilganlik darajasi: Ushbu kasb faoliyati bo’yicha ish olib borgan bir qator olimlar M.M. Sherbatov, I.M. Sechenov, S.M. Bexterov, Saidov A,F, Koni faoliyat yuritishgan. Yuridik kasbiy faoliyatida muloqotning oʻrni va bu boradagi qator muammolarning bartaraf etishni alohida e’tiborga olishdi.
Kurs ishining maqsadi: Barcha kasb faoliyatlarda jumladan yuridik kasbiy faoliyatida muloqotning oʻrni va rolining muhimligini hozirgi yosh kadrlarga o’rgatish va o’rganish. Kurs ishining vazifasi. Berilgan maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilandi: 1. Yuridik kasbiy faoliyatida muloqotning oʻrni borasida yuridik tavsiyaning foydali maslahatlarni berish va insonlarning psixologiyasida yuridik soha vakillarining muloqot etikasiga nisbatan bo’lgan salbiy qarashlarni oldini olish va o’rganish. 2. Yuridik shaxslar kasbiy faoliyatida muloqotning oʻrni boʻyicha kadrlar tayyorlash va bu soha vakillarining muloqot etika qoidalari haqidagi ma’lumotlaridan foydalangan holda muloqot etikasining mustahkamligini oshirishni o’rganish. 3. Yuridik psixologiyasida olib boriladigan ishlarni o’rganish va ichki faoliyatnda ish yuritadigan shaxslarni psixologik bilimlarini taxlil qilish va ularning kasbiga tavsiyalar berish. Kurs ishining predmeti: Yuridik kasbiy faoliyatida muloqotningi oʻrni va bu boradagi muammolarni aniqlash va o’rganish. Kurs ishining ob’ekti: Yuridik kasbiy faoliyatida muloqotning oʻrni funksiyalar qanchalik muhimligini ko’rsatish va o’rganish. Kurs ishining amaliy ahamiyati: Yuridik kasbiy faoliyatida muloqotning oʻrnini bilish, kelajak avlodning dunyoqarashi, mustaqil fikrlashni huquqiy bilimni susayishlari ortib borishini o’rganish va hayotda bizga muloqot etika qoidalari kerakligini anglab yetish va o’rganish. Ishning tarkibiy tuzilishi: Kurs ishi, 3 ta reja, Xulosa va Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. 1. Yurist shaxsi faoliyatida muloqotni oʻrganishning maqsad va vazifalari. Muloqot - odamlarning birgalikdagi faoliyatlari ehtiyojlaridan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o`zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir. Ya’ni, har bir shaxsning jamiyatda bajaradigan faoliyatlari (mehnat, o`qish, o`yin, ijod qilish va boshqalar) o`zaro munosabat va o`zaro ta’sir shakllarini o`z ichiga oladi. Chunki har qanday ish odamlarning bir-birlari bilan til topishishni, bir-birlariga turli xil ma’lumotlarni uzatishni, fikrlar almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun ham har bir shaxsning jamiyatda tutgan o`rni, ishlarining muvaffaqiyati, obro`si uning muloqotga kirisha olish qobiliyati bilan bevosita bog`liqdir.Yuristning kasb etikasi” fanining maqsadi – mustaqil O’zbekiston hayotida yuz berayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va ma’naviy o’zgarishlar istiqbolida huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati uchun har tomonlama va chuqur bilimga ega bo’lgan jismonan sog’lom, aqlan va vijdonan pok, ma’naviy jihatdan barkamol kadrlarni tarbiyalash bilan bog’liq. Yuristlar – huquqiy jihatdan tashkilot va jamiyatning faoliyati hamda kundalik hayot tarzini ta’minlaydigan kishilar. Yurist diplomiga ega bo‘lgan ko‘plab kishilar aynan shu sohada banddirlar: tashkilotlarning kelishuvlarini ta’minlashadi, muzokaralarda ishtirok etishadi, o‘z tashkilotlarini manfaatlarini sudda himoya qilishadi, muhim masalalar bo‘yicha yozishmalar to‘plamining katta qismini tayyorlashadi, da’vo va e’tirozlarni o‘rganib chiqishadi, ba’zida ish yuritish va tashkilot bo‘yicha barcha buyruqlarni tayyorlash ishlarini olib borishadi. Agar tashkilot katta bo‘lmasa, u holda yurist zimmasiga xodimlar ishi ham yuklanadi: xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzish va ularni bekor qilish, mehnat daftarchalarini yuritish, ma’lumotnomalarni tarqatish. Bu ro‘yxatni hali uzoq davom ettirish mumkin, huquqshunos uchun ish tashkilotning barcha sohalarida topiladi. O‘rta va kichik tadbirkorlar uchun kichik jamoalarning katta hajmdagi majburiyatlarni bajarishi to‘g‘risidagi izoh o‘rinli. Bu muomaladagi yuridik ma’lumot o‘zida, iqtisodiy ma’lumot bilan bir qatorda, yuqori qadr-qimmatni aks ettiradi. Yuridik bilimlar tashkilotchilik ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga yo‘l ochadi – aynan mana shu kasb faoliyatning ixtiyoriy sohasidagi ixtiyoriy rahbar uchun asosiysi hisoblanadi. Ko‘plab muvaffaqiyatli menejerlar biznesga, amaliyotda qandaydir aniq bir tadbirkorlik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarni puxta o‘zlashtirgan holda, yurist sifatida kirib kelishadi. Kichik tashkilot huquqshunosga “to‘liq ish fronti”ni etkazib berish va uni ish bilan ta’minlashni uddalay olmaydigan holatlar ham uchrab turadi. Ko‘p huquqshunoslar bir vaqtning o‘zida bir nechta tashkilotlarga xizmat ko‘rsatishadi va rahbarlar ham, uning rangbarang faoliyati, turli sohalardagi muloqot va aloqalari faqat foydaga ishlashini tushungan holda, bunga rozi bo‘lishadi. Ba’zida tashkilotning yuridik xizmatlarini, korxonalarga turli xildagi yordam va xizmatlarni ko‘rsataverib “korporativ” yuristga aylangan yuridik firma amalga oshiradi. Bunday firma xodimlari alohida majburiyatlarni o‘zaro bo‘lishib olgan holda, bir necha o‘nlab tashkilotlarga xizmat ko‘rsatishga qodirlar. Bu kabi firmalar yuqori mavqega ega bo‘lishlarini va ishchilarinig maoshi ham shunga yarasha bo‘lishini anglab etish uchun daho bo‘lish shart emas. Tajriba orttirmagan, hali o‘zini ko‘rsatishga ulgurmagan yosh huquqshunosga hech qaysi tashkilot katta ish haqi to‘lanadigan ish o‘rni tayyorlab qo‘ymasligi o‘z-o‘zidan aniq. Hali umuman ish o‘rnining o‘zini tayyorlab qo‘yishlariga ishonish qiyin.Shuningdek, huqushunos diplomi bilan huquqbuzarlikning oldini olish va voyaga etmaganlar bilan ishlash inspektori sifatida ham faoliyat olib borish mumkin. Bunday mutaxassislar asosan profilaktika inspektorlari hisoblanishadi. Ular maxsus tuzilgan komissiyalar tarkibida ishlashadi. Voyaga etmaganlar orasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik holatlarining oldini olish, ularning huquqlarini himoya qilish, nazoratsiz qolgan voyaga etmaganlarni aniqlash va ularga murabbiy biriktirish kabi vazifalarni bajarishadi. Qarovchisiz qolgan voyaga etmaganlarga vasiylik kengashlari orqali vasiy tayinlash yoki ularni mehribonlik uylariga jalb etish borasida tegishli tadbirlarni olib borishadi va zarur hujjatlarni rasmiylashtirishadi. Korxona va tashkilotlarda voyaga etmaganlarning mehnat huquqlarini himoya qilishadi. Inspektorlar maktabgacha ta’lim muassasalari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari va sport-sog‘lomlashtirish va boshqa bolalar tashkilotlari bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatiishadi. Xo‘sh, bo‘lajak “Femida”lar, Qonun xizmatiga tayyormisiz? Unda, omad! Yurisprudensiya sohasiga advokat yordamchisi sifatida kirib kelmoqchi bo‘lsangiz, advokatlarning qanday ishlar bilan shug‘ullanishlarini bilib qo‘yganingiz ma’qul. Advokatlik - yuridik olamdagi ommaviy kasb. Aynan u suddagi “bosh rol”lardan birini ijro etadi - sudlanuvchilarning taqdiri hal bo‘ladigan minbarda, ularning taqdirini hal qiladigan darajada nutq so‘zlaydi. Advokat nutqining yorqinligi, jonliligi, ishonarliligi va ta’sirchanligi nafaqat uning himoyasidagi sudlanuvchining kelajagiga, balki o‘z kasbiy manfaatlariga ham juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Bugun taniqli advokatlarning ish faoliyati jamiyat diqqat markazida: yozuvchilar ular to‘g‘risida kitoblar yozishmoqda, ssenaristlar turli tele- va radiodasturlar tayyorlashmoqda (masalan,“Radioadvokat” eshittirishi, “Sizning advokatingiz” teleko‘rsatuvi). Advokat - jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan inson tomonida turib “kurashadi”. Uning vazifasi va maqsadi – gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxsga qonun doirasida yordam ko‘rsatish. Agar mijozining aybdorligiga shubha bo‘lsa, advokat bor kuchini ishga solishiga to‘g‘ri keladi - sudda uning aybsizligini isbotlaydigan yangi asos va dalillarni keltirishi zarur. Agar aybdorligi aniq bo‘lsa, aniq isbot va dalillarni izlab topish orqali, jazoni imkon qadar engillatish bo‘yicha o‘z fikrini o‘tkazishi mumkin. Fuqarolik ishlarida esa mijozga o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilishda yordamlashadi. Advokat - erkin kasb vakili, huquqiy masalalar bo‘yicha mustaqil professional maslahatchi. Agar u bir o‘zi ishlayotgan bo‘lsa, advokatlik kabinetini tuzadi; ikki yoki undan ko‘p advokatlar esa advokatlik byurolarini va yuridik maslahat markazlarini tuzishlari mumkin. Advokat ilmiy, pedagogik va ijodiy faoliyatdan tashqari biror tashkilotda xodim sifatida faoliyat yuritishi yoki davlat boshqaruvi lavozimlarida ishlashi mumkin emas. Oliy yuridik ma’lumotga yoki yuridik ixtisoslik bo‘yicha ilmiy darajaga ega bo‘lgan har bir kishi advokat bo‘lishi mumkin. Oliy o‘quv yurtini tugatgach, mutaxassislik bo‘yicha ikki yillik ish faoliyati yoki advokat oldida stajirovka o‘tagan bo‘lishi kerak. (advokat besh yillik ish tajribasidan keyin stajyorga rahbarlik qilish huquqiga ega bo‘ladi). Stajyor mustaqil ravishda advokatlik qilishga haqi yo‘q, lekin advokatlik sirlarini saqlashga majbur. Advokatlik siri – advokatga ishonchnoma bergan shaxs tomonidan berilgan ma’lumot. Fuqaro advokatga nima masala bo‘yicha murojaat qilishidan qat’i nazar - hal etilishi lozim bo‘lgan muammolar to‘g‘risidagi axborotlar bo‘ladimi yoki ayblanayotgan jinoiy ishga doir ma’lumotlar bo‘ladimi - boshqalarga berishga uning haqi yo‘q. Qonun bo‘yicha advokat unga mijoz tomonidan ma’lum qilingan ixtiyoriy holatlar bo‘yicha guvoh sifatida tergov qilinishi mumkin emas. U ma’lumotlarning barchasini sir saqlashi shart. Haqiqiy advokatlik - uzoq va yuqori sifatli ta’lim, yuridik sohadagi tajriba, o‘z kasbiy darajasini yuqori ko‘tarishdagi tinimsiz mehnat, yuridik sohaning turli mutaxassislari bilan aloqa va munosabatlar. Bu - samarasi hayotdagi yutuqlarni, kasbdoshlarning hurmatini va mijozlar ishonchini ta’minlaydigan uzoq va doimiy mehnat. “Haqiqat mash’ali ko‘pincha uni ko‘tarib ketayotgan odamning qo‘lini kuydiradi.” (P.Buast) Siz bunga tayyormisiz? Notarius - notarial harakatlarni amalga oshirish uchun vakolatli lavozimdagi shaxs. Notarial harakatlarga esa hujjatlar nusxalari va ulardan olingan ko‘chirmalarning, hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini tasdiqlash, mulkka va merosga oid hujjatlarni rasmiylashtirish, hujjatlarning bir tildan boshqa tilga tarjimasining to‘g‘riligi va har bir mamalakatning o‘ziga xos bo‘lgan boshqa bir qator rasmiylashtirish ishlari kiradi. Notariuslar odamlarga o‘z hatti-harakatlarini yuridik jihatdan to‘g‘ri amalga oshirishlariga yordamlashish orqali ularning yaxshi huquqiy maslahatchisiga aylanishadi. Notarius insonlarning asl maqsadlarini anglay olishi va ularning har qanday nojo‘ya hatti-harakatlari huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi, ularni amalga oshirishning to‘g‘ri tartibini tushuntira olishi kerak. Notarial idoralar kotibi notarial harakatlarga doir hujjatlarni rasmiylashtiradi. Notarius bo‘lish oson emas. Eng birinchi sharti - huquqshunos diplomiga ega bo‘lish, lekin buham etarli emas. Notarius lavozimiga da’vogarlar, avvalambor Davlat notarial kontoralarida yoki xususiy tartibdagi kontorada kamida ikki yil amaliyot o‘tashi, keyin esa notarius litsenziyasini qo‘lga kiritish huquqini beradigan malaka imtihonlaridan o‘tishi lozim. Agar malaka imtihonidan o‘tolmasa, bir yildan keyingina qayta topshirishi mumkin. Malaka imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tib, qandaydir sabablarga ko‘ra, notarius lavozimida ishlamasa, uch yildan so‘ng litsenziya o‘z kuchini yo‘qotadi va yana malaka imtihonini qayta topshirishga to‘g‘ri keladi. Litsenziyaga ega bo‘la turib, notariusga yordamchi bo‘lib faoliyat yuritish mumkin, bu esa kelajakda notarius lavozimini qo‘lga kiritish uchun zarur ish tajribasini beradi. Notarius bo‘lishning yana bir qiyin tomoni - unga olib boradigan yo‘l oliy o‘quv yurtlarining yuridik fakultetlarida o‘qish bilan birga stajirovka muddatini ham o‘z ichiga oladi (notariusga stajyor bo‘lish ham oson emas). Bundan tashqari, notariusga qandaydir tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun ruxsat berilmaydi (pedagogik va ilmiy ishlar bundan mustasno). Barcha notariuslar Adliya boshqarmalariga bo‘ysunishadi, qaysiki uning vakolatiga notarial harakatlarni amalga oshiruvchi tashkilotlar faoliyatiga doir masalalar, yangi a’zolarni qabul qilish, malaka imtihonlarini tashkil etish, litsenziya berish, uni bekor qilish kabi vazifalar kiradi. Sud ijrochisi. Bir tomondan, ko‘pchilik nazarida sud ijrochilari (nozirlari) - yaxshi insonlar emas: go‘yo ular odamlardan “oxirgisi”ni tortib olishadi. Ikkinchi tomondan esa, bu kasbga yoshlar o‘rtasida qiziqish ortib bormoqda. Bu kasb faoliyati davomidagi noxushliklar va qiyinchiliklarga qaramay, aksariyat bitiruvchilar uni qaerda va qanday egallashga qiziqishadi. Sud nozirlari - qarzlarni undiruvchi sifatida hamma davrda, hamma xalqlarda bo‘lgan. Ko‘p hollarda ular o‘z vazifalarini bajarishda kuch ishlatishga tayyor turishgan. Bu esa, o‘z-o‘zidan, odamlardan pul, mol-mulk, transport vositalari va hatto ko‘chmas mulklarini ham “tortib oluvchi”larga nisbatan jamiyatda yoqimsiz munosabatni keltirib chiqargan. Ijrochilar mol-mulklarini, hisob raqamlaridagi mablag‘ni musodara qiladigan yoki xatlaydigan qarzdorlar ko‘p hollarda o‘zlari aybdor bo‘lishadi: kutilmagan holatga tushib qolganliklari uchun emas (og‘ir kasallik yoki o‘g‘irlik sababli), o‘zlarining moliyaviy masalalariga mas’uliyatsizlik bilan qaraganlari tufayli. Vaholanki, javobgarlar orasida kimdandir qarz olib (faqat bankdan emas) yoki kimningdir xizmatidan foydalanib, javobgarlikni esa umuman bo‘yinlariga olmaydiganlar ham kam emas. Sud ijrochilari nafaqat qarzlar yoki moddiy boyliklarni undirish, balki barcha turdagi sud qarorlarining ijrosini ta’minlash uchun mas’uldirlar. Ulardan insonlar bilan muomalada alohida mahorat talab qilinadi, ya’ni ularning insoniy qadr-qimmatlarini kamsitmagan va noiloj ahvolga qo‘ymagan holda faoliyat olib borishlari lozim. Sud ijrochisining ishi mustahkam sog‘lik va yaxshi jismoniy tayyorgarlikni ham talab qiladi, chunki ba’zida ularga nisbatan javobgar yoki uning kelishilgan hamkorlari kuch ishlatadigan holatlar ham bo‘lib turadi. Sud ijrochisi – mohiyati jihatidan, sud qarorlarining ijrosini ta’minlashga ixtisoslashgan, yaxshi jismoniy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan yuristlar toifasiga kiradi. Sud majlislari kotibi zimmasiga sud jarayoniga tegishli bo‘lgan hujjatlarini rasmiylashtirish, sud majlisi bayonnomalari va qarorlarini yozish, ularni tomonlarga etkazish kabi vazifalar yuklatiladi. Buning uchun ularga diqqat, kuchli xotira, uzoq vaqt esda saqlash, yaxshi eshitish qobiliyati, tez va aniq yozish, yuqori savodxonlik asqotadi. Sud ijrochisi, har qanday yurist kabi, kristalldek sof va halol bo‘lishi shart. Shuningdek, javobgar tushib qolgan har qanday holatni baholashda o‘ta xolislik va huquqiy munosabatlardagi o‘ta qat’iylikni o‘zida mujassamlashtira olishi ham zarur. Shunday ekan, donolar aytganidek: “Doimo irodangga hokim, vijdoningga qul bo‘l.” (M.Ebner-Eshenbax). Yuridik konsultatsiyalar yoki konsalting firmalarida – huquq va majburiyatlarni tushuntirib berish, turli xildagi hujjatlarni ishlab chiqish, sud faoliyatida har xil rolda ishtirok etish, u yoki bu bahslarda fuqarolarning huquqlarini aks ettirish; Tashkilotlarda – egalik huquqlari, shaxs, mulk, shuningdek, kashfiyotlar, tovar belgilari va hokazolarni ro‘yxatdan o‘tkazishga oid hujjatlarni ishlab chiqish va rasmiylashtirish; xodimlar inspektori; sud yoki arbitrajda ish beruvchining jinoiy tergovga bog‘liq bo‘lmagan qiziqishlarini tushuntirish; Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish idoralarida – inspektorlik faoliyati; sudlarda – sud ijrochiligi hamda sud majlisi kotibligi faoliyati; Advokatlik kontoralarida – advokatga yordamchi, fuqarolarga va jismoniy shaxslarga sudda o‘z manfaatlarini himoya qilishda yordam berish; Notarial idoralarda – fuqarolarga o‘z huquq va majburiyatlarini tushuntirish, yuridik hujjatlarni ishlab chiqish, har hil yuridik hujjatlarni tayyorlash, hujjatlarni nusxalash, vasiyatnoma va kelishuvlarni rasmiylashtirish; Sud ijro xizmatida – qarz, etkazilgan ma’naviy va moddiy zarar o‘rnini qoplash, alimentlarni undirish, sud qarori to‘g‘risidagi xabarnomani tayyorlash va uni javobgarga etkazish, militsiyani jalb qilgan holda javobgarni izlab topish, javobgarga tegishli mol-mulk va moddiy boyliklarni qidirish hamda ularni xatlash, sud qarorlari ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tayyorlash va ularni sudga jo‘natish, musodara qilingan buyumlarni ro‘yxatga olish va dalolatnomalarini tuzish, javobgarlikdan bo‘yin tovlagan shaxsga tegishli bank hisob raqamlarini yopishni tashkil etish, musodara qilingan va xatlangan mol-mulkni olib ketish, saqlash, va da’vogarga etkazish yoki savdoga chiqarish, da’vogarga qarzlarni qaytarish. Bir qarashda osongina tuyulgan shaxslararo muloqot aslida juda murakkab jarayon bo`lib, unga odam hayoti mobaynida o`rganib boradi. Muloqotning psixologik jihatdan murakkab ekanligi haqida B.F.Parigin shunday yozadi: «Muloqot shunchalik ko`p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o`zida quyidagilar kiradi: a) individlarning o`zaro ta’sir jarayoni; b) individlar o`rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni; v) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni; g) bir kishining boshqalarga ta’sir ko`rsatish jarayoni; d) bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati; e) shaxslarning bir-birlarini tushunishi jarayoni». Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o`rni Aslida har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy qiyofasi, fazilatlari, xattoki, nuqsonlari ham muloqot jarayonlarining mahsulidir. Jamiyatdan ajralgan, muloqotda bo`lish imkoniyatidan mahrum bo`lgan odam o`zida individ sifatlarini saqlab qolishi mumkin, lekin u shaxs bo`lolmaydi. Shuning uchun muloqotning shaxs taraqqiyotidagi ahamiyatini tasavvur qilish uchun uning funkqiyalarini tahlil qilamiz. Har qanday muloqotning eng elementar funksiyasi - suhbatdoshlarning o`zaro bir - birini tushunishlarini ta’minlashdir. Bu o`zbeklarda samimiy salom - alik, ochiq yuz bilan kutib olishdan boshlanadi. O`zbek xalqining eng nodir va buyuk hislatlaridan biri ham shuki, uyiga birov kirib kelsa, albatta ochiq yuz bilan kutib oladi, ko`rishadi, so`rashadi, hol - ahvol so`raydi. Shunisi xarakterliki, ta’ziyaga borgan chog`da ham ana shunday samimiyatli qabulni his qilamiz. Uning ikkinchi muhim funksiyasi ijtimoiy tajribaga asos solishdir. Odam bolasi faqat odamlar davrasida ijtimoiylashadi, o`ziga zarur insoniy xususiyatlarni shakllantiradi. Odam bolasining yirtqich hayvonlar tomonidan o`g`rilanib ketilishi, so`ng ma’lum muddatdan keyin yana odamlar orasida paydo bo`lishi faktlari shuni ko`rsatganki, «mauglilar» biologik mavjudot sifatida rivojlanaveradi, lekin ijtimoiylashuvda ortda qolib ketadi. Bundan tashqari, bunday xolat boladagi bilish qobiliyatlarini ham cheklashi ko`plab psixologik eksperimentlarda o`z isbotini topdi. Muloqotning yana bir muhim vazifasi - u odamni u yoki bu faoliyatga hozirlaydi, ruhlantiradi. Odamlar guruhidan uzoqlashgan, ular nazaridan qolgan odamning qo`li ishga ham bormaydi, borsa ham jamiyatga emas, balki faqat o`zigagina manfaat keltiradigan ishlarni qilishi mumkin. Masalan, ko`plab tadqiqotlarda izolyatsiya, ya’ni odamni yolg`izlatib qo`yishning uning ruhiyatiga ta’siri o`rganilgan. Masalan, uzoq vaqt termokamerada bo`lgan odamda idrok, tafakkur, xotira, hissiy xolatlarning buzilishi qayd etilgan. Lekin ataylab emas, taqdir taqozosi bilan yolg`izlikka mahkum etilgan odamlarning maqsadli faoliyatlar bilan o`zlarini band etishlari u qadar katta salbiy o`zgarishlarga olib kelmasligini ham olimlar o`rganishgan. Lekin baribir har qanday yolg`izlik va muloqotning yetishmasligi odamda muvozanatsizlik, hissiyotga beriluvchanlik, xadiksirash, xavotirlanish, o`ziga ishonchsizlik, qayg`u, tashvish hislarini keltirib chiqaradi. Shunisi qiziqki, yolg`izlikka mahkum bo`lganlar ma’lum vaqt o`tgach ovoz chiqarib, gapira boshlasharkan. Bu avval biror ko`rgan yoki his qilayotgan narsasi xususidagi gaplar bo`lsa, keyinchalik nimagadir qarab gapiraverish ehtiyoji paydo bo`lar ekan. Masalan, bir M.Sifr degan olim ilmiy maqsadlarini amalga oshirish uchun 63 kun g`or ichida yashagan ekan. Uning keyinchalik yozishicha, bir necha kun o`tgach, u turgan yerda bir o`rgimchakni ushlab oladi va u bilan dialog boshlanadi. «Biz, deb yozadi u shu hayotsiz g`or ichidagi tanho tirik mavjudotlar edik. Men o`rgimchak bilan gaplasha boshladim, uning taqdiri uchun qayg`ura boshladim...» Shaxsning muloqotga bo`lgan ehtiyojining to`la qondirilishi uning ish faoliyatiga ham ta’sir ko`rsatadi. Odamlar, ularning borligi, shu muhitda o`zaro gaplashish imkoniyatining mavjudligi fakti ko`pincha odamni ishlash qobiliyatini ham oshirarkan, ayniqsa, gaplashib o`tirib qilinadigan ishlar, birgalikda yonma - yon turib bajariladigan operatsiyalarda odamlar o`z oldida turgan hamkasbiga qarab ko`proq, tezroq ishlashga kuch va qo`shimcha iroda topadi. To`g`ri, bu hamkorlikda o`sha yonidagi odam unga yoqsa, ular o`rtasida o`zaro simpatiya hissi bo`lsa, unda odam ishga «bayramga kelganday» keladigan bo`lib qoladi. Shuning uchun ham amerikalik sotsiolog hamda psixolog Jon Moreno asrimiz boshidayoq ana shu omilning unumdorlikka bevosita ta’sirini o`rganib, sotsiometrik texnologiyani, ya’ni so`rovnoma asosida bir - birini yoqtirgan va bir - birini inkor qiluvchilarni aniqlagan va sotsiometriya metodikasiga asos solgan edi. Shunday qilib, muloqot odamlarning jamiyatda o`zaro hamkorlikdagi faoliyatlarining ichki psixologik mexanizmini tashkil etadi. Qolaversa, hozirgi yangi demokratik munosabatlar sharoitida turli ishlab chiqarish qarorlarini yakka tartibda emas, balki kollegial - birgalikda chiqarish ehtiyoji paydo bo`lganligini hisobga olsak, odamlarning muomala madaniyati va muloqat texnikasi mehnat unumdorligi xamda samaradorlikning muhim omillaridandir. Muloqot jarayoni o`ziga xos ravishda murakkab bo`lib, bunda uch xil bosqich mavjud. Dastlabki bosqich — odamning o`z-o`zi bilan muloqotidir. T.Shibutani “Ijtimoiy psixologiya" darsligida: «Agar odam ozgina bo`lsa ham o`zini anglasa, demak, u o`z-o`ziga ko`rsatmalar bera oladi»— deb to`g`ri yozgan edi. Odamning o`z-o`zi bilan muloqoti aslida uning boshqalar bilan muloqotining harakterini va hajmini belgilaydi. Agar odam o`z-o`zi bilan muloqot qilishni odat qilib olib, doimo jamiyatdan o`zini chetga tortib, tortinib yursa, demak u boshqalar bilan suhbatlashishda, til topishishda jiddiy qiyinchiliklarni boshdan kechiradi, deyish mumkin. Demak boshqalar bilan muloqot— muloqotning ikkinchi bosqichidir. A. N. Leontev o`zining “Psixika taraqqiyotidan ocherklar" kitobida muloqotning uchinchi shakli—avlodlar o`rtasidagi muloqotning ahamiyati to`g`risida shunday deb yozadi: «Agar barcha katta avlod o`lib ketganida, insoniyat turi yo`q bo`lib ketmasdi, lekin jamiyatning taraqqiyoti ancha orqaga surilibgina emas, balki yo`qolib ham ketishi mumkin edi». Haqiqatan ham, avlodlararo muloqotning borligi tufayli har bir jamiyatning o`z madaniyati, madaniy boyliklari, qadriyatlari mavjud bo`ladiki, buning ahamiyatini tushungan insoniyatning eng ilg`or vakillari uni doimo keyingi avlodlar uchun saqlab keladilar hamda ta’lim, tarbiya va kundalik muloqot jarayonida uni avloddan-avlodga uzatadilar. Muloqotning hayotimizdagi shakl va ko`rinishlariga kelsak uning har bir shaxsning hayotiy vaziyatlarga mos keladigan, o`sha vaziyatlardan kelib chiqadigan ko`rinishlari va turlari haqida gapirish mumkin. Lekin umumiy holda har qanday muloqot yo rasmiy yoki norasmiy tusda bo`ladi. Agar rasmiy muloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq-atvor normalaridan kelib chiqsa, masalan, rahbarning o`z qo`l ostida ishlayotgan xodimlar bilan muloqoti, professorning talaba bilan muloqoti va hokazo, norasmiy muloqot — bu odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni o`sha suhbatdoshlarnnng fikr-o`ylari, niyat-maqsadlari va emotsional munosabatlari bilan belgilanadi. Masalan, do`stlar suhbatdoshi, poezdda uzoq safarga chiqqan yo`lovchilar suhbati, tanaffus vaqtida talabalarning sport, moda, shaxsiy munosabatlar borasidagi munozaralari. Odamlarning asl tabiatlariga mos bo`lgani uchun ham norasmiy muloqot doimo odamlarning hayotida ko`proq vaqtini oladi va bunda ular charchamaydilar. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, odamda ana shunday muloqotga ham qobiliyatlar kerak, ya’ni uning qanchalik sergapligi, ochiq ko`ngilligi, suhbatlashish yo`llarini bilish, til topishish qobiliyati, o`zgalarni tushunishi va boshqa shaxsiy sifatlari kundalik muloqotning samarasiga bevosita ta’sir ko`rsatadi. Shuning uchun hamma odam ham rahbar bo`lolmaydi, ayniqsa, pedagogik ishga hamma ham qo`l uravermaydi, chunki buning uchun undan ham rasmiy, ham norasmiy muloqot texnikasidan xabardorlik talab qilinadi.Muloqot mavzui va yo`nalishiga ko`ra, uning: ijtimoiy yo`naltirilgan (keng jamoatchilikka qaratilgan va jamiyat manfaatlaridan kelib chiqadigan muloqot); guruhdagi predmetga yo`naltirilgan (o`zaro hamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirish mobaynidagi muloqot — mehnat, ta’lim jarayonidagi yoki konkret topshiriqni bajarish jarayonida guruh a’zolarining muloqoti); shaxsiy muloqot (bir shaxsning boshqa shaxs bilan o`z muammolarini ochish maqsadida o`rnatgan munosabatlari); pedagogik muloqot (pedagogik jarayonda ishtirok etuvchilar o`rtasida amalga oshiriladigan murakkab o`zaro ta’sir jarayoni) turlari farqlanadi. Muloqotning turi va shakllari turlichadir. Masalan, bu faoliyat bevosita «yuzma - yuz» bo`lishi yoki u yoki bu texnik vositalar (telefon, telegraf va shunga o`xshash) orqali amalga oshiriladigan; biror professional faoliyat jarayonidagi amaliy yoki do`stona bo`lishi; sub’ekt - sub’ekt tipli (dialogik, sheriklik) yoki sub’ekt - ob’ektli (monologik) bo`lishi mumkin. Har bir muloqot turining o`z qonun-qoidalari, ta’sir usullari va yo`l-yo`riqlari borki, ularni bilish har bir kishining, ayniqsa odamlar bilan doimo muloqotda bo`ladiganlarning burchidir. Muloqot murakkab jarayon bo`lganligi uchun ham ayrim olingan muloqot shaklini analiz qilganimizda, unda juda xilma-xil ko`rinishlar, komponentlar va qismlar borligini aniqlashimiz mumkin.Muloqot jarayonining murakkab psixologik tabiatini bilish, turli sharoitlarda samarali munosabatlar o`rnatish malakasini oshirish uchun uning tarkibiga kiruvchi har bir element yoki bo`laklar bilan alohida tanishib chiqamiz. G.M.Andreeva muloqotning quyidagi psixologik tuzilishini taklif etadi: 1. Muloqotning kommunikativ tomoni (ya’ni muloqotga kirishuvchilar o`rtasidagi ma’lumotlar almashinuvi jarayoni). 2. Muloqotning interaktiv tomoni (ya’ni muloqotga kirishuvchi tomonlarning xulq-atvorlariga ta’sir jarayoni). 3. Muloqotning perseptiv tomoni (ya’ni muloqotga kirishuvchi tomonlarning bir-birlarini idrok etishlari va tushunishlari bilan bog`lik bo`lgan murakkab psixologik jarayon). Bu strukturaning har bir tomonini batafsil ko`rib chiqamiz. Ko`pgina olimlar muloqotning inson hayotidagi ahamiyatiga to`xtalib o`tar ekanlar, uning qator vazifalari, funksiyalarini ajratadilar. Masalan, taniqli rus olimi B.F.Lomov uning funksiyalariga quyidagilarni kiritadi: a) ma’lumotlar almashinuvi funksiyasi; b) xulq-atvorni boshqaruv funksiyasi; v) hissiyotlar almashinuvi. Bu funksiyalar aslida G.M.Andreeva ajratgan muloqot qismlariga ham mos keladi, ya’ni har bir muloqot jarayonida B.F.Lomov qayd etgan vazifalarni topish mumkin. Download 59.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling