Amaliy psixologiya


Yurist shaxsi faoliyatining muloqotdagi etika qoidalari


Download 59.75 Kb.
bet3/5
Sana13.11.2023
Hajmi59.75 Kb.
#1771108
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mamirova Zeboning kurs ishi tayyor

2. Yurist shaxsi faoliyatining muloqotdagi etika qoidalari.
"Etika" so’zi qadimgi grek “etos” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, joylashgan joy, birgalikda yashaydigan makon ma’nosini bildiradi. Eramizdan oldingi IV asrda Aristotel yaxsi fazilatlilarni o’rganadigan fanni ifodalah uchun yangi ethica sifatini yaratdi. Shunday qilib, etika fan sifatida 20 asrdan ko’proq mavjud. Zamoaviy tushunchada etika bu inson, jamiyat harakat faoliyatining muhim tomonlaridan hisoblangan odob-ahloqni o’rganadigan filosofik fandir. Ya’ni etika fan sifatida ahloqni, uning mohiyatini, tabiyatini va tizimini, paydo bo’lishi va rivojlanishini, boshqa ijtimoiy munosabatlar orasida tutgan o’rnini o’rganadi, ma’lum axloqiy tizimni nazariy asoslab beradi.
Demak etika –axloq haqidagi filosofik ta’limot, odob-axloq qoidalari, normalari hisoblanadi.
Mamlakatimizda demokratik fuqarolik jamiyati qurilishi, ya’ni uning ikki tomoni huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurilishi jadal tarzda davom etmoqda. “Аytish mumkinki, - deydi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. А. Karimov, - huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati demokratiyaning o’zaro uzviy bog’liq bo’lgan ikki jihati, ikki qanotidir. Аynan shu bois biz “Кuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari” kontseptsiyasini ishlab chiqdik va bu g’oyani izchil amalga oshirish masalasiga birinchi darajali ahamiyat qaratib kelmoqdamiz”.Fuqarolik jamiyatidagi asosiy masala inson huquqlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini kafolatlash hisoblanadi. Bu vazifani esa davlat amalgam oshiradi. Ushbu jarayon bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri – fuqarolik jamiyatiga mos hamda faol kishilarni tarbiyalab etishtirishni ham taqazo etmoqda.
“Yuristning kasb etikasi” o’quv kursining ahamiyati shundan iboratki, u orqali umuminsoniy va milliy ahloqiy va estetik qadriyatlarni sohaga, ixtisoslikka qo’llagan holda berish imkoniyati yuzaga keladi. Ayni vaqtda demokratik fuqarolik jamiyatini qurishga monand yoshlarimizni. Yoshlarimiz sog’lom, baquvvat, siyosiy etuk, zukko, huquqiy savodxon, ahloqan pok, jasoratli, vatanparvar va keng mushohadali bo’lishi lozim. Ularda bunday fazilatlarni shakllantirishda yuristning kasb etikasi o’quv kursi ham yordamchi vazifasini o’taydi, degan umiddamiz.Yuristning kasb etikasiga bo’lgan ehtiyoji asosan uch omil, aniqrog’i - sabab bilan bog’liq:
Birinchidan, - tanlangan dunyoviy taraqqiyot yo’limiz, huquqiy davlatni va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish. Jamiyat a’zolarining axloqiy holatiga ma’naviy madaniyati darajasiga uzviy bog’liqdir. Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati faqat yuksak axloqiy fazilatlar shakllangan, qaror topgan va amal qilayotgan ijtimoiy muhitda mavjud bo’ladi.
Axloqiy tushuncha va printsiplarning, ya’ni tamoillarning shaxs va jamiyat hayotidagi ahamiyati shundaki, ular kishi ma’naviy faoliyatining ichki dunyosining turli ko’rinishlarini (iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, oilaviy va h.k) idora qiladi. Shu bois yuqori darajadagi axloq normalari, qoidalari va pirintsiplari kishilar ongida shakllantirilmas ekan yuqori mehnat samaradorligiga ham, kishilar faolligiga ham, huquqiy davlat va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarishiga asoslangan jamiyatga erishib bo’lmaydi.
Ikkinchidan, - huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati axloqqa zid illatlar (ichkilik bozlik, o’g’rilik, giyohvandlik, foxishabozlik, turli ko’rinishdagi jinoyatchilik) bor joyda qaror topa olmaydi. Ma’muriy huquqbuzarlikga asoslangan, tenglik pirintsipi tenglashtirish siyosatiga bo’ysindiradigan, shaxsning jamiyatdan, xususan qoidadan begonalashtirilgan jamiyatda axloqqa zid illatlar ko’payishi uchun shart sharoitlar mavjud edi. Har bir sohada davlat manapoliyasi, xususan tadbirkorlik va ishbilarmonlik nafaqat taqib bilan taqiqlangan davrlarda yurist kasbiy axvoli buzilgan edi. Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishni jazolash vositasi emas, balki kishilarga to’gri yo’l ko’rsatish vositasi bo’lishligini talab qiladi. Shu bois yuristning kasb etikasini o’rganish zamonaviy yurist kadrlar uchun asosiy ma’rifiy talablardan biridir.
Uchinchidan, - yuristning kasbiy etikasiga bo’lgan ehtiyoj sud-huquq tizimi xodimlari faoliyatida kuzatilayotgan eski tuzim illatlaridan tezroq Ayniqsa 2005-yil 7-aprelda O’zbekiston Respublikasi bosh Prokuraturasining 45-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining kasb odobnomasi” talablari asosida bo’lajak yurist kadrlarni tarbiyalash ushbu sohaning asosiy ehtiyojidir. Xodimlar tomonidan turli axloqqa zid xatti-harakatlarga (tamagirchilik, zo’ravonlik, inson huquqlarini mensimaslik, manmanlik, hatto ichkilikbozlik, xizmat vazifalarini suyiiste’mol qilish va h.k.) yo’l qo’ymaslikka, faoliyatda qonun ustuvorligiga erishish kasbiy axloq normalarini chuqur bilishlik emas, balki ularga kasbiy faoliyatda qatiy rioya qilishni ham taqazo qiladi


Download 59.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling