Amaliy psixologiya


Download 59.75 Kb.
bet1/5
Sana13.11.2023
Hajmi59.75 Kb.
#1771108
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mamirova Zeboning kurs ishi tayyor


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI
AMALIY PSIXOLOGIYA” KAFEDRASI

Himoyaga ruxsat etilsin”


Fakultet dekani G.N. Ibragimova
“___” __________

Yuridik psixologiya” fanidan


KURS ISHI
PS-401 guruh talabasi
Mamirova Zebo Abdurashid qizi
Mavzu: “Yurist kasbiy faoliyatida muloqotning o’rni.”
5210200-Psixologiya (Umumiy psixologiya)



Himoyaga tavsiya etilsin
“Amaliy psixologiya” kafedrasi mudiri v.b.
Umarova N.Sh.____________



Ilmiy rahbar:
PhD, dotsent. Umarova N.Sh._______



TOSHKENT-2022
KIRISH……………………………………………………………………………._3_1.'>MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………….3
1. Yurist kasbiy faoliyatida muloqotni oʻrganishning maqsad va vazifalari……….6
2. Yurist kasbiy faoliyatining muloqotdagi etika qoidalari…………...……..........19
3.Yurist kasbiy faoliyatida muloqotning jamiyatimizda tutgan o’rni va roli……..22
XULOSA………………………………………………………………..….…….34
Foydalangan adabiyotlar ro’yxati………………………………..……………35


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Yuridik til madaniyatining shakllanishiga jamiyat rivoji bilan birgalikda yurisprudensiya va til taraqqiyoti ta’sir o’tkazadi. Chunki huquqiy hayotda sodir bo’layotgan barcha o’zgarishlar eng avvalo tilda, binobarin yuridik matnlar tilida o’z aksini topadi. Qonunlar, farmonlar, qarorlar, farmoyishlar, buyruqlar, yo’riqnomalar va boshqa shakldagi huquqiy-me’yoriy hujjatlar uchun umumiy me’yorlar bo’lishi bilan birga, tildan foydalanishda o’z me’yorlari ham mavjud. Ularning har biri o’z shakli va mazmuniga ega. Shuning uchun ham o’zbek yuridik tilining amalda bo’lish xususiyatlarini rasmiy uslub doirasida taguslub (podstil) sifatida o’rganish maqsadga muvofiq bo’ladi. O’zbek millatining uzoq asrlik tarixida keyingi o’n yillikda erishgan mustaqilligimiz alohida o’rin tutadi. Mustaqillik necha asrlar davomida yaratilgan boy ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy merosimizni nafaqat o’rganish, balki uni davr talablari asosida qaytadan idrok etish va milliy manfaatimizga xizmat qildirish vazifasini oldimizga qo’ydi. To’plangan tajribalarimiz va qadriyatlarimiz negizida milliy istiqlol mafkurasining yangicha tamoyillari yaratildi. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdek pirovard maqsadimizdan kelib chiqib, ta’lim-tarbiya, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi faoliyatimizni ulkan bir vazifaga – xalqimiz ongiga milliy istiqlol g’oyasini singdirish, ularda uzoq yillar davomida shakllangan va ulug’langan umuminsoniy va milliy qadriyatlarni qayta o’zlashtirish, e’zozlash hamda uning aqidalarini hayotda qo’llashga qaratmoqdamiz. Hozirdagi amalda bo’lgan yuridik til va uslubda ularning an’analari qisman mavjud bo’lsa-da, aslida tubdan farq qiladi. Chunki huquqiy manbalarning asosiy qismi dunyo miqyosida amal qilayotgan huquqiy-me’yoriy hujjatlar, sud presedenti, huquqiy odat, huquqiy doktrina, jamoat va xalqaro tashkilotlarning me’yoriy aktlari va xalqaro shartnomalar ko’rinishidagi zamonaviy andozalarga moslashgan. Shundan kelib chiqib, yuristning huquqiy madaniyati, jumladan huquqiy-nutqiy madaniyati oldiga qo’yiladigan talablarni ham ana shu ikki jihatni mujassam qilgan an’anaviy va zamonaviy tajribalar umumlashmasi doirasida tushunishimiz to’g’ri bo’ladi. Jumladan, tariximizda musulmon huquqi bo’lgan. Uning asosiy manbalari Qur’on, sunna, ijmo, qiyos bo’lgan. Fiqh – musulmon huquqini, sunna – hadislar ko’rinishidagi huquqiy prinsiplarni, ijmo - qonunshunos olimlarning umumiy fikrlarini, qiyos – Qur’on va sunnada berilmagan biror huquqiy masala ulardagi shunga o’xshash masala bo’yicha berilgan ko’rsatmaga qarab taqqos yo’li bilan sharhlashni o’zida mujassam etgan. Binobarin, ularning ham biri umumiy va o’ziga xos til va uslubda shakllangan. Bu masalalarni o’rganish ma’lum ko’nikma va vaqtni talab etadi. Afsuski, «Yuristning nutq madaniyati» kursida o’rganilishi lozim bo’lgan materialning ko’pligi, ma’lum darajada imkoniyatni chegaralab qo’yadi. Shuning uchun huquqshunoslik fakultetlarida o’tiladigan «O’zbek tili va adabiyoti» fani dasturi ma’lum darajada mana shu fan dasturi bilan muvofiqlashtirilishi va unda rasmiy-yuridik nutqning leksik-grammatik xususiyatlarini o’rgatishni qamrab oluvchi materiallar kiritilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Mutlaqo yangicha bir ish yuritishni taqozo etayotgan mustaqillik sharoitida yuridik hujjatlarga bo’lgan talab va mas’uliyat shu darajada kuchaydiki, bu ona tilimizni har qachongidan ham chuqur o’rganishni taqozo qilmoqda. Sobiq Ittifoq davrida bu vazifani rus tili o’z zimmasiga olgan bo’lsa, endi o’zbek tili respublikamizning davlat tili hisoblanadi. Hayotga tatbiq etilayotgan har bir huquqiy-me’yoriy hujjat ana shu tilda tayyorlanadi. Bu hujjatlarda noaniq yoki o’rinsiz ishlatilgan har bir so’z yoki ibora uning mazmuniga jiddiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bu esa huquqshunoslik tizimida ishlaydigan mutaxassislardan til ilmini boshqalarga qaraganda bir qadar puxta o’rganishni taqozo etadi. Ona tiliga doir bilimlarning asosiy qismi o’rta yoki o’rta maxsus ta’lim jarayonida egallansa, u oliy ta’limda yana davom ettiriladi. Huquqshunoslik yo’nalishidagi oliy ta’lim beruvchi muassasalarda «Yuristning nutq madaniyati» predmetining o’qitilishi qisman bo’lsa-da, ana shu muammoni hal qilishga qaratilgan.

Download 59.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling