Amaliy psixologiya


Yuridik kasbiy faoliyatining jamiyatimizda tutgan oʻrni va roli


Download 59.75 Kb.
bet4/5
Sana13.11.2023
Hajmi59.75 Kb.
#1771108
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mamirova Zeboning kurs ishi tayyor

3. Yuridik kasbiy faoliyatining jamiyatimizda tutgan oʻrni va roli.
Yuristning kasb etikasi fanining predmeti sud-huquq tizimida faoliyat ko’rsatuvchi xodimlar faoliyati bilan bog’liq bo’lib huquqshunoslik sohasi xodimlarining kasbiy faoliyatida umuminsoniy va umumiy axloq normalariga qoida va talablariga og’ishmay rioya qilish, kasbiy burchga sadoqatli bo’lish bilan bog’liq.
Yuristning kasb etikasi boshqa kasbiy faoliyat sohalari (tibbiyot, jurnalistika, diplamatiya, tadbirkorlik va h.k.) talablaridan tashqari faqat shu soha vakillariga xos axloqiy talablarni(tergov materiallarini sudgacha sir tutish, xodimlarning bir birlarining ishlariga aralashmasligi, yuqori vakolatli xodimlarning(prokuratura xodimlarining) adolatni qaror toptiruvchi xodimga (sudyaga) o’z hukmini o’tkazishga urinmasligi h.k.) ham mavjudligi bilan farqlanadi.
Yuristning kasb etikasi fanining ob’yekti – jamiyat va shaxs hayotida kuzatiladigan axloqqa zid illatlardir.
Yuristning kasb etikasi faning predmeti esa yurist kasbiy faoliyati uchun muhim va zarur bo’lgan axloq normalarini, printsiplarini va qoidalarini o’rganishdir.
Yuristning kasb etikasi haqida gapirganda shu jihatni nazarda tutish lozim buladi. Birinchisi - jamiyatda umumiy axloq normalari, meyorlari va qoidalari mavjudligi bo’lgan, ikkinchisi – huquqshunoslikning kasbiy faoliyatning u yoki bu turi bilan bog’liq axloq normalarining mavjudligi bilan bog’liq.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining kasbiy axloqi shu jihatdan turli shakllarga ega, shu ma’noda sud’yalar odob-ахloqi qoidalari, ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb odobnomasi, advakatlarning kasb etikasi qoidalari, prokrotura organlari xodimlarining kasb odobnomasi yoxud davlat bojxona yoxud soliq qumitalari xodimlarining kasb odobi haqida gapirish mumkin. Tarkib va tuzilish jihatdan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlarining kasbiy axloq qoidalari har bir xizmatning ichki xususiyatlaridan kelib chiqadi va jamiyatda qaror topgan umumiy axloq qoidalariga bo’ysinadi, aniqrog’i ular bilan uyg’unlashadi. Kasbiy axloq va umumiy axloq qoidalari o’rtasida o’zaro ziddiyat istisno etiladi. Ayrim huquqiy sohalarda axloq - yoki axloq odobnomasi ushbu kasbga kirishni ixtiyor qilgan kishiga kasbiy qasamyod shaklidagi axloqiy talablarni ham qamrab oladi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi “Prokuratura to’g’risida”gi qonunining 44-moddasi aynan kasbiy qasamyodga bag’ishlangan desa bo’ladi. Yoxud tibbiyot xodimlarining “Gippakrad qasamiyodi” deb yuritiluvchi kasbiy deontologiya normalarini kasbiy etika fanining tarkibiga kiritish mumkin. Ushbu fikrni rivojlantirsak “Jurnalist etikasi”, “Diplomat etikasi” yoxud “Deputat etikasi” kabi kasbiy etika normalari tizimi xususida gapirish mumkin bo’ladi. Kasbiy etika haqida gapirganda huquqning kishilik jamiyati axloqining posboni ekanligini unutmaslik, har qanday qonunning mazmuni axloq normalari ekanligini, qonun ushbu normalarni kishi va jamiyat hayotida toʻg’ri ishlatilishini ta’minlovchi vosita ekanligini unutmaslik lozim bo’ladi.
Bu jihat umuminsoniy siyosiy, huquqiy va axloqiy hujjatlarda ham o’z ifodasini topgan bo’lib, milliy qonunchilik xalqaro huquqiy normalar va qoidalar bilan o’zaro uyg’unlashib ketgandir. Milliy qonunchilik, insonparvarlik, inson tabiiy huquqlarini himoya qilishga qaratilgan umuminsoniy huquqiy normalarga bo’ysingan va ularning ustuvorligiga asoslanadi. Misol tariqasida BMT tomonidan 1948-yilda qabul qilingan “Inson huquqlari umum jahon dekloratsiyasi”, “Fuqarolik va siyosiy huquqlar tug’risidagi” xalqaro Pakt va boshqa hujjatlarni keltirish mumkin. Qayd qilingan Paktning 10-moddasida ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarga nisbatan insoniylarcha munosabatda bo’lish ularning sha’ni va qadr- qimmatini hurmat qilish talab qilinadi.
Bugungi kunda barcha davlatlarning Konstitutsiyaviy qonunchiligida sud hokimyatining tashkiliy jihatlaridan tashqari axloqiy mazmuni ham e’tiborga olingan, inson va uning hayoti, qadr - qimmati, manfaatlari oliy qadiryat deb tan olinadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham inson, uning hayoti eng oliy qadiryat bo’lib, amaldagi milliy qonunchiligimiz yuksak insonparvarlik g’oyasi bilan sug’orilgan boy mazmunga asoslangandir. Jumladan, Konstitutsiyaning 18-moddasi barcha fuqarolarning bir xil huquq va erkinliklari ularning jinsi, irqi, millati, tili, dinidan, ijtimoiy kelib chiqishidan va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar teng huquqliligini ta’minlaydi. Ushbu normada insonparvarlik pirintsipi aks etganligini kuzatamiz. Insonparvarlik prinsipi bosh qonun asosida yaratilgan va yaratilayotgan barcha qonunlarimizda markaziy o’rinni egallaydi.
Yuristning kasb etikasi fani aynan shu printsipni sud va huquqni muxofaza qiluvchi idoralar xodimlari faoliyatida ustuvor kasbiy printsip ekanligini ta’minlovchi fan sohasidir. Jinoyat – protsessual qonunchiligimiz ham aynan buzilgan huquqlarni tiklash yoxud har qanday jinoiy xatti – harakatlarni jazosiz qoldirmaslikdan iborat. Demak, odil sudlovni amalga oshirishga bo’ysindirilgandir. Jinoyat qonunchiligi shaxs va jamiyatni ijtimoiy ahvoli, tajovuzlardan himoya qiladi, jinoiy xatti harakatlarning inson va jamiyat hayoti uchun qanchalik zararli yoki xavfliligidan kelib chiqib jazo tayinlaydi. Bu umumiy axloq kategoriyalari – yaxshilik va yomonlik, ezgulik va yovuzlik kategoriyalari asosida amalga oshiriladi. Buning uchun surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoxud sudya ushbu kategoriyalar mazmunini chuqur bilishi va ularni ko’rilayotgan ishga mazmunan tadbiq qilishi lozim bo’ladi. Bu o’z o’zidan kasbiy axloqni umumiy axloq normalari bilan uzviy bog’lash zaruriyatini yuzaga keltiradi. Bugungi kasbiy axloqning mazmuni yuksak axloqiy normalar bilan to’ldirilgan bo’lib, bu birdaniga yuzaga kelmagan. Jinoyat qonunchiligining tarixida inson qadr-qimmati kamsitilgan, insonni qiynoqqa solgan, uning hayoti qadrsizlangan, inkivizitsiya sudlari, totalitarizm huquqshunosligi davrlarini boshdan kechirgan. Bugungi kasbiy axloq qonuni jazo vositasi emas, balki ko’proq tarbiya vositasi bo’lishligini taminlashga qaratilgan. Yuristning kasb etikasining eng muhim xususiyatlaridan biri – inson taqdiri bilan bog’liq masalalarni hal qilishda his tuyg’uga berilmaslik, tanish bilishchilik, qarindosh – urug’chilik, mahalliychilik yoxud millatchilik kabi tuyg’ularga berilmaslik odil sudlovni amalga oshirishning barcha bosqichlarida axloq normalariga og’ishmay rioya qilishni o’rgatadi.
Bu jihat afsonaviy adolat mabudasi – Femida obrazi orqali ifoda etiladi. Ko’zi bog’liq, tarozini qo’lida ushlab turgan ayol obrazi – odil sudlov ramzidir. Bu ramz, simvol har bir huquqshunosga tanish. Ushbu ramzlarga rioya qilish yuristning kasb etikasi normalariga rioya qilinishni anglatadi.
Huquqni muhofaza qilish idoralari safini kengaytiruvchi yosh kadrlarni malakali qilib tarbiyalashda, ularning o’z kasbiy burchlari va vazifalarini samarali bajarishlarida afsonaviy Femida obrazini o’z faoliyatlarida o’ziga xos andoza qilishlariga erishish – kasb etikasining vazifalaridan biridir. Yuristning kasb etikasining yana bir muhim xususiyati – uni jamiyat va davlat qurilishi, ularni boshqarish yo’llari bilan uzviy bog’liqligida ko’rinadi. Huquqni muxofaza qiluvchi idora xodimi – dastavval davlat xizmati xodimidir. U o’z kasbiy faoliyatida jamiyat va davlat manfatlaridan kelib chiqadi, ularni odil sudlov jarayonlarining barcha bosqichlarida himoya qiladi. Kasb etkasi keng ma’noda “Davalat xizmati to’g’risida”gi qonun, “Jamoat nazorati to’g’risida”gi qonun va boshqa qonunlar bilan uyg’undir. Buning bosh sababi - huquqiy davlatning asosiy talablaridan – qonun oldida barchaning tengligini ta’riflash, shaxs va jamiyat faoliyatining barcha ko’rinishlarida qonun ustuvorligiga erishishdir. Kasb etkasi fanining asosiy vazifalaridan biri – fuqarolik qonun talablari bo’yicha yashash, o’rganish, huquqiy tarbiyadir. Buning uchun “Tarbiyachining o’zi tarbiyalangan bulmog’i” yaxshi, dastavval sud va huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimining o’zi qonunga itoat etmog’i, boshqa fuqarolar uchun na’muna bo’lmog’i lozim. Yuristning kasb etikasi bo’lajak huquqshunosga kasbiy faoliyatda umumiy va kasbiy axloqiy normalari, printsiplari, o’ziga xos tarixan jamlangan qonun qoidalari va talablariga rioya qilishga o’rgatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi quyidagi asosiy qoidalarni mustahkamlaydi: O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy
prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
O’zbek millatining uzoq asrlik tarixida keyingi o’n yillikda erishgan mustaqilligimiz alohida o’rin tutadi. Mustaqillik necha asrlar davomida yaratilgan boy ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy merosimizni nafaqat o’rganish, balki uni davr talablari asosida qaytadan idrok etish va milliy manfaatimizga xizmat qildirish vazifasini oldimizga qo’ydi. To’plangan tajribalarimiz va qadriyatlarimiz negizida milliy istiqlol mafkurasining yangicha tamoyillari yaratildi. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdek pirovard maqsadimizdan kelib chiqib, ta’lim-tarbiya, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi faoliyatimizni ulkan bir vazifaga – xalqimiz ongiga milliy istiqlol g’oyasini singdirish, ularda uzoq yillar davomida shakllangan va ulug’langan umuminsoniy va milliy qadriyatlarni qayta o’zlashtirish, e’zozlash hamda uning aqidalarini hayotda qo’llashga qaratmoqdamiz. Bu borada qiladigan ishlarimizni Prezidentimiz I.A.Karimov aniq-ravshan ko’rsatib berganlar: «Endigi vazifamiz shundan iboratki, milliy istiqlol g’oyasi tushunchalari asosida keng jamoatchilik, ziyolilarimiz, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, avvalo, ma’naviy-ma’rifiy soha xodimlari milliy mafkurani takomillashtirish hamda uning asosiy tamoyillarini odamlar ongiga va qalbiga singdirishga qaratilgan ishlarni yangi bosqichga ko’tarishlari zarur».
Davlatimiz rahbari belgilab bergan vazifalarni amalga oshirishdan hyech kim chetda turmaydi. Davr barcha ziyolilar qatori huquqshunoslar va tilshunoslar oldiga ham yangi vazifalar qo’ydi. Bu vazifalarni amalga oshirishni lo’nda qilib, bir tomondan, yaratilayotgan huquqiy-me’yoriy hujjatlarning jahon andozalari darajasida bo’lishi hamda milliy mintalitetimiz va manfaatimizni himoya qilishi, ikkinchi tomondan, ularning davlat tilida mukammal yaratilgan bo’lishi, ham qonuniy, ham til jihatdan hyech bir e’tirozlarga o’rin qoldirmasligi tarzida tushunish to’g’ri bo’ladi. Buning ustiga, xalqimiz o’rtasida huquqiy madaniyatni targ’ib qilish, qonunlar va boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlardan ularni xabardor qilib borish nutqiy madaniyat bilan bog’liq bo’lgan g’oyatda mas’uliyatli vazifani amalga oshirishni ham taqozo etadiki, bu borada huquqshunoslarning ma’lum malakaviy va nutqiy ko’nikmalarni ellashlari lozim bo’ladi.
Afsuski, o’zbek nutqi madaniyatining hozirgi darajasida yuristlar nutqini yuqori deb ayta olmaymiz. Til ilmidan yaxshi xabardor bo’lmagan yuristdan o’zbek tilida yozilgan malakali hujjat yoki omma oldida chiqishni talab qilib bo’ladimi? Yo’q, albatta. Hozirda yaratilayotgan ko’plab qonunlar ma’lum lingvistik izohlarni talab qilmoqda. Ammo biz bunga tayyormizmi? Tayyor bo’lganimizda edi, taniqli huquqshunoslarimizning o’zlari qonunlarning ko’pchiligi hozirda avval rus tilida yozilib, keyin o’zbek tiliga tarjima qilinishi faktini keltirmas edilar. «Islohotlar doimo qonunlarning o’zgarishiga sabab bo’lgan, shu bilan birga huquqiy til rivojlanishiga turtki bo’lgan. Biron bir so’zni noto’g’ri ishlatish, jumlaning noto’g’ri tuzilishi, tinish belgilarining xato qo’yilishi tufayli qonun chiqaruvchi soha singari og’ir oqibatlarga olib keladigan ijtimoiy faoliyatning boshqa biror sohasini topish kiyin bo’lsa kerak». «…huquqiy islohot va u bilan bog’liq bo’lgan qonun hujjatlari sonining shiddat bilan ko’payishi amaliyot talabiga ko’ra, hayot bilan chambarchas bog’langan yuridik «til»ning nazariy modelini – «andozasini» ishlab chiqish, til va huquqning o’zaro ta’siri va bir-birini taqozo qilishining barcha omillarini o’rganishni dolzarb muammolar qatoriga qo’yadi». - deb yozadi A.Saidov. Jamiyatimizga barcha kasbdagi kishilar va ularning mehnati kerakligini hech kim inkor etmaydi. Ammo har bir millat dunyo ilmi va madaniyatida ona tili bisoti bilan qanchalik faxrlana olishi mumkinligini ham chuqur anglaymiz. Binobarin, til - ma’naviyat ko’zgusi, ma’rifat chirog’i, bilim kaliti ekan unga hyech qachon ikkinchi darajali narsa deb qaray olmaymiz. Yuridik til muammolari bo’yicha tadqiqotlar olib borayotgan Sh.Ko’chimovning ma’lumot berishicha, AQShning Illinoys va Chikago universitetlarida, Angliya, Shvesiya kabi davlatlarning oliy yuridik ta’limi tizimida huquqshunos kadrlarning til tayyorgarligiga alohida e’tibor qaratilishi, har bir talaba maxsus til tayyorgarligidan o’tishi, til fani bilan bog’liq «Nutq o’rganishga kirish», «Yuridik nutq», «Sud notiqligi», «Sudda nutq so’zlash va haqiqat muammolari», «Yozma nutq», «Ommaviy muomala nutqi», «Siyosiy nutq», «Ijtimoiy nutqiy muomala», «Bayonnomalar (protokollar) tahlili», «Nutq maktabi» kabi 45 dan ortiq maxsus o’quv kurslari mavjud. Huquqshunoslik yo’nalishidagi ta’lim tizimida o’qitiladigan «Yuristning nutq madaniyati» kursi talabalarga ana shu muammolarning yechimini topishda yordam berishga, yuridik til sirlarini, qonun-qoidalarini, nutqiy madaniyat ko’nikmalarini o’rgatishga qaratilgan. Tilshunoslar va huquqshunoslar hamkorligida yaratilgan ushbu ish ilk urinishlardan bo’lganligi tufayli unda kamchiliklarning bo’lishi tabiiy. Ular haqida beg’araz fikr-mulohazalarini bildirgan hamkasblarimizga oldindan minnatdorchilik izhor etamiz. Tilning inson uchun fikrlash vositasi bo’lishi, moddiy asos sifatida xizmat qilishi uning amalda bo’lishidagi birinchi bosqich hisoblanib, ikkinchi bosqichda fikr, tafakkur mahsuli reallashadi, ya’ni u miyadan tashqariga chiqadi. Shunday qilib, ikkinchi bosqichda til kommunikativ – aloqa vazifasini bajarishga kirishadi. Material maqomida turgan til muomala vositasiga, nutqiy jarayon quroliga aylanishi bilan uning imkoniyat doirasi ham kengayib boradi. Bu holni uchinchi bosqich deb atash mumkin. Bosqichlar soni ortib boravergani sari tilning ijtimoiylik mohiyati ham ochilib boraveradi. Inson nutqiy faoliyatida kommunikativ vazifani bajarayotgan til ko’magida suhbatdosh yoki tinglovchiga ma’lum axborot ham yetkaziladi. Demak, tilga bo’lgan munosabatda to’rtinchi bosqich yuzaga keladi. Til insonlar o’rtasida aloqa vositasi bo’lishi, tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar to’g’risida xabar berishdan tashqari suhbatdosh yoki tinglovchiga ma’lum ta’sir o’tkazish, hissiyotini qo’zg’atish kuchiga ham ega. Agar bu holatni shartli ravishda beshinchi bosqich deb ataydigan bo’lsak, ta’kidlaganimizdek, tilning bosqichma-bosqich takomillashib, mukammalashib va imkoniyatlari ham asta-sekinlik bilan kengayib borishini kuzatamiz. Ma’lum bo’ladiki, til nutqning o’ta muhim unsuri sifatida aloqa, xabar, ta’sir etishdek, shu bilan birga, imkoniyatlari nihoyatda kengayib borishi natijasi o’laroq kishilik jamiyati to’plagan tajriba va bilimlarni kelajak avlodlarga yetkazishdek ulug’vor ijtimoiy vazifani bajaradi. O’z shakllanishi va rivojlanib borishi davomida uzoq tarixiy yo’lni bosib o’tadigan til asta-sekinlik bilan bo’lsa-da, takomillashib ham boradi. Bu holni uning ichki qurilishida, amalda bo’lish qoidalarining ma’lum bir tizimga kela borishida kuzatamiz. «Ichki qurilish nuqtai nazardan til ma’lum miqdordagi bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lgan til birliklarining yig’indisi va ana shu birliklardan foydalanish qoidalaridan tashkil topgan murakkab sistemadir»6 Tilning takomillashib borishi va nutq jarayonidagi bosqichlarini taniqli tilshunos olimlar H.Ne’matov va R.Rasulovlar sistem tilshunoslik «til-me’yor-nutq» tarzida ajratishini ta’kidlashib, qayd qiladilarki, «til bevosita kuzatishda berilmagan. U jamiyat a’zolarining ongida mavjud bo’lib, ularning barchasi uchun tayyor, umumiy, majburiy bo’lgan, fikrni shakllantirish va uni ifodalashga xizmat qiladigan birliklar va ularning o’zaro munosabatlari haqidagi tasavvurlar yig’indisi sifatida qaraladi. Yuridik til madaniyatining shakllanishiga jamiyat rivoji bilan birgalikda yurisprudensiya va til taraqqiyoti ta’sir o’tkazadi. Chunki huquqiy hayotda sodir bo’layotgan barcha o’zgarishlar eng avvalo tilda, binobarin yuridik matnlar tilida o’z aksini topadi. Qonunlar, farmonlar, qarorlar, farmoyishlar, buyruqlar, yo’riqnomalar va boshqa shakldagi huquqiy-me’yoriy hujjatlar uchun umumiy me’yorlar bo’lishi bilan birga, tildan foydalanishda o’z me’yorlari ham mavjud. Ularning har biri o’z shakli va mazmuniga ega. Shuning uchun ham o’zbek yuridik tilining amalda bo’lish xususiyatlarini rasmiy uslub doirasida taguslub (podstil) sifatida o’rganish maqsadga muvofiq bo’ladi. Ijtimoiy hayotning boshqa biron sohasida tilning mavqyeini zarracha kamsitmagan holda, huquqiy sohada uning ahamiyati nihoyatda muhim ekanligini alohida ta’kidlash to’g’ri bo’ladi. Chunki O’zbekistonda demokratik tamoyillarga asoslanib qurilayotgan yangi jamiyatning rivoji qonun ustuvorligi bilan belgilanadi. Masala ana shu tarzda qo’yilganda yuridik tilni mukammal bilish faqatgina huquqshunoslarning vazifasi bo’lib qolmaydi, balki jamiyatning barcha a’zolari undan durustgina xabardor bo’lish hayot talabiga aylanadi. Nima uchun shunday? Chunki huquqiy hujjatlar mazmunidan xabardor bo’lgan fuqaro o’z haq-huquqini taniydi, faoliyatining qaysi qismi jamiyat va xalq manfaatlariga, amaldagi qonun va qoidalarga mos kelish-kelmasligini yaxshi anglab yetadi. Binobarin, o’z hayotini ana shu asosga quradi. Buning uchun esa huquqiy hujjatlar rasmiylashtirilgan tilni yaxshi bilishi lozimligini anglab yetadi.
Xo’sh, yozma yuridik tilning mukammalligiga erishish uchun qanday vazifalarni amalga oshirishimiz lozim? Biz bu savolga javobni taniqli o’zbek huquqshunoslari qarashlaridan topamiz. Avvalambor, o’zbek huquqiy atamalarining yagona tizimini yaratish, barcha yo’nalishlarda bu atamalarning qo’llanishi va tushunilishida bir xillikka erishish zarur. Buning uchun esa yuristlar va tilshunoslar hamkorlikda ish olib borishlari, huquqiy atamalarning mustaqillikdan keyingi davrdagi shakllanishini ilmiy tahlil etib, mukammal lug’atlar yaratishlari lozim. Ana shundagina rus tilidagi pokazaniye tushunchasini ifoda etish uchun ko’rsatuv, ko’rsatma, ko’rgazuv, ko’rgazma, guvohlik, so’roq berish singari so’zlardan har kim o’z bilganicha foydalanib, har xillikka, anglashilmovchilikka yo’l qo’yilmaydi. Bu kabi har xilliklar huquqiy me’yorlarni turlicha sharhlashlarga, binobarin, inson taqdirini noqonuniy hal qilish kabi oqibatlarga olib kelishi mumkin. Yoki rus tilidagi ugolovnыy kodeks birikmasidan so’zma-so’z tarjima qilib olingan jinoyat kodeksi birikmasini olaylik. U qanday ma’noni beradi? Jinoyat qilish, jinoyatni amalga oshirish to’g’risidagi qonunlar majmuimi yoki jinoyatga belgilangan jazo qonunlari yig’indisimi? Harqalay, ikkinchisi haqiqatga yaqin bo’lsa kerak. Demak, huquqiy hujjatlar, ayniqsa qonunlarni yuzaga keltirishda «O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi» matniga, undan keyin esa bir to’xtamga kelingan so’z va iboralardan foydalanishga e’tibor qilish maqsadga muvofiq bo’ladi. Yagona yuridik atamalar tizimi mana shu tarzda shakllanadi.
Xalqimizda «Qonun barcha uchun baravar», degan aqida mavjud. Agar shu aqidadan kelib chiqiladigan bo’lsa, nafaqat qonun, balki barcha yurisprudensiyaga tegishli bo’lgan hujjatlar hammaga tushunarli bo’lishi, sodda va ommabop tilda yozilishi lozim. Mana shu talabning o’ziyoq yuridik hujjatlar matnini alohida bir uslubda shakllantirishni taqozo qiladi. Bu uslub yuridik hujjatlar shakllanishida til birliklarini tanlashning alohida bir tizimini keltirib chiqaradi.
Bu aytilganlarni o’zbek yuridik tilini shakllantirishdagi umumiy tomonlari sifatida qaraydigan bo’lsak, uning bevosita lingvistik jihatlari ham mavjudki, bo’lajak huquqshunoslar bu masalalardan ham xabardor bo’lishlari lozim.
Bu lingvistik jihatlar qaysilar? Dastlab yodda tutishimiz lozim bo’lgan narsa yuridik tilning o’zbek tili rasmiy uslubi doirasida qaralishi lozimligidir. Demak, bu nutq rasmiy tilning barcha talablariga javob berishi lozim. Jumladan, yozma nutq ham.
Yuridik yozma nutqning bosh talabi matnni o’zbek tilida savodli, grammatik qonun-qoidalarga muvofiq tarzda shakllantirish bo’lib hisoblanadi. Bunda gapda oddiy tartib amal qiladi. Mas.: O’tkazilgan hujjatli taftishda Mirzayorov Sanaqul tomonidan javobgarligidagi qazilma boyliklardan jami 414000 so’mlik talon-tarojlikka yo’l qo’yilganligi aniqlangan kabi. Yoki Sudda Bo’riboyevning ishi ko’rib chiqildi deyish mumkin bo’lgani holda Ishi ko’rib chiqildi sudda Bo’riboyevning deb bo’lmaydi. Chunki bu o’rinda ehtirosga berilib matnni shakllantirishga hyech qanday zarurat yo’q.
Yuridik matnlarda har bir so’zning, qo’shimcha va tinish belgisining o’z o’rni bor. Ularni yaxshi bilgan yurist mana bu tarzda «Ayblov xulosasi» yozmaydi: Shunday qilib Mirzayorov Sanaqul o’zining yuqoridagi o’z vazifalariga loqaydlik yoki vijdonsizlarcha munosabatda bo’lishi oqibatida ularni bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi davlat manfaatlariga ko’p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo’lgan mansabga sovuqqonlik bilan qarashda ifodalangan jinoiy harakatlari bilan O’zbekiston Respublikasi JKning 207 moddasini 1-qismida ko’rsatilgan jinoyatni sodir etgan.
Ushbu jinoyat ishi tuman sudi sudloviga tegishli bo’lib jinoyat ishi bo’yicha tuzilgan ayblov xulosasini tasdiqlash va sudga yuborish masalasini hal qilish uchun jinoyat ishi O’zbekiston Respublikasi JPKning 381 moddasi tartibida tuman prokuroriga taqdim etiladi.
Tuman prokurorining ayblov xulosasidagi ushbu matn quyidagicha yozilsa, maqsadga muvofiq bo’lar edi: Shunday qilib, Mirzayorov Sanaqul loqaydlik oqibatida o’z vazifasini lozim darajada bajarmagan, davlat manfaatlariga katta miqdorda zarar yetishiga sabab bo’lgan va mansabga sovuqqonlik bilan qarashda ifodalanadigan O’zbekiston Respublikasi JKning 207 moddasining 1- qismida ko’rsatilgan jinoyatni sodir etgan. Yuridik tilning o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundaki, u adabiy tilda shakllanishi lozim. Bunga, ayniqsa, yozma nutqda ehtiyoj seziladi. Bu matnda shevachilik ta’sirida bo’lish, adabiy tilga xos bo’lmagan so’z va iboralarni qo’llash ijobiy hodisa sanalmaydi. Masalan, prokuror o’rnida so’zlashuv uslubida qo’llaniladigan qoralovchi, advokat o’rnida oqlovchi tarzida yozish, yuqorida tahlil etilgan vijdonsiz singari so’zlardan foydalanish to’g’ri emas.
Xullas, yuridik matnlar tilida har bir gap to’g’ri tuzilgan bo’lishi, undagi har bir so’z va ibora o’z o’rnida va aniq, ma’lum bir maqsadni ko’zlab ishlatilishi, jumlalar qisqa va mantiqiy bo’lishi, obrazli ifodalar qo’llanilmasligi, ifodada e’tirozlarni, bayonni, hatto bir so’z yoki atamani ikki xil tushunishga yo’l qo’yilmasligi lozim.
Buning ustiga, yuridik til obrazli-estetik vositalardan yoki kundalik muomalada faol ishlatiladigan sheva arxaizm, istorizm, neologizm kabi elementlardan, frazeologizmlardan keng foydalanmasligi bilan farqlanib turadi. Ortiqcha takrorlarga yo’l qo’yilmaydi, jumlalarning mumkin qadar sodda tuzilishi talab qilinadi, yuridik matnning epitetlarga toqati yo’q. Hatto sinonimlardan keng foydalanish yo’l qo’yib bo’lmaydigan hodisa hisoblanadi.
Yana bir narsani eslash to’g’ri bo’ladiki, yuridik tilning ichida ham alohida yo’nalishlar mavjud. Masalan, prokuratura, advokatura yoki sud sohasida, garchi ular umumiy bir yuridik til atrofida birlashsa-da, faol qo’llaniladigan alohida atamalar, so’z va iboralar bo’ladi. Ayni paytda ular uchun umumiy til birliklari birgina fe’l turkumi doirasida quyidagilar ekanligini ta’kidlaymiz: joriy qilinsin, tamomlansin, yuklatilsin, kengaytirilsin, tashkil qilinsin, topshirilsin, jalb etilsin, belgilansin, yo’l qo’yilmasin, kuchaytirilsin, ishlab chiqsinlar, ishlab chiqilsin, ishlab chiqish topshirilsin, ko’zda tutilsin, ta’minlasinlar, ajratib berilsin, tasdiqlansin, choralar ko’rilsin, choralari ko’rilsin, choralari ishlab chiqilsin, choralari belgilansin, tavsiya etilsin, saqlab qolinsin, tadbiri ko’rilsin, zarur deb topilsin, amalga oshirilsin, imkoniyat tug’dirsin, sharoit yaratsin, uyushtirilsin va hokazo. Bu atamalar ko’lamini jazo, jinoyat, zaruriy mudofaa, oxirgi zarurat, mansabdor shaxs, hokimiyat organi, og’ir jinoyat kabi boshqa so’z turkumiga oid so’zlar hisobiga davom ettirish mumkin.
«Yuridik til, - deb ta’kidlashadi A.Saidov va G.Sarkisyanslar, - bir qancha kenja sistemaga ega: qonun tili yoki davlat yuridik tili, ilmiy yuridik til, sud tili, huquqshunos-muallim tili, publisist-yurist tili, prokuror tili, advokat tili va boshqalar». Ular ma’lum tildan foydalanishda umumiy asosga ega bo’lsa ham, mazmunan farqlanadi. Aslida esa til jihatdan ham farqlanadi va bu holat, birinchi navbatda, yozma nutqda o’z ifodasini topadi. Buni huquqqa oid ayrim hujjatlarning rasmiylashtirilishida yaqqol kuzatishimiz mumkin.
Tergov va sud jarayoni bilan bog’liq bo’lgan ayblash fikri, ayb e’lon qilish haqidagi qaror, jinoiy ishni qo’zg’atish haqidagi qaror, guvohlarni so’roq qilish, yuzlashtirish, tintuv o’tkazish, mol-mulkni musodara qilish bayonnomalari, ayblov xulosasi, sud qarori, sud hukmi, prokuror noroziligi (protesti), turli mazmundagi tushuntirish xatlari, ehtiyot chorasini ko’rish, tavsifnoma kabi bir qator yuridik matnlar mavjud bo’lib, ularning har birining rasmiylashtirilishida o’ziga xos qoliplar va qo’llaniladigan alohida so’z va iboralar mavjud.
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki yuridik kasbiy faoliyatining muloqotdagi o’rni yurist shaxsining kasbiy betikasi katta ahamiyatga ega.Yurist shaxsi fuqarolar bilan o’zaro muloqotda ularning ham imkoniyatlarini hisobga olgan holfa muloqot olib borishlari zarur.Muloqot jarayonida haddan ziyyod rasmiylikdan qochgan holatda muloqot olib borisglari kerak. Har bir mamlakatda o’ziga ishlab chiqqan qonun qoidalari mavjud. Har bir jamyatda fuqoro uzining huquqlarini yaxshi bilishligi va har bir o’sib kelayotgan yosh avlodning o’rtasida jinoyatchilikning oldini olish va shunga o’xshagan noxush xolatlardan yoshlarni asrab avaylash har bir katta yoshdagi insonlarning eng avvalo uyda ota onalarning mahalla faollarining va maktablarimizda esa inpektor psixologlarimiz va ularning manaviy jihat rivojlantirib boradigan ustozlarimizning vazifasiga kiradi. Huquqbuzarliklarning oldini olishda rejalashtirish alohida o'rin tutmog'i kerak. Va shuni nazarda tutish kerakki, Yurist kasbiy faoliyatidagi muloqot etika qoidalariga rioya qilsa va bu etika qoidalarini hozirgi o’sib kelayotgan yoshlarimizga shu jumladan yurist sohasida tahsil olayotgan yosh kadrlarga o’rgatishlari lozim.Hozirgi tahlikali zamonda nafaqat muloqot balki uning etika qoidalari,uni qay yo’sinda ishlata olish,muloqotning ta’sir kuchining yetarli meyorda bo’lishi ham katta ahamiyatga egadir.Yurist sohasi o’ta masuliyatli va sharafli kasblardan biri hisoblanadi.Yurist o’zining kasbiy faoliyati jarayonida ko’lab fuqarolar bilan o’zaro muloqotda bo’ladi.
Hozirgi kunda jamiyatimizda yurist faoliyatiga va bu kasbga bo’lgan qiziqish juda ham yuqori.Shuni hisobga olgan holatda hozir tayyorlanayotgan kadrlarning nafaqat faoliyatiga balki ularning kasbiy faoliyatidagi muloqot jarayoniga ularning muloqot etika qoidalarini o’rgatishga ham katta e’tibor qaratish lozim.



Download 59.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling