Amaliy topshiriq Gulboyeva Aynura
Download 1.62 Mb.
|
Amaliy topshiriq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bayon – bolalar nutqini oʻstirish omili
- Bayon yozishning turlari
- Boshlangʻich sinfda bogʻlanishli nutqqa oid mashqlar
- 3) muntazam oʻtkazilgan kuzatishlarni yozib borish va ob-havo kundaligini yuritish;
- Thank you 702-guruh talabasi Gulboyeva Aynura
Amaliy topshiriqGulboyeva Aynura3-, 4- sinfda bayon o‘tkaziladigan dars ishlanmasini tuzishReja:R1. Bayon – bolalar nutqini oʻstirish omili2. Bayon yozishning turlari3.Boshlangʻich sinfda bogʻlanishli nutqqa oid mashqlarBayon – bolalar nutqini oʻstirish omiliOʻquvchilarni oʻz fikrini mustaqil yozishga, oʻqilgan matnni hikoya qilishga oʻrgatishni iloji boricha ertaroq boshlagan ma’qul. Buning uchun oʻquvchilar matnni ogʻzaki hikoya qilayotganda qoʻllangan alohida soʻzlarni yozishdan gapni yozishga, soʻng matnni qismlarini yozishga va ikkinchi sinfdan boshlab maxsus tanlangan kichik matn asosida bayon yozishga oʻrgatiladi.Bayon oʻqib berilgan namunaviy matn mazmunini ma’lum tayyorgarlikdan soʻng yozma qayta hikoyalashdir. Oʻqish darslarida matn ustida ishlash, oʻqilgan matn yuzasidan savollarga javob berish, reja tuzish va reja asosida ogʻzaki qayta hikoyalash bolalarni bayon yozishga tayyorlaydi.Bayon yozishning turlariBayon yozishning turlari hilma-hildir. Har qanday qayta hikoya qilingan matn yuzasidan bayon yozish mumkin, ammo bayon yozish qayta hikoyalashga nisbatan qiyin va murakkab faoliyatdir. Bundan tashqari boshlangʻich sinf oʻquvchilarining yozish sur’ati sekin, shunga koʻra bayon uchun kichik hajmdagi kompozitsiyasi sodda, til tomondan ham mos matn tanlanadi.Bayon matni asta-sekin murakkablashtirib boriladi. Avval hikoya tarzidagi bir lavhani ifodalovchi bir matn tanlansa unga yana bir qancha lavhalarning tasvir elementlari kiritila boriladi, qatnashuvchilar soni orttiriladi, muhokama elementlari qoʻshiladi; keyinroq shaxsini oʻzgartirib bayon yozishga oʻtiladi.Shunday qilib, bayon asta-sekin ijodiy tus oladi. Boshlangʻich sinflar ona tili dasturiga koʻra 2-sinfda katta boʻlmagan (30−40 soʻzli) matn yuzasidan oʻqituvchi yordamida soʻroqlar asosida bayon yozish koʻzda tutiladi.
Boshlangʻich sinfda bogʻlanishli nutqqa oid mashqlarBoshlangʻich sinfda bogʻlanishli nutqqa oid mashq turlariga quyidagilarni kiritish mumkin:1) berilgan savolga toʻliq, mukammal javob;2) oʻqilgan asarni tahlil qilish, grammatik materialni oʻrganish; oʻquvchilar lugʻatini faollashtirish bilan boʻgliq holda har xil matnli mashqlar;3) muntazam oʻtkazilgan kuzatishlarni yozib borish va ob-havo kundaligini yuritish;4) oʻqilgan matnni turli variatda ogʻzaki qayta hikoyalash;5) berilgan mavzu, rasm, kuzatishga oid boshi yoki oxiri berilgan hikoya, reja yoki sujet asosida oʻquvchilarning ogʻzaki hikoyasi;
Thank you702-guruh talabasi Gulboyeva AynuraDownload 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling