Kuzatish Ilmiy emperik metod sifatida 19 asrning oxiridan boshlab ijtimoiy, pedagogik, klinik psixologiyada rivojlanish psixologiyasida keng qo’llanilib kelinyapti. 20-asrning boshidan boshlab esa mehnat psixologiyasida keng qo’llanilmoqda. Kuzatish uchun eng muhim jihat bu tashqi validlikning saqlanib qolishidir. Bu metodning asosiy afzalligi shundan iboratki, kuzatish tabiiy sharoitda o’tkaziladi, kuzatish kuzatilayotgan shaxslarning odatdagi xulq-atvorlarini o’zgartirmaydi. Kuzatishni bitta odam ustida xam va bir gurux shaxslar ustida xam olib borish mumkin. Bu metod bolalar bog’chasi guruxlaridagi yoki maktab sinfidagi bolalarni o’rganish uchun qulaydir. Kuzatish metodining kamchiligi uning anchagina mehnat talab qilishidir. Tadqiqotchi psixologni xulq-atvorning istalgan qiyofada emas, balki konkret tadqiqot vazifalari bilan bogliq xolda namoyon bo’lishigina qiziqtiradi. SHuning uchun kuzatiluvchi shaxs xususiyatlari va psixik xolatlarining o’ziga kerakli tarzda namoyon bo’lishini kutib turishi kerak. Bundan tashqari, psixik xususiyatlarning yakka ho’lda namoyon bo’lishini kuzatish va qayd qilish etarli emas. Tadqiqotchi u yoki bu xususiyatlarning xarakterligiga, tipikligiga ishonch hosil qilishi kerak. Kuzatishning tizimli va tizimli bo’lmagan turlari ajratiladi. Tizimli bo’lmagan kuzatish maydon tadqiqot jarayonida o’tkazilib, etnopsixologiya, rivojlanish psixologiyasida, ijtimoiy psixologiyada keng foydalaniladi. Tizimli bo’lmagan kuzatuvni o’tkazayotgan tadqiqotchi uchun sababli bog’lanishlarni qayd etish muhim emas, balki ma`lum bir sharoitlarda individ yoki gurux xatti- harakatlarining qandaydir umumlashgan manzarasini yaratish muhim hisoblanadi. Standartlashtirish (standart- inglizcha so’zdan olingan “me`yorda” degan ma`noni bildiradi) – test baholarini va muolajalarini yagona normativlarga keltirishdir. Metodika standartlashtirilganda turli sinaluvchilarda olingan natijalarni solishtirish imkoniyati vujudga keladi. Psixologik diagnostikada ikki xil standartlashtirish farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |