Amaliy topshiriq xarakteriga kora Psixodiagnostikmetodlari klassifikasiyasi


Tovushlarni eslab qolish uchun o‘tkaziladigan sinovlar


Download 1.23 Mb.
bet5/5
Sana17.06.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1544150
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
Referat

Tovushlarni eslab qolish uchun o‘tkaziladigan sinovlar
Ma'nosiz so‘zlarni esda olib qolish uchun o‘tkaziladigan sinovlar mexanik xotira hajmini o‘rganishga qaratilgan. Tajriba quyidagicha o‘tkaziladi: sinaluvchiga alohida qog‘ozga yozilgan tovushlar aytiladi (7-jadval), keyin istalgan tartibda esga tushirish so‘raladi.
7-jadval
Tadqiqot natijalarini qarorga qayd qilish sxemasi

Sinaluvchi F.I

yoshi

sinfi

Samira N.

11,5 yosh

5-sinf o‘quvchisi

sana

5.05.2013




vaqt

10-00







Qo‘zg‘ovchi material

Ko‘rsatishlar soni




1-seriya

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10




na

-

-

-

-

-

-
















ko




-







-

-
















la







-

-




-
















ra

-




-

-

-

-
















tu







-

-

-

-
















ma




-

-

-

-

-
















no

-







-

-

-
















zi

-




-

-

-

-
















nu










-

-

-
















la




-

-







-
















Aytilgan «ortiqcha» tovushlar

si




ru da

























Esga tushirilgan tovush

3

5

7

7

8

10
















2-seriya

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

salom

-

-

-

-

-
















doli










-

-
















kozim

-




-






















mira




-




-

-
















nulim




-

-




-
















kiryam

-




-

-

-
















vokar

-




-

-

-
















torik




-







-
















siza




-




-

-
















viga













-



















Aytilgan «ortiqcha» so‘zlar































Esga tushirilgan so‘zlar soni

4

5

6

6

9
















Avval 1-seriyadagi qo‘zg‘atuvchi material – 10 ta bir bo‘g‘indan iborat tovushlar o‘qib beriladi va sinaluvchidan ularni takrorlash so‘raladi, keyin bu tovushlar yana o‘qib beriladi. Tadqiqot qarorida barcha tovush birikmalari qayd etiladi. Navbat bilan har bir ko‘rsatishdan so‘ng jadvalda aytilgan so‘z birikmalari va tovushlar qayd etiladi. Ikki seriyani o‘tkazish uchun o‘rtacha 12 daqiqa vaqt kerak bo‘ladi.


Psixologik test: "Siz qanday odamsiz?"

Har bir inson o‘zi haqida bilishga qiziqadi. Bu test esa o‘zingizni yanada yaxshiroq bilishga ko‘maklashadi. Siz mazkur test orqali o‘zingizni sinab ko‘rsangiz, foydadan holi bo‘lmaydi.

1. Dengizni xayolan tasavvur qiling. U qanaqa rangda?
a) To‘q ko‘k.
b) Havorang.
v) Yashil.
g) Kulrang.

2. Qarshingizda ulkan tog‘ yastanib turibdi. Siz uning qayerida turishni xohlardingiz?
a) Tog‘ cho‘qqisida.
b) Tog‘ qiyaligida.
v) Tog‘ etagida.

3. Quyidagi shakllardan qaysi biri sizga ko‘proq yoqadi?
a) Doira.
b) To‘rtburchak.
v) Uchburchak.

4.Tanlagan buyumingiz nimadan yasalgan bo‘lishini xohlardingiz?
a) Yog‘ochdan.
b) Shishadan.
v) Qimmatbaho toshdan.
g) Metalldan.

5. Xayolan ot rasmini chizing. U qanaqa rangda bo‘lishi mumkin?
a) Jigarrang.
b) Qora.
v) Oq.

6. Bo‘ron boshlanyapti. Siz bu vaziyatda nima qilasiz?
a) Otga minib, uzoqroqqa qochib ketasiz.
b) Uyga kirib, yashirinib olasiz.

ENDI JAVOBLARNI TAHLIL QILAMIZ:
1. Bu savolning javobi sizning shaxsiyatingiz xususida umumiy ta’rif beradi.
a) Agar to‘q ko‘k rangni tanlagan bo‘lsangiz, demak, siz murakkab tabiatli insonsiz.
b) Agar havorang to‘g‘ri kelsa, boshqalar sizni oson tushunadi.
v) Yashil rangli dengizni tasavvur qilgan bo‘lsangiz, siz muloqotga kirishuvchansiz va hech narsadan tortinmaysiz.
g) Kulrang bo‘lsa, siz tortinchoqsiz.

2. Bu savol sizning hayotdagi xohish-istaklaringizni ko‘rsatadi.
a) Agar cho‘qqini tanlagan bo‘lsangiz, juda ko‘p narsaga erishishni da’vo qilasiz.
b) Tog‘ qiyaligi sizning fe’lingiz mo‘’tadil ekanligidan dalolat beradi.
v) Tog‘ etagi esa har qanday hayot tarziga ko‘nikishingizni anglatadi.

3. Tanlagan shaklingiz sizdagi konfermizm qay darajada ekanligini ochib beradi.
a) Doirani tanlagan bo‘lsangiz, demak, hammaga yoqishga intilasiz.
b) To‘rtburchak shakl – sizning mustaqil ekanligingizni bildiradi.
v) Uchburchakda to‘xtagan bo‘lsangiz – o‘jar va qaysarsiz.

4. Tanlagan buyumingiz, aniqrog‘i, uning qanday ashyodan tayyorlangani sizning yon-atrofingizdagilar bilan munosabatingizni bildiradi.
a) Yog‘och – siz tinchliksevar insonsiz. Doimo urush-janjallardan qochib yurasiz.
b) Shishani tanlagan bo‘lsangiz, qalbingiz juda ham nozik. Har doim ham o‘zingizga ishonch sezavermaysiz.
v) Agar qimmatbaho toshdan yasalgan narsani tanlagan bo‘lsangiz, sizni ishontirish va biror narsaga majbur qilish juda qiyin.
g) Metallda to‘xtagan bo‘lsangiz – siz kuchli shaxssiz. Doimo atrofdagilardan ustun bo‘lishga intilasiz.

5. Ot rangi sizning haqiqiy hayotga bo‘lgan munosabatingiz ramzidir.
a) Jigarrang – doim aniq hisob-kitoblarga amal qilib yashaysiz. Shuning uchun ham sizning hayotdagi o‘rningiz mustahkam.
b) Qora rangda to‘xtasangiz – sizni tushunish boshqalar uchun ancha qiyin. Qiyinchiliklarga o‘zingizni uraverish odatingiz bor.
v) Oq rang – siz dimog‘dor insonsiz, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Atrofdagilarda yaxshi taassurot qoldirishni xush ko‘rasiz.

6. Bu savolga javob hayotda ko‘proq kimga ishonishingizga aniqlik kiritadi.
a) agar otda ketib qolishni tanlasangiz, hayotdagi og‘ir vaziyatlarda eng avvalo, do‘stlaringizdan yordam kutasiz.
b) Uyni tanlasangiz, demak, siz oilani birinchi o‘rinda ko‘rasiz. Yordam va himoyani umr yo‘ldoshingizdan kutasiz.
Test - Sizga nima yordam beradi - Mayoqlardan birini tanlang va sizga hayotda nima yordam berishini bilib oling.


🗼 Mayoq 1


G'alati, ammo tanqidiy vaziyatlar sizga yordam beradi. Vaqt muammosi. Aynan shunday davrlarda, lahzalarda siz baquvvat va qat'iyatli bo'lasiz. Agar shunday desam, ular sizni faollashtiradi.


🗼 Mayoq 2


Sevgi sizni qutqaradi. Yoki siz bilan yaxshi munosabatlar. Yoki shaxsan sizga katta hamdardlik. Aytish mumkinki, siz sevgi bilan oziqlanasiz. Befarqlik sizni umuman turtki bermaydi va faollashtirmaydi. Sizni odamingiz uchun juda ijobiy his-tuyg'ular qutqaradi.


🗼 Mayoq 3


Uylar va devorlar yordam beradi - bu siz haqingizda. Agar sizning uyingizda tartib bo'lsa va yaqinlaringiz bilan hamma narsa ajoyib va ​​chiroyli bo'lsa, siz juda baquvvat va optimistsiz. Qarindoshlar bo'lmasa ham, lekin sizning shaxsiy uyingiz bor. Aynan shu energiya - uyning energiyasi - bu sizga doimo yordam beradi. Bu yordam beradi, tinchlantiradi, xursand qiladi.


🗼 Mayoq 4


Siz har doim eng umidsiz vaziyatdan chiqishning ajoyib yo'lini topasiz. Shubhasiz, siz faollashasiz va o'z-o'zini davolashga erishasiz. Hech kim sizni bezovta qilmasa va muammolar bilan yuklamasa, sizga bir oz jim vaqt bersangiz. Sizga nihoyatda sokin muhit yordam beradi.




Eksperiment. Eksperiment metodining asosiy farqi va afzalligi shundan iboratki, bunda tadqiqotchi o’z xohishi bilan qandaydir psixik protsess yoki xususiyatni Yuzaga keltirib psixik hodisaning tashqi sharoitga bog’liqligini tekshirib ko’rishi mumkin. Eksperiment metodining ana shu afzalligi uning psixologiyada keng qo’llanilishi bilan tushuntiriladi. Empirik, ya`ni tajriba yo’li bilan qo’lga1 kiritilgan faktlarning asosiy ko’pchiligi psixologiyada eksperimental yo’l bilan olingandir. Biroq, har qanday tadqiqot qilinadigan vazifalarga eksperimentni
qo’llab bo’lmaydi. Masalan, agarda psixik protsesslar va funktsiyalar ko’proq eksperiment yo’li bilan o’rganilsa, shaxsning birmuncha sodda xususiyatlari (temperament, ko’pgina qo’biliyatlar) ham shu metodda o’rganiladi. Lekin xarakterning va qobiliyatlarning murakkab turlarini xali eksperiment metodi bilan o’rganib bo’lmaydi.


Suxbat metodi. Bu metod tadqiqotning turli bosqichlarida qo’llaniladi: masalan, dastlabki tanishish bosqichida ham boshqa metodlar, ayniqsa, kuzatish metodi orqali qo’lga kiritilgan xulosalarni aniqlashda qo’llaniladi. Suxbat metodidan moxirlik bilan foydalanish juda qimmatli natijalarga erishishga yordam berishi mumkin.


Intervyu metodi. Psixologiya fanidagi bu metod sotsiologiyada keng qollaniladigan anketa metodidan farq qiladi. Xuddi suxbat metodi kabi intervyu metodi ham so’roq-javob metodiga tegishlidir. Ko’pincha intervyu uchun savollarni sotsiologik anketalar tipiga o’xshatib, ya`ni ko’p masalalar Yuzasidan ko’plab javoblar olishni ko’zlab tuziladi. Intervyu metodiga bunday tarzda yondashish tadqiqotning faqat birinchi bosqichiga, muammo bilan dastlabki tanishish bosqichiga to’gri keladi. Biroq bilimlarni va o’ rganilayotgan psixik xususiyatlarni strukturasini hisobga olib tuzilgan savollar o’rganilayotgan xususiyatlar strukturalari hamda darajalarini bundan keyin aniqlash uchun juda qimmatli natijalar berishi mumkin.


Ekspert baholash metodi. Bu metod shaxs psixologiyasida keng
qo’ llaniladi. Ekspertlar sifatida tekshirilayotgan kishilarni yaxshi biladigan shaxslar -bolalar bog’chasi va maktab-internatlarning tarbiyachilarini, sinf raxbarlari, ishlab chiqarish-texnika bilim Yurtlarining masterlari, ishlab chiqarishdagi masterlar, ilmiy jamoa raxbarlari, xarbiy komandirlar, administratorlar, sport trenerlari qatnashishlari mumkin. Ekspert baxolarni ko’proq xususiyatlarning sifat jixatidan namoyon bo’lishlarini tasvirlash emas (buni ekspertlar bilan qilinadigan keyingi suxbatlarda o’tkazilsa ancha foydaliroq bo’ladi), balki o’rganilayotgan xususiyatlarning ifodalanishini miqdoriy baholash tarzida, ya`ni u yoki bu xususiyat yoki xulq-atvor elementlari darajalarini baxolash tarzida o’tkazilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Ekspertlar umumlashtirish bilan bog’liq bo’lmagan xulq-atvor elementlarining ancha-muncha mayda qismlari ifodalanganligini qayd qilishi lozim. Umumlashtirish - ekspertning emas, balki tadqiqotchining ishidir.


Oz-ozini kuzatish metodi. XVIII-XIX asrlar empirik psixologiyasi tomonidan kamsitilgan bu metod so’nggi yillarda yana ma`lum ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Chunonchi, suxbat va so’roq-javob metodlarini o’z-o’zini kuzatish metodi orqali olingan ma`lumotlarsiz qo’llab bo’lmaydi. Buni suxbat va shaxsiy savol-javob o’tkazish uchun savollar tuzishda hisobga olish zarur. Lekin o’z-o’zini kuzatish garchi psixologik tadqiqotlarning asosiy metodi bo’lmasa-da, mustaqil ahamiyatga ega b o’lishi mumkin. Oz-ozini kuzatish metodi psixik holatlarni, ya`ni tetik kayfiyatni, achchiklanishni, ishchanlikni, kasb bilan bogliq bolgan sermahsul ishlarni o’rganishda ayniqsa foydali b’lishi mumkin.


Arxiv metodi. Amerika ilmiy adabiyotlarida «Arxiv metodi» degan atama qabul qilingan, bunday tadqiqotlarni o’tkazuvchi psixolog sinaluvchining xulqini kuzatmaydi va o’lchamaydi, balki, kundalik qaydnomalarni va yozuvlarni, arxiv materiallarini, mehnat, o’quv yoki ijodiy faoliyatini tahlil qiladi.
Sobiq sovet psixologlari bu metodni ifodalashda boshqa atamadan foydalanishdi. Ko’p hollarda u «faoliyat mahsullarini o’rganish» yoki «praksimetrik metod» deb ifodalanadi.
Eksperimentator tadqiqotlar matnini, faoliyatning, predmetli mahsulotini turli xil maqsadlarda o’tkazishi mumkin. Shaxs psixologiyasining keng yoyilishi ijodiy psixologiya va psixologiya tarixi, bir shaxsning yoki ko’p odamlar hayot yo’lining o’ziga xosligi – biografik metod nomini oldi.
«Arxiv metodi» xilma-xilligiga kontent-analiz texnikasi ham taalluqlidir



  1. Jalilova S.X., G`ayibova N.A. Umumiy psixodiagnostika. O`quv qo`llanma.

  2. Жалпанова Л.Ж. Как читать человека. Расшифровка мимики и жестов. -

  3. Insonni o‘rganish ilmi. – T.: Yangi asr avlodi

  4. Климов Е.А. Как выбрать профессию.

  5. Леонова А.Б. Психодиагностика функциональных состояний человека. - М.: Изд-во Моск. Унв-та

  6. Линдеман Х. Аутогенная тренировка.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling