Amaliy topshiriqlar
Download 84.59 Kb.
|
4-Амалий машғулот
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. Uzoq mud. aktivlar I. O‘z manbalari
- I bo‘lim jami 0 0 I bo‘lim jami
- II Joriy aktivlar II Majburiyatlar
- II bo‘lim jami 5 136 000 3 324 850 II bo‘lim jami
- B a l a n s 5 136 000 3 324 850 B a l a n s
4-MAVZU: PUL MABLAGʻLARI HISOBI AMALIY TOPSHIRIQLAR 1. “ARZANDA” masʻuliyati cheklangan jamiyat (MChJ)da kassa operatsiyalari boʻyicha quyidagi xoʻjalik operatsiyalari amalga oshirilgan. “ARZANDA” MChJda hisobot davri boshiga quyidagi schoʻtlarda qoldiqlar boʻlgan: 5110 - “Hisob-kitob schoʻti” – 5 000 000 soʻm 6970 - “Hisobdor shaxslarga boʻlgan qarz” schoʻti – 12 000 soʻm 5010- “Milliy valyutadagi pul mablagʻlari” schoʻti – 1 000 soʻm 6710 - “Mehnat haqi boʻyicha xodim bilan hisoblashishlar” schoʻti – 3 000 000 soʻm 4730 - “Moddiy zararni qoplash boʻyicha xodimlarning qarzi” schoʻti – 135000 soʻm 8330 - “Pay va ulushlar” schoʻti – 2 124 000 soʻm
Talab qilinadi: 1. Yuqoridagi xoʻjalik operatsiyalarini schoʻtlarda ikkiyoqlama yozuv usulidan foydalangan holda hisobda xoʻjalik operatsiyalarini roʻyxatga olish daftarida aks ettiring. 2. Tegishli sintetik schoʻtlarni oching hamda boshlangʻich qoldiqlarni oʻtkazing. 3. Xoʻjalik operatsiyalarini roʻyxatga olish daftarida hisobga olingan xoʻjalik operatsiyalarini tegishli schoʻtlarga oʻtkazing va hisobot davri oxiriga qoldiqlarni aniqlang. 4. “ARZANDA” MChJning hisobot davri boshi va oxiriga buxgalteriya balansini tuzing. 5110 DT-1 340 850 KT-3 212 000 2. “ZIYO NUR” xususiy korxonasi (XK) mahsulot ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanadi. Xususiy korxonada hisobot davri boshiga quyidagi aktivlari va passivlari mavjud boʻlgan: Asosiy vositalar – 60 400 000 soʻm, Olingan boʻnaklar – 5 800 000 soʻm, Ustav kapitali – 34 775 000 soʻm, Taqsimlanmagan foyda – 4 800 000 soʻm, Materiallar – 8200 000 soʻm, Budjetga soliqlar boʻyicha qarzlar – 880 000 soʻm, Xaridor va buyurtmachilarning qarzi – 8 000 000 soʻm, Asosiy vositalarga hisoblangan eskirish – 34 200 000 soʻm, Qisqa muddatli bank krediti – 50 000 000 soʻm, Mehnat haqi boʻyicha qarz – 17 000 000 soʻm, Hisob-kitob schoʻti – 77 355 000 soʻm, Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilardan qarzdorlik – 6 500 000 soʻm. “ZIYO NUR” xususiy korxonasida hisobot davrida hisob-kitob schoʻtidagi pul mablagʻlari bilan bogʻliq quyidagi xoʻjalik operatsiyalari sodir boʻlgan: 20xx yil 5-yanvarda budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzdorlik summasi toʻlov topshiriqnomasiga asosan oʻtkazib berildi. Bank koʻchirmasiga koʻra xaridorlardan 20xx yil 7-yanvarda sotilgan tayyor mahsulotlarning puli 8 000 000 soʻm hisob-kitob schoʻtiga kelib tushgan. Shuningdek, “Alfa” MChJdan 2 000 000 soʻm boʻnak toʻlovlari kelib tushgan. 20xx yil 13-yanvar kuni qisqa muddatli bank kreditining bir qismi 417 000 soʻm hisob-kitob schoʻtidan oʻtkazildi. Xodimlar ish haqisining 50 foizi plastik kartichkalarga oʻtkazib toʻlanishi sababli, 20xx yil 14-yanvarda hisob-kitob schoʻtidan 5530-“Boshqa maxsus schoʻt”larga ish haqining 50 % oʻtkazildi. 20xx yil 15-yanvarda maxsus schoʻtdagi pul mablagʻlari taqsimot qilindi. 20xx yil 20-yanvarda “Fayz” MChJdan boʻlgan 4 000 000 soʻmlik qarzdorlik hamda “Umid” xususiy korxonasidan boʻlgan 2 500 000 soʻmlik qarzdorlik toʻlov topshiriqnomalariga asosan toʻlab berildi. Xodimlarga 20xx yil dekabr oyining ish haqisini tarqatish maqsadida hisob-kitob schoʻtidan 20xx yil 25-yanvarda 8 500 000 soʻm miqdorida naqd pul olindi. Toʻlov vedomostlariga asosan kassadan 20xx yil 26-yanvar kuni ish haqi toʻliq tarqatildi. Talab qilinadi: 1. “ZIYO NUR” xususiy korxonasi aktivlari va passivlarini turkumlang va hisobot davri boshiga buxgalteriya balansini tuzing. 2. Xususiy korxonada hisob-kitob schoʻtidagi pul mablagʻlari bilan bogʻliq xoʻjalik operatsiyalarini hisob registrlarida aks ettiring. 3. «ZIYO NUR» xususiy korxonasining hisobot davri oxiriga buxgalteriya balansini tayyorlang. 3. Chet el valyutasini sotib olish bilan bogʻliq xoʻjalik operatsiyalarini hisobda aks ettirish. 3.1. Korxona xoʻjalik faoliyatida foydalanish maqsadida chet eldan qiymati 100000 dollarga teng boʻlgan materiallar toʻplamini sotib olishni rejalashtirdi. Biroq, korxonaning materiallar toʻplamini sotib olish uchun chet el valyutasi mavjud emas. Shu sababli, korxona tijorat bankidan 100000 dollar qiymatidagi chet el valyutasini 10700 soʻm boʻlgan bozor kursi boʻyicha xarid qildi. Sotib olish sanasida MB kursi – 10600 soʻm. Talab qilinadi. Chet el valyutasini sotib olish bilan bogʻliq xoʻjalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettiring. 3.2. Savdo korxonasi qayta sotish maqsadida chet eldan qiymati 152500 dollarga teng boʻlgan tovarlar toʻplamini sotib olishi lozim. Lekin, savdo korxonasining valyuta schyotida mablagʻ boʻlmaganligi bois, tijorat bankidan mazkur valyuta qiymatiga teng mablagʻni sotib olishga qaror qildi. Tijorat banki yuqori qiymatda chet el valyutasini sotib olayotganligi sababli, savdo korxonasiga 1 dollarni 10580 soʻmdan sotishni taklif qildi. Savdo korxonasi mazkur kurs boʻyicha 152500 dollar sotib oldi. Sotib olish sanasida MB kursi – 10600 soʻm. Talab qilinadi. Chet el valyutasini sotib olish bilan bogʻliq xoʻjalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettiring. 4. Chet el valyutasini sotish bilan bogʻliq xoʻjalik operatsiyalarini hisobda aks ettirish. 4.1. Korxonaning valyuta schyotida 125000 dollarga teng boʻlgan mablagʻ mavjud. Tijorat banki korxonaga valyuta schyotidagi mablagʻlarni sotish maqsadi boʻlsa, 1 dollarni 10660 soʻmdan sotib olishga tayyorligini maʻlum qildi. Korxona tijorat banki tomonidan bildirilgan taklifga rozi boʻldi va tijorat bankiga 120000 dollar sotdi. Sotib olish sanasida MB kursi – 10600 soʻm. Talab qilinadi. Chet el valyutasini sotish bilan bogʻliq xoʻjalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettiring. 4.2. “Asilbek-ASA” xususiy korxonasi mahsulot ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanadi. Korxona 185600 dollarga teng boʻlgan tayyor mahsulotni chet elga eksport qildi. Xaridorlar tayyor mahsulotlarni qabul qilib olgandan soʻng, sotilgan tayyor mahsulot qiymatini korxonaning valyuta schyotiga oʻtkazib berdi. Korxona oʻzining tijorat bankiga valyuta schyotidagi chet el valyutasini sotishni rejalashtirayotganini maʻlum qildi. Tijorat banki esa yuqori qiymatdagi chet el valyutasini sotib olayotganligi sababli 1 dollarni 10580 soʻmdan sotib olishni taklif qildi. Korxona tijorat bankiga yuqori qiymatda chet el valyutasini sotayotganligi sababli, taklif etilayotgan kurs kamligini aytib oʻtdi. Tijorat banki korxonaga aslida ham yuqori qiymatda sotib olayotganligi uchun mazkur kursni taklif etayotganligi, yaʻni agarda sotib olinayotgan chet el valyutasi miqdori 12000 dollardan kam boʻlganda 1 dollarni 10550 soʻmdan sotib olishi mumkinligini tushuntirdi. Shundan soʻng, korxona rahbariyati oʻylab koʻrgan holda tijorat bankining taklifiga rozi ekanligini maʻlum qildi va 185000 dollarni sotdi. Sotib olish sanasida MB kursi – 10600 soʻm. Talab qilinadi. Chet el valyutasini sotib olish bilan bogʻliq xoʻjalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettiring. 5. Korxonaning xodimlardan oʻtgan oydagi mehnat haqi koʻrinishidagi qarzi 60 000 000 soʻmni tashkil etadi. Korxona ish haqini toʻliq plastik kortochkalarga oʻtkazib berish orqali toʻlovni amalga oshiradi. Shu sababli, korxona tijorat bankidan maxsus schyot ochgan boʻlib, hisobot oyida mazkur schyotga hisob-kitob schyotidan ish haqi uchun 60 000 000 soʻm mablagʻlar oʻtkazildi. Shundan soʻng, maxsus schyotdagi pul mablagʻlari xodimlarning plastik kortochkalari taqsimot qilindi. Talab qilinadi: Korxonada maxsus schyotlar bilan bogʻliq xoʻjalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettiring. 6. “OSIYO SAVDO” xususiy korxonasi chakana savdo faoliyati bilan shugʻullanadi. 20xx yil 28-yanvarda xususiy korxonaning kassasidagi 65 000 000 soʻm naqd pul mablagʻlari tijorat bankidagi hisob-kitob schyotiga oʻtkazish uchun inkassatorga topshirildi. Mazkur pul mablagʻlari 20xx yil 31-yanvarda tijorat bankidagi hisob-kitob schyotiga kelib tushdi. Talab qilinadi: “OSIYO SAVDO” xususiy korxonasida yoʻldagi pul mablagʻ (oʻtkazma)lari bilan bogʻliq xoʻjalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettiring. 7. Korxona hisobot oyida hisob-kitob schyotidan “Zomin” dam olish maskanidan bir-birligining qiymati 2 500 000 soʻm boʻlgan 10 dona sanotoriy yoʻllanmalarini sotib oldi. Korxona yigʻilish bayonnomasining qaroriga va chiqim dalolatnomasiga asosan mazkur yoʻllanmalarning 3 donasini maʻmuriy xodimlarga ajratib berildi. Talab qilinadi: Korxonada pul ekvivalentlari bilan bogʻliq xoʻjalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettiring. Download 84.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling