Amaliyot -2


Download 443.58 Kb.
bet1/3
Sana10.04.2023
Hajmi443.58 Kb.
#1349242
  1   2   3
Bog'liq
2-amaliy



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI


Kompyuter injiniringi
FAKULTETI

IV-BOSQICH DI-12-19 GURUH TALABASINING
Tizimlarning matematik va dasturiy ta’minoti fanidan
2-AMALIY ISHI

Bajardi: Shodmonov J.

Qabul qildi: Ablaqulov K.
Qarshi 2023


Amaliyot -2


Mavzu: Murakkab tizimlarni tadqiq qilishning asosiy masalalari
Murakkab tizimlarni tadqiq qilishning asosiy masalalari quyidagilar:

  • Sintez masalasi. Bunda tizim strukturasi va berilgan xossalari bo’yicha uni aniqlovchi parametrlar topiladi.

  • Tahlil masalasi. Bunda tizimning ma’lum strukturasi va ma’lum parametrlari asosida uning holati o’rganiladi. Ya’ni tizim xossalari va uning tavsifi tadqiq qilinadi. Bu masala sintez va tahlil masalasi yechimi natijalarini qo’llagan holda amalga oshiriladi.

Sintez masalasi. Tizimlar umumiy nazariyasiga asosan, sintez – bu belgilangan natijalarni olish uchun kerakli va yetarli bo’lgan funsiyalar va strukturalarni yaratish jarayonidir. Ishlab chiqiladigan tizim funsiyasini aniqlash hozirgina ma’lum bo’lgan va u nima qilishi kerak bo’lgan qandaydir abstrakt tizimni belgilaydi. Shu sabab funsiyani sintez qilish bosqichi abstrakt sintez, strukturani aniqlash bosqichi esa berilgan funsiyani amalga oshirish bilan bog’liq bo’lib – strukturali sintez deyiladi.
Sintez masalasi qo’yilishini misol tariqasida axborot hisoblash tizimida qaraylik. Bunday tizimlar nazariyasida asosiy masala – uni optimal sintez qilish bo’lib, natijada belgilangan funsiyani bajarish uchun tizimni qurishning eng yaxshi usulini tanlash amalga oshiriladi. Sintez masalasida loyihalashtirilayotgan tizim vazifasi haqidagi boshlang’ich ma’lumotlar quyidagilar bo’ladi:
Tizim funsiyasi. Odatda bunda amaliy masalalar ro’yxati taqdim etiladi;
Tizim xarakteristikasiga cheklanishlar ro’yxati. Misol uchun masalani yechish vaqti, jihozlar qiymati, tizimning unumdorligi.
Samaradorlik mezoni, tizimning to’laligicha sifatiga baho qo’yish usuli.
Bulardan kelib chiqqan holda tizim strukturasini (qurilmalar tarkibi va ular orasidagi aloqalar) va hisoblash jarayonini boshqarish strategiyasini aniqlash kerak bo’ladi.
Loyihalashtirilayotgan axborot-hisoblash tizimining sifati tizim jihozlariga, jumladan apparat bo’limiga ketgan xarajatdan, vaqt bo’yicha esa amaliy masalalarni yechishga bog’liq.

Download 443.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling