Amaliyot -2
Download 443.58 Kb.
|
2-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.4. Loyihalash jarayonining umumiy tasnifi
Tahlil masalasi. Tahlil – bu tizimga xos xossalarni aniqlash (tadqiq qilish) jarayonidir. Tipik tahlil masalasi quyidagicha qo’yiladi. Aytaylik, tizim tarkibiga kiruvchi elementlarning xarakteristikasi va funsiyasi ma’lum, uning tuzilmasi aniqlangan. Tizimning o’ziga xos xarakteristika yoki funsiyalarini aniqlash lozim.
Murakkab tizimlar nazariyasining asosiy masalasi – turli sinfdagi amaliy masalalar xossalarini, jarayonlarni boshqarish struktura va strategiyalarini, elementlar va ular to’plami xarakteristikasini sonli va sifatli baholash maqsadida tizimni tahlil qilishdir. Tizim xossasini xarakterlovchi ko’rsatgichlar quyidagi ikki usuldan biri yordamida aniqlanishi mumkin: tabiiy tajriba natijalarini qayta ishlash yo’li bilan; tizimning ishlash jarayonini fizik yoki matematik modellashtirish natijalari yordamida. Tabiiy sharoitda obyektni amaliy jihatdan o’rganish faqat quyidagi shartlarning bajarilishida maqsadga muvofiq: tizim kerakli maqsadga erishish uchun tajriba rejimida ishlashining mumkinligi; barcha kerakli ma’lumotlarni hech qanday mablag’siz datchik va ma’lumotlarni yig’ish qurilmalariga qayd qilib qo’yishi mumkinligi; olingan ma’lumotlarni to’plash va statistik qayta ishlash real masshtab vaqt ichida tajribaga qo’yilgan muddatni qanoatlantirishi; tizimning ishlash rejimining o’zgartirilishi uning ishdan chiqishiga olib kelmasligi. Modomiki, mazkur keltirilgan shartlar ko’pchilik amaliyot paytlarda bajarilmaydi. Shuning uchun hozirgi vaqtda murakkab tizimlarni tahlil qilishda eng samarali vosita ularni matematik modellashtirish bo’lib qolmoqda. Tahlil masalasi uchta bosqichni o’z ichiga oladi: Birinchi bosqichda tahlil qilinadigan obyektga xos kelib chiqadigan aloqalar aniqlanishi kerak va jarayonlarda bo’ladigan mohiyatini ochib beruvchi obyektning kontseptul modelini qurish lozim. Kontseptul modelini qurishda obyekt parametrlari va xarakteristikalari orasidagi mavjud bog’lanishlar o’rnatiladi. Bu parametrlar modelga kiritilgan bo’lishi kerak. Ikkinchi bosqichda qabul qilingan kontseptual model bazasida parametrlar va xarakteristikalar orasidagi munosabatlar sonini ochib beradigan matematik model quriladi. Masalan, funksional bog’lanish formasi bu yerda Y – xarakteristikalar to’plami, X – parametrlar to’plami. Ular kontseptual modelda hisobga olingan. Bu bog’lanishlarni tadqiq qilish obyekt xossalarini chiqarishda va o’rganishda muhim rol o’ynaydi. Uchinchi bosqichda tahlil qilinayotgan obyekt uchun olingan matematik modelning ishonchliligi tekshiriladi. Ishonchlilikni tekshirish modeldan va tajribadan olingan ma’lumotlarni, shuningdek tahlil usullari yordamida olingan ma’lumotlarning o’zaro bog’lanishlarini solishtirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Tahlil natijasi murakkab tizimda bo’ladigan jarayonlar va tizimga xos qonuniyatlar modellarini olishdan iborat. Shunday qilib, murakkab tizimlarni tadqiq qilish butun tizimni tashkil qilish uslublari, jarayonlarni boshqarishning har xil strategiyalarini, algoritm xossalarini tahlil qilishdan boshlanadi. Bunda jarayonlar modellari quriladi va tadqiq qilinadi. 2.4. Loyihalash jarayonining umumiy tasnifi Har xil turdagi murakkab texnik tizimlarni ishlab chiqishning eng zarur shartlaridan biri hisoblash mashinalarini qo’llash orqali ularning loyihalash usullarini keng tadbiq qilish va rivojlantirishdir. Avtomatik dasturlash deganda, fizik jarayonlarga bog’liq bo’lmagan obyekt modellarini qo’llab murakkab tizimlarni ishlab chiqishda hisoblash mashinalarini qo’llash tushuniladi. Har qanday loyihalash jarayoni o’z strategiyasi va texnologiyasiga ega. Loyihalash strategiyasi – bu qo’yilgan masalani yechish uchun loyihachi tomonidan ketma-ketlikdagi operasiyalarni aniqlash va izlab topishdir. Strategiya loyihalashda ishlatiladigan algoritmlar va usullarni qarab chiqadi. Loyihalash strategiyasi turlari chiziqli, siklik, tarmoqlanuvchi, adaptiv yoki boshqa shaklda bo’lishi mumkin. Chiziqli strategiyada loyihalash operasiyalari ketma-ket bajariladi. Siklik strategiyada oldingi galda olingan natijaga bog’liq ravishda loyihalash operasiyalarini takrorlash imkoniyati qarab chiqiladi. Tarmoqli strategiyada oldingi loyihalash operasiyasi natijasiga bog’liq ravishda paralel operasiyalarni bajarish uchun yangi bajaruvchilarni qo’shadi. Adaptiv strategiyada har bir keyingi harakatni tanlash oldingi operasiyalarda olingan natijadan bog’liq bo’ladi. Loyihalash texnologiyasi – bu berilgan obyektni loyihalashni amalga oshiruvchi oldindan sinab ko’rilgan harakatlar yoki operasiyalar ketma-ketligidir. Loyihalash jarayonida loyihalash tili qo’llaniladi, u natijalarni lingvistik va grafik tasvirlash vositasi bo’lib xizmat qiladi. Texnik obyektlarni loyihalash masalasining yechimlari evristik va tizimliga bo’linadi. Evristik yechim - inson ijodiy natijasidan olingan bo’lib, u hech qanday oldingi tajribalar mantiqidan kelib chiqqan emas. Tizimli yechim – usullarni qo’llash natijasida olingan bo’lib, inson qiziqishining ijod mahsulidir. Loyihalash jarayoni boshlang’ich eskizli va texnik bosqich bo’limlaridan iborat. Boshlang’ich bosqich obyekt tuzilmasini va uni ishlatishdagi material-energetik vositalarni tanlash, obyekt va uni tashkil etuvchi bo’g’inlar xarakterini aniqlash bilan boshlanadi. Loyihalashning eskiz bosqichida obyekt sxemasi tuzilmasi aniqlashtiriladi, hamda ishlatiladigan texnik vositalar xarakteristikasi va ularni optimallashtirish masalasi tahlil qilinadi. Loyihalashning texnik bosqichida konstruktorlik va texnik hujjatlar ishlab chiqiladi. Bu hujjatlar tajriba o’tkazishni ishlab chiqishda obyektning bir guruhini tayyorlashda kerak bo’ladi. Konstruktorlik hujjatlari esa loyihalashtirilayotgan tizimni tayyorlash va uni o’rnatishda qo’llaniladi. Texnik hujjatlar tizim ishlashining texnik tavsifini o’z ichiga olgan bo’lib, uni ishlatish, tekshirish, testlash va boshqa vazifalarda kerak bo’ladi. Murakkab tizimlarni loyihalashni yuqori darajada loyihalash metodologiyasi, diskret matematika, yechimlar nazariyasi, axborot nazariyasi lozim. Download 443.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling