Amaliyot 3 Mavzu: TrueCrypt yordamida ma'lumotlarni shifrlashni o‘rganish Maqsad


Download 105.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana03.11.2023
Hajmi105.98 Kb.
#1742964
  1   2   3   4   5   6   7   8


Amaliyot 
Mavzu: TrueCrypt yordamida ma'lumotlarni shifrlashni o‘rganish 
Maqsad: TrueCrypt yordamida ma'lumotlarni shifrlash bo‘yicha bilim va 
ko’nikmalarni shakllantirish. 
Vazifa: TrueCryptni o‘rnatish va ishlatish, xotira diskini shifrlash, xotira 
diskini yashirish. 
Nazariy qism 
Ma’lumotlarni (fayllar yoki butun diskni) shifrlash begona odamlarga kirishni 
oldini olish uchun juda ishonchli usul hisoblanadi, TrueCrypt bu maqsad uchun eng 
yaxshi vositadir. 
Ushbu amaliy ishda TrueCrypt dasturidan disklarni shifrlash uchun oddiy 
ko‘rsatmalar berilgan. Ma’lumotlaringizni himoya qilish bo‘yicha ko‘pgina 
vazifalar uchun tavsiflangan misol dasturdan keyingi mustaqil foydalanish uchun 
yetarli bo‘ladi. 
TrueCrypt endi ishlab chiqilmaydi va qo‘llab quvvatlanilmaydi. VeraCrypt 
(tizimli bo‘lmagan disklardagi ma’lumotlarni shifrlash uchun) yoki BitLocker ( 
Windows 10, 8 va Windows 7 bilan diskni shifrlash uchun) dan foydalanish tavsiya 
etiladi.
TrueCryptni http://www.truecrypt.org/downloads rasmiy veb-saytidan bepul 
yuklab olishingiz mumkin . Dasturning uchta platforma uchun versiyalari mavjud: 
− 
Windows 8, 7, XP 
− 
MacOS X 
− 
Linux 
 
Amaliy qism 
Dasturni o‘rnatish 
Dasturni o‘rnatishning o‘zi taklif qilingan hamma narsani o‘z holicha qoldirib, 
“Next” (Далее) tugmasini bosish maslahat beriladi. Joriy holatda, dastur ingliz tilida 
o‘rnatiladi, agar sizga rus tilida TrueCrypt kerak bo‘lsa, rus tilidagisini 


http://www.truecrypt.org/localizations saytidan yuklab olib, so‘ngra quyidagicha 
o‘rnatiladi: 
1. TrueCrypt uchun rus tilidagi arxivni yuklab oling. 
2. Barcha fayllarni arxivdan o‘rnatilgan dastur joylashgan papkaga joylang. 
3. TrueCryptni ishga tushiring. Rus tili o‘z-o‘zidan faollashtirilgan bo‘ladi 
(agar Windows rus tilida bo‘lsa), agar unday bo‘lmasa, “Настройки” (Settings) – 
“Язык” ( Language)ga o‘ting va kerakli bandini tanlang. 
3.1-rasm. Platforma tilini tanlash. 
Bunda TrueCryptni o‘rnatish yakunlanadi, endi foydalanish qo‘llanmasi bilan 
tanishamiz. Bu amaliy ishda dasturni o‘rnatish Windows 8.1 da amalga oshirilgan, 
ammo oldingi versiyalari bilan deyarli farq qilmaydi. 


TrueCrypt- dan foydalanish 
3.2-rasm. Disk qismini tanlash. 
Dasturni o‘rnatib, ishga tushirgach, birinchi navbatda – disk qismini yaratish 
uchun “Создать том” tugmasi bosiladi. 
3.3-rasm. Disk qismini yaratish variantini tanlash. 
TrueCrypt hajmini yaratish oynasi ochiladi: 
− создать зашифрованный файловый контейнер (shifrlangan fayl 
konteynerini yaratish (biz ushbu variantni tahlil qilamiz)); 


− зашифровать несистемный раздел или диск (operatsion tizim 
joylashmagan bo‘limni yoki diskni shifrlash) - bu operatsion tizim o‘rnatilmagan 
butun bo‘limni, qattiq diskni, tashqi diskni to‘liq shifrlashni nazarda tutadi; 
− зашифровать раздел или диск с системой – Windows joylashgan butun 
diskni to‘liq shifrlash. Keyinchalik operatsion tizimni ishga tushirish uchun parolni 
kiritish kerak bo‘ladi; 
TrueCryptda shifrlash prinsipini tushunish uchun yetarli bo‘lgan eng oddiy 
variant “зашифрованный файловый контейнер” ni tanlang . 
3.4-rasm. Disk qismi turini tanlash. 
Shundan so‘ng, sizdan oddiy yoki yashirin diskni yaratishni tanlash so‘raladi. 
Dasturda keltirilgan ta’riflardan bu ikki diskda qanday farqlar borligi aniq ko‘rinib 
turadi. 
3.5-rasm. Disk qismi joylashuvini tanlash. 


Keyingi qadam disk qismining joylashishini, ya’ni u joylashgan papka va 
faylni tanlashdir (chunki biz fayl konteynerini yaratishni tanladik). “Файл” 
tugmasini bosib, shifrlangan diskni siz saqlamoqchi bo‘lgan papkaga o‘ting, fayl 
nomini ixtiyoriy nom berib .tc kengaytmasi bilan yozing va “Сохранить”, keyin 
“Далее” tugmasini bosing. 
3.6-rasm. Fayl nomi va yo‘lini tanlash. 
Keyingi konfiguratsiya bosqichi shifrlash variantlarini tanlashdir. Aksariyat 
hollarda, agar siz maxfiy agent bo‘lmasangiz, standart sozlamalarning o‘zi yetarli 
bo‘ladi: maxsus qurilmalarsiz sizning ma’lumotlaringizni bir necha yil oldin hech 
kim buzib ko‘ra olmasligiga amin bo‘lishingiz mumkin. 
3.7-rasm. Shifrlash variantini tanlash. 


Keyingi qadam, qancha hajmdagi faylni sir saqlashni rejalashtirganingizga 
qarab, shifrlangan fayl hajmini belgilashdir. 
3.8-rasm. Shifrlash uchun parol yaratish. 
“Далее” tugmasini bosing va sizdan parolni kiritishingiz va disk qismi uchun 
parolni tasdiqlashingiz so‘raladi. Agar siz haqiqatan ham fayllaringizni himoya 
qilishni istasangiz, parol tanlashda oynada ko‘rsatiladigan tavsiyalarga amal qilish 
tavsiya etiladi. 
3.9-rasm. Shifrlash uchun disk qismi formatini tanlash. 
Disk qismini formatlash bosqichida sizdan shifrlash kuchini oshirishga 
yordam beradigan tasodifiy ma’lumotlarni yaratish uchun sichqonchani oyna 
bo‘ylab harakatlantirish so‘raladi. Bundan tashqari, siz diskning fayl tizimini 
belgilashingiz mumkin (masalan, 4 GB dan katta fayllarni saqlash uchun NTFS ni 


tanlang). Bu bajarilgandan so‘ng, “Разметить” tugmasini bosing, biroz kuting va 
disk qismi yaratilganligini ko‘rganingizdan so‘ng, TrueCrypt disk yaratish 
oynasidan chiqing. 
Shifrlangan TrueCrypt diski bilan ishlash 
3.10-rasm. Shifrlash uchun disk qismi formatini tanlash. 
Keyingi qadam shifrlangan tomni tizimga o‘rnatishdir. TrueCrypt asosiy 
oynasida shifrlangan xotiraga tayinlanadigan disk harfini tanlang va “Файл” 
tugmasini bosish orqali oldin yaratilgan .tc formatdagi faylni tanlang va 
“Смонтировать” tugmasini bosing va keyin siz o‘rnatgan parolni kiriting. 
3.10-rasm. Yaratilgan disk qismi


Shundan so‘ng, o‘rnatilgan disk qismi asosiy TrueCrypt oynasida ko‘rsatiladi 
va agar siz “Проводник” yoki “Мой компьютер”ni ochsangiz, u yerda shifrlangan 
diskingizni ifodalovchi yangi diskni ko‘rasiz. 
Endi, ushbu disk bilan har qanday operatsiyalar bajarganingizda, unda 
fayllarni saqlashingiz bilan, ular darrov “tezkor” shifrlanadi. Shifrlangan TrueCrypt 
disk bilan ishlagandan so‘ng, dasturning asosiy oynasida “Размонтировать” 
tugmasini bosing, shundan so‘ng keyingi parol kiritilgunga qadar sizning 
ma’lumotlaringiz begonalar uchun mavjud bo‘lmaydi. 

Download 105.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling