Amaliyot davomida bir qancha tadbirlarda ishtirok etdim. Jumladan, quyidagilarni misol keltirishim mumkin: “1 – Oktabr ustoz va murabbiylar kuni”ga bag’ishlangan tadbir, “Hosil bayrami”, “Yosh kitobxonlar” ko’rik tanlovi hamda “Ingliz tili va rus tili” fan oyliklari oshilish marosimlari shular jumlasidandir. Shuningdek boshqa yo’nalish talabalaring ham dars jarayonlarini kuzatdim.
Tadbirlar va dars jarayonlaridan lavhalar.
“Geografiya” fani yo’nalishi bo’yicha pedagogik amaliyot o’tashga kelgan amaliyotchining ochiq darsida kuzatuvchi sifatida ishtirok etdim. Talaba IES, AES GES hamda IEM lar haqida o’quvchilarga tushuntirib berdi. Shuningdek hozirgi zamonda energiya olishning yana qanday yangicha turlari yaratilayotgani hamda bu borada Yaponiya, Avstraliya, Isroil, Saudiya Arabistoni va AQSH davlatlarida olib borilayotgan ishlar haqida bolalarga qo’shimcha ma’lumotlar berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |