Amaliyot hisoboti amaliyotni o’tagan talaba: O’sarova Dinara Rasuljonovna Ma’sul o’qituvchi: hisobot mazmuni
Download 21.82 Kb.
|
hisobot (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. Pedagogik amaliyot olib borilgan muassasa.
- II. Bajarilgan o’quv ishlar
- III. Xulosa va takliflar
AMALIYOT HISOBOTI Amaliyotni o’tagan talaba: O’sarova Dinara Rasuljonovna Ma’sul o’qituvchi: _______________________________ HISOBOT MAZMUNI: I. Pedagogik amaliyot olib borilgan muassasa. II. Bajarilgan ishlar III. Xulosa va takliflar I. Pedagogik amaliyot olib borilgan muassasa. Amaliyot o’talgan Guliston tumani 9-sonli davlat umum-ta’lim maktab binosi, kirish zallari, ma’naviyat xonalari,oshxona va maktabdagi boshqa barcha xona va binolar qulay, shinam va talabga javob beradi. Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, maktabda boshlang’ich va katta sinflar uchun Ingliz tili fani xonalari ajoyib va chiroyli jihozlangan, zamonaviy tarzda dars o’tishga barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Maktabning barcha pedagog xodimlari o`quvchilarga ta’lim va tarbiyani uzluksiz ravishda berib bormoqda. Maktab xonalari hali ham qo`shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlanib borilmoqda. Maktab tashkil topganidan beri shu kunga qadar ko’plab o‘quvchi yoshlar fan olimpiadalarida nufuzli o‘rinlarni egallashgan va egallab kelishmoqda. 12.09.2022 -yil ilk bor maktabga tashrif buyurib, pedagogik amaliyot davomida nafaqat o`quv, balki, ma’naviy-marifiy ishlar bilan ham tanishilib, o`rganilib chiqildi. II. Bajarilgan o’quv ishlar - ta’lim muassasasiga kelgach, mutaxassislik (ingliz tili) fani o`qituvchisi bilan tanishildi. - ilk dars jarayonlaridan boshlab e’tibor bilan kuzatildi. Universitetda o`qituvchilar bergan bilimlari asosida dars uchun tahlil yozildi va kerakli xulosalar olindi. - pedagogik amaliyot davrida yordamlari biriktirilgan o’qituvchi ko’magida ish reja tuzish tartibi va boshqa yuritilishi kerak bo’lgan zaruriy hujjatlar tuzlishi o`rganildi. - ish rejalar tuzib olingach, kunlik rejalar tuzishni, ya’ni darslarning samaradorligi uchun qanday metodlar tanlash joizligi haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Bu olingan bilimlar yanada mustahkamlanishiga ko’mak beradi. - dars ishlanmalar yozilishi qoidalarini amaliy tahlil qilish o`rganildi. Bunda asosan, dars jarayoni usuliga e’tibor berish lozimligiga alohida urg`u berib tushuntirildi. Sababi dars usulini tanlash orqali bir soatlik darsni qanday tashkil qilinishi mumkinligini, darsning samaradorligi qanday bo`lishini oldindan bilib olish mumkin ekanligi tushuntirib berildi. III. Xulosa va takliflar Pedagogik amaliyot davomida olingan bilim va ko’nikmalarga asoslangan holda, shuni xulosa qilib aytish mumkinki, o‘rganilgan bilim va ko‘nikmalarni amaliyotda sinab ko’rmasdan, biror kasbning mutloq egasi bo‘lish qiyindir. Haqiqiy mutaxassis bo’lish uchun bunday tajriba oshirish juda muhum, hamda bu uchun yillar davomida harakat qilinishi talab etiladi. Bo`lajak pedagog xodim uchun o`quv jarayonini nazorat qila olishlik va darsni to’g’ri tashkil etish muhum omillardan biri hisoblanadi. Shuningdek, psixologiya, nutq madaniyati, metodika kabi fanlarni chuqur o’zlashtirish, hamda ularni tajribada to’g’ri tadbiq qila olish muhum ahamiyatga ega. Fikr yakunida shuni qo’shimcha qilish lozimki, Oliy ta’lim muassasida olingan bilimlarni ta’lim olish jarayonida o’tiladigan pedogodik amaliyot vaqtida mustahkamlash talabalar uchun munosib kasb egasi bo’lish yo’lidagi muhum jihatlardan biridir. Buni inobatga olgan holda, yuqori bosqich talabalarining pedogogik amaliyot o’tash muddatlarini uzaytirish maqsadga muvofiq bo’ladi. _______________ O’sarova D.R Download 21.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling