Amaliyot ishi poezdni sekinlashui hisobini bajarish


Download 26.38 Kb.
Sana06.02.2023
Hajmi26.38 Kb.
#1171881
Bog'liq
3-amaliyot ishi


3 – AMALIYOT ISHI


POEZDNI SEKINLASHUI HISOBINI BAJARISH

Ishning maqsadi: poezdni sekinlashishini hisoblash va yo‘l qo‘yilgan siqilish kuchini aniqlash; yuk va yo‘lovchi harakat tarkibi tormozi bosib o’tgan yo’li hisobi.


G‘ildirak juftlariga ta’sir qiluvchi tormoz kuchlari poyezd ichida hosil qilinadi, lekin unga g‘ildirakning rels bilan jipslashgan joylarida qo‘yilgan tashqi kuchlar ta’sir qiladi. Friksionli magnit relsli tormozlardagi tormoz kuchlari bevosita rels bilan tormoz boshmoqlari jipslashgan joylarida hosil qilinadi.


Tormoz kolodkalarining g‘ildirak bilan ishqalanishi natijasida g‘ildirakning kolodkaga bosilishidan urinma kuch hosil bo‘ladi va u bosilish normal kuchining ishqalanish koeffitsiyenti ko‘paytmasiga teng, ya’ni:


B=k*φk
bunda: B - ishqalanish kuchi,
k - tormoz kolodkasi bosilish kuchi,
φk - ishkalanish koeffitsiyenti.
Shuningdek, g‘ildirakning rels bilan jipslashgan joyida g‘ildirak va relsning jipslashish kuchi hosil bo‘ladi va u tashqi kuch hisoblanadi:
Bc=P*ψ

bunda: P – g‘ildirakning yuk bilan relsga ta’siri,


ψ – jipslashuv koeffitsiyenti.
Bт – tormoz kuchi g‘ildirak va rels orasidagi jipslashuv, Bс kuchidan oshmasligi kerak.
Bт < Bс – bu tormozlanishda g‘ildirak juftlarining siqilib qolishisiz harakatlanishining asosiy shartidir (aks holda "ползун" hosil bo‘lishi mumkin).
So‘nggi Bт < P ifodasi ψ jipslashuv shartlariga ko‘ra tor­moz kuchi kattaligining chegaralanganligini ifodalaydi.
P kattaligi harakatlanishda o‘zgaruvchan hisoblanadi. Uning bir daqiqalik ko‘rsatkichi o‘qqa tushgan statik yuklanishga, harakatdagi tarkibning vertikal dina­mik tebranishlariga, relsli izning tekisligiga, inersiya kuchidan tormozlash jarayonida g‘ildirakka tushgan yukning taqsimlanishiga bog‘liq. Ayniqsa, g‘ildirakning maksimal yuklanishidan kelib chiquvchi rezonans xavflidir.
Tormoz kuchining yo‘l qo‘yilgan qiymati hisobini o‘qqa tushgan statik P yuklanganligi tajriba yo‘li bilan aniqlanadigan, qa­bul qilingan kattalikdagi jipslashuv koeffitsiyenti dinamik shartlarini inobatga olgan holda olib boriladi.
Bт= Bс ifodasi g‘ildiraklar markazi nisbiy momentlari tenglamasidan Вт • Р = Вс • Р olinadi, normal tormozlashni ta’minlash uchun esa Вс > Вт bo‘lishi kerak. Вт va Вс ni o‘rniga qo‘yib quyidagiga ega bo‘lamiz:

bunda:


δtormoz kolodkasiga bosilish kuchi koeffitsiyenti bo‘lib, odatda δ<1, tormoz kolodkasi bosilish kuchining vagon (yoki lokomotiv) birligi og‘irligining qaysi qismiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi. Bu ifodadan quyidagiga ega bo‘lamiz: K= R*δ. Demak, K va Р chiziqli bog‘liq va tormoz silindridagi K bosim vagon Р yuklanganligiga tegishli bo‘lishi kerak. Bunga yuk vagonlaridagi avtorejimlarning qo‘llanilishi asoslangan.


Tormoz kuchlarining to‘la va solishtirma turlari mavjud. Chunki tormozlashda tashqi tormoz kuchi (g‘ildirak - rels) va kuchlarning (kolodka - g‘ildirak) tengligi bo‘lishi kerak.
Tormoz kuchi sifatida odatda kolodka - g‘ildirak qabul qilinadi.
Agar bir kolodka uchun ishqalanish kuchi BT= K*φK bo‘lsa, u holda n kolodkalari uchun to‘la ishqalanish kuchi quyidagiga teng:

Solishtirma tormoz kuchi:


bunda: P – lokomotiv og‘irligi,


Q – tarkib og‘irligi, agar ni deb θ(VP) orqali belgilasak,
VT=1000φkθ
Tormozli bosilish yig‘indisi quyidagi formuladan aniqlanadi:
Σk=Σai*mi*ki
bunda: aibir xil vagonlar soni;
mibir xildagi vagonlarning guruhlar o‘qlari bo‘yicha soni;
kitormoz kolodkalarining o‘qqa hisobli bosilishi
(jadvaldan olinadi).
Amaliyotda [θ] poyezd og‘irligining o‘rnatilgan har 100 tonnasi bir butun tormoz bosimi bo‘yicha baholanadi.
a) yuk va refrijerator poyezdlari uchun V < 80 km/soat va poyezdning har 100 t og‘irligiga cho‘yanli kolodka (ЧК) uchun tormoz bosilishi > 33t bo‘lishi kerak;
b) yo‘lovchi poyezdlari uchun V < 120 km/soat bo‘lganda va har 100 t og‘irlikka ЧК tormozli bosilishi >60 t bo‘lishi kerak.
Har qanday turdagi talab etiladigan Р bosilishi quyidagicha aniqlanadi: 3200 - X
100 - 33 (60) va hisoblashlar natijadasida ΣK ni ΣK=Σai*mi*ki bilan solishtiriladi. Agar ΣK > X bo‘lsa, poyezd tormoz bilan ta’minlangan va u o‘rnatilgan tezlikda harakatlanishi mumkin.


Nazorat savollari:



  1. Tormoz kuchi nima?

  2. Tormoz kuchi qanday aniqlanadi?

  3. Poyezd tormoz kuchi qanday aniqlanadi?

Download 26.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling