Amaliyot ishi shpurli zaryadlarni hisoblash


Download 46.33 Kb.
bet1/2
Sana28.07.2023
Hajmi46.33 Kb.
#1663207
  1   2
Bog'liq
Амалий №1


1- AMALIYOT ISHI
SHPURLI ZARYADLARNI HISOBLASH.
Ishdan maqsad: Shpurli va tashqi zaryadlardan foydalanib maydalanmasdan qolgan harsangtoshlarni ikkilamchi maydalash uchun PM sarfini va parametrlarini aniqlash.
Konchilik ishlarida maydalanmay qolgan bo`laklarni ichki zaryadlar ta`siri yordamida maydalashda harsangtosh bo`lagi qalinligining 1/3 qismida diametri 28-30 mm bo`lgan bir yoki bir nechta shpurlar burg’ulanadi.
Shpurlar yordamida maydalash uchun sarflanadigan PM zaryadining umumiy ogirlig`i quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

Q = qv*V; (kg)

bu erda: qv - ichqi zaryadlar ta`siri uchun PM ning hisobiy solishtirma sarfi, kg/m3;
V - harsangtosh bo`lagining hajmi, m3.
Bitta shpurdagi zaryad o g`irligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
(kg)
bu erda:
- shpur diametri, m;
- zaryadlash zichligi, kg/m3
- shpur uzunligi, m.
- shpurning PM bilan to`lish koeffitsienti k=2/3.

Katta hajmli bo`lakdagi shpurlar soni;


N=Q/Q1

Harsangtosh bo`lagining ikkilamchi portlatishda tashQi zaryadlar yordamida portlatilganda PM zaryadning umumiy og’irligi quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi:

Q=qn*V


bu erda: qn - tashqi zaryadlari ta`siri uchun PM ning hisobiy solishtirma sarfi (quyma), kg/m3.


qv va qn kattaliklari quyidagi tablitsada keltirilgan.

Agar xarasangtoshlarni ikkilamchi maydalashda gidroportlatish usuli qo`llanilsa, PM ning hisobiy solishtirma sarfini ichki zaryadlardan farqli ravishda 5-10 marta kamaytirish mumkin. Bu usul yordamida portlatishda shpurga suyuklik va kam miqdorda PM zaryadi joylashtiriladi.


Shpurning PM zaryadi bilan to`ldirilmagan qismiga zaboyka joylashtiriladi. Tashqi ya`ni quyma zaryadlarda esa zaryad usti tashqi zaboyka bilan yopiladi.

Misol: quyma PM zaryadi va shpurdagi PM zaryadi massasini aniqlang: shuningdek VIII - kategoriyali, o`lchamlari 2x1,5x1m bo`lgan maydalanmay qolgan harsangtoshni burg’ulash sarfini aniqlang.
Echish: Shpur chuqurligini aniqlaymiz
Kerak bo`ladigan zaryadning umumiy og’irligini aniqlaymiz
Q=qv*V=0,2*3=0,6 kg;
900 kg/m3 zichlikda zaryadlaganda bitta shpurga ketadigan zaryad og’irligini aniqlaymiz.
Kerak bo`ladigan shpurlar soni
N=Q/Q1=0,6/0,28=2 dona;
harsangtoshni burg’ulash uchun ketadigan burg’ulash sarfi
L=2*lsh=2*0,67=1,34 m.
Tashqi zaryad uchun kerak bo`ladigan zaryad og’irligi
Q=qn*V=1,45*3=4,4 kg.



Download 46.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling