Amaliyot ishi shpurli zaryadlarni hisoblash
Download 46.33 Kb.
|
1 2
Bog'liqАмалий №1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriq 4.
- Burg’ilash mashinalarining asosiy ko’rsatgichlarini hisoblash
Topshiriq1. Eng katta o`lchami 0,7 m va qattiqlik darajasi IX bo`lgan granit harsangtoshi bo`lagini shpurli va quyma zaryadlar yordamida maydalash uchun portlovchi moddaning solishtirma sarfini solishtiring.
Topshiriq 2. qattiqlik darajasi XI bo`lgan 100 m3 tog’ jinsi maydalanganda o`lchamlari 0,8 m ga teng kub shaklidagi harsangtosh bo`lagi hosil bo`ldi. hosil bo`lgan harsangtoshi bo`lagini shpurli va quyma zaryadlar yordamida maydalash uchun portlovchi moddaning solishtirma sarfini aniqlang. 100 m3 tog’ jinsini maydalash uchun portlovchi moddaning umumiy sarfini va shpurli zaryadlar uchun burg’ulash hajmini va aniqlang Topshiriq 3. 50 ming.m3 kon massasi portlatildi. Kon massasining 15% i 0,8 m3 hajmdagi harsangtoshlardan iborat bo`ldi. SHpurli va quyma zaryadlar bilan harsangtoshni maydalash uchun ammonit №6 JV ning talab qilingan hajmini aniqlang. Bitta harsangtoshni shpurli zaryad bilan maydalash uchun portlovchi modda sarfi va burg’ulash hajmini aniqlang. Topshiriq 4. qattiqlik darajasi IX bo`lgan 400 m3 tog’ jinsini maydalash uchun ammonit №6JV ning va burg’ulash sarfini, bitta zaryadning massasini aniqlang. harsangtoshning o`rtacha hajmi 0,5 m3. Topshiriq 5. qattiqlik darajasi XIV bo`lgan 75 ming.m3 kon massasi portlatilganda uning 5% i hajmi 1,25 m3 bo`lgan harsangtoshga aylandi. hosil bo`lgan harsangtoshni maydalash uchun shpurli va quyma zaryadlarga sarf bo`ladigan ammonit №6JV ning miqdorini aniqlang. Burg’ilash mashinalarining asosiy ko’rsatgichlarini hisoblash Nazariy tushunchalar Perforator zarbli-burilma burg’ilash usulida ishlaydigan mashina bo’lib, uning mexanik burg’ilash tezligi juda ko’p omillarga bog’liq bo’ladi va ular quyidagilar -burg’ilanadigan tog’ jinsi fizik-mexanik xossalari, darzlilik va boshqa xususiyatlar, zarb bilan bajariladigan ish miqdori, zarb beruvchi porshen formasi, diametri va zarblar soni, burg’ilanadigan o’yiq kesim yuzasi, instrument burilish soni, burg’ilash chuqurligi, instrument uzatilishi kuchi, burg’ilash instrumenti va shtangasi kesim yuzasi va boshqalar. Bir metr uzunlikdagi shpurni burg’ilash uchun sarflanadigan sof ish vaqti quyidagi empirik ifoda bilan aniqlash mumkin t (min). min (2.1) bu yerda: d - koronka diametri, mm; fd - tog’ jinsi dinamik mustahkamlik ko’rsatkichi. N -perforator quvvati( kVt) va uning qiymati quyidagi formula orqali aniqlanadi: min (2.2) bu yerda: A - bitta zarb bilan bajariladigan ish, N/m; n -bir minutda porshen bilan beriladigan zarblar soni. Shunday qilib, perforatorning mexanik burg’ilash tezligini quyidagi formuladan aniqlash mumkin: Vb = 1/t, m/min (2.3) Perforator smenadagi unumdorligini quyidagi formula bilan hisoblash mumkin (m/smena). , m/smena (2.4) bu yerda: Tc va tn -mos ravishda smena va burg’ilashda yordamchi ish jarayonlari davomiyligi, min; qo’l perforatorlari uchun tn=30 min; kolonkali perforatorlar uchun tn=45 min; tB - 1 metr uzunlikdagi shpurni burg’ilashga keltirilgan yordamchi ishlarni bajarishga sarflangan vaqt, (min/m); Ko- burg’ilovchi ishchilar dam olishini hisobga oluvchi koeffitsient, qo’l perforatorlari bilan burg’ilashda Ko=1,12, kolonkali perforatorlar uchun Ko=1,05 tV =Z0·tV1+tV2+tV3 , min/m (2.5) bu yerda: Zo - 1 metr uzunlikdagi shpurni burg’ilashga keltirilgan shtangani almashtirishlar soni, Zo = 1; Zo = 2; tV1,tV2,tV3 - mos ravishda 1 metr uzunlikdagi shpurni burg’ilashga keltirilgan shtangani almashtirish, yangi shpurni burg’ilashga tayyorlash va shpurni havo puflatib tozalash uchun sarflangan vaqt. Texnik hisoblash ishlarida ularning qiymatlari mos ravishda qo’l perforatorlari uchun - tV1=1,5; tV2=1,0 yoki tV3=1,2 min/m va kolonkali perforatorlar uchun tV1 =0,7; tV2 =0,8 yoki tV3=1 min/m qabul qilinishi mumkin. Topshiriq 1. Perforatorning mexanik burg’ilash tezligini quyidagi 2.1 va 2.2.-jadvallarda keltirilgan qiymatlardan foydalanib aniqlansin. 2-Topshiriqni bajarish uchun qiymatlar 2.1 va 2.2.jadvallarda keltirilgan. Jadval 1.1
Jadval 1.2
Aylanma burg’ilashda o’q bo’yicha quyilgan kuch (N) quyidagi tengsizlik orqali topiladi. , N (10) bu yerda: f – M.M.Protodyakonov shkalasi bo’yicha tog’ jinsini qattiqlik koeffitsienti. Burg’ilash tezligi V (m/s), burg’ilash shtangasini aylanish chastotasi (n) ni shtangani bir marta to’liq aylanganda kesib kirish chuqurligi (h) ko’paytmasiga teng. , m/s (10.1) bu yerda: n-burg’ilash shtangasini aylanish chastotasi, s-1; h - shtangani bir marta to’liq aylanganda kesib kirish chuqurligi, m. Burg’ilash shtangasini aylanish chastotasi yumshoq tog’ jinslarini (f≥4) burg’ilash uchun quyidagicha bo’lishi mnumkin. , s-1 (10.2) Qattiq tog’ jinslarini burg’ilashda, ya’ni (f›4) bo’lganda quyidagicha bo’ladi , s-1 (10.3) Shtangani bir marta to’liq aylanganda kesib kirish chuqurligi quyidagi ifodadan aniqlanadi. , m (10.4) Elektr sverloni unumdorligi Q (m/smena) quyidagi formuladan aniqlanadi , m/smena (10.5) bu yerda: kM – mashina ishlash vaqti koeffitsenti km=0,5-0,6; Tsm –bitta smena davomiyligi. Topshiriq2. Elektr sverloni unumdorligini hisoblash.10-topshiriqni bajarish uchun variantlar 10.1.-jadvalda berilgan. 2.1.-jadval
Download 46.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling