Amaliyotchi p
Download 159.62 Kb.
|
Amaliyotchi p
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kou ch ing va u ning yuzaga k e lish t a r ix i
- Kouching a s osch i lari U. Timo t i Golvi (W.Ti m othy G allw e y)
- Djon Uit m or (Jo h n Wh i t m ore)
Kouching tushunchasi va uning boshqa psixologik ѐndashuvlardan farqi
Kouch so‘zi – qulog‘ingiz uchun juda ham og‘ir va g‘alati eshitilsada, ma’nosi – ―ustoz‖ ѐki ―murabbiy‖ kabi ma’nolarni anglatadi. Siz o‘zingizga qo‘ygan maqsadlarga hech qanday to‘siqlarsiz erishishga ѐrdam beradigan odam – kouchdir. O‘zi ―Kouching‖ birinchi bo‘lib sport sohasida paydo bo‘ldi, lekin asta sekinlik bilan menedjment ya’ni boshqaruv sohasida, va albatta biznes sohasida paydo bo‘ldi. Kouching – darslari jaraѐni davomida, korxonaning eng yuqori koeffitsientli muvaffaqiyatiga erishishi, jamoangizning har bir a’zosining yuqori darajadagi salohiyatini o‘rganib chiqishga, jamoangizni to‘g‘ri boshqarish yo‘llari va boshqa bularga o‘xshagan natijalarga erishgan bo‘lasiz. Kouchingni esa biz qo‘llab – quvvatlovchi bir atrof-muhit deb nomlasak ham ajab emas. Ushbu atrof – muhitda kouchlar, korxonaning kelajagini tasavvur etgan holda, tartibiy rejasini tuzishadi. Bugungi kunda esa, korxonalarning maqsadlari kundan kunga jiddiylashib bormoqda, va siz kouchlar bilan o‘tkizgan har bir daqiqangiz, bu yerda va aynan hozir salmoqli natijalarga olib kelishini talab qilishingiz zarur. Kouching – mijozlar bilan muammoni yechimini topishga qaratilgan konsultatsiya ѐki ta’lim jaraѐni. Kouching mijozning maqsadlarini anglashida aniqlik tizimini yaratishga xizmat qiladi, shu tariqa mijoz o‘zining asosiy maqsadi, uning uzoq muddatli maqsadlari bilan bog‘liqligi va ularga erishish yo‘llarini aniqlab olishiga ѐrdam beradi. Shu bilan birga kouching bu muallif pozitsiyasida turgan mijozga psixologik ѐrdam. Psixologik ko‘mak ko‘p hollarda kouchingga o‘xshaydi, lekin uni butkul kouchingga yo‘naltirish bu noto‘g‘ridir. Agar kouching− bu mijozga yo‘naltiruvchi savollarni berib ko‘maklashish maxorati bo‘lsa, u holda psixologik ko‘makning boshqa ko‘rinishlari mentoring (ustozlik) va treningdir. Mijozga juda qiziq: ―Qanday qilib qaror qabul qilishdan qo‘rqmaslik kerak? Maqsadni qanday qilib ko‘rish va unga borish mumkin? To‘g‘ri qilyapmanmi?‖. Yoki undanam yaxshi: ―Menda shunaqa maqsadlarim bor, ularga erishishning shunday yo‘llarini ko‘ryapman. Menga sizning ko‘magingiz, tanqidingiz va qo‘llab quvvatlashingiz kerak hamda uzoq muddatga‖. Mana shu kouching xisoblanadi, mijozni ma’lum maqsadga erishishiga ko‘maklashish. Shu qatorga psixologik konsultatsiya va mijozning ma’lum bir ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan individual trenirovkalar ham kiradi. Shu bilan birgalikda biz ularning vazifalarini, haѐtni idrok qilishlarini, qadriyatlarini hal qilishlarida ѐrdam beramiz va yo‘l yo‘riq ko‘rsatib boramiz. Ba’zida psixoterapiyaga ham yuzlanamiz, lekin mijozning asosiy talabi da’vo emas balki ta’limdir. Kouching ѐndashuv bu terapevtik ѐndashuv emas. Uning kelib chiqishi inson avvaldan o‘z oldiga qo‘ygan maqsadalriga erishishida namoѐn bo‘ladi. Har bir inson o‘z maqsadi, unga erishish yo‘llari va natijalari uchun javobgardir. Kouchingning vazifasi shaxsni o‘zini takomillashtirish va yanada yaxshi haѐtga erishish uchun ѐrdamlashio‘dir. Kouchingda asosiy fokus tayѐr qarorlarni taqdim etishga emas, balki mustaqil tarzda javoblarni izlashga, fikrlash qobilyatini rivojlantirishga, sodir bo‘laѐtgan jaraѐnlarni tahlil qilishga yo‘naltirilgan. Kouching va psixologik konsultatsiyaning juda ko‘p umumiy jixatlari mavjud. Asosiy farqi psixologik konsultatsiyadan ko‘proq foydalaniladi. Kouchingda bo‘lsa shaxsning o‘zi ko‘proq ishlashiga to‘g‘ri keladi. Bu jaraѐnda asosiy faoliyatni mijozning o‘zi bajaradi (oldiga maqsad qo‘yadi, amalga oshirish vositalarini izlaydi), kouch maslaxatchi uni faqatgina qo‘llab quvvatlab turadi. Kouching va uning yuzaga kelish tarixi Kouching 20 asrning 70 yillaridan boshlab rivojlanishni boshlagan shaxsiy va kasbiy o‘sishga yo‘naltiruvchi vosita hisoblanadi. Kouching manbalari sport murabbiyligi, pozitiv, kognitiv va tashkilotchilik psixologiyasi, ongli xaѐt va odamni doimiy hamda maqsadli rivojlantirishga borib taqaladi. Kouching psixoterapiyaga qarama qarshi tarzda, da’volanishni talab etmaydigan sog‘lom mijozlar bilan ishlash uchun rivojlantirilgan yo‘nalishdir. Kouching tushunchasining juda ko‘plab ѐritilgan turlari mavjud: Kouching – insonga istalgan maqsadlariga erishishda rohatlanish olib keladigan muhitni yaratishdir (suhbat va xamkorlik ѐrdamida). (Timoti Golvi (angl. W.Timothy Gallwey, v russkoy transkripsii takje Gellouey ili Gellvi), «Rabota kak vnutrennyaya igra»). Kouching – bu boshqa odamning ta’lim va rivojlanish jaraѐnining samaradorligini oshirishga ko‘maklashadigan san’atdir. (Maylz Dauni (angl. Myles Downey), «Effektivnыy Kouching») Professional kouching− bu mijozlarga o‘zlarining shaxsiy va kasbiy sohalarida samarali rivojlanishlarga olib keladigan professional munosabatlardir. Kouching jaraѐni mijozlarning bilishlarini chuqurlashtirishga, samaradorliklarini oshirishga va haѐt tarzi sifatini yaxshilashga imkon yaratadi. (Opredelenie ICF -Mejdunarodnoy Federatsii Kouchey) Formatiga ko‘ra kouchingni individual va guruhiy, shaxsiy kouching (life) va biznes kouching, alohida birinchi shaxs kouchinglari (executive coaching) va turli ѐndashuvlardagi kouchinglar, masalan kasbiy kouchinglar ajratiladi. Kouching yo‘nalishlari bo‘yicha: xarakat kouchinglari (ularning asosida GROW ya’ni o‘sish modeli ѐtadi), natijaga yo‘naltirilgan kouching, kognitiv xarakatli kouching, NLP kouching, transpersonal kouching, integrativ kouching, madaniyataro kouching, antistress kouching («Excellence in Coaching» The industry Guide materiallari klassifikatsiyasi bo‘yicha) turlariga ajratiladi.so‘nggi vaqtlarda alohida yo‘nalish sifatida tizimli kouching ham mavjud. Shuningdek kouching sinton−ѐndashuvda ham qo‘llaniladi. Sinton−ѐndashuvdagi kouching samarali, ilmiy dunѐqarashga asoslangan, ishonchli, tekshiruvdan o‘tgan natijalarga yo‘naltirilgan. Mutaxassis kouch savollari va u qo‘llaydigan vositalar konsultatsiyada ham samarali qo‘llanilishi mumkin. Kouching sinton−ѐndashuv bilan tanish bo‘lmagan va hali to‘liq tayѐrlanmagan mijozlarga ―masofa‖ o‘rnatish va uning afzalliklari bilan ayni ish jaraѐnida tanishtirish imkonini beradi. Kouching ѐsh mutaxassislarga individual va guruhiy ishlarni olib borishda qo‘llash uchun foydali. Chunki ularning malakalari yetarli darajada bo‘lmaganligi sababli, kouching sessiyalarni samarali o‘tkazish imkonini beradi. Sinton−ѐndashuv doirasida kouching eng samarali vositalardan biri hisoblanadi. Kouching asoschilari U. Timoti Golvi (W.Timothy Gallwey) — kouching asosida turuvchi Ichki O‘yin konsepsiyasi muallifi. Ilk bora bu konsepsiya 1974 yilda nashr etilgan «Vnutrennyaya Igra v Tennis» (The Inner Game of Tennis) kitobida ѐritilgan. Djon Uitmor (John Whitmore) — 1992 yilda nashr etilgan «Kouching vыsokoy effektivnosti» kitobining muallifi. Golvining g‘oyalarini biznes va menedjmentta qo‘llash yo‘nalishi bo‘yicha rivojlantirgan. Download 159.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling