O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA
INSTITUTI
PEDAGOGIKA-PSIXOLOGIYA VA BOSHLANG’ICH
TA’LIM FAKULTETI
5111700-“Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi”yo’nalishi
IV-bosqich 19-04-guruh talabasi
Mamatqobilova Dilnozaning
Malakaviy amaliyot bo’yicha haftalik
(7-hafta 03-apreldan 07-aprelgacha) tayyorlagan
HISOBOTI
Amaliyot rahbari : __________ Abdunazarova Z
Amaliyotchi talaba: __________ Mamatqobilova D
Amaliyotning yettinchi haftasi o`zim biriktirilgan sinfdan tashqari boshqa sinflarga ham mahorat darslarini o`tdim. Bu haftada 1-sinflarga dars tahliliga kirdim va ukarga texnologiya darsini o`tdim. Bundan tashqari 4-sinflarga ham matematika va tasviriy san`at darslarini o`tib mavzuni tushuntirib berdim.
Bundan tashqari biz bu haftada 3-“B” sinf o`quvchilari o`rtasida “Quvnoq startlar” tadbirini o`tkazdik. Ushbu tadbir o`quvchilarning sportga bo`lgan qiziqishlarini yanada oshirish uchun xizmat qiladi. Ushbu tadbirda 3-“B” sinf o`quvchilari 3 ta jamoaga bo`lingan holda qatnashishdi.
Usbu tadbirni 2-umumiy o`rta talim maktabining ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari Aliqulov Nurbek ochib berdilar.
Tadbir g`oyasi Sohibova Nigoradan chiqqan bo`lib, tadbir shartlarini men berdim. Shuning bilan 6.04.2023-yil sanasida bo`lib o`tgan “Quvnoq startlar” tadbirimiz ko`tarinki ruhda o`tdi. Tadbir so`nggida g`oliblar diplom va esdalik sovg`alari bilan taqdirlanishdi. Tadbir tashkilotchilari maktab ma`muriyati tomonidan tashakkurnomalar bilan mukofotlanishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |