Geografik joylashuvi va tabiati. Shimoliy
Amerikada joylashgan davlat. Shimolda va sharqda
AQSH (chegara uzunligi — 3326 km), janubda Gvatemala (962 km) va Beliz (250 km) bilan chegaradosh. G‘arbda Tinch okean, sharqda Karib dengizi va Meksika ko‘rfazi bilan tutashib ketgan. Chegarasining umumiy uzunligi 4538 km, sohil bo‘ylab chegara uzunligi esa 9330 km.
Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.
Davlat tuzilishi — federativ respublika. Mamlakat tarkibiga
31 shtat va poytaxt federal okrugi kiradi. Meksika 1810-
yil 16-sentabrda Ispaniyadan mustaqillikka erishdi.
Davlat va hukumat boshlig‘i — prezident. Qonun
chiqaruvchi hokimiyat ikki palatali parlament — Milliy
Kongress tomonidan amalga oshiriladi. Yirik partiyalari:
Institutsion-inqilobiy partiya, Demokratik inqilob
partiyasi, Milliy harakat partiyasi, Sotsialistik xalq
partiyasi.
Meksika davlatining jaxon siyosiy xaritasida joylashuvi
Argentina
Argentina davlatining bayrog’i
Argentina davlatining bayrog’i
Argentina davlatining jaxon siyosiy xaritasida joylashuvi
Geografik joylashuvi va tabiati.
Janubiy Amerikaning janubiy qismida joylashgan. Janubda va g'arbda Chili (chegara uzunligi — 5150 km), sharqda Braziliya (1224 km) va Urugvay (579 km), shimolda Boliviya (832 km) va Paragvay (1880 km) chegaradosh. Sharq va janubda Atlantika okeani joylashgan. Urugvay va Buyuk Britaniya bilan hududiy kelishmovchiliklar mavjud. Chili va Argentina chegarasida And tog‘lari mavjud.
Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.
Davlat tuzilishi — respublika. Ma’muriy-hududiy bo‘linishi: 22 provinsiya, 1 milliy hudud va poytaxt federal okrugi. 1816-yil 9-iyulda Ispaniyadan mustaqil bo‘lib ajrab chiqqan. Milliy bayramlari: 25-may — May inqilobi kuni (1810) va 9-iyul — Mustaqillik kuni. Davlat va hukumat boshlig‘i — prezident. Parlamenti ikki palatali — yuqori (Milliy kongress) va quyi (Deputatlar palatasi). Nufuzli siyosiy partiyalari: Xustisialistlar
Do'stlaringiz bilan baham: |