Reja: - 1)Geografik tuzilishi.
- 2) 1–jahon urushining oqibatlari.
- 3) Jamiyatdagi muammolar.
- 4) 20-yillarda AQSHning iqtisodiy ahvoli.
- 5) 30-yillarda AQSHning iqtisodiy ahvoli
- 6) Ruzveltning “Yangi yo’li”.
- Poytaxti:Vashington K.O.
- Maydoni: 9 628 382 kv|km
- Aholisi: 315 mln
- Davlat tili: Ingliz
- Pul birligi: AQSH Dollari
- 1-Prezidenti – Jorj Vashington
- Amaldagi prezident – Barak Obama
1 – Jahon urushi AQSHni qudratli davlatga aylantirdi. AQSH monopoliyalari yevropa davlatlariga oziq-ovqat va qurol-yarog’ sotdi.Bundan tushgan sof foyda 35 milliard dollarni tashkil etdi. Yevropaning 20 davlati 10 milliard dollar miqdorida qarz bo’lib qoldi.Bu qarz yiliga to’lanadigan foizning o’zi 1 milliard dollarni tashkil etgan. 1914-1920-yillarda AQSHning milliy boyligi 2,5 barobar ortdi. Dunyo oltin zaxirasining 50%i AQSH xazinasida to’plandi. 1918-yilda ishsizlar soni 3 milliondan ortib ketdi. Ishchilar 1919-yilda o’zlari uchun 44-48 soatlik ish haftasini talab qila boshlashdi.Bunday norozilarning soni 4 million kishiga yetdi. AQSHda 1918-yilda ‘’Da’vatkorlik to’g’risidagi hujjat’’ qabul qilindi.Bunga ko’ra mavjud tuzum to’g’risidagi har qanday salbiy fikrlarga jinoyat deb qaralib,jazo tariqasida 10000$ yoki 20yil ozodlikdan mahkum etilish jazolari qo’llanilishi amalga tadbiq etildi. 1923-yil –AMF ishchi tashkilotlar ‘’Baltimor-Ogayo’’ Rejasi qabul qilindi. 1926 yil – ish tashlash tugatildi. 20-yillarda AQSHning iqtisodiy ahvoli - Yuksalish davri deya qaraldi bu davr,chunki bu davrda AQSHning sanoat ishlab chiqarish hajmi keskin darajada ortib ketdi.
- Chetga sarmoya chiqarish 4barobarga ortdi.
- 1922-1932-yillarda 9,2 mlrd foyda ko’rdi.
- AQSH sudxo’r davlatga aylandi.
- 1927-yil AQSH 7mln dona avtomobil ishlab chiqardi.
- 20-yillar oxiriga kelib avtomobillar soni 28mlnga yetdi,kredit yo’lga qo’yildi,mamlakat butunlay telefonlashtirildi.
- Lekin muammolar to’liq hal etilmadi.
- 1928-yilda ishsizlar soni 3mlnga yetdi.
- 1920-1930-yillarda fermer ho’jaliklari kamaydi,ularning qarzi 15mlrd$ga yetdi.Bunga asosiy sabab qishloq ho’jalik mahsulotlarining chet eldan keltirilishi bo’ldi.
30-yillarda AQSHning iqtisodiy ahvoli - 1929-yil – AQSH inqirozga yuz tutdi va bu keng yoyilib oqibatda jahon iqtisodiy inqirozini keltirib chiqardi.
- Bunga sabab ortiqcha ishlab chiqarish bo’ldi.
- Sanoat ishlab chiqarish 50%ga kamaydi,10000 bank va 130000 ga yaqin savdo va sanoat firmalari bankrotga uchradi.
- 1933-yilda mamlakatda ishsizlar soni 17mlnga yetdi.
- Prezident Gruver 3,5 mlrdlik kapitalga ega bo’lgan moliyaviy qayta qurish korporatsiyasini tashkil qildi.Hukumat federal fermer kengashiga 500mln $ ajratdi.Lekin bu tadbirlar yetarlicha samara bermadi.
- “Buyuk depressiya” ommaviy stachka harakatining boshlanishiga sabab bo’ldi.Ishsizlar Vashingtonga yurish boshladilar.Bu yurishlar “ochlar yurishlari ” deb nom oldi.Hukumat ommaviy harakatlarni shavqatsizlik bilan bilan bostirdi.
Ruzveltning ‘’ Yang yo’li’’ - 1932-yil AQSHga prezident etib Franklin Delano Ruzvelt saylandi.U AQSH tarixida yagona 4 bora ketma-ket prezidentlikka saylangan yagona shaxsdir.
- AQSHni tiklash maqsadida u o’zining puxta ishlangan “yangi yo’l”ini tuzdi va hayotga to’la tadbiq etdi.
- Yangi yo’l – AQSH iqtisodiyotida keng miqyosli islohotlar o’tkazish yo’li edi.
- Ruzvelt 1-navbatda banklarni saqlab qolishga kirishdi.Favqulodda bank qonuni qabul qilindi.
- Kambag’al oilalardagi 18-25 yoshli ishsiz fuqarolar uchun maxsuz lagerlar barpo etilgan.
- “Yangi yo’l” qishloq ho’jaligini ham qamrab oldi.
- 1933-yilning 12-mayida AQSH Kongressi “Fermerlarga yordamhaqida” qonun qabul qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |