Amerika Qo’shma Shtatlari
mingdan ortiq kishi shunday jazolarga mahkum etildi. 1919-yilda sanoatda- xususiy mulkdorlikni qoralovchi bar qanday da'vat man etildi
Download 12.75 Kb.
|
Amerika Qo’shma Shtatlari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 20-yillarda AQSHning Iqtisodiy ahvoli
2 mingdan ortiq kishi shunday jazolarga mahkum etildi. 1919-yilda sanoatda- xususiy mulkdorlikni qoralovchi bar qanday da'vat man etildi.2 mingdan ortiq kishi shunday jazolarga mahkum etildi. 1919-yilda sanoatda- xususiy mulkdorlikni qoralovchi bar qanday da'vat man etildi. 1920-yilda o'zgacha fikrlashda shubha qilinganlikda ayblanib, 10 mingga yaqin taraqqiyparvar arboblar hibsga olindi. Kasaba uyushmalari ichida Ainerika Mehnat Federatsiyasi (AMF) faollari va rasmiy rahbariyatning siyosatiga qarshi chiquvchilar ham quvg'in ostiga otindi. Jumladan, 1920-yilda kasaba uyushmalari harakatining faollari, italiyahk muhojirlar Sakko va Vansetti bankini talash va politsiyachini o'ldirishda ayblanib qamoqqa olindilar. Sud ularni o'lim jazosiga hukm qildi va 1927-yilda ular elcktr stulga o'tqazilib qatl etildi. Bu mudhish voqeaning atayin uyushtirilganligi faqat Ikkinchi jahon urushidan keyin dunyoga tna'lum bo'ldi. Shu tariqa AQSHda 20-yillarning 2-yarmida o'zgacha fikrlovchi va so'l tashkilotlar tugatildi. AMF 1923-yilda ishchi tashkilotlar “Baltimor-Ogayo” deb nomlangan rejani qabul qilishlariga erishdi. Unga ko'ra, mulkdorlar ishchilar maoshini oshirish majburiyatini oldilar. Amerika ishchilar harakatida ish tashlash 1926-yilda barham topdi. Kasaba uyushmalari esa, o'z navbatida, korxona egalari bilan ketishib, ish tashlashlarga yo'l qo'ymaslik, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va ish kunini uzaytirishga rozilik berish majburiyatini oldilar. 20-yillarda AQSHning Iqtisodiy ahvoli1922-yilning oxirida AQSH iqtisodiyotida yangi yuksalish boshlandi. 1928-1929-yillarga kelib AQSH sanoati Buyuk Brilaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya va Yaponiya sanoati birgalikda ishlab chiqargandan ko'p mahsulot ishlab chiqardi. Chetga sarmoya chiqarish 1929-yilda 4 baravar ortdi. 1919—1929-yillar davomida AQSHning chet davlatlarga bergan qarzi boshqa barcha rivojlangan davlatlar bergan qarzdan ko'p bo'ldi. Bu qarzlar evaziga AQSH 1922—1932-yillar davomida 9,2 mlrd. dollar foyda oldi. AQSH sudxo'r davlatga aylandi. AQSHda iqtisodiy yuksalish yangi texnikaviy asosda eng yangi texnika uskunalarini qo'llash, konveyer tizimi, standartlashtirish va inodernizat-siyalash kabi usullarni keng tatbiq etish yo'li bilan amalga oshirildi. Buning natijasi o'laroq, birgina avtomobilsozlik sanoatida 1927-yilda 7 mln dona avtomobil ishlab chiqarildi. Shu tariqa ishlab chiqarish Amerika jamiyati taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuchga aylandi. Ishlab chiqarishning tinimsiz o'sishi orqali katla boylik yaratilishi rejalashtirildi va bu boylikning bir qismi qashshoqlikka barham berishga sarflanishi lozim edi. Shu tariqa, jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni hai etishning Yevropa yo'lidan farq qiluvchi Amerika yo'li vujudga keldi. Download 12.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling