Olinishlari :
Aminlar platina, palladiy, nikel katalizatorlari ishtirokida nitril, izonitril va nitrobirikmalarni qaytarib olinadi :
R – NO2 + 3H2 R – NH2 + 2H2O
Nitrobirikma Amin
R – CN + 2H2 R – CH2 – NH2
Nitril Amin
CH3 – NC + 2H2 CH3 – NH2 – CH3
Izonitril
Gologenalkillarga ammiak ta’sir ettirib olish :
R – Cl + NH3 →R – NH3+Cl-
Alkil xlorid alkil ammoniy
xlorid
Shu usulda birlamchi aminobirikmalarga yana gologenalkil ta’sir ettirib ikkilamchi va uchlamchi aminlarini olish mumkin :
CH3 – NH2 + CH3J →CH3 – NH – CH3 + HJ
Ikkilamchi amin
Spirtlar bilan ammiak aralashmasini 300 oCda Al2O3 ∙ ThO2 katalizatori ustidan o’tkazib sanoatda birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi aminlar aralashmasi olinadi :
ROH + NH3 R – NH2 + H2O
R – NH2 +ROH R – NH - R + H2O
Kislota amidlariga ishqoriy muhitda gipobromit yoki gipoxlorit ta’sir ettirib qizdirilganda aminlar hosil bo’ladi :
Bu reaksiyani 1882 – yilda Goffman amalga oshirgan, shu sababli ushbu reaksiyaga Goffman reaksiyasi deyiladi.
Tirik organizmlarda biokimyoviy jarayonlar natijasida oqsilli moddalardan hosil bo’lgan aminokislotalarning parchalanishidan ham aminlar hosil bo’ladi.
Fizikaviy xossalari :
Metilamin, dimetilamin va trimetilamin o’tkir hidli, gazsimon moddalar, suvda yaxshi eriyidilar va ishqoriy muhit hosil qiladilar.
Aminlarning o’rta vakillari suyuqlik, ammiak hidini beradi. Yuqori molekulyar aminlar qattiq, hidsiz, suvda erimaydi. Aminlarning molekulyar massalari ortib borishi bilan ularning zichliklari va suyuqlanish, qaynash temperaturalari ortib boradi. Masalan : metilaminni suyuqlanish temperaturasi -93,6oC bo’lsa, normal geksadesilamin (C16H33 – NH2) 52,5oCda suyuqlanadi va 330oCda qaynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |