Aminlar organik asoslar ekanligi, ularnig suv va kislotalar bilan reaksiyasi. Anilin. Anilinning nitrobenzoldan olinishi


Download 185.13 Kb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi185.13 Kb.
#1556266
1   2   3   4   5
Bog'liq
Aminlar Organik birikmalar

Olinishlari :

  1. Aminlar platina, palladiy, nikel katalizatorlari ishtirokida nitril, izonitril va nitrobirikmalarni qaytarib olinadi :

R – NO2 + 3H2  R – NH2 + 2H2O
Nitrobirikma Amin
R – CN + 2H2 R – CH2 – NH2
Nitril Amin
CH3 – NC + 2H2  CH3 – NH2 – CH3
Izonitril


  1. Gologenalkillarga ammiak ta’sir ettirib olish :

R – Cl + NH3 →R – NH3+Cl-
Alkil xlorid alkil ammoniy
xlorid
Shu usulda birlamchi aminobirikmalarga yana gologenalkil ta’sir ettirib ikkilamchi va uchlamchi aminlarini olish mumkin :
CH3 – NH2 + CH3J →CH3 – NH – CH3 + HJ
Ikkilamchi amin


  1. Spirtlar bilan ammiak aralashmasini 300 oCda Al2O3 ∙ ThO2 katalizatori ustidan o’tkazib sanoatda birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi aminlar aralashmasi olinadi :

ROH + NH3  R – NH2 + H2O
R – NH2 +ROH R – NH - R + H2O


  1. Kislota amidlariga ishqoriy muhitda gipobromit yoki gipoxlorit ta’sir ettirib qizdirilganda aminlar hosil bo’ladi :


Bu reaksiyani 1882 – yilda Goffman amalga oshirgan, shu sababli ushbu reaksiyaga Goffman reaksiyasi deyiladi.
Tirik organizmlarda biokimyoviy jarayonlar natijasida oqsilli moddalardan hosil bo’lgan aminokislotalarning parchalanishidan ham aminlar hosil bo’ladi.
Fizikaviy xossalari :
Metilamin, dimetilamin va trimetilamin o’tkir hidli, gazsimon moddalar, suvda yaxshi eriyidilar va ishqoriy muhit hosil qiladilar.
Aminlarning o’rta vakillari suyuqlik, ammiak hidini beradi. Yuqori molekulyar aminlar qattiq, hidsiz, suvda erimaydi. Aminlarning molekulyar massalari ortib borishi bilan ularning zichliklari va suyuqlanish, qaynash temperaturalari ortib boradi. Masalan : metilaminni suyuqlanish temperaturasi -93,6oC bo’lsa, normal geksadesilamin (C16H33 – NH2) 52,5oCda suyuqlanadi va 330oCda qaynaydi.

Download 185.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling