Aminlar organik asoslar ekanligi, ularnig suv va kislotalar bilan reaksiyasi. Anilin. Anilinning nitrobenzoldan olinishi


Download 185.13 Kb.
bet5/5
Sana18.06.2023
Hajmi185.13 Kb.
#1556266
1   2   3   4   5
Bog'liq
Aminlar Organik birikmalar

Xossasi :
Anilin uchun quydagi kimyoviy reaksiyalar harakterli :

  1. Anilindan tuz hosil bo’lishi, ammiakdan ammoniy tuzlari hosil bo’lishiga o’xshaydi.

C6H5NH2 + HCl → (C6H5NH3)+Cl-


Reaksiya mahsuloti ishqor bilan qayta ishlanganda yana amin hosil bo’ladi :
(C6H5NH3)Cl + NaOH → C6H5NH2 + NaCl + H2O


  1. Aromatik aminlarga gologenalkillar ta’sir ettirilsa aminogruppadagi vodorod atomlarining alkil radikallariga bosqichma – bosqich almashinishi sodir bo’ladi :

C6H5NH2 + J – CH3 → C6H5 – NH – CH3 + HJ


metilamin
C6H5 – NH – CH3 + J – CH3 → C6H5 – N(CH3)2 + HJ
dimetilamin

  1. Aromatik aminlarga asetillovchi moddalar (erkin karbon kislotalar, ularning angidridlari yoki asilgologenidlar) ta’sir ettirilganda aminogruppadagi vodorod atomiga asil radikalining almashinishi sodir bo’ladi :

C6H5NH2 + Cl –CO – CH3 → C6H5 – NH – CO – CH3 + HCl


Anilin asetil xlorid asetanilin


  1. Anilin to’g’ridan – to’g’ri qaytarilmaydi, ammo yuqori bosimda nikel katalizatorligida qizdirlganda vodorod ta’sirida anilin siklogeksilaminga aylanadi :

2C6H5NH2 + H2  C6H12 + C6H11NH2 + NH3

Bu jarayon vaqtida aminogruppaning vodorodga almashinishidan va xalqadagi bog’larning uzilishi natijasida vodorod birikib siklogeksan hosil bo’ladi.


Anilin havoda oksidlanishi tufayli tezda qorayib ketadi.

  1. Anilin molekulasidagi benzol xalqa hisobiga boradiga reaksiyalar ham ma’lum. Masalan, anilin bromli suv bilan reaksiyaga kirishib, 2,4,6 – holatlardagi vodorodlarga brom almashinadi va 2,4,6 – tribromanilin hosil bo’ldi :




Ishlatilishi : sanoat miqyosida olinadigan anilinning asosiy miqdori bo’yoq sanoati uchun ishlatiladi.
Anilinga oksidlovchilar ta’sir etganda qora rangli anilin hosil bo’ladi.
Anilin ko’pchilik dori moddalarini sintez qilishda (masalan: sulfonilamid preparatlari uchun), anilinformaldegid smolalar, ba’zi portlovchi moddalar uchun dastlabki xomashyo ro’lini bajaradi. 1970 – yillardan buyon anilin poliuretanlar olishda foydalanilmoqda.


Download 185.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling