Aminlar organik asoslar ekanligi, ularnig suv va kislotalar bilan reaksiyasi. Anilin. Anilinning nitrobenzoldan olinishi
Download 185.13 Kb.
|
Aminlar Organik birikmalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aminlar molekulalarining tuzilishi
Ikkilamchi aminlar.
Ikkilamchi aminlar - NH3 dagi ikkita vodorod atomiga bir xil yoki har xil radikallar almashgan moddaladir. Ikkilamchi aminlarning umumiy formulalari : Alifatik qatorniki : R – NH – R; Aromatik qatorniki : Ar – NH – Ar; C6H5 – NH- C6H5, yoki Ar – NH – R. Ikkilamchi alifatik aminlarni gomologik qatorini birinchi vakili CH3 – NH – CH3 dimetilamin, aromatik qatorniki C6H5 – NH – C6H5 difenilamin. Ikkilamchi aminlarga ikkita uglevodoroddagi vodorod atomlariga imino deb nomlanadigan - NH gruppaga almashgan mahsulotlar deb ham qarash mumkin. Uchlamchi aminlar. Uchlamchi aminlar – NH3dagi uchchala vodorod atomiga bir xil yoki har xil radikallar almashgan mahsulotlardir. U chlamchi aminlarning umumiy formulasi : Alifatik qatorniki Aromatik qatorniki : Uchlamchi aminlar gomologik qatorining birinchi vakillari : Nomlanishlaridagi harakterli qo’shimcha “amin”. Birlamchi aminlarni nomlashda ularga ammiakning hosilalaridek yoki xuddi uglevodorodlarning hosilalaridek qaraladi. Masalan : Ikkilamchi va uchlamchi aminlarni nomlarini tuzishda ularga faqat ammiakning hosilalaridek qaraladi. Masalan : CH3 – NH – C2H5 metil-etil amin. Birlamchi aminlar bir xil sonddagi ikkilamchi va uchlamchi aminlar bilan izomer bo’ladi. Masalan : Aminlar molekulalarining tuzilishi : Aminlar molekulalarining tuzilishi ammiak molekulasining tuzilishiga o’xshash, shu sababli ularning xossalari ham o’xshash. Ammiak molekulasidagi azotda ham, aminlar molekulasidagi azotda ham bitta ajralmas elektron juft bo’ladi. Bu elektron juft hisobiga ular suvdagi eritmada va kislotalar ishtirokida musbat zaryadli vodorod ionini o’zlariga (ya’ni azot atomi) biriktirib oladi. H3N: + H+→NH4+ yoki [NH4]+ Ammoniy ioni Ammiak yoki aminlar HCl kislota bilan ta’sirlashadi : H3N: + H++Cl- → [NH4]+Cl- Ammoniy xlorid Ushbu reaksiyalardan ma’lumki ammiak ham aminlar ham asos xossalariga ega moddalardir. Ularning suvdagi eritmalari lakmus eritmasini zangori rangga, fenolftalein eritmasini esa to’q pushti rangga bo’yaydi. Aminlar organik asoslar, ammo lekin alifatik aminlar NH3 ga nisbatan kuchliroq asoslar, aromlatik aminlar esa kuchsizroq asosdir. Alifatik aminlarning asoslik xossalarini kuchliroq ekanligi alifatik va ammiak molekulalarining tuzilishida farq borligi bilan tushuntiriladi. Masalan : ammiak molekulasidagi azot atomiga uchta vodorod atomidan elektron bulutlar siljigan bo’lsa, aminlar molekulasida esa CH3 – NH2 molekulasidagi azot atomiga beshta vodorod atomidan elektron bulutlar siljigan bo’ladi. Strelkalar elektron bulutni siljish yo’nalishini ko’rsatadi. Natijada metil amin molekulasidagi azot atomi ammiak molekulasidagi azot atomiga nisbatan ko’proq manfiy zaryadga (-δ) ega bo’ladi. Shu sababli aminlar molekulasidagi azot atomi protonlarni (H+) kuchliroq tortadi. Natijada aminlar kuchli asos xossasini namoyon qiladi. Aminlarning asoslik xossalari quyidagi qator bo’yicha kamayadi. Aminlarning ammiakga nisbatan kuchliroq asosl xossasini namoyon qilishi ularning suv va kislotalar bilan ta’sirida yaqqol ko’zga tashlanadi. CH3 – NH2 + H –OH ↔CH3 – NH3+ + OH- Metilammoniy kationi CH3 – NH2 + H –Cl ↔CH3 – NH3+ + Cl- Metilammoniy xlorid Aminlarni kislotalar bilan reaksiyalari suv bilan ta’siriga nisbatan qaytmasdir. Eng muhim alifatik aminlar va ularning xossalariga metilamin (CH3NH2), dimetilamin ((CH3)2NH), trimetilamin ((CH3)2N), geksametilendiamin (geksadiamin - 1,6) NH2 – (CH2)6 – NH2 va xokozolar kiradi. Download 185.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling