Aminokislotalar Reja: - 1.Aminokislotalarning nomlanishi
- 2.Aminokislotalarning olinishi
- 3.Aminokislotalarni fizik kimyoviy xossalari
- 4.Aminokislotalarning eng muhim vakillari
Aminokislotalarning nomlanishi - Aminokislotalar – moleku-lasida amin va karboksil guruhi bo‘lgan organik birikmalar, o‘simlik hamda hayvon oqsilining asosiy elementa hisoblanadi. A– rangsiz, suvda eruvchan kristall moddalar. 200 ta tabiiy A. ma’-lum. Lekin oqsillar tarkibida faqat 20 A. va ularning 2 ta amidi uchraydi. Qolganlari oqsillar tarkibiga kirmaydi. A.ning D-yoki L-qatorga tegishligini N va NH2 guruhning uglerod atomida qanday joylashganligi ko‘rsatadi. De-yarli barcha tabiiy A L-qatoriga kiradi. D-qatorga mansub A. tabiatda kamdan-kam bo‘lib, mikroorganizmlar tarkibida topilgan. Aning L-formasi o‘simliklar tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi va u moddalar almashinuvining bar-cha jarayonlarida qatnashadi, lekin D-formalarini o‘simliklar o‘zlashtira olmaydi, ba’zan ular moddalar almashi-nuvi jarayonlarini to‘xtatib qo‘yadi. Bu organizmning fermentativ sistemasi A.ning L-qatoriga moslashganligidan darak beradi. A. organizmda erkin holda va oqsillar yoki b. birikmalar tarkibida uchraydi. Oqsillar sintezi uchun a for-mali 20 A.– proteinogen A. (lizin, gi-stidin, arginin, aspartat kislota, aspa-ragin, treonin, serii, glutamat kislota, glutamin, prolin, glitsin, alanin, siste-in, izoleysin, leysin, metionin, valin, tirozin, fenilalanin va triptofan)dan foydalaniladi. Oqsillar tarkibida uchraydigan A. esa ularning fermenta-tiv o‘zgarishi natijasida hosil bo‘ladi. Ayrim A. hayvon va odam organizmidan sintezlanmaydi.
Bu almashinmaydigan aminokislotalardir. Odam organizmi uchun 8 (triptofan, fenilalanin, metio-nin, lizin, valin, treonin, izoleysin va leysin) almashinmaydigan A bor.O‘simliklar o‘zi uchun zarur bo‘lgan barcha azotli birikmalarni sintezlash qobiliyatiga ega. A. sintezi jarayonida ammiakli azot organik birikmalarga aylanadi. O‘simliklarda hosil bo‘lgan A. uzluksiz almashinib turadi. Ular asosan, oqsillar sintezi uchun sarfla-nadi, shuningdek, dekarboksillanishi, azot asoslari va boshqa birikmalar sintezi uchun ishlatilishi, aminogruppani aj-ratib yuborishi, to‘liq oksidlanishi va organizm uchun energiya manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ko‘pchilik A. tibbiyotda, chorvachilikda, shuningdek oziq-ovqat va mikrobiologiya sanoatida qo‘llaniladi. - Bu almashinmaydigan aminokislotalardir. Odam organizmi uchun 8 (triptofan, fenilalanin, metio-nin, lizin, valin, treonin, izoleysin va leysin) almashinmaydigan A bor.O‘simliklar o‘zi uchun zarur bo‘lgan barcha azotli birikmalarni sintezlash qobiliyatiga ega. A. sintezi jarayonida ammiakli azot organik birikmalarga aylanadi. O‘simliklarda hosil bo‘lgan A. uzluksiz almashinib turadi. Ular asosan, oqsillar sintezi uchun sarfla-nadi, shuningdek, dekarboksillanishi, azot asoslari va boshqa birikmalar sintezi uchun ishlatilishi, aminogruppani aj-ratib yuborishi, to‘liq oksidlanishi va organizm uchun energiya manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ko‘pchilik A. tibbiyotda, chorvachilikda, shuningdek oziq-ovqat va mikrobiologiya sanoatida qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |