Aminokislotalar, ularning tuzilishi, kimyoviy o’ziga xos xususiyatlari. Kapron – sintetik tola. ΑLfa – aminokislotalar oqsillarning strukturaviy birligi ekanligi. Oqsillarning tuzilishi va biologik ahamiyati. Aminokislotalar


Download 283.59 Kb.
bet4/7
Sana24.12.2022
Hajmi283.59 Kb.
#1058811
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Alfa Aminokislotalar

Fizikaviy xossalari :
Ayrim oqsillar suvda erib, qoida bo’yicha kolloid eritmalar hosil qiladilar, boshqalari tuzlarning eritmalarida eriydilar, uchunchilari erimaydilar.
Oqsillarning barqarorligi har xil, bir xil oqsillar juda beqaror (ayrim ilon zaharlari eritmani silkitgandayoq parchalanadi) boshqalari aksincha juda barqaror.
Kimyoviy xossalari :
Oqsillarning eng muhim kimyoviy xossasi ularning gidrolizlanish xossasidir, u qizdirilgnda kuchli kislotalar va ishqorlar bilan (kislota – asos gidrolizi) va fermentlar ta’sirida (fermentativ gidroliz) borishi mumkin. Gidroliz polipeptid bog’larining uzilishiga va erkin aminokislotalarning hosil bo’lishiga olib keladi. Peptid bog’larini buzuvchi fermentlar (proteazlar) odatda tanlab ta’sir etadi – faqat ayrim kislota qoldiqlari orasidagi bog’larni buzadi, shuning uchun birorta ferment ishtirokidagi gidrolizda ayrim aminokislotalar o’rniga yuqori molekulyar mahsulotlar hosil bo’ladi.
Oqsillar tarkibiga har xil funksional gruppalar kiradi. Ular har xil organik reaksiyalarga kirishish qobiliyatiga ega, ya’ni ular oksidlanish – qaytarilish, alkillash, deazotirlash, asillash, eterifikasiyalanish, gologenlanish, nitrolash, azotirlash va boshqa reaksiyalarga kirishadilar. Cho’kma hosil bo’lishi bilan boradigan reaksiylar oqsillar uchun maxsus reaksiyalar hisoblanadi. Ba’zi hollarda hosil bo’lgan cho’kma mol miqdordagi suvda erib ketadi, ba’zan oqsil ivib qoladi (qaytmas jarayon). Bu jarayon oqsilning denaturasiyasi deyiladi. Denaturasiya jarayonida oqsil molekulalari qaytmas kimyoviy o’zgarishga uchraydi. Etanol oqsillarni turlicha cho’ktiradi. Agar tuxum oqsiliga etanolning suyultirilgan eritmasi qisqa vaqt ichida ta’sir ettirilsa hosil bo’lgan cho’kma suvda eriydi. Agar oqsilga spirtning kuchli eritmasi ta’sir ettirilsa, oqsil denaturasiyaga uchraydi.
Oqsillar yengil metallar (NaCl, MgSO4, ZnSO4) va ammoniy ((NH4)2SO4) tuzlari bilan cho’ktirilsa, hosil bo’lgan cho’kma suvda eriydi. Lekin oqsillarga og’ir metallarning (Fe, Pb, Hg) tuzlari ta’sir ettirilganda oqsil qaytmas tarzda ivib qoladi.
Oqsillar qizdirilganda ham qaytmas jarayon sodir bo’ladi.



Download 283.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling