Aminova N«umumta’lim maktablarida furqat ijodini o‘rgatishning samarali usullari»


“Fasli navbahor o‘ldi…”,  g‘azali


Download 218.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/29
Sana05.01.2022
Hajmi218.01 Kb.
#232397
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
Bog'liq
umumtalim maktablarida bobur hayoti va ijodini oqitish

“Fasli navbahor o‘ldi…”,  g‘azali. 

Fasli navbahor o‘ldi ketibon zimistonlar, 

Do‘stlar g‘animatdir sayr eting gulistonlar. 

Subhidam tushib shabnam, bo‘ldi sabzalar xurram, 

Gul uza tomib kam-kam, yog‘I abri naysonlar. 

Nastaron yuvib yuzni, yosuman tuzib o‘zni,  

Nargis ochibon ko‘zni intizori yoronlar. 

Bir sahar edim uyg‘oq: o‘t tutoshdi olamg‘a, 

Tog‘lar chekib larza, titradi biyobonlar. 

“Qumrilar ”  qilib ku-ku, bulbul aylabon chax-chax, 

 Sarv-u gul uza doim tortar oh-u afg‘onlar. 

Bulbul o‘qig‘och yig‘lab subhidam xazon faslin, 

G‘uncha qon yutub, yuz chok etti gul girbonlar. 

Kechtilar vafo ahli qolmayin tutib savsan, 

Kiydi ko‘k qilib sunbul zulfini parishonlar. 

Kuymasun bu savdoda ne uchun dimog‘imkim, 

Ranj-u g‘ussada dono, kechsa shod nodonlar. 

Topshiriqlar 



 

 

36



Har  bir  guruhga  alohida  –  alohida  so‘zlar  va  ga‘zal  baytlarini  izohlash  topshirig‘I 

beriladi. (mazmunini aniqlash uchun lug‘atlar beriladi). 

1-

 

Guruh uchun lug‘atlar 



Abri nayson –  ko‘klam buluti. 

2-

 



Guruh uchun lug‘atlar 

Nastaron- gul turi. 

Yosuman(jasmin) – gul tiru  

3-

 



Guruh uchun lug‘atlar 

Giribonlar – yoqa  

Savsan – gulsafsar, qo‘g‘agul. 

G‘azal baytlari guruhlar uchun. 

1-

 

guruhga topshiriq 



Fasli navbahor o‘ldi ketibon zimistonlar, 

Do‘stlar g‘animatdir sayr eting gulistonlar. 

Subhidam tushib shabnam, bo‘ldi sabzalar xurram, 

Gul uza tomib kam-kam, yog‘i abri naysonlar. 

2-

 

guruhga topshiriq 



Nastaron yuvib yuzni, yosuman tuzib o‘zni,  

Nargis ochibon ko‘zni intizori yoronlar. 

Bir sahar edim uyg‘oq: o‘t tutoshdi olamg‘a, 

Tog‘lar chekib larza, titradi biyobonlar. 

3-

 

guruhga topshiriq 



“Qumrilar ”  qilib ku-ku, bulbul aylabon chax-chax, 

 Sarv-u gul uza doim tortar oh-u afg‘onlar. 

Bulbul o‘qig‘och yig‘lab subhidam xazon faslin, 

G‘uncha qon yutub, yuz chok etti gul girbonlar. 

3-guruh birgalikda tahlil qiladilar 

Kechtilar vafo ahli qolmayin tutib savsan, 

Kiydi ko‘k qilib sunbul zulfini parishonlar. 

Kuymasun bu savdoda ne uchun dimog‘imkim, 




 

 

37



Ranj-u g‘ussada dono, kechsa shod nodonlar. 

G‘azal mazmuni haqida tushunchaga ega bo‘ladilar. 

Muammolilik usuli  


Download 218.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling