BAYT – (arabcha – uy) arab, fors-tojik va ko‘pgina turkiy xalqlar
adabiyotshunosligida ikki misra she’rga nisbat beriladigan istiloh. Har qanday ikki
misra she’r ham bayt bo‘la olmaydi. Bayt bo‘lishi uchun keltirilgan ikkala she’riy
misra bir-biri bilan mazmun va mantiq jihatdan bog‘langan bo‘lishi u yoki bu poetik
g‘oyani ochishga xizmat qilishi lozim. Baytlar adabiy janrlar talabiga ko‘ra turlicha
qofiyalanadi. Masalan: g‘azalda birinchi baytda ikki misra a-a tarzida qofiyalanib,
qolgan baytlarining ikkinchi – juft misralar birinchi bayt qatorlari bilan qofiyadosh
bo‘ladi; masnaviyda esa, bayt misralari o‘zaro, ya’ni a-a, b-b, v-v… ko‘rinishida
qofiyalanadi.
Har qaysi bayt 4, 6, 8, ba’zan 12, 16, 20, 36 rukndan tashkil topishi mumkin.
To‘rt ruknli bayt murabba’, olti ruknli bayt musaddas, sakkiz ruknlisi musamman, 12
ruknlilari ko‘pincha mustazod nomlari bilan yuritiladi. 16, 20, 36 ruknli baytlar esa,
alohida nomlanmay, «12 ruknli», «20 ruknli» va «36 ruknli» deb atalaveradi.
BO‘G‘IN – bir nafas olish asnosida aytiladigan tovush yoki tovushlar birligi,
so‘zning mustaqil talaffuz qilinishi mumkin bo‘lgan bo‘lagi. Unli tovushlar bo‘g‘in
hosil qiluvchi asos hisoblanadi. She’riyatda bo‘g‘inlar juda muhim vazifa bajaradi.
She’r ritmitikasini yuzaga keltiruvchi turoq, misra va turkum kabi unsurlar bo‘g‘in
bilan bevosita aloqadordir. Masalan:
4
5
Mening qalbim / shisha emaski, 4+5=9
4 5
Bir tosh ila / chil-parchin etsang. 4+5=9
4
5
Mening qalbim / dengiz emaski, 4+5=9
4
5
Sho‘ng‘isangu / tagiga etsang. 4+5=9
48
Do'stlaringiz bilan baham: |