MUXAMMAS – ( ar. Yakka, yolg’iz so’zidan) – klassik poeziyadagi
qovialanish tartibiga ko’ra tuzilgan she’r shakillaridan biri. Muxammasda birinchi
band misralarining xammasi o’zaro bir xil qofialangan bo’ladi: keyingi bandlarning
to’rt misrasi o’zaro alohida qofialanib, beshinchi misralari dastlabki bandning
beshinchi misrasi bilan qofiyalanadi. Chunonchoi, Turdining “ Subhonqulixon, uning
amir va amaldorlari haqida hajviya”si muhammas shaklida yozilgandir. Yo’ki
Zavqining.
MISRA – she’rning har bir satri, yo’li. She’rda tugal bir ma’noni ifodalagan
misralar ( “kungil bog’i aro sarvi xiromonimni sog’indim”) bo’lganidek, ko’chirilgan
misralar ham uchrab turadi (k. Ko’chirish.)
Adabiyot va adabiyotshunoslikda “ kuyma misra”, “shox satr” tabirlari ham
ishlatiladi. Mazmunan boy, shaklan mumtoz she’rlardagi o’rnidan qo’zg’atib
bo’lmaydigan yoki biror so’zini ham o’zgartirib bo’lmaydigan nodir satirlar ana
shunday ta’riflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |