Aminova N«umumta’lim maktablarida furqat ijodini o‘rgatishning samarali usullari»


Download 218.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/29
Sana05.01.2022
Hajmi218.01 Kb.
#232397
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
umumtalim maktablarida bobur hayoti va ijodini oqitish

    Bu sahifa navigatsiya:
  • HIJO
(H.Xudoyberdieva) 

Ushbu  she’riy  parchaning  har  bir  misrasi  to‘qqiz  bo‘g‘indan  tashkil  topgan. 

Misralar  ikkita  turoqdan  iborat  bo‘lib,  ularning  biri  to‘rt  bo‘g‘inli,  ikkinchisi  besh 

bo‘g‘indan  tashkil  topgan.  Demak,  H.Xudoyberdievaning  «Mening  qalbim»  she’ri 

barmoq  she’riy  tizimining  to‘qqizlik  turkumida,  4+5=9  vaznida  yozilgan,  degan 

xulosaga  kelamiz.  Aruz  she’riy  tizimidagi  bo‘g‘inga  vazifadosh  birlikka  nisbatan 

«hijo» istilohi ishlatiladi.  

HIJO  –  (arabcha   ه  –  bo‘g‘in)  aruz  tizimidagi  she’riy  nutqning  eng  kichik 

ritmik  bo‘lagi,  ya’ni  so‘zning  bir  tovush  to‘lqini  bilan  hosil  bo‘ladigan  qismi.  Hijo 

bo‘g‘in  tushunchasiga  yaqin  bo‘lsa  ham  uning  o‘zi  emas.  Chunki  hijo  undosh 

tovushning o‘zidan ham tashkil topishi mumkin. Masalan Alisher Navoiyning: 

   

Vasl bog‘i /  ichra sendek / shohi zolim / ko‘rmadim, 



   

Ishq ko‘yi / da o‘zimdek / notovone / topmadim 

baytidagi «vasl» va «ishq» so‘zlari tarkibidagi «l» hamda «q» undoshlari alohida hijo 

hosil qilib kelmoqda.  

Hijolar  o‘qilishi  jarayonida  sarf  bo‘lgan  vaqtiga  ko‘ra  qisqa,  cho‘ziq  va  o‘ta 

cho‘ziq  hijolarga  ajratilib  o‘rganiladi.  Har  xil  hijolarning  muayyan  tartibda  birikib 

takrorlanishidan aruz she’riy tizimining juzvlar deb ataladigan birliklari: sabab, vatad 

va fosilalar vujudga  keladi. 

G‘AZAL- sharq xalqlari adabiyotida, jumladan o‘zbek klassik adabiyotida keng 

tarqalgan lirik janr. 

G‘azal,  ko‘pincha  ishqiy  temada  yaratilgan.  Shu  bilan  birga,  ijtimoiy-siyosiy, 

axloqiy-ta’limiy  temalarda  ham  ko‘p  g‘azallar  yozilgan.  Navoiy,  Turdi,  Maxmur  va 

boshqa o‘zbek shoirlarida satirik g‘azallar ham bor. 

G‘azal  kamida  uch  baytdan,  ko‘pi    bilan  10-12  baytdan  (ba’zan  undan  ham 

ko‘proq ) iborat bo‘ladi… 

TOPSHIRIQ 

Quyidagi  so‘zlarning  mazmunini  lug‘atlardan  yozib  kelish  va  mazmunini  bilib 

olish.  

Muxammas, misra, bayt, rukn, bahr, janr, lirika. 




 

 

49




Download 218.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling