Amir Alisher Navoiy adabiyotshunos siyosatchi
Download 28.32 Kb.
|
Amir Alisher Navoiy adabiyotshunos siyosatchi
Amir Alisher Navoiy - adabiyotshunos siyosatchi Doktor Amir Timur Rafiiy Tarix bo`limining ilmiy hay`at a`zosi Islom ozod universiteti, Tehron ilmiy tadqiqot bo`limi, Eron Annotatsiya So'nggi temuriylar davrining buyuk siyosiy saroy arbobi hisoblangan Amir Nizomiddin Alisher Navoiyni haqiqatan ham ko'p qirrali shaxs sifatida yodga olishimiz kerak. U Sulton Husayn Boyqaro davrida temuriylarning eng yuqori siyosiy, madaniy davlat amaldorlaridan biri bo'lgan, adabiy siyosatchi hamda o'z davrining eng buyuk shoirlari, nasr yozuvchilari va notiqlaridan biri sifatida tanilgan. Amir Alisher Navoiy siyosatchi, professional shoir va albatta, buyuk yozuvchi ham edi. U eng yuqori o`rinlarda turib siyosat va siyosiy hokimiyat masalalarida muvozanatni saqlab turuvchi shaxs sifatida muhim rol o'ynadi. Navoiy turkiy (o'zbek) she'riyatining asoschisidir. Turkiy til (o`zbek tili)da betakror va noyob juda ko`plab she'riy hamda nasriy asarlar yaratdi. Shuningdek, u fors tilini ham yaxshi bilgan va fors tilida she'rlar to'plamini ham tuzib qoldirgan. Amir Alisher Navoiy ilm-fan, adabiyot, madaniyat va siyosat sohalarining ham kuchli bilimdoni, o`ziga xos keng obro' egasi ham edi. Ushbu qisqacha maqolada temuriy adib va madaniyatli inson siyosiy faoliyatining bir qismini tekshirishga harakat qilingan. Download 28.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling