Amir: Dadam yana hidini oldi shekilli
Download 67.52 Kb.
|
bismillah yemin
#bismillah Qasam -1 Amir: Dadam yana hidini oldi shekilli Sherik: Xohlasang javob ber, musobaqadan qochish uchun bahona bo’ladi. Amir: Agar shu motosikling ham jag’ingdek kuchli bo’lsa edi, balki g’olib bo’larmiding. Ovoz: Menimcha, bu safar Bora g’olib bo’ladi, u musobaqa uchun motosiklini yaxshilab tayyorlagan. Ovoz: Bunga shubham bor. Amirni bilasan u mingan motosikl shamoldan ham tez uchadi. Ovoz: - To’g’ri aytasan, yana u yengadi Qiz: Janoblar, qoidalarni bilasizlar. Xalol o’yin bo’lishi kerak. Lenta yerga tekkan zahoti musobaqa boshlanadi. Hikmat: Javob bermayapti. Yana bir baloni boshladi bu bola. Do’sti: Hikmat, endi u yosh bola emas. Sen o’z sog’liginga qarashing kerak. Hikmat: Nima hojati bor? Endi umid yo’q dediding-ku. Havotir olma, bu darddan oldin meni o’g’lim o’ldiradi. Tomoshabinlar: Bora oldinda. U Amirni yo’lini to’sib qo’ydi. Tezroq, tezroq. Jovidon: Falokatni eshitib jinni bo’lishimga sal qoldi. Amir: Oyijon, yosh bola emasmanku. Bo’rttirmang. Qo’rqadigan biror narsa yo’q. ozgina tirnaldi xolos. Jovidon: Amir, endi musobaqalashmayman deb dadangga va’da berganding. Amir: So’zimda turdim,oyijon. Mashina emas motosikl poygasiga qatnashdim. Singlisi: Shu hazillaringizni dadamga qilganingni ham bir ko’rishim kerakda, aka. Amir: Bilasanku, shavq beruvchi gaplarni yaxshi ko’raman. Jovidon: O’g’lim meni hech o’ylamayapsan. Senga biron narsa bo’lsa men nima qilaman? Amir: Vahima qilmang oyijon. Motosiklda o’zimni qushdek yengil his qilaman. Qarang, uch marta dumalaganimga qaramasdan, kichkinagina jarohat bilan o’tkizdim bu halokatni. Jovidon: Uch marta dumalashimga qaramasdan? Malika: Yo Xudoyim o’zi asrasin Amir: Havotirga o’rin yo’q opajon. Havfni oldini oldim qaranglar, mashina poygasini motosiklga almashtirdim. Balki velosipedga almashtirarman, asta-sekin. Jovidon: Yo’q, ortiq toqat qilolmayman. Meni eshit, Amir. Bundan keyin hech qanday mashinaga o’tirmaysan. Kelishdikmi, azizim. Suna: Bir daqiqa, ot bo’laveradimi? Jovidon: Kuladigan narsami bu Suna. Men o’laman desam, seni kulishinga qara, qizim. Suna: Hullas sizni kuyinishingiz foydasiz, bu masalani dadam hal qiladi. Amir: Bo’lmagan gap. Dadamni bunga also aralashtirmaymiz. Kelishdikmi? Oramizda qolsin, iltimos. Jemre: Amir uydami? Hizmatchi: Uyda. Eshitdingizmi? Amir bey…. Jemre: Bilaman. Hizmatchi: Farosat bilan eshitishni ham bilmaydi. Ijtimoiy tarmoqlarga shu qiliqlaring bilan tanilding, har holda. Amir: Bir soniya, Malika opa sizlar qanday qilib bunchalik tez habar topdingiz bu falokatdan. Jemre: Amir, yaxshimisan? Amir: Habarning bulog’i ma’lum bo’ldi. Jemre: Gapirsangchi, yaxshimisan ? Nima bo’ldi? Hech qayering lat yemadimi? Malika: Bilagining payi cho’zilibdi. Amir: Men juda ham yaxshiman, Jemre, Havotirga hojat yo’q, Jemre: Sen qanday qilding a buni? Amir: Qasam ichaman meni aybim yo’q. Hamma ayb toshda, To’satdan oldimdan chiqib qoldi. Yuz foiz aybdor o’sha. Jemre: Qarang a, juda kulgili. Shifoxonaga boramizmi a? Amir: Tinchlan Jemre. Men yaxshiman deyapman. Bir yo’la seni ham tabriklayman. Bolaligimizda ham koptok o’ynayotib yiqilishim bilan uydagilarga yetkazarding, oradan shuncha yil o’tishiga qaramasdan hech narsa o’zgarmabdi. Jovidon: Xush kelibsan, Jemre. Haliyam hech narsa bo’lmadi deyaptimi. Amir: Men aslida haqiqattan ham hafaman. Shu falokatni den yutqizib qo’ydim. Hizmatchi: Amir bey, dadangiz sizni ishlash xonasida kutyapti. Amir: Dadam uydamidi hali? Hizmatchi: Yo’q hozirgina keldi. Bog’dan to’g’ri xonasiga o’tib ketdi. Jovidon: Amir… Amir: Oyi! Dada meni ko’rmoqchimidingiz? Hikmat: Bugun shirkatda ham ko’rmoqchidim, ammo kelmading. Qatnashishing shart bo’lgan majlislarni qoldirishingga arziydigan darajada muhim ishlaring bor edi har holda. Qayerda eding? Amir: Xonangizga alohida chaqirganingizga qaraganda qayerda bo’lganimni ham bilasiz. Hikmat: U yerda ag’dargan motosiklingni men sotib olgan ustaxonaga olib boribsan, Jemre: Ba’zida Amirga juda ham jahlim chiqadi. Avtohalokatga uchragan-u, hech narsa bo’lmagandek kelib hazillar qilib o’tiribdi. Aqldan ozaman, Sena: Osishga hukm qilingan mahbusdan ohirgi tilaging nima deb so’rabdilar. U esa ‘’ Shu menga saboq bo’lsin’’ degan ekan. Jovidon: Suna, bu qanday o’xshatish bo’ldi? Mahbus, so’ng tilak deyapsan. Suna: Bir butun latifadan tushunganingiz shuginami,oyi? Jovidon: Men hech narsaga tushunmayman, shunaqa demoqchimisan? Malika xonim, Sunani xonasiga eltib qo’yolasizmi. Bugun toliqtiradigan kun bo’ldi. Malika: Xo’p bo’ladi, xonim. Jemre: Hikmat amaki bilan suhbati uzoqqa cho’ziladi shekilli. Jovidon: Bo’lishi mumkin. Sen ham yaxshi taniyasanku amakingni. Jemre: Nimalarni gaplashayotgan ekanlar a? Hikmat: Sen ataylabdan menga shunday qaysarlik qilyapsanmi? Amir: O’jarlik emas, dada. Qilgan hech bir ishimni qo’llab quvvatlamaganing uchun qilgan har harakatim senga noto’g’ri bo’lib tuyulaveradi. Hikmat: Men bu qilganlaringning nimasini ma’qullashim kerak? Ish joyingda bo’lish o’rniga sen ketib, mashinalarni parcha parcha qilyapsan. Amir: Men ishimni ham qilyapman, dada. Men oziq ovqat do’konida kun bo’yi sotuvchilik qiladigan xodim emasman. Hikmat: Gap bo’lishi mumkin emas. Aql o’rgatmang, o’zim bilaman demoqchimisan? Shunaqami? Menga qara, ortiq bu mas’uliyatsizliklarga yakun yasaysan, Amir. Poyga-moyga yo’q! Tushunarlimi? Tushunarlimi dedim?! Amir: Tushundim, dada, tushundim. Lekin mening ham o’zimga tegishli bir hayotim bor, bu ham qabullanishini istardim. Hikmat: Hayotmish? Biror bir aniq maqsadi bo’lmaganni hayoti bo’ladimi. Ortiq o’zingni yig’ishtirib olasan. Jemre: Aslida Amirning bu harakatlarini men ham ma’qullamayman. Ammo Hikmat amakimning ham bunchalik bosim o’tkizishi to’g’ri ish emas. Amir to’hta gaplashib olaylik. Amir: Keyinroq Jemre Jovidon: Men otasi bilan gaplashay. Hikmat: Shaxsiy hayoti bor emish. Jovidon: Nima bo’ldi Hikmat, bolaga og’ir gapirdingmi? Hikmat: Uning qilganlarini yonida meniki hech narsa emas. Jovidon: Koshkidi ortiqcha bosim o’tkazmasayding. Men u bilan yuzma yuz gaplashib gaplashib va’dasini olardim. Hikmat: Nechinchi va’dasi bu Jovidon Jovidon: Hali judayam yosh, yotig’i ilan tushuntiramiz. Hikmat: Javobgarlikni insonga ortig’i bilan o’rgatadigan yagona maktab bor. Bu bolani uylantirishdan boshqa choramiz qolmadi. Jovidon: Uylantirishmi? Hikmat: O’ziga biror zarar bermasidan oldin uylanib o’z oilasini qurishi kerak. Javobgarlik nima bilishi lozim. Jovidon: Jemre… Hikmat: Nima? Qanaqa Jemre? Jovidon: Jemre, bechora qiz ichkarida yolg’iz qoldi. Hijolatli bo’ldi. Hayotim biz bularni bafurja gaplashamiz. Hikmat: Alyo. Latif xonim Erzurumga ketadigan ilk samalyotga bilet oling. Xa, bir kishilik. Yo’q ish bilan emas. Aslida ish uchun, xayrli bir ish uchun. Rayhon: Qo’rqma yagonam, qo’rqma senga ozor bermayman. Qo’rqma, qo’rqma. Qo’rqma. Nima bo’ldi, senga yaralandingmi? Qo’rqma yagonam. Qanchalar chiroylisan sen. Joning qattiq og’riyaptimi? Tuzalib ketasan. Yaralaringni bog’laymiz. Joning og’riyaptimi? Seni ham qanotingni qayirdilarmii? Yoki menga o’xshab sen ham onasiz qoldingmi? Bilsang, mening ham oyoq qo’lim qayrilgan. Onamdan ayrilib qoldim. Shahriya: Voy, Shahriya, qarib qoldim shekilli. Hozir qo’lim turgan narsani qanday eslay olmasligim mumkin a? Chng lattamni ko’rmadingmi, qizim? Miyam ham ishlamay qoldi. Huddi sen gapiradigandek, sendan so’rashimi qara. Voy, shuyerda ekan. Mutlaqo yodimdan ko’tarilibdi. Gapirolmaysan deganimga hafa bo’lmadingmi? Jonim meni, gapirmaganingam yaxshi. Aytadilarku, so’z kumush bo’lsa, sukut oltinga teng. Yaxshi qizlar o’zi ko’p gapirmaydilar. Mana senga o’xshab kiborlarcha o’tirishi kerak. Aybga buyurma, aslida men ham ko’p gapirganlarni yoqtirmayman. Lekin ko’ryapsan, gapirmasam ham turolmayman. Agar meni kelinim bo’lsaydi, bilbuldek sayrardi. Nigor shunaqangi qo’polki, na hurmat na izzat biladi. O’tgan kuni o’g’lim Safarga nima qilganini bilasanmi? Telefon jiringlayapti. Jim turamiz, gapirmaymiz. Hozir kelsa bir dunyo gapiradi. Bolani buzyapsiz, ko’p gapirasiz deb. Kamol: Nima qilyapsiz Shahriya opa? Shahriya: Chang qidiryapman. Ko’rmayapsanmi changlarni artib chiqyapman. Kamol: Eshitaman, aka. Yo’q hali chiqolmadim. Masalning xonasiga yangi havo tozalagich olgandim, uni o’rnatdim. Aeroportdamisiz? Erzurumgami? Nega? Xo’p, kelganingizda aytib berasiz. Ha, habarim bor. Amir bilan gaplashaman men ham. Masal yaxshi, ko’rganingdagidek. Masalim, amaking senga salom deyapti. Yaxshi borib keeling, aka. Enagani kelishiga yigirma besh daqiqa bor. Shahriya: Xa, men shu yerdaman. Sen ishinga boraver. Kamol: Jon qizim, men hozir shirkatga ketyapman. Ishlarimni tez tugatib qaytib kelaman, xo’pmi? O’n uch daqiqadan keyin sharbatini ichiring. Shahriya: Xo’p Kamol: Agar enaga ham… Shahriya: Bir soniyaga kech qolsa, senga habar beraman. Tashvishlanma. Ko’rishguncha. Kamol: Mayli, yaxshi o’tiringlar. Shahriya: Ko’rishguncha. Rayhon: Barakalla, tugatibsanku. Bular ham nasibang ekan. Jarohating ham bitib qolibdi. Kutganimdek tez tuzalding. Hikmat amaki?... Nigor: Choyingiz, Jovidon xonim. Jovidon: Choyimmish? 15 daqiqa oldin olib kelishi kerak edi bu choy. Bu choyni har doim vaqtida tayyot qil. Nigor: Olib kelmoqchidim, Malika opa boshqa ish buyurganiga… Jovidon: Gullarga ham suv quyilmagan. Nigor: Sug’ormoqchi edim Malika opa omborga jo’natganiga… Jovidon: Kiyimlaringni G’ijimligiga qara, buni ham Malika sabab dazmollamadingmi? Nigor: Dazmollagandim, hammomni bukilib tozalayotib… Jovidon: Bo’ldi qil, bor ust boshingni to’g’irla. Birozdan hurmatli mehmon keladi, u seni byu ahvolda ko’rmasin. Nigor: Jemre xonim keladi deb eshitgandim? Jovidon: Jemreni hurmatsiz deb bilasanmi? Nigor: Yo’q unday demoqchimas edim… Jovidon: Nigor shuni miyanga quyib ol, Jemre bu uyni eng aziz mehmoni. Uning oldiga pok pokiza chiqasan, hurmatda, hizmatda biror kamchilik istamayman. Tushunarlimi? Hikmat: Rahmat, qizim. Ikki daqiqada ajoyib narsalar tayyorlading. Rayhon: Non ham qizdirdim amaki. Kelishizi oldindan aytganizdaydi, siz yoqturgan taomlarni tayyorlardim. Hikmat: Qo’ling dard ko’rmasin qizim. Hammasi uchun rahmat. Demak, sen ham Rayhonning ko’ngli bo’shligini sezib kelibsanda a? Rayhon: Tasodifan deraza oldiga yiqilib tushibdi. Men ham unga qisqa fursatda ko’nikib qoldim. Hikmat: Sen ham onang kabi mehribonsan shu tufayli, qizim. Maryam opam doim hayvonlarga g’amxo’rlik qilib yurardi. Rayhon: Ikkingizga tegishli bir sevimli qush bo’lganmidi? Hikmat: Xa, men ham senga o’xshab uni yarador holda topgandim. Dadam o’lishi tayin deb uyga kiritmagandi. Opam esa uni xonasiga yashirincha olib kirib davoladi. Opa deyman-u aslida u menga ona edi. Bilasanmi? U bizni uyga kelhganida 14-15 yoshlarida edi. Rayhon: Onam Muhiddin bobomni doim eslardi. U bo’lmaganda ko’chada qolardim derdi. Hikmat: Shunaqa dermidi? Exx, opajonima. Jonim opam. Uning bizga qilganlari oldida bular hech narsa, ishonaver. U oilamizni bir joyga to’pladi. Yetimligimizni bildirmadi. Alloh rahmatiga olgan bo’lsin. Joyi jannatdan bo’lsin ilohim. Rayhon: Omin. Kelganingiz yaxshi bo’ldi, tog’ajon. Lekin yaqindagina qirq marakasida kelgandiz. Hikmat: Ochig’ini aytsam, sen bilan bir jiddiy mavzuda gaplashishim kerak. Rayhon: Tog’a sizga suv olib kelaman. Hikmat: Paltoyimni cho’ntagida dorilar bor… Amir: Qani amaki siz ham aybdorligimni gapiring, toki meni malomat qilmagan kimsa qolmasin. Kamol: Amir, dadangni ham tushunishga harakat qil. Amir: Tushunish? Men u istagan hammasini qildim, hammasini. Kollej, oliygohimni ham u tanlagan. Bu yerda ishlashchi meni qarorim deb o’ylaysizmi? Yo’q, albatda. Kamol: Biroz tinchlanib olasanmi? Amir: Qanaqasiga? Fidokorliklarim yetmadi, endi navbat be’mani cheklovlarga keldi. Uni qilma, buni qilma. Hayot kimniki o’zi? Mutlaqo uniki! Men yo’qdayman. Kamol: Bilaman og’ir vaziyat. U sening dadang bo’lsa, meni akam. Bularning hammasi mening ham boshimdan o’tgan. Vaqtida men ham jahl qilardim lekin qarshilik ko’rsatmadim. Qanchalik qiyin ekanini bilaman. Amir: Va, nihoyat. Rahmat, amakion. Nihoyat bularning mushkulligini tushunadigan bittasini uchratdim. Kamol: Qiyin, qiyin ammo undan ham qiyin narsalar bor. Amir: Nima ekan u? Kamol: Har doim akamning haq bo’lib chiqishi. Amir: Qo’ysangizchi, amaki. Rayhon: Yaxshimisiz tog’a? Hikmat: Yaxshiman qizim, yaxshiman. Agar ko’nglimdagini senga aytsam ancha yengil bo’lardim. Jemre: Haliyam nega chaqirganingizni aytmadingiz. Yoki yana Amirga biron narsa bo’ldimi? Jovidon: Yo’q, qizim. Aksincha Amir bilan bog’liq ajoyib yangilik bor. Hikmat amakingni bilasan, u nimani o’ylasa qiladi. Jemre: Bilaman, uning qarorlari qonun! Jovidon: Aynan, u kecha muhim bir qaror qabul qildi. Bilsang, juda hayrli bir qaror. Kamol: Hozir senga aytayotganlarim mantiqsiz bo’lib tuyular, ammo kun kelib ota bo’lganingda uni tushunasan. Amir: Unday deb o’ylamayman, amaki. Chunki hali beri ota bo’lmoqchi emasman. Hikmat: Og’limga turmushga chiqishingni istayman, qizim. Jovidon: Amir bilan oila qurib, mening kelinim bo’l desam… Hikmat: Xo’sh, javobing qanday? So’zim qat’iy. O’g’lim uchun sendan yaxshi nomzod yo’q bu dunyoda. Rayhon: Minnatdorman tog’a, sizga qarshi chiqish hech hayolimga kelmagan ammo men oila qurishga tayyor emasman. Ustiga onamning xoki ham shuyerda. Bu qishloqdan, onamning tuprog’idan ayrilishni also istamayman. Hikmat: Qizim, men seni yolg’iz boshinga bu yerlarda tashlab qo’yadi deb o’ylaysanmi? Rayhon: Mendan havotir olmang tog’a. Men o’z kunimni o’zim ko’rolaman. Jemre: Bu men uchun juda katta syurpriz bo’ldi. To’g’risi hech kutmagandim. Ammo siz qanday, qanday…? Jovidon: Men qanday bildim? Aslida ko’pdan beri bilardim. Qarashlaringdan, gaplaringdan, harakatlaringdan… Jemre: Shunchalik sezdirib qo’ydimmi? Jovidon: Nodon o’g’lim tushunmasa ham, men barini tushundim. Jemre: Xa, haqsiz. Amir meni shunchaki do’stdek ko’radi. Jovidon: Hozircha. Nikohdan keyin boshqa ko’z bilan qaraydi. Lekin buning uchun sen ham biroz tadbir qilishing kerak. Jemre: U ham buni tushunishi uchun, qo’limdan kelganini qilaman, Jovidon xola. Jovidon: Unday bo’lsa hech havotirga o’rin yo’q, qolganini menga qo’yib ber. Jovidon xolangni bilasan, mutlaqo so’zini ustida chiqadi. Hikmat ham Amirni uylanishini rejalashtiryapti, sendek go’zallar go’zali, aslzoda kelinni qayerdan ham topardi?! Rayhon: Tog’a, gaplarimga hafa bo’lmadingiz deb umid qilaman. Menimcha u ham bunga rozi bo’lmaydi. Chunki u meni, men uni bilmaymiz. Ishonchim komil u ham ko’nmaydi. Hikmat: Qizim, agar vaqtim yetganida boshqacha yo’l tutgan bo’lardim. Sizlarni tanishitirib, hulosani o’zingizga qoldirardim. Ammo natijada to’y baribir bo’lar edi. Rayhon: Bu nima deganingiz tog’a? Nimani nazarda tutyapsiz? Hikmat: Maryam opam meni qattiq sog’ingan shekilli. Rayhon: Tushunmadim, tog’aa. Hikmat: Qizim men og’ir kasalman, dardimga davo yo’q. Jovidon: Sevinchdan Hikmatning boshi ko’kka yetadi. Ammo unga aytmasdan oldin, o’zaro ikki oila bir yig’ilsak? Suhaylo honimning ertaga kechqurun bo’sh vaqti bormi? Birga ovqatlansak? Jemre: Klub a’zolari bilan majlisi bor edi, ammo uni bugun kechga ko’chirdi. Ertaga esa bo’sh. Jovidon: Kechqurun klub a’zolari bilan majlis bormidi..? Jemre: Xa, bizning uyda. Jovidon: Yangilikni unga bugun aytsak, yanayam ma’qul bo’lardi. Majlis bo’lsa iloji yog’akan. Jemre: Nega iloji bo’lmasin, siz ham keling. Jovidon: Bunday qilsak bo’larmikin, juda mashhur kengash, o’ziga xos tartib-qoidalari bor. Meni to’satdan kirib borishim, yo’q… Bo’lmaydi. Jemre: Onam klub raisi, men esa raisning qiziman. Demak, sizni taklif qilsam bo’ladi. Jovidon: Modomiki, sen juda xohlayotgan ekansan, boraman. Hikmat: Kechir qizim, buni birovga aytib ezmoqchi emasdim. Ammo bu turmushni xohlashimni sababini bilishing kerak. Umrim yetmaydi. Rayhon: Qanaqasiga davo yo’q tog’a, chet elda davolansangizchi? Hikmat: Jon qizim, pulning kuchi hamma narsaga ham yetmasakan. Yetganida edi qolgan umrimni rohatda o’tkazgan bo’lardim. Oilamga bir dunyo mulk qoldirsamda, bu ularga baxt, huzur olib kelmasligini bilaman. Shu bois ham xonadonimga kelin bolishingni istayman. Meni ranjitma, o’g’lim bn turmush qur. Bu sen uchun ham yaxshi bo’ladi. Dugonasi: Suhaylo, juma kungi uchrashuvga qatnashasan tog’rimi? Suhaylo: Juda xohlardim lekin vrachlar majlisida qatnashishim shart. Dugonasi: Mamuriy kengash raisisanku, majlisni biroz ortga sur. Suhaylo: Afsuski, uyerda bo’lishim kerak. Dugonasi 2: Ballgachi? Qatnashasanmi? Dugona 3: Menimcha keladi xatto Mert Qasnoqchi yaratgan ko’ylak ham kiyadi. Dugonasi: Chindanmi? Suhaylo: Men juda ham band edim, Jemre buyurtma qilibdi. Dugona 3: Ruvaydo ham unga buyurtma qilgandi, shunga hayratlanib qoldi. Suhaylo: Sevgi eshikka qarang. Jemre: O’zim qarayman. Ruvaydo: Ko’ylak tayyor bo’lishi bilan habar qil, bir hil libosda bormaylik tag’in. Suhaylo: Tashvishlanma, bo’lmaymiz. Jovidon xonim? Jovidon: Hayrli kech hammaga. Jemre: Jovidon xolani men taklif qilgandim. Suhaylo: Shunaqami? Xush kelibsiz. Jovidon: Xush ko’rdik rahmat. Salom xonimlar. Jemre bilan kunimiz juda hayajonli bo’ldi, aytishni unutdi, shekilli. Jemre: Jovidon xola, begona emassizku o’tiring. Jovidon: Rahmat, go’zalim. Ruhsatingiz bilan xonamga kiraqolay. Rayhon: Oyi, hozir senga muhtojman. Tog’am uchun turmushga chiqmoqchiman, lekin hech ko’rmadim, hech tanimayman uni. Siz bo’lsaydingiz, yo’l ko’rsatardingiz. Uni tug’ishgan ukangdek bilardingiz, ranjitishni istamadim. Chorasizman, oyi. Juda qo’rqyapman. Hikmat: Siz qo’l urgan tosh ham chechak ochardi opajon, qizingizni ham go’zal tarbiyalabsiz. Aql-xushi joyida, ko’ngilchan, behad chiroyli qiz bo’lib voyaga yetibdi.. Hech kutmagan narsaga majbur qilganim uchun, mendan hafadirsiz ammo yakuni chiroyli bo’ladi. U ortiq menga omonat. Yaqinda uchrashamiz, Rayhonni ham qayg’urmasam javobini qanday berardim. Mendan rozi bo’ling, opa. Rayhon: Yolg’iz tashlab ketyotganim uchun ranjimang, xo’pmi? Tez tez ziyoratingizga kelaman. Esma xola habaringizni olib turadi. Oyi…tengsiz onajonim mening… Siz yo’q dunyoda yashash qanchalar qiyin… Ollohga omonatsiz… Jovidon: O’rtada qolib ketdi bunisi ham Nigor: Nechi marta o’zgartirdik, bunisi yaxshi menimcha. Jovidon: Haa, senga yoqdi, demak ortiq ovora bo’lmaylik. Yetarli. Nigor: Unday deyishni istamagandim Jovidon: Safar, buyurtma qilgan gullarimni unutma. Stol gulsiz bo’lmasligi kerak. Safar: Xo’p bo’ladi xonim Jovidon: Bugun obro’li mehmonlarmiz bor. Oyoq ostida aralashib, bekorchi gapirib farosatsizlik qilishingizni istamayman. Harakatlaringizga diqqatli bo’lasiz, hurmat ko’rsatib, odob saqlaysiz, tushunarlimi? Suna: Habaringiz yetkazildi. Malika: Tashkillashtiruv hizmati yetib keldi. Nigor: Miyamni yedi bu xotin, Yo’q uyoqqa ol, yo’;q buyoqqa ol. Huddi Angliya qirolichasi kelayotgandek. Oddiygina Jemreku, haftani u 3 kuni shuyerda. Yotib qol desang, chodir ham quradi u. Safar: Jim Nigor, biro v eshitib qoladi. Nigor: Nima qilay, portlab o’lib ketaymi? Safar: Hozir senga moychechak olib kelib, kayfiyatingni to’g’irlaymiz. Nigor: Moychechakmish, shunday hashamatli gular oldida moychechak ko’tarib kelasanmi a? Safar: Jonim meni atirgul obkelaymi? Nigor: Jim bo’lsangchi, Safar. Jim bo’l. yur tezroq stullarni joylashtiraylik. Safar: Xo’p Nigor: Yo’qsa hammasini bog’ga ko’chirtiradi bu xotin. Jemre: Xayrli tong oyijon Suhaylo: Xayrli tong, qizalog’im. Nonushta qilmaysanmi? Jemre: Yo’q, qomatimga e’tiborli bo’lishim kerak. Yaqin kunlarda betakror ko’ylak kiyishim mumkin. Suhaylo: Qizim, nimalar bo’lyapti o’zi? Jovidon uyga bosqinchidek kirib kelib, shamalar qilyapti… Jemre: Chunki u meni kelin qilmoqchi Suhaylo: Bu nima deganing? Jemre: Ahir bu yaxshiku. Mening ham ko’nglim bor… Suhaylo: Eng yaqin do’sting bilan sevishganlarga aylandingizmi? Qachon Jemre? Qachondan beri? Jemre: Hozircha yo’q. Ammo yaqinda bo’lamiz. Suhaylo: Nima? Amir bulardan behabar, Jovidon bilan kelishdinglarmi? Jemre: Hozircha… Suhaylo: Qizim Amirga bo’lgan tuyg’ularingni bilaman, lekun u seni do’st sifatida biladi. Jemre: Oyi, kayfiyatimni tushirmoqchimisiz? Suhaylo: Aksincha qizim, seni diling ranjimasligi uchun ogohlantiryapman. Jemre: Hech qanday ranjishi bo’lmaydi, chunki bu ish bo’ladi. Mayli, men kettim. Suhaylo: Qayerga Jemre? Jemre: Holdingga, yaqinda erim bo’ladigan odamni ko’rishga. Malika: Ehtiyot bo’l, Nigor. Jovidon xonim bularni qanchalar qadrlashini yaxshi bilasan. Jovidon: Malika xonim, chiqardingdizmi noyob idishlarimni? Yaxshi. Ammo qattiq ehtiyot qilinglar. Nigor: Oshxonaga olib borib tozalayman. Jovidon: Malika, zal va hammomni yana ko’zdan kechiringlar. Hamma joy butkul saramjon sarishta bo’lsin. Malika: Xo’p bo’ladi. Idishlarni hal qilaylik, ularga ham takror qarayman. Jovidon: Ko’zingga qarasangchi? Nigor: Oyog’im qayrilib ketti. Jovidon: Menga desa, yiqilib boshing yorilmaydimi? Birortasi singanida qanday to’lab berarding a? Bular noyob idishlar, boshqa topib bo’lmaydi! Malika: O’zim olaman, Jovidon xonim. Jovidon: Odamlar bularni yuz yil asrab kelgan idishlarni, xonimcha sal qolsa chilparchgin qilardiya. Nigor: Men eshikka qarayqolay. Jovidon: Bor. Yo Ollohim, men bu uquvsizlar bilan jamiyatimiz gullarini kutmoqchimanmi a? Voy boshimmm… Nigor: Xush kelibsiz, Hikmat bey. Hikmat: Xush ko’rdik. Qizim ichkariga kir. Nigor yuklarni ol. Yur senga uyni ko’rsatay. Jovidon: Aslo yangilishmang. Amir bilam Jemre yonma-yon o’tirishi kerak. Hikmat har doimgi o’rnida o’tiradi. Xush kelibsiz, Hikmat. Hikmat: Xush ko’rdik. Jovidon, tanidingmi? Maryam opamning qizi. Jovidon: Eslay olmadim. Ohirgi marta ko’rganimda 10 yoshlarida edi chamamda. Xush kelibsan, qizim. Rayhon: Rahmat, xush ko’rdik. Hikmat: Tinchlikmi? Jovidon: Kechki ovqatga Suhaylo xonim bilan Jemre keladi. Hikmat: Yaxshi, Amir qayerda? Jovidon: Ertalab shirkatga ketgandi. Ishdan boshini ko’tarolmayapti menimcha. Telefon qilsam o’n daqiqa ham gaplasha olmadi. Hikmat: Rayhon, meni shirkatda ozgin ishlarim bor, sen biroz dam ol. O’z uyingdagidek his qil. Jovidon: Meni yana ozgina ishim qoldi. Borib qaraychi. Hikmat: Malika Rayhon senga omonat. Mehmonlar uchun yasatilgan xonaga joylashtir. Malika: Albatda, men o’zim qarayman. Hikmat: Ko’rishguncha, qizim. Rayhon: Ko’rishguncha. Jovidon: Qayerdan paydo bo’ldi bu qiz. Tekintomoq Maryamdan qutuldik deganimda, qizini boshimizga balo qildimi? Kelgan kuniga qara… Jemre: Senga halaqit qilmayapmanmi? Dugona: Yo’q, azizam. Telefonni qulog’imga qo’ysam bo’ldi. Ishlayotgandek ko’rinaman. Senga biron narsa bo’lgan? Jemre: Xa.. Ajoyib yangilik bor? Dugona: Yangilik? Tashqaridan ko’rganlar oila qurish taklifini olgan deb o’ylaydi. Jemre: Haqiqatdan ham shunday. Dugona: Rostanmi? Kim u? Jemre: Jovidon xonimdan. Amirga turmushga chiqishimi xohlayapti. Dugona: Nimalar deyapsan? Sizni eng kamida chin do’stlar deb bilardik. Jemre: Buyerga shuni o’zgartirish uchun keldim. Amirga tuyg’ularimni bildirishim kerak. Majlisdan qachon chiqadi? Dugona: Aniq bilmadim, sen ham tig’iz kunda keldingda. Xo’sh, yana nimalar bo’ldi? Nigor: Chamadonni qayerga olib boray? Malika: Mehmonlar xonasiga olib bor. Xonani ham tahlab ber. Nigor: Mehmonlar xonasiga…? Malika: Bo’laqol, Nigor. Hali qiladigan ishimiz ko’p. Olsangchi, qizim. Rayhon: Ovora bo’lmang, qornim to’q. Malika: Unaqasi ketmaydi. Hikmat beyga qanday javob beraman? Birgina jiyanimga ovqat bermadingmi desachi? Uzoq yo’ldan kelding, uyalma. Aytgandek, joylari jannatdan bo’lsin… Rayhon: Rahmat, aytganingiz kelsin. Malika: Tanishish imkonim bo’lmadi lekin Hikmat bey tilidan tushirmasdi. Eshitib juda hafa bo’ldim. Haqatan yaxshi inson deyishardi. Qani, begonaga o’xshab o’tirma. Bu yer tog’angning uyi, tortinma. Dugona: Endi do’stona muloqotga chek qo’yishing kerak. Jemre: Mutlaqo, u mavzu yopildi ortiq. Amirrr Amir: Jemre: Xush kelibsan. Ko’rganidek tuppa tuzukman. Hech qanday falokatga uchramadim. Uyimga yetkaza oladigan biror yangiliking yo’q. Jemre: Qo’ysangchi Amir. Sendan havotirlanganim uchun qilamanku bularni. Amir: Ahir eng yaqin do’stimsan. Bunday narsalarni berkitishga yordam qilishing kerak. Do’stlikning qoidasi himoya qilishku. Jemre: Menimcha oramizdagi munosbatlarni nomlash uchun ‘’do’stlik’’ jumlasi biroz sodda tuyuladi. Amir: Ha, sen haqsan. O’rtoqlar desakchi? Jemre: Uff, Amir… Amir: Xop qizlar, men boray. Ikki daqiqaga zo’rg’a qochib chiqqandim. Jemre: Men birga ovqatlanamiz deb o’ylagandim. Dugonasi: Shirkatni oldida ajoyib restoran ochilibdi. Men sinab ko’rdim, gap bo’lishi mumkin emas. Sizga ham tavsiya qilaman. Amir: Ming afsusm, hozir umuman iloji yo’q. Boradigan tashkilotlarim ko’p, kamiga bir do’stim keladi. Keyingi safar. Jemre: Menga bir tushlik qarzdorsang, unutma. So’z berding. Amir: Unutmayman. O’rtoq. Jemre: O’rtoqmish. Bu nimasi a endi? Jovidon: Kechgi ovqatga uyimga kim kelishini aqlinga sig’dirolmaysan, Sermin. Suhaylo xonim. Xa, xa o’sha. Nigor: Bir qishloqi qiz keladi-yu, mehmonxonaga joylashadi. Uniyam hizmatini men qilishim kerak. Jovidon: Sen nima qilyapsan buyerda? Nigor: Rayhon xonimning xonasini tayyorlayotgandim. Jovidon: Rayhon xonim? Qachondan beri xonim bo’ldi u ? Ustiga ustak u buyerda nima qilsin? Nigor: Malika xonim aytgandi Jovidon: Qo’y bularni, u hizmatkorni oqsochlar xonasiga joylashtir. Nigor: Nima desangiz, shu Jovidon xonim. Jovidon: Bular nima? Nigor: Rayhonning jamadoni… Juda yomon hid kelyapti. Jovidon: Yo Xudoyim, Xudo biladi qanaqa zararkunandalarini olib kelgandir. Tezda olib chiqib bog’da yoqib yubor. Nigor: Yoqaymi? Jovidon: Xa, xa. Tog’asi xonimafandiga yangi kiyimlar ham olib beradi. Jin ursin, shunday kunda ovora bo’lyotgan ishimga qara. Malika… Malika: Meni chaqirishyapti, mana bu xona seniki. Sen narsalaringni joylab tur, men qaytaman. Rayhon: Xo’p. Advokat: Aka, tez qaytibsizmi? Hikmat: O’zi bir kunga ketgandim. Amir qayerda? Kamol: Tashkilotlarga ketgandi, bir soatlarga qaytsa kerak. Biron narsa bo’ldimi? Hikmat: Hm, mayli uyda gaplasharmiz. Kamol: Rayhon yaxshimi? Hikmat: Xa, uniyam olib keldim. Kamol: Yaxshi qilibsiz. Hikmat: Senga ham bir gap aytishim kerak. Rayhon: Jamadonim. Mening Jamadonim… Nigor: Nima qilyapsan? Rayhon: Yo’q, yo’q… Nimaga yoqyapsiz bularni? Nigor: Yoqimsiz hid kelayotgandi, Jovidon xonim shunday qilishimni buyurdi. Men bir hizmatchiman. Aytilganlarni qilishim kerak. Kamol: Ohirgi majlisda ishchilar bilan yillik hisobot masalasi ni bafurja gaplashib oldik. Yani keying tanaffusgacha. Aka… Hikmat: Hm, eshitaman. Kamol: Nimani o’ylab qoldingiz. Hikmat: Gapiraver, Besh foizlik o;sish haqida aytyapsan. Kamol: Hmm Hikmat: Yo’nja buni menga jo’natgandi, o’rganib chiqqanman. Kamol: Alo, majlislar zaliga kelinglar. Ular kelishdi kettik. Bu nimasi? Javob ber, javob. Hikmat: Kamol, nimalar bo’lyaptyi? Kamol: Aka, majlisga o’zingiz kirasizmi? Hikmat: Kiraman, senchi? Kamol: Hozir ketmasam bo’lmaydi, keyin tushuntiraman. Hikmat: Xo’p gaplashamiz. Nigor: Xonang mana shu. Shu yerda yashaysan, nega turibsan. Hafa bo’lma senga sifatli kiyimlar olib berishadi. Xotirjam bo’l. Jovidon: Biz bunday bezatmay iz, Malika. Malika: Nigor kelishi bilan tarelkalarni olib qo’yadi havotirlanmang. Jovidon: O’zingiz ko’z quloq bo’ling. Qarangchi Safar gullarni olib keldimikin? Bu gular albatda stolda turishi shart. Nigor: Rayhonni uychaga joylashtirdim Jovidon xonim. Aytganingizdek jamadonini ham yoqdim. Malika: Jamadonini yoqding? Jovidon: Ajoyib, ajoyib hidlar keldi jamadonidan. Shuning uchun yoqdik. Malika: Dorivor giyohlar olib keldim degan edi. Shukarning hidi bo’lsa kerak. Qolaversa Hikmat bey uni mehmonxonaga joylashtir degan edi. Jovidon: Uni joyi uychada Malika xonim, savollaringiz bormi? Siz aytganlarimni bajaring. Mehmonlar kelishiga oz qoldi. Jovidon: Sen esa xonasiga borib, o’sha xizmatkorni chaqirib chiq. Bo’sh o’tirmay qarashsin, bor. Nigor: Xo’p bo’ladi, xonim. Enaga: Demak farishtamizni bo’yab bo’ldik. Sochlarirni ham bo’yashni xohlaysanmi Masal. Qani kel, bu tog’nog’ichni joyiga qo’yamiz. Endi qalamni olamiz. Shahriya: Qizim, shu to’g’nog’ichga tegmay qo’ya qol, onasini tog’nog’ichi. U buni qo’lidan qo’ymaydi. Enaga: Unda tushunarli. Biz chaqalog’imizni gullarini bo’yaymiz, xo’pmi? Shahriya: Buncha erta kelding o’glim. Kamol: Shahriya xola, Masalni xonasiga olib borib turing. Shahriya: O’g’lim, bir daqiqaga buyoqqa kel. Kelaqol, nima bo’ldi? Qiz oynani oldie ikki daqiqa ko’p turdimi yo shkaladii bir daqiqa kech berdimi? Nima bo’ldi a? Qiz bechora juda yaxshi ishlayapti. Kamol: Bog’ning eshigi ochiq qolgan. Telefonni vaqtida ko’tarmadi. Shahriya: Voy voyey, sen oldin uning qilgan ishlarini ko’r. Kamol: Shahriya xola ustimdan kulyapsizmi? Shahriya: Albatda kulyapman. Chunki bu qiz juda yaxshi ishlayapti. Yo’q, tushunishimcha arzimagan sabab bilan uni haydamoqchisan. Tushundim, bo’ldi bildim. Enaga: Kamol bey, biror muammo bormi? Kamol: Ha, bor. Bog’ning eshigi lang ochiq qolgan, aytay desam telefonni ko’tarmadingiz. Enaga: Endi ko’targandim, siz o’chirib qo’ydingiz. Kamol: Sizni ishga olganimda bularni kelishganmiz, telefonni ikkinchi chaqiriqdayoq ko’tarishingiz kerak. Enaga: Xo’sh meni ishdan bo’shatasizmi? Kamol: Afsuski shunday, narsalaringizni yig’ishtiring. Shahriya: O’g’lim bunisini nega ketkizyapsan ahir. Men o’n to’qqizinchisidan keyin sanashdanam charchadim. Nigor: Buni ushla. Avval vanna bilan xojatxonani yaxshilab artib chiq. Keyin lattasini tozalab yuvib tashla. Shkafda birortayam barmoq izlari qolmasin, eshitdingmi? Jovison xonim bunga juda jiddiy e’tibor beradi. Malika: Nigor, aytganlaringni hammasini o’zing qilasan, Rayhon emas. Nigor: Jovidon xonim u senga yordam bersin dedi. Malika: Agar yordam kerak bo’lsa ko’ramiz, hzoir aytgan ishlaringni o’zing bajar, tushundingmi? Rayhon: Hechqisi yo’q, bekor qildingiz. Malika: Sen mehmonsan qizim. Keyin anavi ish uchun ham hafa bo’lma, xo’pmi? Hikmat bey kelishi bilan hammasi o’zgaradi. Kamol: Nima bo’libdi ota va qiz ham rasm chiza oladi. Men hozir ot chizaman sen esa uni bo’yab berasan, xo’pmi? Shahriya: O’zim qarayman, o’tiraver. Kamol: Otimizning dumi unchalik o’xshamadi, yaxshisi boshqattan urinib ko’ramiz. Xohlasang sen harakat qilib ko’r. Shahriya: Kamol bey, mehmon keldi. Kamol: Suhaylo xonim Suhaylo: Shuyerdan o;’tib ketayotgandim, Masalni ko’rib ketay dedim Kamol: yaxshi qibsiz, marhamat keeling, Suhaylo: Bu paytda uyda bo’lasiz deb o’ylamagan edim. Kamol: Bugun shunaqa bo’lib qoldi. Ertaroq qaytdim. Suhaylo: Masal uchun. Masal qizim, yaxshimisan? Qara, senga nima olib keldim. Jovidon xonim kechki ovqatga chaqirgandi. Biz boramiz, sizlar ham yuring. Kamol: Rahmat: oadtda kechki payt ko’chaga chiqmaymiz, Masalni uxlash soati buziladi. Hozir esa yuvinadigan vaqti bo’ldi, Shahriya xola. Shahriya: Xa, bo’ldi tushundim. Tushundim men o’zim yuvintiraman uni. Qanin kelaqol jonim, qani kelchi, kelaqol meni asalim, yur yur yur… Kamol: Marhamat, o’tiring. Nigor: voy voy voy adoyi tamom bo’ldim a? Oyog’im og’riganidan nima qilishni? Ha, la’natlangan yumushlarning hammasi o’zimga qoldi. Rayhon: Bu idishlarda joy qolmadi? Boshqa idish bormi? Nigor: Ol buni. Nima qilding? Bu noyob idish edi. Jovidon: Nimani sindirdinglar? Voy qimmatbaho idishim, Nigor… Nigor: Menmas, u sindirdi Jovidon xonim. Jovidon: sen nima qilganingni bilasanmi a? Bir umr ishlasang ham buning haqqini to’lolmaysan. Befarosat. Senga mehmonxonaini ravo ko’rmayman. Onangga o’xshab xizmatkorsan. Keliboq qilgan ishingni qara. Malika: Nima bo’ldi Jovidon xonim? Jovidon: Nima bo’lardi Malika mana bu tentak noyob idishimni sindiribdi. Ana endi bittaga kamayib qoldi. Malika: biror fojia yuz beribdimi debman. Jovidon: Bu befahmning yonini olma. Qani boringlar, ishingizni qiling. Hozir mehmonlar keladi. Ahvolimizga qara. Sen endi bularni tozala. Tez bo’l. Jovidon: Endi qanday tozalab olasiz, qiyin bo’lmaydimi? Hafayam bo’lgandirsiz kichkina xonim? Rayhon: Yo’q men faqat… Jovidon: Yana uyalmay gapirishinichi buni. Rayhon: Men idishlarni… Jovidon: O’chir ovozingni deyapman. Jim bo’l, allaqachon qonimni qaynatib ulgurding. Suhaylo: Har hilt es o’tkzib ko’rishdi. Lekin natija yomon chiqyapti. Hullas vrachlar buni jismoniy holati bilan emas og’ir vaziyatlarda yuz beradigan ruhiy holati bilan bog’lashyapti. Siz hayotingizni avvalgi maromga solishingiz kerak. Bu Masalga ijobiy ta’sir qiladi, ishoning. Kamol: Tushundim, so’zingizni e’tiborga olaman. Suhaylo: Endi men boray. Kamol: Kelganingiz uchun rahmat, sizni kuzatib qo’yaman. Suhaylo: Aytganimdek qiling. Ko’chaga chiqinglar, sayr qilinglar. U sizni baxtli holda ko’rishi kerak. Amir: Qo’limg qonayaptiku. Kesilib ketibdi. Chuqurroq botibdi. Mana shunday ushlab tur. Sen bugun ish boshladingmi? Jovidon: Amir, Amir qayerda eding o’g’lim. Amir: Shu yerdaman. Jovidon: Yur kettik. Amir vaqtimiz kam qoldi. Amir: Qo’lingni bog’lab ol. Jovidon: Og’lim, xonada senga bir narsa qoldirdim kirib tur hozir boraman. Amir: Xo’p. Jovidon: Menga qara gap shu yerda qolsin, tushunarlimi? Agar bir og’iz gapirganingni eshitsam… Bularni yig’ishtirib xonangga bor. Kechqurun mehmonlar kelganda ko’zimga ko’rinma. Amir: Bu nima? Jovidon: Kechqurun kiyadigan kastyuminhg. Amir: Xo’p, lekin nega kiyishim kerak? Jovidon: Chunki senga juda yarashadi. Amior: Menga mototsikl ham yarashadi, oyi… Jovidon: Menga motosikl haqida so’z ochma. Tezroq kiyib ol. Eng muhimi Jemre bilan ikkingiz haqida gaplashib olishimiz kerak. Amitr: Yana assotsatsiya bilan fond haqidami? Yuvinib chiqib bugungi charchoqdan xalos bo’lay degandim. Jovidon: Mayli keyin gaplashamiz. Menga qara, bu kastyumni albatsa kyishing kerak. Amir: Xo’p, xo’p. Jovidon: Senga mehmonxonani ravo ko’rmayman, onangga o’xshagan xizmatkorsan. Keliboq qilgan ishingni qara. Rayhon: Alo, tog’a. Hikmat: Eshitaman qizim. Rayhon nima bo’ldi, qizim? Ovozing nega g’alati? Rayhon: Tog’a men ketyapman, qishloqqa qaytmoqchiman. Hikmat: Tushunmadim, bu nima deganing Rayhon, nimadir bo’ldimi? Rayhon: Yo’q hech narsa bo’lgani yo’q. Tog’a men buyerda yashay olmayman. To’g’ri sizga so’z berdim lekin… Meni kechiring iltimos. Hikmat: Shoshma qizim, men kelyapman, borsam gaplashamiz xo’pmi? Hech qayerga ketib qolma. Jovidon: Nigor haliyam kiyintirmadimi? Suna: Eshikni taqillatish qiyinmi, oyijon? Jovidon: Bo’ldimi? Nigorni jo’nataman, seni kiyintirsin. Hikmat: Qizim, nega mehmonxonada emassan? Rayhon: Menga shu yer qulay tog’ajon. Hikmat: Qizim men yog’imda biron narsa bo’ldimi? Nega ketmoqchi bo’lyapsan? Rayhon: Ketsam yaxshi bo’lkadi tog’a. Hikmat: O’tir qizim, o’tir. Rayhon: Bu qaror hech kimni baxtli qilmaydi. Qolaversa men bu yerga munosib emasman, hamma narsa begonadek tuyulyapti. Agar qolsam sizni uyaltirib qo’yaman deb qo’rqaman. Uyimizni ham juda sog’inyapman. Iltimos menga qol demang, tog’ajon. Javob bering. Jovidon: Xush kelibsizlar. Suhaylo: Rahmat. Jemre: Yasanib olibsan Amir Amir: Har doim shundayman Suhaylo: Amir bolajonim Amir: Xush kelibsiz Jovidon: Jemreginam Suhaylo: Jemre.. Ooo stolni shohona bezatibsiz. Jovidon: Bu oqshom sizning oqshomingiz, biz esa xizmatdamiz. Jemre: Judayam go’zal Suhaylo: Sen yaxshimisam DSuna? Ancha bo’ldi ko’rishmadik. Jovidon: Suna har doimgidek komputer bilan telefondan bosh ko’tarmaydi. Suna: Real hayotda imkoni bo’lmagach, virtual olamdan dildosh qidiradi odam. Shunaqa. Jovidon: Hikmat bey hali yo’lda, kelgunicha biron nima olib kelishsinmi? Suhaylo: Yo’q menga shart emas. Jemre: Menga ham hech narsa kerakmas. Jovidon: Xo’sh, ballga tayyorgarlik qanday ketyapti? Hikmat: Seni majburlab olib kelganim rost. Lekin sen ham ketishga juda tez qaror qilding. Rayhon: Tog’a, men qololmasligimni tushundim, sababi shu. Hikmat: Seni olib keldim, ammo zo’rlik bilan olib qololmayman. O’limimdan keyin bu xonadonni vayron bo’lishini istamagandim. Shu yer, mana shun xonadon. Opajonim menga qoldirgan omonatni asrab qololmayotganim uchun ham aybdorman. Jovidon: Hikmat bey biroz kechikyapti. Biz stolga o’taqolaylik. Suhaylo: Yana biroz kutamiz, Jovidon xonim. Jovidon: Anaa, Hikmat bey ham keldi. Hikmat: Rayhon, kel qizim. Amir: Xush kelibsiz Hikmat: Xayrli kech. Ketma, Rayhon. O’g’limga turmushga chiq. Rayhon: Lekin men… Hikmat: Buni yaqinda o’ladigan odamning ohirgi xohishi deb qabul qil. Shunday deb bil, qizalog’im. Menga so’z berishingni xohlayman. Hatto qasam ichib, meni xotirjam qilingni iltimos qilaman. Qarshingdan qanday to’siq chiqsa ham nikoh uchun bunga bardoshnberishing kerak. Rayhon: Mayli, so’z beraman. Turmushga chiqaman, Nima bo’lganda ham, va’damni buzmayman. Qasam ichaman. Hikmat: Rahmat qizim. Suhaylo: Hikmat bey, yana bir mehmoningiz bor ekanda. Bu go’zal qizimiz kim? Hikmat: Tanishtiray, meni bo’lajak kelinim. Download 67.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling