Amir Sayyid Muhammad Umarxon Amiriy (1787-1821) Qo'qon xoni va Amiriy taxallusi bilan o'zbek hamda tojik tillarida she'r yozgan zullisonayn shoirlardan bo'lish bilan birga ozi hukmronlik qilgan Qo'qonda ancha baquvvat ilmiy-adabiy muhitni ham tashkil
Download 45 Kb.
|
1 2
Bog'liqAmir Sayyid Muhammad Umarxon Amiriy
Amir Sayyid Muhammad Umarxon Amiriy Amir Sayyid Muhammad Umarxon Amiriy (1787-1821) Qo'qon xoni va Amiriy taxallusi bilan o'zbek hamda tojik tillarida she'r yozgan zullisonayn shoirlardan bo'lish bilan birga ozi hukmronlik qilgan Qo'qonda ancha baquvvat ilmiy-adabiy muhitni ham tashkil etgan ma'rifatparvar hukmdorlardan edi. Davlat arbobi sifatida Marg’ilon hokimi (1807—1810), Qo’qon xoni (1810-22) bo’lgan. 1808 yilda Andijon hokimi Rahmonqulibiyning qizi Mohlaroyim (Nodira) ga uylangan. «Devon» tartib bergan, «Umarnoma» dostonining muallifi. Asarlari turli bayozlarda ham e’lon qilingan, uning torshirig’i bilan «Muhabbatnoma» majmuasi tartib berilib, Usmonli xalifasi Maxmud II ga tortiq qilingan. «Devon»ida Navoiy an’analarini davom ettirgan, she’riyatning 12 janrida qalam tebratgan. G’azallarida dunyoviy ishq tavsifi bilan bir qatorda so’fiyona talqindagi g’oyalar ham mavjud. «Devon»ning qo’lyozma va bosma nashrlari O’R FA ShIda 3642, 4419, 90, 9993, 5065, 7489 II, 9917, 6745 I, 6672, 1880, 177, 98 III, 9765, 44, 4727 va Adabiyot muzeyida 99, 153 raqamlari ostida saqlanadi. Umarxon Amiriyning shoir sifatida shakillanishida mumtoz adabiyotning Hofiz, Lutfiy, Navoyi, Fuzuliy va Bedillarning ijodiyotlari ham muhim o'rin egalladi. Bu holni Amiriy o'z devoniga yozgan debochada shunday ifoda etgan: "Gohe ustodlar devonlaridin biror shavqangez va muhabbatomez g'azaldin rangin va tahsin qofiya topardim, tatabbuida g'azal aytur edim filhol zavq-shavq fartidin muxammas bog'lar edim"3. Amiriy mazmun va badiiyat jihatidan baquvvat asarlar yozuvchi shoirlar qatoridan o'rin olganini o'sha davr shoirlari ham tan olgan edilar. Jumladan, uning buyrug'i bilan tuzilgan "Majmuat ush-shuaro"da shunday misralar bor: Ba sehri suxan az fununi kamol, Guhar rezad az kilki shirin maqol1. Yana: Ba yslubi she'r suxan karda soz, Gahe az haqiqat, gahe az majoz. Ba guftori shirin shahi xush kalom, Jahonro kashida ba silki nizom. Ki xohi g'azal guftai xoh bayt, Buvad har yak abyoti o' shohbayt...2 Amiriyning o'zi ham faxriya uslubida yozgan quyidagi misralarda uning she'rlari mavlono Lutfiy, Alisher Navoyi, Fuzuliylarning tahsin-ofarinlariga sazovor bo'lganini eslatadi: Fuzuliy birla Lutfiy ofarindin aylamas tamkin, Erursen husn Amiri men gadog'a etmagaysen kin, Bu nazmidinki sar to po erur guldastai rangin, Navoyi, asrabon tamkin kishidin istama tahsin, Chu shah ko'rguzdi istehson ko'rub nazmini mustahsan3. Shunday qilib, Amiriy mumtoz shoirlardan Alisher Navoyi, Abdulqodir Bedil, Muhammad Fuzuliylarning g'azallariga muxammas bog'lash bilan birga mavlono Lutfiyning ham to'rtta g'azaliga muxammas bog'ladi. Bu muxammaslar mavlono Lytfiyning quyidagi matla'li g'azallariga bog'langan: 1.Ey sanubar bo'yli dilbar, fikri hijron qilmag'il, Shavq o'tinda men gadoni asry biryon qilmag'il. 2.Ishq tushsa har ko'ngolg'a dardu g'amdin chora yo'q Yetsa chun nashtar jarohatka alamdin chora yoq. 3.Nortek yonoqlaring kibi sham' anjumanda yo'q, Sarvi qading mengizli sanubar chamanda yo'q. 4.Ey jafodin bir zamon ko'ngli pushaymon bo'lmag'on, Qoni bag'rim zarrai qayg'ung bila qon bo'lmag'on. Shuni ham nazarda tutmoq lozimki, mavlono Lutfiyning yuqorida keltirilgan matla'lar bilan boshlanadigan hamma g'azallari yetti baytdan iborat bo'lgan holda, Amiriy ularga muxammas bog'layotgan vaqtda baytlar sonini ba'zida kamaytirgan. Masalan, "Ey sanuvbar" deb boshlanadigan g'azalga bog'langan muxammasda faqat besh bayti saqlanib, ikkitasi qisqartirilgan; yoki "Ishq tushsa" deb boshlanadigan g'azalga bog'langan muxammasda esa faqat to'rt bayti saqlanib, uchtasi tushirilib qoldirilgan, To'g'ri, bir shoirning g'azallariga muxammas bog'layotgan shoir g'azalga, uning baytlariga erkin munosabatda bo'lishi, ya'ni ularni to'la olishi yoki qisqartirishi tajribalari uchraydi. Chunki muxammas bog'layotgan shoir o'zining maqsadi va ifoda etmoqchi bo'lgan niyatidan kelib chiqib bunday usulni qo'llashi mumkin. Amiriy ham ana shu tajribalarga asoslangan ko'rinadi. Jumladan, yuqorida birinchi raqami bilan keltirganimiz matla' bilan boshlanadigan yetti baytlik g'azalning quyidagi ikki bayti Amiriy tomonidan tushirilib qoldirilgan: O'zgalar sori boqib, g'amza o'qini otmag'il, Yuragimni dam-badam hasrat bila qon qilmag'il. "Sen meni sevdung",- debon ne yorg'urursan bandani Gar kerakmas oshiq avval elni hayron qilmag'il. Mazkur misralarda bayon etilgan mazmun-ma'no Amiriy aytmoqchi bo'lgan fikrlarga yug'un kelmagan ko'rinadi. Chunki, bu misra'larda "mahbub"ning nomatlub qiliqlari tanqid qilinadi. Amiriy-shoir tasvirlayotgan mahbubda bunday "qiliqlar"ning bo'lishini xohlamaydi. Demak, Amiriy mavlono Lutfiy g'azaliga ijodiy yondashgan va uni muxammas holiga keltirgan. Amiriy muxammaslarining mutolaasidan ma'lum bo'ladiki, unda Lutfiyona uslub, "majoz tariqi" va turkonalikka rioya qilingan. Hatto bu hol quyidagi bandda yana o'ziga xos tarzda ham ko'rinadi: Ey gado, payg'omimi yetkur o'shal jononima, Men gado ahvolini arz aylag'il sultonima, Sham'i husnung sho''la soldi kulbai vayronima...1 Amiriyning bu misralari o'qilar ekan, darhol mavlono Lutfiyning: Jonim chiqadur dard ila jononima ayting, Bu xasta gado holini sultonima ayting, - bayti bilan boshlanadigan g'azali xotirga keladi. Ko'rinadiki, Amiriy mumtoz shoirlar qatori mavlono Lutfiy she'riyatini ham shunchalik ehtirom bilan mutolaa qilganki, u Amiriyning badiiy tafakkuri jarayonida o'chmas iz qoldirib, o'xshash ma'no va mazmundagi bayt, g'azallarning yaratilishiga sababchi bo'lgan. Amiriy bilan bir davrda fa'oliyat ko'rsatgan zullisonayn shoirlardan biri Sultonxon to'ra Adodir2. Naqshbandiyaning XY yuz yillikning ikkinchi yarmidagi mashhur murshidi Xoja Ubaydulloh - Xoja Ahror Valiyning avlodlaridan bo'lmish Sultonxon to'ra Ado o'z davrining ijtimoyi, ma'naviy hayotida muhim mavqe'ga ega bo'lishi bilan birga o'zbek va tojik tillarida nihoyatda baland darajada yozilgan she'riy asarlari bilan ham adabiy muhitning ko'zga ko'ringan namoyandalaridan edi. Ado mumtoz adabiyotning zabardast shoirlaridan Sa'diy, Hofiz, Jomiy, Alisher Navoyi, Fuzuliylar qatorida Lutfiyni ham ustoz sifatida e'tirof etib, uning she'rlarini muttasil mutolaa qilar, uning g'azallariga o'xshatmalar bitar, muxammaslar yozardi. Hozircha bizga ma'lum bo'lishicha, u mavlono Lutfiyning to'rtta g'azaliga muxammas bog'lagan. Biz mazkur muxammaslarning nashr ettirilmaganini nazarda tutib, ularning birinchi va taxallusli bandlarini keltirishni maqsadga muvofiq deb bildik. Ul og'iz kim nuqtayi nun gumon derlar ani, Yo adam mimidurur ko'zdin nihon derlar ani, Ruh yo'q oshiq tanida ulki qon derlar ani, Download 45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling