- Reja:
-
- Pedagogikaning fan va o’quv predmeti sifatida taraqqiyoti.
- Fan predmeti, aloqalari va xususiyatlari.
- O’zbek pedagogika fani rivoji.
-
- O‘zbek xalqi tarixan ta’lim tarbiya sohasida o‘ziga xos dorilfunun yaratgan. Hatto hozirgi o‘zbek xalqi yashab turgan zaminda zardushtiylik dini keng yoyilgan davrda ham nekbin pelagogik mafkura hukm surgan. Bu zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»ning bizgacha yetib kelgan ayrim sahifalarida o‘z ifodasini topgan.
- Biroq islomgacha davr tarbiyashunosligi, fan va madaniyati tarixini yoritish imkoni chegaralangan. Chunki, dastlab Iskandar boshchiligidagi Yunon – Makedon qo‘shinlari, so‘ngra ibn Muslim Qutayba rahbarligida arab istilochilari olib borgan janglar, talonchiliklar, vayronagarchiliklar tufayli o‘sha davrga tegishli deyarli barcha asarlar, manbalar yoqib yuborilgan. Lekin islom va islomdan keyingi mavjud pedagogik qarashlarni, milliy ta’lim – tarbiyaga oid an’analarni, qadriyatlarni, xalq pelagogikasini ilmiy o‘rganish, puxta tahlil qilish va hayotga tatbiq etish bugungi kunnnig muhim va dolzarb muammosidir.
- Istiqlolga erishganimizga qadar biz tarbiya ishlarimizga Ovrupa pedagogikasini asos qilib oldik va o‘rgandik. Endigi vazifa Sharq pedagogikasini o‘rganishga e’tiborni qaratmoq lozim. Chunki ilmu fan avval Sharqda taraqqiy etgan, hur fikrlilik bizdan boshlangan. «Sharq Yevropaning muallimidir» deganda haq edi Olmon olimi Xerler. Haqiqatan ham shunday, o‘zbek xalqining madaniy merosi ulkan bir dengiz.
- Yuqoridagi fikrlarning o‘zi madaniyat va ma’rifat Sharqdan Yevropaga tarqalgan deyishga asos bo‘la oladi. Chunki, savodxonlik maktablarining, qadimiy yozuvlarning vujudga kelishi eng qadimga manbalarda «Avesto», Sug‘d, Baqtriya, O`rxun – Yenisey, Xorazm va boshqa yozuvlar Turon zaminida kelganligi, shu muqaddas zaminda yashayotgan xalqlarning eng qadimgi ajdodlari savodxon kishilar ekanligidan dalolat beradi.
- Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov madaniy qadriyatlarning qudrati va tarbiyaviy ahamiyatiga yuksak baho berib:
- «Xalqning madaniy qadriyatlari, ma’naviy merosi ming yillar mobaynida Sharq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bo‘lib xizmat qilgan. Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O‘zbekiston xalqi avloddan avlodga o‘tib kelgan o‘z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o‘ziga xos an’analarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosini tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo‘lib qoldi. . .
- Tarixiy tajriba, an’analarning meros bo‘lib o‘tishi - bularning barchasi yangidan-yangi avlodni tarbiyalaydigan qadriyatlarga aylanib qolmog‘i lozim», - deydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |