Amir temur 1336-yilning 9-aprelida keshning hoja ilgʻor qishlogʻida


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
Sana25.10.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1722293
Bog'liq
AMIR TEMUR (1)




AMIR TEMUR 
IBN TARAGʻAY 
IBN BARQUL


AMIR TEMUR
AMIR TEMUR 1336-YILNING 9-APRELIDA 
KESHNING HOJA ILGʻOR QISHLOGʻIDA 
(QASHQADARYO ,SHAHRISABZ) TAVALLUD 
TOPADI. UNING OTASI TARAGʻAY BAHODIR 
CHIGʻATOY ULUSINING EʼTIBORLI 
BEKLARIDAN ,ONASI BUXOROLIK DIN 
PESHVOSI MOVLONO AL-BUXORIYNING 
QIZI BOʻLGAN.


YOSHLIK YILLARI
Amir Temurning yoshligi Keshda kechdi. Amir Temur yoshlik chogʻlaridanoq maxsus murabbiylar nazorati 
ostida chavandozlik, ovchilik, kamondan nishonga oʻq uzish, boshqa turli mashq va harbiy oʻyinlar bilan 
mashgʻul boʻlgan. Shu asnoda Amir Temur tulporlarni saralab ajrata oladigan mohir chavandoz va dovyurak 
bahodir boʻlib voyaga yetgan.Amir Temur juda erta taʼlim olishni boshlagan u hatto madrasaga chiqqanida 
yozuv taxtasidagi mumkin oʻzi oʻchira olmagan va madrasaga qoʻshni yoshi katta bolalar bilan borgan. Amir 
Temur tabiatan ogʻir, bosiq, teran fikrli va idrokli hamda nihoyatda ziyrak, kishilardagi qobiliyat, fazilat, 
ayniqsa, samimiyatni tezda fahmlab oladigan inson boʻlgan. Shu tufayli oʻspirinlik chogʻlaridayoq atrofiga 
tengqurlari orasidan sadoqatli doʻstlarni jalb qila olgan. Uning atrofiga bolalikdagi doʻstlari va 
maktabdoshlaritoʻplanishib, birgalikda mashq qilar, musobaqalarda ishtirok etishar, astasekin navkar 
boʻlishib va harbiy guruhga birlashib, harbiy boʻlinma sifatida shakllana borgan. Keyinchalik ular Amir Temur 
qoʻshinida lashkarboshilik darajasigacha koʻtarilganlar.


AMIR TEMUR SHAXSI
Temurning zamondoshi , uni 1401 yildan beri 
shaxsan bilgan Ibn Arabshoh shunday deydi:
“Temur yaxshi qaddi-qomatli, baland boʻyli, 
peshonasi ochiq, boshi katta, ovozi kuchli, kuchi 
uning jasoratidan kam emas edi; yorqin qizarish 
yuzining oppoqligini jonlantirdi. Uning keng 
yelkalari, qalin barmoqlari, uzun sonlari va kuchli 
mushaklari bor edi. U uzun soqol qo'ygan; o‘ng 
qo‘li va oyog‘i shikastlangan. Uning nigohi juda 
mehrli edi. U o‘limdan nafratlanar, o‘limida 70 
yoshga to‘lganidan biroz tortinchoq bo‘lsa-da, hali 
ham o‘z dahosini ham, qo‘rqmasligini ham 
yo‘qotmagan edi.


U yolg'onning dushmani edi; hazillar uni 
qiziqtirmasdi. U qanchalik qattiqqoʻl bo'lmasin, 
haqiqatni tinglashni yaxshi ko'rardi. Yaxshi yoki 
yomon muvaffaqiyatlar uning kayfiyatiga ta'sir 
qilmadi. Jasur askarlarning do'sti, o'zi jasoratga 
to'la, u o'zini hurmat qilishga va itoat qilishga 
majburlashni bilardi”


Yozma manbalarda 
1362 yilda Seiston 
yaqinida turkmanlar 
bilan boʻlgan jangda 
Temur oʻqlardan 
yaralangani; 
Oqibatda u 
umrining oxirigacha 
o‘ng oyog‘i 
oqsoqlanib, o‘ng qo‘li 
qurib qolgan.


Buyuk Jangchi
Amir Temur kuchli va yingilmas 
jangchi edi.U ikkala qoʻlida qilich 
ushlab ikki xil usul bilan jang qila 
olgan.Amir Temurni bilganlar bir 
necha kishi boʻlsa ham u bilan 
toʻqnash kelishdan 
qoʻrqqan.Janglarda oldi safda turib 
ishtirok etgan. Askarlari esa uning 
shijoatidan quvvat olishgan


Amir Temur davlatining tashkil topishi
Xondamirning yozishicha, otasi amir Taragʻoy Amir Temurni avval (1355) amir Joku barlosning qizi 
Nurmushk ogʻoga, soʻngra oʻsha yili (1355) Qazagʻonning nabirasi va amir Husaynning singlisi 
Oʻljoy Turkon ogʻoga uylantiradi. Keyingi nikoh tufayli Amir Temur bilan Balx hokimi amir Husayn 
oʻrtasida ittifoq yuzaga kelib, ular birgalikda moʻgʻullarga qarshi kurashadilar. Amir Temurning 
Movarounnahrni birlashtirish yoʻlidagi harakati 14-asrning 60-yillari boshlaridan boshlandi. 14-asr 
ning 50-yillari oxirida Movarounnahrda amirlarning oʻzaro kurashi kuchayib, amir Qazagʻon 
oʻldirildi. Mamlakatda siyosiy parokandalik avjiga chiqib, ogʻir tanglik sodir boʻldi.Amir Temur va 
Amir Husayn mugʻullarga qarshi jang boshladi 1361-yil oxirida ular moʻgʻul qoʻshinlarini 
Movarounnahr hududidan quvib chiqarishga muvaffaq boʻladilar.Biroq, Movarounnahrni qoʻldan 
chiqarishni istamagan Ilyosxoja 1365-yil ning bahorida yana Turkiston ustiga qoʻshin tortadi. 
Toshkent bilan Chinoz oraligʻida ikki oʻrtada sodir boʻlgan jang tarixda „Loy jangi“ nomi bilan 
shuhrat topadi. Jangda amir Husaynning xiyonati oqibatida magʻlubiyatga uchraydilar va oʻz 
qoʻshinlari bilan Amudaryo boʻylariga chekinib, Balx viloyatida oʻrnashdilar. Ilyosxoja esa hech 
qanday qarshilikka uchramay Xoʻjand, Jizzax va boshqa bir qancha shahar hamda qishloqlarni 
egallab, Samarqand ustiga yuradi. 


Amir Husaynning bu ishidan soʻng ularning oʻrtasida 
ochiqdan-ochiq dushmanlik paydo boʻladi.Amir Husayn 
1370-yilga qadar Amir Temurning Movarounnahrni 
markazlashtirilgan davlatga aylantirish yoʻlidagi saʼy 
harakatlarida asosiy toʻsiq boʻlgan. 1370-yil Balx shahri 
boʻsagʻasida boʻlgan jangʻda Sohibqiron Amir Husaynning 
qoʻshinini tor-mor etadi va uni asirga olib qatl etadi.
Balxga yurish paytida Sayyid Baraka Amir 
Temur faoliyatini qoʻllab-quvvatlab, unga oliy 
hokimiyat ramzi katta nogʻora va bayroq 
tortiq qiladi. Shubhasiz bu voqea katta 
siyosiy ahamiyatga ega edi. Chunki u 
saltanatlik ramzi edi.


1370-yilning 11-aprelida Chigʻatoy ulusining barcha beklari, amirlari, 
viloyat va tumanlarning dorugʻalari hamda Termizning sayyidlari 
shuningdek Amir Temurning yoshlikdan birga boʻlgan quroldosh doʻstlari 
va piri Sayyid Barakaning ishtirokida oʻtkazilgan qurultoyda anʼanaga 
koʻra chingiziylardan Suyurgʻatmishxon mamlakat hukmdori deb eʼlon 
qilingan boʻlsada, amalda markaziy hokimiyatni Amir Temur oʻzi 
boshqardi, viloyatlardagi hokimiyatni oʻgʻillari, nabiralari va yaqin amirlari 
orqali idora qildi. Samarqand Amir Temur davlatining poytaxtiga 
aylantirilib, oʻsha yilning yozida shahar devori va qalʼasi tiklandi, saroy va 
qasrlar bino qilindi.


 AMIR TEMURNING YURUSHLARI.
Amir Temur taxtga o‘tirgach, Chig‘atoy ulusining barcha yerlariga 
o‘zini voris deb bildi. Sohibqiron Sirdaryoning quyi havzasidagi 
yerlarni, Toshkent viloyatini, Farg‘ona vodiysini va Xorazmni o‘z 
hukmronligi ostiga kiritdi. Amir Temur1372-yildan boshlab Xorazmga 
besh marta harbiy yurish qildi va Xorazm 1388-yilda uzil-kesil 
bo‘ysundirildi.1381-yilda Hirot, Seyiston, Mozandaron egallandi. 
Shundan so‘ng Saraxs, Jom, Qavsiya, Sabzavor shaharlari jangsiz Amir 
Temurga bo‘ysundi va uning tasarrufiga o‘tdi. Shunday qilib,Amir 
Temur Movarounnahr, Xuroson va Xorazmni birlashtirib, yirik 
markazlashgan davlat tuzdi.


AMIR TEMUR bundan tashqari Hindiston,Oltin Oʻrda va 
Usmonli turklar imperiyasi bilan boʻlgan janglarda gʻalabaga 
erishdi. OLTIN OʻRDA.
Amir Temur shu bilan birga shimoliy-gʻarbdan, yaʼni Oltin Oʻrda tomonidan boʻlayotgan tazyiqqa 
barham berish maqsadida Toʻxtamishga qarshi 3 marta qoʻshin tortishga majbur boʻldi. U 1389-yilda 
Dizaq (Jizzax)ning Achchiq mavzeida, 1391-yilning 18-iyunida (hozirgi Samara bilan Chistopol 
shaharlari orasida joylashgan Qunduzcha daryosi vodiysida va nihoyat, 1395-yilda 28 fevralida 
Shimoliy Kavkazda Terek daryosi boʻiida Toʻxtamish qoʻshiniga qaqshatqich zarba beradi .Amir Temur 
harbiy yurishlari natijasida Quyi Idil (Volga) viloyatlari, Saroy Berka, Saroychik va Hojitarxon (Astraxon) 
kabi shaharlar egallandi . Amir Temur Toʻxtamishni quvib Ryazan viloyatigacha bordi va Yelets 
shahrini ishgʻol qildi. Sharafuddin Ali Yazdiy Amir Temurning Moskva istilosini shunday taʼriflaydi: 
„Sohibqiron Maskavga sorikim, Rusning shaharlaridan erdi, tavajjuq qildi. Anda yetkonda nusratshiʼor 
cheriki ul viloyatni (shahar va atrofini) chobtilar va andagʻi hokimlarni tobeʼ qildi. Va cherikning 
eliklariga sonsiz mol tushti…“ („Zafarnoma“, 179-bet). Bu urushda Azaq (Azov), Kuban va Cherkas yerlari 
ham kuchli aziyat chekkandi. Qizigʻi shundaki, Amir Temur Idilning Turotur kechuvi boʻyida 
Oʻrusxonning oʻgʻli Quyrichoq oʻgʻlonni chaqirtirib, unga qoʻlga kiritilgan sobiq Joʻchi ulusini inʼom 
etdi. Rossiya tarixchilari B. D. Grekov va A. Yu. Yakubovskiyparnmnt yozishlaricha, Amir Temurning 
Toʻxtamish ustidan qozongan gʻalabasi, faqat Markaziy Osiyo uchun emas, balki butun Sharqiy 
Yevropa, shuningdek tarqoq Rus knyazliklarining birlashishi uchun ham buyuk ahamiyat kasb etgan.


Shundan soʻng Amir Temur butun eʼtiborini Eron, Iroq, Suriya, Kichik Osiyo va 
Hindiston yerlarini uzil-kesil zabt etishga qaratdi. U besh yillik (1392 — 96) 
urush davomida Gʻarbiy Eron, Iroqi Ajam va Kavkazni egalladi, natijada 
muzaffariylar va jaloiriylar sulolasining hukmronligi barham topdi.


Amir Temurning Hindiston istilosi 
(1398-yil may — 1399-yil mart) 
qariyb 11 oy davom etdi. Amir 
Temur Hindistondan katta oʻlja, 
shu jumladan 120 jangovar fil 
bilan qaytdi.


Amir Temurning 1399—1404-yillarda olib borgan harbiy yurishlari 
natijasida Shomning Halab (Aleppo), Xums, Baalbek (Baʼalbak), 
Dimishq (Damashq) kabi yirik shaharlari va Iroqi Arabning 
Ubuliston oʻlkasi (qad. Kappadokiya) bilan Bagʻdod, shuningdek 
Turkiyaning katta qismi zabt etiladi. Anqara jangida Amir Temur 
jahonning buyuk sarkardalaridan biri Boyazid Yildirim ustidan 
gʻalaba qozondi. Turk sultoni asirga olindi. U bilan birga xotini serb 
malikasi Olivera, oʻgʻillari Muso va Iso Chalabiylar ham asirga 
tushdilar. Soʻng, Amir Temur Anadolu yarim orolini egallab, Oʻrta 
dengizning sharqiy sohilida joylashgan Izmir shahrini zabt etdi va 
salibchilarning Yaqin Sharqdagi oxirgi qarorgohiga barham berdi. 
Soʻngra, Egey dengizida joylashgan Xios va Lesbos orollaridagi 
Genuya mulklarining hukmdorlari unga taslim boʻldilar, Misr ham 
oʻz itoatkorligini izhor etdi. Amir Temur Anqara, Nikeya, Bursa va 
Izmir shaharlarini egallab, Vizantiya va butun nasoro olamining 
Boyazidga yigʻib bergan bojlaridan iborat katta boylikni qoʻlga 
kiritdi. Birgina Bursa shahridan olingan oltin va javohirlarning oʻzi 
kattagina karvonga yuk boʻlgan. Bandi qilingan Boyazid oʻrdugohga 
olib kelingach, Amir Temur unga hurmat va ehtirom koʻrsatdi. Uning 
vafotidan soʻng (1403-yil 9-mart) esa vorislariga himmat koʻzi bilan 
boqib, ularga beqiyos muruvvatlar qildi. Chunonchi Boyazidning 
toʻngʻich oʻgʻli Sulaymon Chalabiyni turklarning Yevropadagi 
viloyatlariga hokim etib tayinladi. Edirne (Adrianopol) shahri uning 
poytaxti qilib belgilandi. Anadoluning shimoliy-gʻarbiy qismi 
suyurgʻol sifatida Iso Chalabiyga inʼom qilinib, Bursa shahri uning 
poytaxtiga aylantirildi. Usmoniy turklar davlatining markaziy 
qismini boshqarishni Muso Chalabiyga topshirdi.


Amir Temur Kichik Osiyodan Samarqandga 
qaytgach, 1404-yil 27-noyabrda 200 ming 
qoʻshin bilan Samarqanddan Xitoy safariga 
chiqdi. Biroq Xitoy ustiga yurish Amir 
Temurning 1405-yilning 18-fevralida Oʻtrorda 
vafoti sababli amalga oshmay qoldi



Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling