Amir temur and the temurian period literary environment and some aspects of fine art in historical sources


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES


Download 273.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana22.04.2023
Hajmi273.11 Kb.
#1382458
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
amir temur va temuriylar davri adabiy muhit va tasviriy san atning

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-786-793 
Academic Research, Uzbekistan 789  www.ares.uz 
mazmunlarning yangicha talqini sifatida o„zining ham falsafaning ham shuhratini 
olamga yoydi. Keyingi XIV-XV asrlar mintaqa ma‟naviyati “Xamsa” an‟anasi 
ta‟sirida rivoj oldi, shoirning salohiyati va iqtidori hech bo„lmaganda “Xamsa”ning 
bir dostoniga javob yoza bilish bilan o„lchanadigan bo„ldi. Bu jahon ma‟naviyati 
tarixida betakror hodisadir. Turkiy adabiyotda Qutb va Xaydar Xorazmiylar boshlab 
bergan “Xamsachilik” an‟anasi o„zining kamolini A.Navoiy ijodida topdi. 
XV asrning ko„zga ko„ringan adabiyotshunos olimlarning biri Davlatshoh ibn 
Abouddaula Baxtish al-G„oziy as-Samarqandiydir. Uning tarjimai holiga oid 
ma‟lumotlar juda kam bo„lib, “Tazkirot un-shuaro” (Shoirlar tazkirasi) asarida 
keltirilgan ba‟zi bir ma‟lumotlarga qaraganda, u yirik harbiy xizmatchi va davlat 
rabobi oilasida tug„ilgan. Uni taxminan yashagan yillari 1435-1495 yillarga to„g„ri 
keladi. 
Uning “Tazkirat un-shuaro” asarida VII-XV asarlarda yashab ijod qilgan 155 
shoir haqida qisqacha, lekin nihoyatda qimmatli ma‟lumotlar keltirilgan. Bu asar juda 
katta davr qariyb sakkiz yuz yil mobaynida Eron va Markaziy Osiyoda yashab ijod 
etgan shoir va adiblar faoliyatini tadqiq qabzasiga olgan. 
“Tazkirat ush-shuaro” yoki “Tazkirai Davlatshohiy” muqaddima, xotima va 
yetti qismdan iborat. 
Davlatshoh Samarqandiyning mazkur tazkirasi jamoatchilik e‟tiborini ko„pdan 
beri tortib kelmoqda. 1819-yildan bayon asarning ayrim parchalari Rossiya 
(V.A.Jukovskiy va F.Erdman), Fransiyada (Silvers de Sasi), Angliyada (E.Broun va 
A.Falkoner), Turkiyada (Fahim Sulaymon afandi), Germaniyada (Hammer) hamda 
Gollandiyada chop etilgan. Uning to„la matni 1887-yili Bombayda Mirza 
Muhammad, 1901-yili Londonda E.Broun va 1958-yili Tehronda Xoja Muhammad 
Ramazoniy tomonidan nashr etilgan. 
1900-yili birinchi bor Xivada Muhammad Rafe tomonidan eski o„zbek tiliga 
(Xorazm shevasida) o„girildi. 1967-yili B.Ahmedov “Tazkirat ush-shuaro” 
tazkirasidan Mavrkaziy Osiyo va Xurosonlik 32 va 1981-yili 50 dan ortiq shoir 
hayoti hamda ijodiga oid ayrim parchalarni o„zbek tiliga tarjima qilib, “Davlatshoh 
Samarqandiy” nomli kitobiga ilova qilgan.[3] 
Davlatshoh Samarqandiy bilan umrguzaronlik qilgan olimu, davlat 
arboblaridan bo„lgan Husayn Boyqaro (1438-1506), Husayn Voiz Koshifiy (1440-
1505) bo„lib bular XV asrda Xuroson va Movarounnahr madaniyatining 
madaniyatining rivojiga katta hissa qo„shgan hamda o„z asarlari bilan so„nggi 
avlodlarga katta ta‟sir ko„rsatgan mashxur allomalardan bo„lib tarixda qoldi.[4] Ular 
qomusiy ijodi bilan o„z davri ma‟naviy yuksalishi yo„lida faol xizmat qildi va nafaqat 



Download 273.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling