Amir temur and the temurian period literary environment and some aspects of fine art in historical sources


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES


Download 273.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana22.04.2023
Hajmi273.11 Kb.
#1382458
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
amir temur va temuriylar davri adabiy muhit va tasviriy san atning

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-786-793 
Academic Research, Uzbekistan 792  www.ares.uz 
asrlarga nisbatan ancha rivojlandi va bu davr keyinchalik “Musulmon Renessensi” 
degan atamaning paydo qilib keldi. 
 
XULOSA 
Mirzo Ulug„bek tomonidan Samarqand shahridagi madrasasida o„ziga xos 
akademiya bundoy etildi. Unda ushbu davrning yetuk ilm-fan sohiblari faoliyat 
yuritishdi. Natijada aniq fanlar sohasi juda katta taraqqiy qildi. Ushbu davrda Mirzo 
Ulug„bek tomonidan qurilgan Rasadxonaning faoliyatini ham ushbu davr ilm-faniga 
katta hissa qo„shgan deyishimiz mumkin. Ayniqsa unda o„rnatilgan sekstan ushbu 
davrda kattaligi jihatidan dunyoda ikkinchi o„rinda turganinidan ham bilib olishimiz 
mumkin. Hatto Mirzo Ulug„bek bir yilning qancha vaqtdan iborat ekanligini hisoblab 
chiqadi va hozirgi kundagiga nisbatan bor yog„i 1 minut-u 2 sekundgagina 
adashganidan ham ushbu davr madaniy hayotida ilm-fanning taraqqiy etganini bilib 
olishimiz mumkin. 
Temuriy shahzoda Mirzo Ulug„bek Samarqand va Buxoro ilmu ma‟rifat 
dargohiga aylantirdi. O„z zamonasining dorilfununi hisoblangan Samarqand, Buxoro, 
G„ijduvon madrasalarida diniy va dunyoviy fanlardan ta‟lim berildi, Shamsuddin 
Havofiy, Qozizoda Rumiy, G„iyosiddin Jamshid, Ulug„bek, Ali Qushchi kabi yetuk 
olimlar Samarqand akademiyasiga ilmu toliblarga saboq berishdi va bu davrdagi 
Markaziy Osiyo xalqlarining jahon sivilizatsiyasiga o„z xissasini qo„shdi. 
Amir Temur va Temuriylar davrida badiiy uslub jihatdan adabiyot nihoyatda 
takomillashib, yangi pog„onaga ko„tarildi. Zamonaning yetuk shoirlari Sakkokiy
Lutfiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Atoiy, Durbeklar nasr va nazmda 
ko„plab nodir asarlar yaratishdi. Bu davrda Markaziy Osiyoda kitobot, xattotlik, 
musavvirlik, lavvohlik (lavha chizish) va sahhoflik (muqovasozlik) san‟ati nihoyatda 
taraqqiy etdi. Mir Ali Tabriziy, Sulton Ali Mashhadiy, Mir Ali Kitob, Mirak 
Naqqosh, Qosim Ali kabi xattot, musavvvir, lavvohlar o„z sohasining jonkuyarlari 
bo„lishdi. Ayniqsa, Kamoliddin Behzod asos solgan Hirot musavvirlik maktabi ulkan 
yutuqlarga erishdi. 
Xullas, XIV asrning oxiri XV asr Markaziy Osiyo, aniqrog„i, Movarounnahr va 
Xuroson tarixida o„rta asr uchun oliy darajadagi madaniy – manaviy yuksalish davri 
bo„ldi. Bu yuksalish Markaziy Osiyoda uyg„onish davrining tiklanishi va oliy 
darajadagi sivilizatsiyaga qo„shgan hissasi bilan atash mumkin. Bu yuksalishlar 
xalqimizning keyingi madaniy rivojlanishiga katta zamin yaratdi.

Download 273.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling