Amir Temur buyuk sarkarda


Download 133 Kb.
bet5/5
Sana12.10.2023
Hajmi133 Kb.
#1700002
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-mavzu Amir Temur buyuk sarkarda

Tarjimai hol
Amir Temur - buyuk shaxs, kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli me'mor, notiq, ruhshunos, shu bilan birga el-yurtini, xalqini sevgan va uni mashhuri jahon qilgan xalqimiz farzandi. Amir Temurning tarixi ko'p jildlik kitoblar yozishga arziydi.Mustaqillikka erishgunimizga qadar buni amalga oshirish imkoniga ega emas edik. Chunki kommunistik g'oya bunga yo'l bermadi. Amir Temurning o'zi tahqirlanib tuhmatu malomatlarga qoldi.
Xaqiqatan ham, Amir Temur jahon tarixida qudratli va gullab-yashnagan davlat barpo etgan buyuk sarkarda va davlat arbobi sifatidagina mavqe tutmaydi. Sohibqiron o'z poytaxti bo'lmish Samarqandni yer yuzining chinakam madaniy-me'moriy va ilmiy-ma'naviy markazlaridan biriga aylantirgan. Bu ulug' zot kurdirgan me'morchilik va xalq san'atining javohirlari yanglig' bugungacha qad ko'tarib turgan osori-atiqalar shahar va qishloqlarimiz ko'rkiga ko'rk qo'shib kelmoqda.
Amir Temur 1336 yilning 9 aprelida Shahrisabzning Xo'ja Ilg'or qishlog'ida tavallud topdi. Temurning yoshligi va yigitlik yillari mamlakat og'ir ijtimoiy-siyosiy buhron iskanjasiga tushib qolgan bir davrda kechdi.
Amir Temur Mo'g'ullarga kuyov bo'ladi, ya'ni Saroymulkixonim (Bibixonim) mo'g'ullar sulosasidan hisoblanadi. Shu bois o'z qaynotasi tomonidan "Ko'ragoniy" (Ko'ragon-kuyov degani) unvoni bilan taqdirlangan.Uzoq va mashaqqatli kurashlardan so'ng Amir Temur o'z raqiblarini yengib, hokimiyatni qo'lga kiritdi. Mayda, tarqoq feodallarni birlashtirib, markazlashgan davlat bunyod etdi, mamlakatda iqtisodiy va madaniy o'zgarishlar qildi.
Xatto Amir Temur Boyazid sulton bilan bo'lgan "Loy" jangida oyog'idan yaralandi va bir umrga cho'loq bo'lib qoldi. G'arbliklarning Temurlang nomi bilan atashlariga sabab ham, mashhur "Loy jangi"da oyog'idan yaralangani va cho'loq bo'lib qolganligidadir.
Amir Temurning tarix oldidagi xizmati benihoyat katta. Birinchidan u mamlakatda yuqorida aytganimizdek kuchayib ketgan feodal tarqoqlikka barham berib, el-yurtni o'z tug'i ostiga birlashtira oldi, mo'g'ullar zulmiga barham berib, markazlashgan yirik feodal davlatni barpo etdi. Bu bilan hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratib berdi.
Bugun "Temur va Temuriylar madaniyati", "Temuriylar davlati", "Ulug'bek va astronomiya maktabi", "Navoiy" va "Bobur" kabi qutlug' so'zlarni nafaqat o'zbekning, balki jahon xalqlari asarlari sahifalarida uchratar ekanmiz, bu gaplarning zaminida albatta Amir Temurning ulkan xizmatlari yotadi. Ikkinchidan, Amir Temur, o'zi bilibmi-bilmasdanmi, lekin bir qator xalqlar va yurtlarni mustamlakachilar zulmidan ozod bo'lishiga yordam berdi.
Masalan, o'sha davrning eng qudratli hukmdorlaridan hisoblangan Boyazid Yildirimni tor-mor keltirib, Bolqon yarim oroli va Yevropa xalqlariga ozodlik bag'ishladi; Oltin O'rda xoni To'xtamishni ikki marta tor-mor etib, Rossiyani mo'g'ullar hukmronligidan qutulishini tezlashtirdi. Uchinchidan, Turkiston zaminini ziroatchilik, hunarmandchilik, ilm-fan va madaniyati rivojlangan ilg'or mamlakatga aylantirdi.
Shukrki, mamlakatimiz istiqlolga erishgan vaqtdan e'tiboran Amir Temur shaxsi xalqimiz uchun yana Vatan va millat timsoliga aylandi. Mustaqilligimizning har bir tadbirida, O'zbekistonning har bir qadamida ul buyuk zot ruhi bizga hamrohu hamnafas bo'lib bormoqda.
Amir Temurda Vatanni sevish, xalqini ulug'lash, ulardan fahrlanish va g'ururlanish singari oliy ma'naviy fazilatlar barq urib turgan.
Amir Temurning "Temur tuzuklari", Nizomiddin Shomiy, Sharafiddin Ali Yazdiylarning "Zafarnoma"lari, Ibn Arabshohning "Temur haqidagi habarlarda taqdir ajoyibotlari" va boshqa asarlarda keltirilgan sohibqironning ibratli ishlari, pand-nasihatlari va o'gitlaridan ham uning kimligini bilib olsa bo'ladi. Bular el-yurt va fuqarolarning tashvishi, raiyatparvarlik, mehr-muruvvat, qo'shnichilikka rioya qilish va nihoyat, mardlik va qahramonlik haqidagi o'gitlardir.
Sohibqironning bunyodkorlik sohasidagi tarixiy xizmatlari beqiyos. Amir Temur va uning avlodlari sa'yi-harakatlari bilan qurilgan madrasalar, masjidlar, xonaqohlar, saroylar, bozorlar, qal'alar, kanallar yo'l va ko'priklar va boshqa inshootlarning son-sanog'i yo'q. Amir Temurning bevosita rahnamoligida bunyod etilgan Bibixonim jome' masjidi, Go'ri Amir, Ahmad Yassaviy, Zangi ota maqbaralari, Oqsaroy va Shohi Zinda me'moriy mo''jizalari, Bog'i Chinor, Bog'i Dilkusho, Bog'i Behisht, Bog'i Baland singari o'nlab go'zal saroy-bog'lar va shu kabi boshqa inshootlar shular jumlasiga kiradi.

Tarixchi Sharofiddin Ali Yazdiyning guvohlik berishicha, Amir Temur "Obodonlikka yaraydigan biror qarich yerning ham zoe bo'lishini ravo ko'rmasdi".


Tarix bu ko'hna dunyoda juda ko'p jahongirlarni ko'rgan. Amir Temurning ulardan farqi shundaki, u umr bo'yi bunyodkorlik bilan mashg'ul bo'lgan. Uning "Qay bir joydan bir g'isht olsam, o'rniga o'n g'isht qo'ydirdim, bir daraxt kestirsam, o'rniga o'nta ko'chat ektirdim", degan so'zlari bunyodkorlik, yaratuvchanlik faoliyatining tasdig'idir.


"Agar bizning qudratimizni bilmoqchi bo'lsangiz, qurgan binolarimizga boqing" deganda Amir Temur, avvalo o'z halqiga, kelajak avlodlariga murojaat qilgan, desak yanglishmaymiz.
Har qanday jamiyat taraqqiyotini ilm-ma'rifatsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Buni teran anglagan sohibqiron hokimiyatga kelishi bilan chiqargan dastlabki farmonlarini madrasalar barpo etishga, ilm toliblariga nafaqalar tayinlash bilan boshlagan. Qaysi bir shaharga tashrif buyurmasin Amir Temur avvalo o'sha yerlik olimu fozillar bilan uchrashar, ular bilan suhbat qurar, turli mavzularda bahslashar edi.
Tarix, tibbiyot, matematika, astronomiya, me'morchilik sohalarida yuksak salohiyatga ega Amir Temur uchun bu tabiiy hol edi. Mazkur fazilat sohibqironning nabirasi Mirzo Ulug'bekka o'tgani shubhasiz. Mirzo Ulug'bekning davlat arbobi bo'lish bilan birga buyuk olim darajasiga yetishishida bobosi Amir Temurning xizmati benihoya katta bo'lgan. U Ulug'bekdagi noyob qobiliyatni boshdanoq payqab, safarlarda ham yonida olib yurib, dunyoning mashhur olimlari tarbiyasidan bahramand etgan.
Amir Temur ma'naviyatini belgilovchi bosh mezon uning butun umr bo'yi amal qilgan "Kuch - adolatda!" degan shioridir. Bu shiorda Amir Temur hayoti va faoliyatining butun mazmuni mujassamlashgan, desak yanglishmaymiz. Amir Temurning ma'naviy va ma'rifiy qarashlari uning o'z farzandlari, nabiralari, taxt vorislariga qoldirgan o'gitlari "Temur tuzuklari"da mujassamlashgan. Bu bebaho tarixiy asarda, hokimlar va vazirlarning vazifalari, o'z ishiga munosabati, aholi turli qatlami - raiyatning haq-huquqini himoya qilish, sipohlarga munosabat kabi hayotiy ma'naviy-ahloqiy qonun-qoidalar o'z ifodasini topgan.
Yuksak ma'naviy qadriyatlarga tayangan bu adolat Amir Temurning quyidagi so'zlarida o'z ifodasini topgan: "Qaysi mamlakatni zabt etgan yoki qo'shib olgan bo'lsam, o'sha yerning obro'-e'tiborli kishilarini aziz tutdim; Sayyidlari, ulamolari, fuzalo va mashoyihiga ta'zim bajo keltirdim va hurmatladim, ularga suyurg'ol vazifalar berib, maoshlarini belgiladim; o'sha yurtlarning ulug'lrini og'a-inilarimdek, yoshlari va bolalarini bo'lsa, o'z farzandlarimdek ko'rdim".
Buyuk ajdodimizning eng muhim fazilatlaridan biri shuki, ul zot bundan olti asr avvaloq davlatlararo o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, uzoq va yaqin xalqlar o'rtasida do'stlik va hamjihatlik rishtalarini mustaxhamlash o'z saltanati yorqin istiqbolini ta'minlashning muhim omili ekanini teran anglagan.
Shu sababli, u Yevropa va Osiyoni bog'lashga xizmat qilgan ulkan ishlarni amalga oshirgan. Bir tomondan - Xitoy, Hindiston, ikkinchi tomondan, - Fransiya, Ispaniya, Angliya va boshqa davlatlar bilan aloqalar o'rnatgan va shu munosabatlarni mustahkamlashga intilgan.
Prezidentimiz Islom Karimov ta'biri bilan aytganda, Amir Temurning eng asosiy tarixiy xizmati shundan iboratki, aynan uning hukmronligi davrida Yevropa va Osiyo qitalari ilk bor o'zlarining bir geosiyosiy maydonda yashayotganlarini xis etganlar. Sohibqiron savdo - iqtisodiy munosabatlar orqali xalqlar va mamlakatlar o'rtasida yagona makon barpo etish sohasida shunday yutuqlarga erishganki, bunga qoyil qolmasdan ilojimiz yo'q.
Hozirgi kunda Amir Temur va Temuriylar mavzuiga bag'ishlab yaratilgan yirik asarlar soni Yevropa tillarida besh yuzdan, Sharq xalqlari tillarida esa mingdan ortiqni tashkil etadi. Bu misol asrlar davomida jahon tarixining yorkrn siymolaridan biri - Amir Temur hayoti va faoliyatini, Temuriylar tarixini o'rganishga bo'lgan qiziqish dunyo miqyosida hech kachon susaymaganidan dalolat beradi. Aksincha, keyingi vaqtda dunyoda, ayniqsa, Yevropada ushbu mavzuga e'tibor yanada ortgani kuzatilmoqda va quvonarli holdir.
Mamlakatimiz olimlari va xorijlik mutaxassislar tomonidan ilmiy asosda e'tirof etilganidek, Amir Temur tarixda o'z davrining eng mohir diplomati sifatida ham chuqur iz qoldirgan. Sohibqiron buyuk davlat arbobi sifatida o'z maqsadlariga erishishda diplomatiyaning tinch yo'li bilan harbiy tadbirlarni mohirona qo'shib olib borgan.
Amir Temur barpo etgan buyuk saltanat o'sha davrdan boshlab nafaqat qo'shni mamlakatlar va ularning boshliqlarini, balki uzoq yurtlar hukmdorlarini ham o'ziga jalb etib kelgan.
Tarixiy hujjatlarning dalolat berishicha, XIV asrning 70-yillaridanoq Yevropa davlatlari vakillari Movarounnahrga kelib, bu yerdagi yangi, mustaqil davlatning qudrati va salohiyati bilan jiddiy qiziqqanlar.
Sohibqiron ham o'z navbatida, ayniqsa, qudratli saltanat shakllangach, o'sha davrning deyarli barcha taniqli davlatlari va ularning hukmdorlari bilan faol diplomatik aloqalar o'rnatgan. Turli davlatlarga o'z elchilarini yuborgan, shuningdek, uning huzuriga yo'llangan xorij elchilarini qabul qilgan.
Amir Temur Kastiliya va Leon qiroli Don Enrike III (ayrim manbalarda - Ispaniya qiroli Genrix III), Fransiya hukmdori Sharl VI (ayrim manbalarda - Karl VI), Angliya qiroli Genrix IV saroylariga elchilar yuborib, mutanosib ravishda ispaniyalik, fransiyalik, angliyalik, xitoylik va boshqa bir qator - jami yigirmadan ortiq xorijiy davlatlar elchilarini o'z poytaxti Samarqandda qabul qilgani haqida atroflicha bayon etilgan ko'plab tarixiy va ilmiy asarlar bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi.
Tarixiy manbalarda yozilishicha, 1402 yilning 28 iyulida Anqara shahri yaqinidagi Chubuq vodiysida Amir Temur bilan Usmonli turk sultoni Boyazid Yildirim askarlari o'rtasida kechgan va Soxibqiron g'alabasi bilan yakun topgan jangga guvoh bo'lgan xorijpik diplomatlar orasida Kastiliya va Leon qiroli Don Enrike III tomonidan Amir Temur huzuriga yo'llangan elchilar - Payo de Sato Mayor va Ernan Sanches de Palasuelos xam bor bo'lgan.
Jangdan so'ng Amir Temur elchilarni kabul qiladi, ulardan ispanlar davlati va qirolning ahvoli haqida surishtiradi, ziyofatlarga taklif etib, ko'p hadyalar beradi. Ispan elchilarining qaytish payti kelganda esa Sohibqiron ikki davlat o'rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida ular bilan birga o'zining qobiliyatli beklaridan bo'lgan Muhammad Keshiyni ham maktub va sovg'alar bilan Kastiliyaga elchi qilib jo'natadi. Keshiy u yerga eson-omon yetib borib, maktub va sovg'alarni qirol Don Enrike III ga topshiradi.
Ilmiy tadqiqotlarda yozilganidek, Amir Temur diplomatiyasining nazariy asosini islom dini tashkil etgani holda, uning ma'naviy- axloqiy asosi uzoq asrlarga borib taqaladi. Bu diplomatiyaning shakllanishida Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" asari kabi mashhur asarlar va qomusiy manbalar katta rol o'ynagan.
Amir Temur diplomatiyasining o'ziga xos tomonlarsdan biri - u o'zining barcha murojaatlarida, hatto qat'iy talab shaklida yozilgan nomalarida ham, Sharq diplomatiyasi etiketlariga rioya qilgan. Ayrim uzoq yurtlar xushdorlarining qo'pol shaklda, ba'zi hollarda jahl va jaholat bilan yozilgan nomalariga ham Sohibqiron hamma vaqt o'z fikrlarini aniq bayon qilgan holda madaniyat va odob bilan javob qilganini o'sha davrlardan meros bo'lib qolgan tarixiy xatlar orqali bilib olish qiyin emas.
Ayni vaqtda shuni ham aytish kerakki, Amir Temur odatda Yevropa mamlakatlariga masihiylik dini peshvolarini elchi qilib yuborgan. Fransisko, Fransisko Sadru, Sultoniya shahri arxiepiskopi Ioann Fransiya va Angliya qirollariga Sohibqironning maktublarini olib borgan.
Musulmon diplomatlaridan, yuqorida aytib o'tganimizdek, faqat Muhammad Keshiygina Yevropaga borishga muyassar bo'lgan. Bu ham uning qobiliyatidan, bir necha tillarni, ehtimol, Yevropa tillaridan birini bilganidan dalolat beradi. O'sha davrda Amir Temur shuhrati butun Yevropaga tarqalgan edi. Shu sababli Muhammad Keshiy Kastiliya Qiroli Don Enrike III huzurida katta hurmat-e'tibor bilan kutib olingan. U qirol saroyidagi rasmiy tantanalarda va yirik zodagonlar qasridagi qabul marosimlarida ishtirok etgan. Qirol unga Rui Gonsales de Klavixo boshchiligidagi o'z elchilarini qo'shib, hurmat-ehtirom bilan Samarqandga kuzatib ko'ygan. Ana shu safar taassurotlari asosida Rui Gonsales de Klavixo tomonidan yaratilgan "Samarqandga, Temur saroyiga sayohat kundaligi 1403-1406 yillar" asari Klavixoni butun dunyoga mashhur qilib yubordi va necha asrlardan buyon bu bebaho kundaliklar Marko Polo, Ioann Galonifontibus, Afanasiy Nikitin, Barbaro va Kontarini asarlari bilan bir qatorda o'rta asrlar jahon adabiyotining oltin fondini bezab turibdi.
Aytish joyizki, Sohibqironning elchisi - arxiepiskop Ioanning "Amir Temur va uning saroyi haqida xotiralar" asari ham o'tgan olti yuz yil mobaynida shu mavzuda turli tillarda yaratilgan mingdan ziyod asarlar orasida ishonchli va xolis manba sifatida alohida o'rin tutadi.
Nega deganda, bu asar buyuk ajdodimiz bilan Samarqandda uchrashgan yevropalik elchi Klavixoning kundaliklari, shuningdek, Amir Temur bilan bevosita muloqotda bo'lgan mashhur tarixnavislar Ibn Arabshoh va Ibn Xaldun qalamiga mansub tarixiy kitoblar kabi birlamchi, ya'ni Sohibqironni o'z ko'zi bilan ko'rib, suhbatida bo'lgan mualliflar yozib qoldirgan eng nodir manba sanaladi.
E'tibor va e'tirofga sazovor tomoni shundaki, istiqlol yillarida xalqimiz ana shu asarlarni bevosita asliyat, ya'ni ispan va fransuz tilidan o'zbek tiliga tarjimalarini o'qish va o'rganish, chuqur tahlil va talqin etish imkoniga ega bo'ldi.
Muxtasar aytganda, Amir Temur olib borgan faol diplomatik siyosat tufayli buyuk ajdodimiz tuzgan va boshqargan ulkan saltanat bilan jahonning o'sha davrda taniqli bo'lgan barcha davlatlari, shu jumladan, Yevropa mamlakatlari orasida doimiy aloqa o'rnatilgan va bu o'z navbatida dunyodagi ko'pgina mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga va madaniyat taraqqiyotiga xizmat qilgan.
Bugun O'zbekiston yer yuzidagi ko'plab mamlakatlar bilan turli sohalarda o'zaro manfaatli aloqalarni kamol toptiryapti, xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, hamkorlikning barcha shakllarini rivojlantirish yo'lida izchillik va qat'iyat bilan odimlamoqda. Shunday mahalda beixtiyor, Yurtboshimiz ta'kidlaganlaridek, Sohibqiron Amir Temurning Fransiya qiroli Sharl VI ga yo'llangan "Salom va tinchlik e'lon qilaman!", degan so'zlari bilan boshlanadigan maktubi yodga tushadi.
Download 133 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling