Quvasoy shahar 6-umumta’lim maktabida 9-aprel Sohibqiron Amir Temur tavallud kuni munosabati bilan o’tkazilgan “Amir Temur-buyuk shaxs” tadbiri Senariysi


Download 44.5 Kb.
bet1/4
Sana01.03.2023
Hajmi44.5 Kb.
#1242287
  1   2   3   4
Bog'liq
Amir Temur-buyuk shaxs


9-aprel Sohibqiron Amir Temur tavallud kuni munosabati bilan o’tkazilgan “Amir Temur-buyuk shaxs” tadbiri Senariysi.

Bayramona bezatilgan sahna, hazin kuy ohangida ikkita boshlovchi chiqib keladi.


1-o’quvchi: Taxtingizga sizni bilganlar keldi,
Dinu islomdagi o’g’lonlar keldi.
Qalbi jur’atlarga to’lganlar keldi,
Assalomu alaykum Sohibqironim,
Poyingizni o’par mulki turonim.
1-boshlovchi: Tarixlarga ko’mdim men ham o’zimni,
Xalqim bergan ekan senga to’zimni.
Dedim tunlar tinglab qaro ko’zimni,
Bitarmikan hech dostoni o’zbekning.
2-boshlovchi: Oltin yoruq sochgan turkiy sadolar,
Xo’bi bitik toshidagi nidolar.
Bugun buyuk tilsim bo’lgan imlolar,
Kechmishlardan bir nishoni o’zbekning.
1-boshlovchi: Mag’ribga ham yetgan dunyo talashib,
O, Yildirim, holing nadir adashib?
Tarix ichra keldi doim adashib,
Goh tantana, goh armoni o’zbekning.
2-boshlovchi: Yunon keldi kulgi bo’ldi oqibat,
Mo’g’ul uning mulki bo’ldi oqibat.
Qolgan arab turkiy bo’ldi oqibat,
Bor Temurdek bir o’g’loni o’zbekning,
Amir Temur sharaf-shoni o’zbekning.
1-boshlovchi: Assalomu alaykum, zaminimiz, yurtimiz,
tariximiz bir bo’lgan yurtdoshlar.
2-boshlovchi: Aprel musiqa fan oyligi munosabati bilan o’tkazilayotgan “Amir Temur-buyuk shaxs” deb nomlangan bayram tadbirimizga xush kelibsiz.
1-boshlovchi: Bayram tadbirimizni ochib berish uchun so’z navbatini maktamiz rahbari hurmatli ustozimiz Abdurahmonova Manzura opa Muhammadjonovnaga beramiz. Marhamat.
2-boshlovchi: Amir Temur buyuk shaxs, kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, yuksak iqtidorli notiq, ruhshunos, shu bilan birga el yurtini sevgan va uni jahonga mashhur qilgan inson.
1-boshlovchi: Keling, moziyga bir nazar tashlaymiz.
1336-yil 9-aprel kuni Qashqadaryo vohasi, hozirgi
Shahrisabz, ko’hna Kesh bekligida Xo’ja ilg’or
qishlog’ida Amir Tarag’ay Barlos va Takinaxonim
oilasida farzand dunyoga keldi.

Download 44.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling