Quvasoy shahar 6-umumta’lim maktabida 9-aprel Sohibqiron Amir Temur tavallud kuni munosabati bilan o’tkazilgan “Amir Temur-buyuk shaxs” tadbiri Senariysi
Download 44.5 Kb.
|
Amir Temur-buyuk shaxs
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-boshlovchi
- 2-boshlovchi
2-o’quvchi: Hush keldingiz, Mulki turon – o’z taxtingiz,
Shijoatli, hamon baland shaxtingiz. Siznikidir bizning kulgan baxtimiz Assalomu alaykum, Sohibqironim, Shiddatli yillardan ulug’ bo`ronim. Musiqiqy tanaffus. 1-o’quvchi: “So’ylagin jonlarga olovlar yoqib, Suhbatdoshing gavhar tergandek bo’lsin. Lutfu-karamingga, zavqingga boqib, Hazrat Navoiyni ko’rgandek bo’lsin! Shunchaki bir millat emasmizku biz, Iymoning tosh-metin qo’rg’ondek bo’lsin. Sening suhbatingga burar chog’i yuz, Hazrat Naqshbandni ko’rgandek bo’lsin! Har kimda xalqining g’ururi, sha’ni, Yov kiftida ari yurgandek bo’lsin. Senga qarab sherni ko’rgandek, ya’ni- Hazrat Boburbekni ko’rgandek bo’lsin! Ko’ksingga tig’ urib etmasin yara, Hezlansa, xudoyim urgandek bo’lsin. O’tli ko’zlaringga, bastingga qarab, Hazrat Temurbekni ko’rgandek bo’lsin! 1-boshlovchi: 1219-yildan 1370-yilgacha, Amir Temur tug’ilganda yurtimiz mo’g’ullar iskanjasida edi. 2-boshlovchi: - 1361-yil. Amir Temur 25 yoshda. Ustozlari Shamsiddin Kulol, Sayyid Barakadan saboq olib, teran fikrlab, yuksak fazilatli, vaziyat mohiyatini tezda fahmlaydigan ziyrak yigit bo’lib voyaga yetdi. 1361-yildan mo’g’ullarga qarshi kurashga kirishadi. 1-boshlovchi: - 1365-yil. Tarixda Loy jangi bilan nom qoldirgan jang Chinoz yaqinida Amir Temur va Ilyosxo’ja o’rtasida bo’lib o’tadi. Jang paytida osmonni qora bulut qoplab, yomg’ir yog’adi. Shuning uchun ham ushbu jang tarixda “Jangi loy” deb muhrlanadi. 2-boshlovchi: - 1370-yil. Balx, hal qiluvchi jang va Amir Temur g’olib. Qurultoy chaqiriladi. Amir Temur Movarounnahr hukmdori etib tayinlanadi. O’sha kun, 9-aprel 1370-yil Temurbek 34 yoshga to’lgan edi. Shu tariqa Temuriylar sulolasiga asos solinadi. 1-boshlovchi: -Amir Temurning Turk sultoni Yildirim Boyazid bilan to’qnashuvi tarixda Anqara jangi nomi bilan mashhur. Bu jang 1402-yil 20-iyulda Anqara yaqinidagi Chibukobod mavzesida 3 kun davom etgan bo’lib, Amir Temur g’alabasi bilan yakunlanadi. Download 44.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling