Quvasoy shahar 6-umumta’lim maktabida 9-aprel Sohibqiron Amir Temur tavallud kuni munosabati bilan o’tkazilgan “Amir Temur-buyuk shaxs” tadbiri Senariysi


Download 44.5 Kb.
bet2/4
Sana01.03.2023
Hajmi44.5 Kb.
#1242287
1   2   3   4
Bog'liq
Amir Temur-buyuk shaxs

2-boshlovchi: Yoshi ulug’lar Olloh o’zingga shukr,
uni o’zing yubording, yomonlardan himoyasiz go’dakni
o’zing asra, deya duo qilishdi. O’sha kuni 1336-yil
9-aprel edi.
1-boshlovchi: Amir Temur mamlakatda kuchayib ketgan feodal tarqoqlikka barham berib, el-yurtni o’z tug’i ostida birlashtira oldi, markazlashgan yirik davlatga asos soldi. Bu bilan ziroatchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratib berdi.
2-boshlovchi: Amir Temurning sa’y-harakatlari bilan obod etilgan shaharlar, qasabalar, qishloqlarni, Shahrisabz, Samarqand, Buxoro singari shaharlarda qad ko’targan hashamatli imoratlarni aytmaysizmi? Ularning ba’zilari hozir ham bor va shaharlarimiz husniga ko’rk- bo’lib turibdi.
Davraga Amir Temur siymosidagi o’quvchi kirib keladi. Qo’lini ko’ksiga qo’yib, biroz ta’zim bilan:
-Biz kim, mulki Turon, Amiri Turkistonmiz!
Bizkim, millatlarning eng qadimi va eng ulug’i
Turkiyning bosh bo’g’inimiz!-deydi.
1-o’quvchi: Assalom, bobojon, buyuk sarkarda,
Qoshingizdan o’tib har subhidam chog’.
Siz esa hamisha tiksiz egarda
Sharqning o’rtasida turibsiz uyg’oq.
Tushimda saboq berasiz har tun,
Ismingiz-la til topdi go’daklar har tong.
El qaddin tikladi siz tug’ilgan kun
Yurakdan joy berdik, ey Sohibqiron!
2-o’quvchi:-Nechun axir ko’p yillar sizning
Nomingizni tilga ololmay keldik.
Sizday ulug’ zotdan o’girib yuzni,
Kim haqu, kim nohaq –bilolmay keldik.
Sohibqiron:
- Bunga aybdorlar sizga ma’lumdir-
Yashirmayman, bir to’da quyonyuraklar.
Yurt sha’ni, shavkati, tarixi emas,
Bir xovuch oltin yo amal keraklar.
Tarixda bo`lmasin qorani oqlash,
Tarixga zavol yo`q, tarix o`lmasdir.
Haqiqatni lozimdir doimo yoqlash,
Tarixdan tonganning baxti kulmasdir.
Ona xalqim sha’ni, shuhrati deya
Yurt tuzdim adolat tojini kiyib,
Yuragimda yondi birgina niyat,
Ko’rsatay shu yurtning qudratin yoyib.
1-o’quvchi: Bugun tasavvurlar o`zgardi tamom,
Mana, poyingizga yig’ilsak-da jam,
Sizning nomingizni bayroqdek tutib,
Istiqlol nash’asin totamiz bardam,
Madhingiz tillarda yangrar amirim,
Shu yurt deb birlashib yashamoqdamiz.
Baxtiyor zaminga otib tomirni
Qadamlarni dadil tashlamoqdamiz.

Download 44.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling