Xalqimizning otashqalb farzandi


Download 36.37 Kb.
Sana07.12.2020
Hajmi36.37 Kb.
#161519
Bog'liq
Sharof Rashidov ssenariysi



Atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 101 yilligiga bag’ishlangan “Xalqimizning otashqalb farzandi” nomli adabiy-ma’rifiy tadbir ssenariysi

Sahna yozuvchining portreti, hayoti va ijodiga doir buklet va albomlar, gullar va sharlar bilan bezatilgan. Hazin kuy jo’rligida sahna monitorida yozuvchining kitob javonlari yonida miyig’ida kulib tushgan surati namoyon bo’ladi.

Boshlovchi: Assalomu alaykum aziz va muhtaram mehmonlar, bilimga chanqoq o’quvchilar, hurmatli adabiyot ixlosmandlari . “Xalqimizning otashqalb farzandi” Sharof Rashidov tavalludining 101 yilligiga bag’ishlab tayyorlangan kechamizni ochiq deb e’lon qilaman.

(O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ijro etiladi.)

Boshlovchi: Sharof Rashidov – xalqimizning ulug’ farzandi, ona O’zbekistonimizni o’ta og’ir va murakkab yillarda boshqargan zukko va xalqparvar rahbar, sermulohaza va donishmand yetakchi. U bolalik chog’laridanoq hayot va taqdirning ko’p sinovlariga duchor bo’lgan, tiriklikning achchiq- chuchugiga ham, issiq-sovug’iga ham birdek dosh bergan irodasi bukilmas inson . Ikkinchi jahon urushining ham barcha alam- iztiroblarini o’z jonidan o’tkargan sadoqatli, imoni but millat farzandi edi. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 101 yilligini nishonlash to’g’risida”gi qarori bu insonning xalqimiz oldidagi xizmatlariga, sabot va matonatiga ko’rsatilgan ehtirom va e’tibor namunasidir.

Saodatim nurday tovlanur,

Bizga boqqan zavq ila Vatan.

Unga mening muhabbatim zo’r,

Fido bo’lsin unga jon-u tan.

1- o’quvchi: Sharof Rashidov 1917-yil 6-noyabrda Jizzax shahrida , dehqon oilasida tavallud topgan. 1941-yilda Samarqand davlat universtitetining filologiya fakultetini tugatib, muallim va muxbir sifatida faoliyatini boshlagan.

2- o’quvchi: U 1941-1942- yillarda urushda qatnashdi. Shundan so’ng Samarqand viloyat partiya qo’mitasida kotib, “Qizil O’zbekiston” gazetasida muharrir, O”zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, 1950-1959-yillarda O’zbekiston Oliy Kengashi Rayosati raisi, 1959-1983-yillarda O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo’mitasining Birinchi kotibi lavozimlarida ishladi.



3- o’quvchi: Sharof Rashidov adabiyotga talabalik davrida qiziqa boshladi., she’rlar mashq qildi. Uning birinchi she’riy to’plami “Samarqand kuylari” nomi bilan bosilgan, urush davrida esa “Qahrim” nomli to’plami chop etilgan.

4- o’quvchi:” Mamlakatim gullar tutajak” Sharof Rashidov she’ri

Erta tongda ufqdan boqar,

Sochin tarab nurafshon quyosh.

Unga suq-la termular bashar,

Chunki quyosh biz bilan tengdosh.

Bizga jilva qilganday yulduz,

Nozlanadir baxtim tongida.

Posbonimiz kecha-yu kunduz,

Ishqi yangrar qalb ohangida.

Saodatim nurday tovlanur,

Bizga boqqan zavq ila Vatan.

Unga mening muhabbatim zo’r,

Fido bo’lsin unga jon-u tan.

Olov yoshlik uradir javlon

Keng fazoni qamal qilishga.

Vatan ishqi undar begumon

Lochinlarday uchqur bo’lishga.

Mana shunday bu bizning hayot,

Kundan-kunga olg’a ketajak.

Ilhomimga berib zo’r qanot,

Mamlakatim gullar tutajak!

_______________. ijrosida “Vatanim” nomli qo’shiq ijro etiladi.



1-o’quvchi:1951-yilda Sharof Rashidov “G’oliblar” nomli qissasini e’lon qildi. Asarda o’zbek paxtakorlarining shijoatli mehnati, yangi yerlarni o’zlashtirishdagi qahramonligi haqida hikoya qilinadi. Oradan ancha vaqt o’yib, yozuvchi bu asarga yana qayta murojaat qildi va uni yangi boblar bilan boyitib, romanga aylantirdi.

2-o’quvchi: Adibning 1958-yilda e’lon qilingan “Bo’rondan kuchli” degan romanida ham “G’oliblar” dagi mavzu davom ettiriladi. 1964- yilda yaratilgan “Qudratli to’lqin” romanida esa Sharof Rashidov xalqimizning urush davridagi hayotiga murojaat qilib, uning front ortidagi mehnat jasoratini romantik ko’tarinkilikda aks ettirdi.

3-o’quvchi: Ijodkorning romantik syujetlar va qahramonlarga qiziqishi uning “Kashmir qo’shig’I”, “Ikki dil dostoni” kabi lirik qissalarida yaqqol ko’zga tashlanadi

Boshlovchi: Sharof Rashidovning “Kashmir qo’shig’i” qissasini ozodlik va inson erki haqidagi romantik qo’shiq desa bo’ladi. Asarga muallif Kashmirda eshitgan hind xalqining ozodlik va erk haqidagi go’zal bir qo’shig’ini asos qilib olgan.

Qissada yaratilgan barcha siymolar majoziy xususiyatga ega bo'lib, Bambur, Nargiz va boshqa gullar siymolari yo’ldagi har qanday to’siqlarni yengib, erk sari intiluvchi halol va jasoratli insonlar haqida tasavvur bersa, Bo’ron, Xorud kabi siymolar erkni bo’g’uvchi, kamolotga va go’zallikka to’siq bo’luvchi qora kuchlarning badiiy ramzidir. Hozir e’tiboringizga havola qilinadigan sahna ko’rinishi yozuvchining ana shu “Kashmir qo’shig’I” nomli lirik qissasi asosida tayyorlangan.



Sahna ko’rinishi “Kashmir qo’shig’i

Sahna chamanzor ko’rinishida bezatiladi. Sahnada Nargiz, Lola,Atirgul, Navro’zgul obrazidagi qizlar paydo bo’ladilar. Mayin bahoriy musiqa jo’rligida nozik harakatlar bilan she’r aytadilar.



Nargiz: Olamda gullar yashar,

Bog’larga jamol bo’lib,

Gulzorlarga yarashar

Ular husni xol bo’lib.



Navro’zgul: Lola gullarning shohi

Kiygani qirmiz shohi.

Chamandagi atirgul

Lola qizning hamrohi.



Atirgul: Bo’tako’zlar saf-safdir,

Saf-saf-u betarafdir.

Arg’uvon gullar esa,

Gulistonga sharafdir.



Hamma: Gullar ko’p, chechaklar ko’p,

Qo’shiqlar, ertaklar ko’p.

Boisi shu, har gulning

Qalbida tilaklar ko’p.



Lola: Ammo Nargiz ertagi,

Uning ishqi, tilagi

Xushbo’y Gullar bog’ining

Eng chiroyli chechagi.



Hamma: Kelinglar, go’zal gullar,

Keling, oshiq bulbullar.

Shu sevgini kuylaylik,

Orom olsin ko’ngillar.



Chinnigul: Nargizning qo’shig’ini

Bambur nogoh eshitsin.

Ma’shuqa oshig’ini

Topsin, murodga yetsin.

(Musiqa chalinadi, gullar raqsga tushadilar. So’ng musiqa boshqa bir tahdidli musiqa bilan almashadi.

Sahnada qora libos kiyganyovuz Bo’ron paydo bo’ladi va gullarga tahdid sola boshlaydi. )

Bo’ron: Hayhot, meni pisand etmaganlar kim? Arslonni yolidan tutaman deganlar kim? Qani u qaysar chechaklar? Bir hamla qilsam bog’lar vayronaga, vodiylar go’ristonga aylanadi. Qani u mening qudratimga bo’ysunmaganlar? Men bilan bellashmoqchi bo;lganlar maydonga chiqsin! Nafasimdan tarqalgan ajal to’fonlari o’shalar boshiga yog’iladi. QAni u hayot kuychisi Nargiz? Yo taslim bo’linglar yoki xazon qilaman!

_Xorud, hoy Xorud!

Xorud: Nima deysan? (Erinib, xomuza tortib) Yaqinda men qirq qishloqning urug’ini quritib keldim, endi oyoq uzatib yotisga haqqim bor.

Bo’ron: Gullar bog’iga yog’ilib kel, chechak, maysalarning qolgan-qutganlarini ham so’ldirib, o’ldirib kel. Kel, Xorud!

-Aha, endi taslim bo’lasizlarmi, yo’qmi?

Nargiz(ojiz ovozda) –Yo’q.

Xorud: Yana bir hamla qilamiz, Egilgandan keyin sinsin, darz ketgandan keyin yorilsin.

Bo’ron: Endi taslim bo’lasizlarmi, yo’qmi?



Gullar:-Yo’q!

-Yo’q!


-Yo’q!

(Bo’ron, Xorud ketadi.Mayin musiqa jo’rligida Nargiz sahna markaziga keladi)



Nargiz: Jonim, yo’ling toshmidi,

Chama not yo’ldoshmidi?

Buncha yiroqlab ketding,

Ko’rgiligim yoshmidi?

Yoshlarim buloq-buloq,

Buncha qilmasang mushtoq.

Kel, o’rgilay, zor etma,

Buncha ketmasang yiroq.

Kel, o’rgilay, zor qilma,

Bo’ron, Xorud qo’lida

Yorginangni xor qilma.

Egilmaydi Nargizing,

Egilmaydi yolg’izing.

Egilmaydi zolimga

Sening yorug’ yulduzing.

(Musiqa yangraydi.)



Nargiz: Dugonalar, omonmisiz, bormisiz,

Jam bo’lishib, ochilib, gulzormisiz?



Lola: Hech qanday kuch bizni xazon etolmas,

Bo’ron, Xorud murodiga yetolmas,



Atirgul: Yov chekinar, ozod bo’lar bog’imiz,

Ozod bo’lur, obod bo’lur bog’imiz!



Navro’zgul: Qora kuchlar gulistondan quvilsin,

Gullar bargi shabnam bilan yuvilsin!



Hamma: Dushman o’lsin, bog’imiz obod bo’lsin,

Birlashaylik, do’stlarimiz shod bo’lsin!

(Gullar musiqa jo’rligida raqsga tushib, sahnani tark etadilar.)

Monolog: Bahorni -umr debochasi deydilar. Ehtimol, bu gap hassos qalb ijod ahlining tashbehidir. Bahorni – hayotning uzluksiz davomi,, deydilar. Ehtimol, bu gap paydarpay hosil ko’targuvchi ziroatchilar uydirmasidir. Bahorni- hayotning uyg’onish va yangilanish davri, deydilar. Ehtimol, bu gap tabiatning mo’jizakor iqtidorini, murakkab sir- asrorlarini tahlil qiluvchi nuroniy donishmand ta’biridir. Hayotning buyuk hikmati uning ustuvorligida, uning boqiyligida, larza va ofatlaridan omon chiqib, urug’ va tomirlardan yangilanib muttasil olg’a intilishida, yuksalishidadir.

(8-sinf qizlari ijrosida raqs ijro etiladi.)



Boshlovchi: Sharof Rashidov mustabid tuzum iskanjasida , juda ham sertazyiq va sertahdid davrlarda oqil va zahmatkash yurt rahbari sifatida o’zining ijtimoiy va ijodiy faoliyati bilan o’sha chigal va qattol zamonning zug’umlariga chidash berib yashagan , xalqiga qayishgan , ayni paytda yosh iste’dodlarni qadrlab-avaylab umr kechirgan sabotli, mehribon va shafiq arbob, taniqli adib va ustoz edi. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 101 yilligini nishonlash to’g’risida”gi qaror ibarcha yurtdoshlarimiz qatori adabiyot ahlini ham quvontirdi.

Shundan so’ng Sharof Rashidov hayoti va ijodiga doir slaydlar monitor orqali “Unutmoq osonmas sizlarni” qo’shig’I bilan namoyish etiladi.



Boshlovchi: Barcha o`zbek kino muxlislari “Maftuningman “ badiiy filimini sevib tanosha qiladilar Ushbu filimdan o`rin olgan Botir Zokirov iijrosidagi “Maftun bo ‘ldim” qo’shig’I Sharof Rashidov qalamiga mansub edi .

(Qo`shiqdan parcha eshittiriladi)

Muhammad Yusufning “Yurtim, ado bo’lmas armonlaring bor” nomli she’ri aytiladi.

Boshlovchi: Darhaqiqat, yurtimiz ana shunday fidoiy va asl farzandlar Vatani. Shular qatori buyuk davlat va jamoat arbobi , taniqli adib, xalqimiz hayotida , Vatanimiz tarixida o’chmas iz qoldirgan yetuk shaxs Sharof Rashidovning xotirasi xalqimiz qalbida abadiy yashaydi. Bugungi tadbirimizni yakunlar ekanmiz, buyuk ajdodlarimiz ruhi hamisha madadkor bo’lsin, deb qolamiz. E’tiboringiz uchun rahmat!
12-sonli DMTT mudirasi: S.Norbekova

1-OKTABR “USTOZ VA MURABBIYLAR” KUNIGA BAG’ISHLANGAN TADBIR SENARIYSI


TADBIR SENARIYSI

 


  1. Boshlovchi.

Assalom, ona, yurt tonglar o’lkasi,

Tarif-tavsifingning yo’q nihoyasi.

Senga ba’ishlanar muqaddas qo’shiq,

Bu o’zbek elining o’z madhiyasi.

 (madhiya ijro etiladi)


  1. Boshlovchi.

Assalom, maktabim-muqaddas dargoh,

Assalom, ustozlar-kasbkori saboq!

Assalo, do’stlarim-menga qo’shqanot,

Sinfdosh! Hayotga ishonch bilan boq.

 Boshlovchi.

Assalomu alaykum qadrli mehmonlar, aziz ustozlar va maktabdoshlar. Hammamiz uchun quvonchli va hayajonli bo’lgan usgbu daqiqalarda eng ulug’, eng aziz bayram “Ustoz va murabbiylar” bayrami bilan aziz ustozlarimizni  muborakbor etamiz.

 Boshlovchi.

Bugun mehribon, jafokash, mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli kasb egasi o’qituvchi-ustozlar bayrami. Biz 5 “A” sinf o’quvchilari aziz ustozlarni qutlab “Ustoz otangdek ulug’” deb nom olgan tadbir tayyorlaganmiz. Sini ruhsatingiz bilan ushbu tadbirimizni ochiq deb e’lon qilamiz.

 Istiqlol, bunchalar go’zal bu noming,

Non kabi e’zozli, jondek shirin bol.

Yer shari yo’lladi otash saloming,

Assalom O’zbegim, qutlug’ istitqlol.

 1-O’quvchi

Shukrona aytamiz qutlug’ kunlarga,

Ma’noga-mazmunga to’liq kunlarga.

Farovon, nurafshon ulug’ kunlarga,

Ey ozod diyorim, O’zbekistonim!

Ey obod diyorim, O’zbekistonim!

Ma’rifat bo’stoni ezgu dostoni

Do’stligu tinchlikning metin qo’rg’oni,

Ey ozod diyorim, O’zbekistonim!

Ey obod diyorim, O’zbekistonim!


2-o’quvchi

 Karnay-surnay ovoz berdi jahonda,


Jahonni qaratti O’zbekistonga.

Temurning ruhiga qilib qasamyod,

Yo’lboshchimiz etdi xalq dilini shod.

Yo’lboshchi sozini ettirdi davom,

Dilidi xalqiga chuquqr ehtirom.

Hech hazon bo’lmasin biz kezgan chaman,

Bizdan qolsin ozod va obod Vatan!

 3-o’quvchi

 Olis manzillardan boshlangan Vatan,

Sevinchdan ko’zlari yoshlangan Vatan.

Gohida o’tlarga tashlangan Vatan,

Aziz, ona tuproq ko’hna makondir,

Keljagi buyuk O’zbekistondir.

 
4-o’quvchi

 Odam ko’rgani yo’q Sinoday tabib,

Navoiy singari mumtoz bir adib,

Al-Kindiy cholg’usi dillarga habib,

G’azallar, navolar oromijondir,

Keljagi buyuk O’zbekistondir

 5-o’quvchi

 Ulug’bek nuridan samovot yorug’,

Beruniy poylaydi yillarni yoru’g,

Yassaviy ko’zlarga ziyo va ma’ruf,

“Ziji Ko’ragoniy” kashfi osmondir,

Keljagi buyuk O’zbekistondir.

 (Y. Usmonova ijrosida “O’zbekiston” qo’shig’I ijro etildi)

 


  1. Boshlovchi.

Ey hurmatli muallim,

Har ko’ngilda mehring bor.

Har uyda har shaharda,

Sening mevalaring bor.

 Boshlovchi.

Ekkan mevalariningni,

Hosili hech tugamas.

Dunyoda sening kabi,

Baxtli inson topilmas.

 Boshlovchi.

 Dar haqiqat, ustoz murabbiylar shunday buyuk, ulug’ insonki, ulardan bir umr qarzdormiz. Ustoz va shogirt quyosh bilan oyga o’xshaydi. Oy quyoshdan nur olib borlini yoritgani kabi, shogirt ustozdan ziyo olib hayot mash’alini yoqadi.

 
1-O’quvchi

 

Agar hayot bo’ston bo’lsa, bog’bon muallim,



Agar hayot oltin bo’lsa, zargar muallim.

Agar hayot karvon bo’lsa, sarbon muallim,

Agar hayot shoir bo’lsa, so’zi muallim.

Agar hayot dengiz bo’lsa, duri muallim,

Agar hayot uzuk bo’lsa, gavhar muallim,

Ilm-u ma’rifatdan beruvchi ta’lim.

 

2-O’quvchi

 

Ilm-u ziyo berar bizga,



Onadir har o’g’il qizga.

Jo bo’ldingiz qalbimizga,

Mehribonim o’qituvchim,

Jonajonim o’qituvchim.

O’qi, o’rgan deya doim,

To’g’ri yo’lni ko’rsatasiz

Hayot darsin o’rgatasiz

Mehribonim o’qituvchim,

Jonajonim o’qituvchim.

 

(Ustozlar  qo’shig’iga raqs ijro etiladi.)



3-O’quvchi

Qiyos etgim keladi ustozlarni quyoshga,

O’z mehrini nurini bahsg etadi har yoshga.

Bilganimda suyunib, bilmay qolsam kuyungay,

Bardoshga-yu, bardoshga-yu, bardoshga.

 

O’zshatmog’in istaydi eng pokiza insonga,



Yetaklaydi seni u fan bog’iga bo’stonga.

Yuragingga o’tkazar, yuragidan nihollar,

Yetganingda voyaga boshi yetar osmonga.

 Ustoz yo’li porloqdir, ustoz yo’li yorug’dir,

Ustoz ko’ngli xazina, sahovatga to’liqdir.

Yetsang ustoz qadriga, eling seni ardoqlar,

Do’stim bilsang ustozing otang kabi ulug’dir

 4-O’quvchi

Ey, inson idrokin charxlovchi zot,

Ey, marifat bog’ini gullatgan zako.

Siz bilan munavvar bu shirin hayot,

Siz bilan oboddir bu ko’hna dargoh.

 

5-O’quvchi

Azaldan ustozni ulug’lar xalqim,

Ularga ezgulik tilamoq xaqqim.

Bunchalar buyuksiz, bunchalar zukko,

Umringiz mo’jiza yetmaydi aqlim.

 (Ko’z tegmasin qo’shig’iga raqs ijro etiladi.)




Boshlovchi.

O’qituvchi hayot charog’boni. U yosh avlodka ilm-fan asoslarini o’rgatadi, ularga ta’lim tarbiya beradi, zamonamizning har tomonlama barkamol kishilarini yetishtiradi.

 


  1. Boshlovchi.

 “Ustoz otangdek ulug’” deb bejiz aytishmagan. Bu hikmatga amal qilib ustozni ota-onadek hurmat qilib, bir umrga e’zozlash kerak.

 O’quvchilar.

 Qo’limga qalamni ushlatdi ilk bor,

Shu ondan qalbimda boshlandi bahor.

Undanda buyukroq, ulug’roq kim bor?

Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim!

 Barcha ilmlarning kaliti sizda,

Sahovat nuri bor bu qalbingizda.

Otasiz, onasiz har o’g’il-qizga,

Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim!

 O’qishni o’rgatib, ko’zni ochdingiz,

Ilm sirlarni qalbga sochdingiz.

Otaday ulug’siz kelajakda siz,

Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim!

 Dard bo’lsa dardlashgan doim biz bilan,

Sirdoshdek sirlashgan hatto biz bilan.

Qalbimiz, mehrimiz ustoz siz bilan,

Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim!

 Quyoshni qaritar zahmatlaringiz,

Ellarda dostondir mehnatlaringiz.

Yog’ilgay siz uchun rahmatlarimiz,

Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim!

 Shogirdim obro’yim, yuzim degan zot,

Ishonchim, umidim ko’zim degan zot.

Bolajonim, o’g’lim, qizim degan zot,

Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim!

 Sabr ham, toqat ham, bardosh ham sizsiz,

Goh quvonch, goh alam ko’z yosh ham sizsiz.

Har ikki olamda quyosh ham sizsiz,

Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim!

 G’unchalar ochilib bo’lishganda rom,

Barchasin ardoqlab etdim ehtirom.

Mehrimning sharobin tutdim to’la jom,

Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim!

 (“Lazgi” raqsi ijro etiladi.)

BOSHLOVCHI.

 Tarixni anglamoq o’zlikni anglamoqdir. Ajdodlar ruhiyu, merosi bilan yashamoq, ularga vorislik sharafiga munosib bo’lmog’imiz kerak. Bugun tadbirimizga ustozlarni qutlash uchun buyuk ajdodlarimiz tashrif buyurgan. Ular siymosini davraga chorlamoq hayrlidir.

 

Buyuk sarkarda, davlat arbobi Amir Temur kirib kelmoqda.

 



  1. Temur: “Barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilm-u donishning asosidir, hayotni o’rgatuvchi murabbiydir.

 

G’azal mulkning sultoni Alisher Navoiy tashrif buyurmoqda.

 Navoiy: Haq yo’lida kim senga bir harf o’qutmish ranj ila,

Aylamak bo’lmas ado onin haqqin yuj ganj ila.

 
Shoh, shoir, tarixchi olim, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur kelmoqda.

 
Z.M.Bobur:

Har kimki vafo qilsa vafo topg’usidir,

Har kimki jafo qilsa jafo topg’usidir.

Yaxshi kishi ko’rmagay yomonliq hargiz.

Har kimki yomon bo’lsa jazo topg’usidir.

 

(Sahna ko’rinishi)



BOSHLOVCHI.

 

Olamning gultojisi inson bo’lsa ular orasida Olloh nazari tushgan, suyuklisi ustoz muallimdir. Bizlarning har bir savolimizga chuquqr etibor va bosiqlik bilan javob beruvchi, elning nazaridagi birinchi muallimdir. Sizlarga bugun qo’limizni ko’ksimizga qo’yib tashakkur aytamiz.



 

(O’quvchilar tomonidan “Vals” ijro etiladi.)

 
(Quyidagi sh’er ostida o’quvchilar o’qituvchilarga gullar beradilar.)

 
Ustozim mehribon, oily himmatsiz,




Sabr toqatingiz bepayon ummon.

Yuraklarda darmon, kuch va qudratsiz,

Sizdan ibrat olib yashaymiz hamon.

 
Tunlarni yoritgan mash’ala misol,




Hayot yo’limizni yorutguvchisiz.

O’z o’rnin topsin deb har bitta nihol,

Turmush saboqlarin o’rgatuvchisiz.

 
Sizsiz dunyo sirin anglamoq qiyin,




Hayot gulshanining mohir bog’boni.

Siz bilan baxtimiz kulmog’I tayin,

Sho’x-shodon yashashning keldi davroni.

 
Nomingiz faxrla olamiz tilga,




Siz aytgan tariqa farzand bo’lamiz.

Har ishga munosib Vatanga, elga,

Ustoz, sizga doim ta’zim qilamiz!

 
BOSHLOVCHI.



Shuning bilan “Ustoz va murabbiy kuni” munosabati bilan o’tkazilgan bayram dasturimiz o’z niyoyasiga yetdi. Xayr! Omon bo’linglar!


12-sonli DMTT mudirasi: S.Norbekova



Download 36.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling