Amir Temur davlati


Download 32.5 Kb.
bet1/2
Sana25.11.2021
Hajmi32.5 Kb.
#177000
  1   2
Bog'liq
Amir Temur davlati....Behzod


Guruh ______________________

F.I.SH.___________________________________________________________



Amir Temur davlati

1.Erto’g’rul shahsi quyidagi qaysi inson bilan o’zaro a’loqador?

a)Sulton Barquq b)Usmon

c)Tug’luq Temur d)To’xtamishxon

2.Amir Temur 7-marta Mo’g’iliston tomon katta qo’shin jo’natganidan 5 yil oldin tarix sahnasida qanday voqea yuz berdi?

a)Mozandaronni bo’ysundirish uchun hal qiluvchi yurish boshlandi

b)A.Temur tomonidan Seyiston fath etildi

c)Misrda hokimyat tepasiga Sulton az-Zohir Barquq keldi

d)A.Temur tomonidan Rustamdor viloyati,Omul hamda Sori o’lkalari bo’ysundirildi

3.1383-yili qaysi viloyat hokimlari Misr sultoniga maktub yo’llagan?

a)Sinjor,Qaysariya,Takrit b)Takrit,Omul,Rustamdor

c)Sori,Sinjor,Qaysariya d)Antakiya,Xo’ms,Tarabulus

4.Quyidagi fikrlar muallifini aniqlang:”SHunchalik katta qo’shin bilan qilgan bu harakatni o’z o’ljasini ko’rib unga tashlangan yo’lbars bilan tenglashtirsa bo’ladi…”

a)N.M.Karamzin b)SH.A.Yazdiy

c)M.I.Ivanin d)Yakubovskiy

5.A.Temur tomonidan surgun qilingan sulola vakillarini surgun qilingan joylari bilan muvofiqlashtirgan?

a)Sayyid Kamoliddin b)Sayyid Murtazo c)Sayyid Abdulloh

1)Xorazm 2)Toshkent 3)Samarqand

a)a-1,b-2,c-2 b)a-2,b-1,c-3

c)a-1,b-1,c-3 d)a-3,b-2,c-1

6.Nechanchi yili Damashqda Misr,Turkiya va Oltin O’rda davlatlari o’rtasida harbiy ittifoq shartnomasi tuziladi?

a)1393-yili b)1395-yili c)1392-yili d)1394-yili

7.1400-yilning 27-sentabr kuni quyidagi qal’alardan qaysi biri zabt etildi?

a)Xoriatu b)Bixishti c)Takrit d)Alanchuk

8.1399-yili Oliy hokimyat ruxsatisiz Mo’g’ulistonga yurish qilgan temuriyzoda qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

a)Iskandar mirzo b)Ibrohim sulton

c)Muhammad sulton d)Shohrux mirzo

9.Farg’ona vodiysi A.Temur davlatiga to’liq va uzil-kesil qo’shib olingan yilda yana qanday voqea yuz berdi?

a)A.Temur 3-bor Mo’g’ulistonga yurishni boshladi

b)Jahongir mirzo va Xonzoda begimlarning to’yi bo’lib o’tdi

c)A.Temur qo’shinlari Urganchni 3 oy qamal qildilar

d)A.Temur 4-bor Mo’g’ulistonga harbiy yurishni boshladi

10.Sohibqiron qo’shinlari Xitoy yurishiga otlanganda qishni qaysi shaharlarda o’tkaza boshladilar?

a)Toshkent,Sayram,Qarshi,Buxoro

b)Balx,Samarqand,Sayram,Sarbon

c)Toshkent,Sayram,Shoxruxiya,Yassi

d)O’tror,Sarbon,Balx,Qobul

11.Amir Temur qo’shinlarida “ZAXIRA” qism nima deb atalgan?

a)SHabixun b)Tarx c)Ponton d)Naftandoz

12.”…Amir Temur qo’shinlarining bir qismi 48 ta kemada suzib ketayotgan dushmanga hujum qiladi…” Gap qaysi davlatga qarshi yurish haqida bormoqda?

a)Turkiya b)Oltin O’rda c)Hindiston d)Eron

13.SHohrux mirzo Ozarbayjonga qarshi yurish boshlashga qaror qilib,Mozandaron o’lkasiga yetib kelgan yili yana qanday voqea yuz berdi?

a)SHohrux mirzo Iskandar mirzoga qarshi yurishni boshladi

b)SHohruxning noibi amir SHoxmalik Xorazm zodagonlarini o’ziga qaratib,Xorazmni yana temuriylar saltanati tarkibiga kiritdi

c)Xorazm xalqi Idiku va uning o’g’liga qarshi qo’zg’olon ko’tardi

d)Qizilraboddagi 3-jangda SHayx Nuriddin yengildi

14.Quyidagi voqealardan qaysi biri bir yilda sodir bo’lmagan?


a)SHohrux mirzo Xalil sulton ustidan g’olib keldi

b)Birinchi marta Xirotga Xitoy elchilari tashrif buyurdi

c)Mirzo Ulug’bek Farg’ona vodiysi tomon qo’shin tortdi

d)SHohrux mirzo Movorounnahrda ham o’z hokimyatini barqaror etdi

15.Umarshayx mirzo nechanchi yili Farg’ona hokimi etib tayinlangan va qachondan boshlab vodiyni mustaqil boshqara boshlagan?

a)1463-yil,1468-yil b)1462-yil,1469-yil

c)1461-yil,1470-yil d)1465-yil,1470-yil

16.Qaysi tarixchi Sohibqironni olimlar bilan suhbatlar qurganligi,G’arb va SHarq tarixini yaxshi bilganligini qisqacha qayd etgan?

a)V.CHerevanskiy b)M.Karamzin

c)G.Pavlov d)N.Granovskiy

17.”MUJMALI FASIXIY” asarining muallifi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

a)Jaloliddin Muhammad Havofiy b)Xofizi Abru

c)Abdurazzoq Samarqandiy d)Xondamir

18.1487-yili Umarshayx mirzoda Toshkent viloyatini qaytarib olish umidini paydo qilgan omil qaysi javobda to’g’ri berilgan?

a)Sulton Ahmadxonni Mo’g’ilistonga qilgan hujumi natijasida

b)Sulton Ahmadxonni Sulton Mahmudxonga qarshi yurish boshlashi natijasida

c)Sulton Ahmadxonni vafoti natijasida

d)Yunisxonni vafot etishi natijasida

19.”DORUSSALOM” quyidagi qaysi shahar bilan o’zaro bog’liq?

a)Damashq b)Samarqand c)Bag’dod d)Marv

20.Qachonga kelib Oltin O’rdada feodal kurash keskinlashib ketdi va 17 yil ichida 8 ta hukmdaor birin-ketin almashdi?

a) XV asrning birinchi choragida b) XV asrning ikkkinchi choragida



c) XV asrning uchinchi choragida d) XIV asrning so’nggi choragida


Download 32.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling