Амир темур давлатида и+тисодиётни бош+аришдаги ызига хослик
Download 109.77 Kb.
|
1 2
Bog'liqAmir temur markazlashgan davlatning tashkil topishi
Mavzu: Amir temur markazlashgan davlatning tashkil topishi Reja:
Amir Temurni tarix saxnasiga chiqishi. Amir Temurni markazlashgan davlat tuzish rejasini amalga oshirishi. Amir Temurning saltanatni boshqarishdagi siyosati. Amir Temurda davlatga, xarbiy ishlarga bo`lgan QiziQish juda erta uyg`ondi. U jismonan juda baQuvvat bo`lgan. SharQona kurash va mushtlashish usullarini puxta egallagan. Chavandozlik uning eng yaxshi ko`rgan mashQi bo`lgan. Temurning shaxsiy Qiyofasi, kuch-Qudrati to`g`risida Ibn Arabshoxninig Quyidagi iboralari g`oyatda asoslidir. «Amir Temur jismu-jasadi kelishgan, Qaddi-Qomati tik, uzun bo`yli, go`yo Qadimgi paxlavonlar avlodlari misoli bo`lib, boshi katta, g`oyatda kuchli va salobatli, oQish yuzini och Qizil rang jonlantirgan bilan xech bir dog`siz, bug`doyrang emas. qo`l oyoQlari baQuvvat, yelkalari keng, o`ng oyoQ-Qo`li cho`loQ va shol, ikki ko`zi bamisoli ikki shamdek bo`lsada, shodligi bilinmas, yo`g`on ovozli edi. U o`limdan Qo`rQmas, yoshi saksonga yetgan bo`lsada, iztirobsiz, vazmin bo`lib, xazil-mazax va yolg`onni yoQtirmas, garchi unda o`ziga ozor yetadigan biron so`z bo`lsa xam xaQiQat unga yoQar edi. U bo`lib o`tgan ishga aziyat chekmas va Qo`lga kiritiladigan yutuQlardan shodlanmas edi»1. SoxibQiron Amir Temur tarixan o`ta murakkab vaziyatda-XIV asrning 60-yillarida siyosat maydoniga chiQdi. Bu davrda Chingizxon avlodlari o`rtasida toju-taxt, davlat va mol talashishlar shu darajada kuchayib ketdiki, bu Chig`atoy ulusiga Qarashli xududlarga feodal tarQoQlikning yanada chuQurlashuviga sabab bo`ldi. Maxalliy xokimlarning o`zboshimcha xarakatlari natijasida Chig`atoy ulusiga Qarashli Movarounnaxr xududida o`nlab mustaQil bekliklar vujudga keldi. Shaxrisabzda-Xoji Barlos, Xo`jandda-Boyazid Jaloyir, Balxda-Amir Xusayn, Shibirg`onda – Muxammad Aperdi Nayman, Ko`xistonda-amir Sotilmish, Arxang saroyda – O`ljoy Aperdi va boshQalar o`zlarini xokimi mutlaQ deb xisoblashardi. Bir yoQdan mo`g`ul xonlari o`tkazayotgan zug`umlar, ikkinchi tomondan esa – maxalliy xokimlar o`rtasida to`xtovsiz davom etayotgan nizo va urushlar o`lkani mushkul axvoolga solib, oddiy xalQ ommasining turmushini og`irlashtiribgina Qo`ygani yo`Q, Ayni zamonda boy va zodagonlarning manfaatlariga xam putur yetkazdi. Shu boisdan xam o`lkada feodal tarQoQlika barxam berish, markazlashgan kuchli davlat barpo eti shva so`ngra mo`g`ullar istibdodidan ozod bo`lishga intilish g`oyasi tobora kuchayib bordi. XalQni ng anna shu xoxish irodasini birinchilar Qatorida tushungan maxalliy xokimlardan biri Xoji Barlosdir1. Kesh (Shaxrisabz) xokimi Xoji Barlos – turklarning barlos Urug`idan bo`lib, Amir temurning amakisi edi. Tarixiy manbalarning guvoxlik berishicha, 1358 yilda amir qozog`onni ng o`g`li Abdulloxga Qarshi kurash boshlagan mo`g`ul amiri Bayon sulduz yonida Xoji Barlos xam bo`lgan. Ular amir Abdulloxga Qarshi itifoQ tuzib, Qo`lga kiritilgan viloyatlarni o`zaro taQsimlab olish sharti bilan kurashganlar. Ular o`z niyatlarini Qsman amalga oshirdilar. Bayon Sulduz bilan Xoji Barlosdan yengilgan Abdullox Andarab tomonga Qochib ketadi. Bayon Sulduz Bilan Xoji Barlos Movarounnaxr yerlarining bir Qismini egallab oladilar va uni o`zaro taQsimlab idora eta boshlaydilar. Xoji Barlosga Kesh viloyati tegadi. Anna shu tariQa 1358 yilda Qariyib bir yarim asrdan so`ng Movarounnaxrning bir Qismida xokimiyatni boshQarish maxalliy axoli vakili Qo`liga o`tadi. Shu paytga Qadar darslik va adabiyotlarda bu masala yetarli darajada yoritilmay kelingan. Tarix darsliklarini o`Qigan o`Quvchidan «Movarounnaxrda Maxmud tarobiy Qo`zg`olonidan so`ng mo`g`ullarga Qarshi xech - Qanday xarakat bo`lmagan», - degan bir fikr paydo bo`lar edi. To`g`ri adabiyotlarda XIV asrning 30-yillarida Xurosonda maxalliy axolining vatanparvar va ilg`or Qismi bo`lgan sarbadorlar (mo`g`ullarga Qarshi kurashda o`z boshlarini dorga tikishga rozi bo`lganlar) mo`g`ullardan kichik bir xududni ozod Qilganliklari, o`z davlatlarini barpo etib, xatto Sabzavor shaxrini bu davlatning poytaxtiga aylantirganliklarini ta`kidlanadi. Ammo ularda shaxrisabz bekligining Movarounnaxrda (1361-1362 yil oralig`ida SamaraQandda xam sarbadorlar mo`g`ullarni tor-mor Qilib, xokimiyatni Qo`lga kiritganlar) 140 yillik mo`g`ullar xukmronligidan so`ng birinchi bo`lib ozodlikka erishganligi xaQidagi muxim masala chetlab o`tilgan. Xolbuki, sarbadorlar xarakati ta`siri ostida Movarounnaxrning SamarQanddan boshQa shaxarlarida xam, xususan Kesh bekligida axolining katta bir Qismi erk va ozodlik uchun g`ayrat kamarini maxkam bog`lagan edi. Xatto, bu xarakatga nisbatan xayrixoxlik bilan Qaraganlar safida Temur xam bo`lganligi uning keyingi faoliyatida yaQQol ko`zga tashalanadi. Temurbek mo`g`ullar Movarounnaxrga 1360 yil birinchi bor bostirib kelgandayoQ, xech ikkilanmay mamlakat va xalQi bilan birga bo`ldi, dushmanga Qarshi kurash olib borishga Qaror Qildi. Dastlabki paytlarda Qudratli dushman bilan bir o`zi kurashish imkoniyatiga ega emas edi. Movarounnaxrning Xoji Barlos, Bayon Sulduz, Boyazid Jaloir singari katta amirlarining bir Qismi Tug`luQ Temurxon xizmatiga o`tgan edilar. O`shanda Temurbek xam xech ikkilanmasdan mo`g`ul xonining xuzuriga borishga majbur bo`ldi, chunki vaziyat og`ir va shuni taQozo etardi. Amir Temur bu tadbiri bilan mo`g`ullarning asosiy kuchlarini Movarounnaxrga ichkarilamasdan turib, ularni to`xtatish va el-yurtni taxQirlashlardan asrab Qolish edi. Temurbek bunga ma`lum darajada erishdi. Xon unga ota yurti bo`lmish Keshni, to Jayxun bo`yigacha bo`lgan yerlarni Qo`shib berdi va uning maslaxati bilan ish tutadigan bo`lib Qoldi. Bu xaQida Temur tuzuklarida shunday deyilgan edi: «Men tajribamdan shuni bildimki, yuz ming otliQ askar Qila olmagan ishni bir to`g`ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin ekan». XaQiQatan xam Amir Temur xalQ tarafida bo`ladi. Masalan: bir kuni amir Bekchik, Xojibek va Ulug` Tug`temir boshchiligidagi mo`g`ullar qarshi va /uzor atrogfidagi QishloQlarni talon-taroj Qilganini xonga arz Qilganidaxon amirlarni tiyib Qo`ygan. Xon amirlarni bundan buyon Movarounnaxrga borishlarini man Qildi. Tug`luQ Temurxon Mo`g`ulistondagi nisozlik va ayrim beklarning isyoni tufayli Movarounnaxrni o`g`li Ilyosxo`jaga 1360 yil kuzida topshirib o`z yurtiga Qaytib ketadi. U ketgandan keyin Temurbekning Ilyosxo`ja bilan murosasi kelishmay Qoladi. Xon uni katta amirlikdan chetlatib, Qo`shin to`plovchi etib tayinlaydi. Bosh amirlik lavozimiga o`zining eski amiri Bekchikni tayinlaydi. KeyinroQ Bekchik va xon chorasini topib amir Temurni yo`Qotish payiga tushadilar. Ular Tug`luQ Temurxonga xat yozib, «Temur bizga Qarshi isyon ko`tardi»,-deb nom ayozadilar. Xon bu yolg`on gaplarni chin xisoblab, Temurni yo`Qotish xaQida yorliQ yuboradi. Ammo bu yorliQ Amir Temurning Qo`liga tushib Qoladi. Ushbu yorliQda Amir Temurni o`limga maxkum etilgan edi. Shundan keyin Amir Temur birmuncha vaQt Xorazm va Turkmaniston cho`llarida jon saQlaydi. 1362 yili Amir Xusayn bilan birgalikda tevarak atrofda yurgan ba`zi amirlarni xam to`plab, mo`g`ullarga Qarshi kurashni davom ettirdi. IttifoQchilar-Temurbek va Amir Xusayn Abu Said va mingli Bug`a bosh bo`lgan uch minglik mo`g`ul Qo`shinini Balx jilg`asida tor-mor keltiradilar. Bu ularning mo`g`ullar ustidan Qozongan birinchi yirik g`alabasi bo`ldi. Shundan keyin ular Balxni xam egalladilar. Temurbek va Amir Xusaynning bu g`alabasi tez orada Movarounnaxrning tog`u-tosh, cho`lu-biyobonlarda yashirinib yurgan amirlariga xam yetib boradi. Ularning ba`zi birlari ittfoQchilarni Qidirib Termiz atrofiga keladilar. Lekin Temur va Xusayn ular bilan Qo`shilish choralarini ko`rmaydilar. 1362 yildagi g`alabadan keyin Amir Xusayn Balxda Qoladi. Amir Temur esa kurashni bir o`zi davom ettiradi. 1362 yilning kuzi SoxibQiron Xisor viloyatida turgan mo`g`ullarning katta Qo`shinini yengadi. 1363 yili u xatto ona yurti Keshni xam Qo`lga kiritadi va shaxarning buzilib ketgan yerlarini ta`mirlaydi. 1363 yili Tug`luq Temur vafot etadi va bu Amir Temurga juda Qo`l keladi, chunki Ilyosxo`ja Movarounnaxrni tark etadi. 1365 yili Ilyosxo`ja katta Qo`shin bilan yana Movarounnaxrga bostirib kiradi. Ikki o`rtadagi bu jang tarixda «loy jangi» nomini olgan bo`lib, Toshkent bilan Chinoz oralig`ida bo`lib o`tgan. Bunda Ilyosxo`jaga Qarshi Amir Temur va Xusayn jang Qiladi. Ammo jangda Amir Xusaynning Qat`iyatsizligi tufayli ittfoqchilar yengiladi. Mo`g`ullar esa jiddiy Qarshilikka uchramay mamlakatning chikarisiga bostirib kirishda davom etdilar. Mamalakat yana chetdan kelgan dushman oyog`i ostida Qolgan o`sha og`ir kunlarda xalQning nonini yeb, tuzini ichgan amirlar jonini saQlab Qochib Qoldilar. Lekin el-yurt ximoyasiz qolmadi. Mo`g`ullarga Qarshi kurashda SamarQanddagi sarbadorlar xalQning joniga oro kirdilar. Bu Qo`zg`olon 1365 yil iyun oyining oxirida SamarQandda bo`lib o`tadi. Unga SamarQand madrasalaridan birining mudarrisi Mavlonzoda, paxta tituvchi Abubakr Kalaviy va mergan yigit Xurdak Buxoriylar boshchilik Qilodi. Sarbadorlarning yetakchilari, xavf-xatar kuchaymasdan uning oldini ola bildilar. Ular darxol shaxar masjidi jomiyga yig`ib yuz bergan axvolni o`rtaga soldilar. O`shanda xalQ yakdil bo`lib Mavlonzodani o`zlariga raxnamo etib sayladilar. Abubakr Kalaviy bilan Xurdak Buxoriy uning yordamchilari etib tayinlandilar. Shundan keyin sarbadorlarning yetakchilari shaxar mudovaasini tashkil etish va dushmanni tor-mor etish rejasini tuzib oldilar va Qurol ko`tarishga safarbar Qildilar. Sarbadorlar kechani kecha, kunduzni kunduz demay ishlab, shaxarning kirish chiQish yerlarini mustaxkamladilar. Katta-kichik ko`chalarni u yer, bu yeridan to`sib yoniga tosh va temir parchalarini uydilar. Ertasi kuni Mavlonzoda va uning o`rinbosarlari muxim bir Qarorni-shaxarda xokimiyat shu kundan e`tiboran sarbadorlar Qo`liga o`tganligi, boju xiroj va boshQa soliQlarning miQdorini birmuncha kamaytirilgani, islom dini joriy etilganiga 700 yil bo`lganiga Qaramay, xamon xalQdan undirib kelinayotgan jizya solig`i bekor Qilinganligi va Qul mexnati bir Qadar yengillashtirilganligi xaQidagi Qarorni e`lon Qildilar. Shunday Qilib SamarQandda xokimiyat xalQ Qo`liga o`tdi. Lekin SamarQand saryuadorlari, Xuroson sarbadorlaridan farQli o`laroQ o`zlarini podshox deb e`lon Qilmadilar. Xukumat ishlarini jamoa bo`lib ado etdilar. Tez orada Ilyosxo`ja va mo`g`ullar shaxarning «Shoxi Zinda» shox ko`chasida paydo bo`ldilar. Ular shaxarni lashkardan xoli, bo`m-bo`sh xisoblab bamaylixotir kelar edilar. Ko`cha boshida uning ikki tarafiga Qo`yilgan pistirmadagilar ularni sezdirmay o`tkazib yubordilar. Lekin mo`g`ullar ko`chaning u yer bu yeriga Qo`yilgan to`siQlarga duch keldilar. Ana shunday to`siQlardan biri Chorsuga yaQin yerda edi. Mo`g`ullar to`siQQi o`t Qo`yib, yondirib yubormoQchi bo`ldilar. Lekin ko`chaning ikki tarafiga Qo`yilgan pistirmalardan yog`dirilgan o`Q yomg`iriga duch kelib, ularning ko`pchiligi otlaridan Qulab yer tishladilar. Shundan keyin mo`g`ullar manjaniQlarini ishga soldilar va shaxarni bombardimon Qilishga kirishdilar. Buning natijasida ko`plab uy-joy, ayniQsa masjidu madrasalar vayron Qilindi, tinch axolidan ko`p odam o`ldirildi. Lekin SamarQand va uning Qaxramon xalQi taslim bo`lmadi. Aksincha kattayu-kichik jon-jaxdi bilan kurashni davom ettirdi. Bir so`z bilan aytganda, bosQinchilarning SamarQand va uning xalQini tiz cho`kdirish uchun Qilgan barcha urinishlari bexuda ketdi. Buning ustiga shu paytda mo`g`ul otlari orasida «o`lat» kasali tarQaladi. «Zafarnoma» muallifi Sharofiddin Ali Yazdiy keltirgan ma`lumotlarga Qaraganda, o`shanda to`rt otliQ mo`g`ulning faQat bittasida ot Qoldi, xolos. Bundan tashQari xuddi shu paytda Mo`g`ulistonda Ilyosxo`jaga Qarshi Qo`zg`olon boshlanadi. Shuning uchun xam mo`g`ullar Qolgan Qutgan lashkarini olib, mamlakatimizdan chiQib ketishga majbur bo`ladilar. Sarbadorlar ko`p sonli va yaxshi Qurollangan dushman ustidan g`alaba Qiladilar. Lekin sarbadorlarning xukmronligi bir yildan nariga o`tmadi. Kelasi yili (1366) Amir Xusayn Konigil tepaligida xiyonatkorona ish tutadi. Uning amri bilan Abubakr Kalaviy bilan Xurdak Buxoriylar o`ldiriladi. Mavlonzodani Amir Temur QutQarib Qoladi. Temurbek Amir Xusayn bilan 1362 yili birlashganda faQat bir maQsadni-mamlakatni mo`g`ullar istibdodidan ozod Qilish va Chig`atoy ulusining birligini tiklashni o`z oldiga maQsad Qilib Qo`ygan edi. Amir esa. Bobosi amir qazag`anga o`xshab, fikru yodi oliy xokimiyatni Qo`lga kiritib olish va Chig`atoyxon taxtini egallash bo`ldi. 1365 yili va undan keyin bo`lib o`tgan voQealar buni yaQQol isbotladi. Shuni aloxida ta`kidlab o`tish kerakki, Temurbek avval va xokimiyatni Qo`lga kiritganidan keyin xam oliy xokimiyatga intilmagan. U Chig`atoyxon naslidan bo`lgan kishilarni ya`ni BuyonQulixon, Suyurg`otmish va Sulton Maxmudni Qo`llab-Quvvatladi. O`zini esa. FaQat amir deb atab keldi. Chunki, u turk-mo`g`ul xalQlari o`rtasida Qonun tusiga kirgan «yoso» va «yusunga» rioya Qildi. Xullas, o`sha «jangi loy» voQeasidan keyin o`rtaga tushgan sovuQchilik bora-bora dushmanchilikka aylandi. Ular ochiQchasiga bir-birini maxv Qilish yo`liga o`tdilar. Bunga ayniQsa amir Xusayn astoydil bel bog`ladi. Amir Xusayn 1365 yiliyoQ soli Saroydan Balxga ko`chib o`tdi va uning Qal`a, devor va istexkomlarini mustaxkamlashga kirishdi. Bir so`z bilan aytganda, xar ikkala amir katta va xal Qiluvchi urushga xozirlik ko`ra boshladilar. Balx ustiga yurish 1370 yil 15 mart kuni erta tongda boshlandi. Termizga yaQinlashganlarida, undan uch farsax (18-21 km) berida joylashgan Biyo Qishlog`ida, andxud sayidzodalaridan sayyid Baraka xazrat soxibQironning oldiga peshvoz chiQdilar va unga xammaning oldida nog`ora bilan bayroQ tutQizdilar. BayroQ bilan nog`ora musulmonlarning odatiga ko`ra, toju taxt ramzi bo`lib, uni oliy martabali ruxoniyning Qo`lidan olish tez orada uning toj-taxt va saltanat egasi bo`lishligiga ishora edi. Amir Temurning Balxga yurishida so`nggi manzili qo`xi shodiyonning g`arbiy etagidagi, Balxob daryosi soxilida joylashgan Elburz Qal`asi bo`ldi. Temurbek va uning Qo`shinlari «Iydi ramazon»ni shu yerda kutib oldilar, so`ng Qurultoy chaQirilib Chingizxon naslidan bo`lmish Suyurg`otmish o`g`lon (1370-1388) xon etib saylandi. qurultoyning ertasiga Temurbek Qo`shinini olib balx ustiga Qarab yurdi. qo`shin tarkibida Joku barlos, Bayon Sulduzning o`g`li shayx Muxammad, Shibirg`on xokimi Muxammadxo`ja aperdining o`g`li Zinda Chashm bor edi. Zamondosh tarixchi Sharofiddin Ali Yazdiyning so`zlari bilan aytganda «Temurbekning bayrog`i ostiga shu Qadar ko`p lashkar to`plangan ediki, uning savlatidan tog`u-tosh va dashtu biyobonlar larzaga keldi». 1370 yil 5 aprel kuni Balxning Xinduvon deb atalmish tashQi Qal`asi Temurbek lashkari tarafidan Qurshab olindi. qal`aning janub tarafidagi Navbaxor darvozasi Qarshisiga Umarshayx Mirzo bilan Joku Barlos, shaxarning kun chiQish tarafidagi Xinduvon darvozasi Qarshisiga amirzoda Jaxongir bilan amir OQ Bug`a, shaxarning kun botar tarafida joylashgan Darbi voQea darvozasiga amir Dovud bilan amir Muayyad, shimol tomondagi xiyobon darvozasiga amir Sor Bug`o bilan Xusayn baxodir Qo`shini bilan Qo`yildi. Balxning tashQari shaxari Xinduvon uchun boshlangan shiddatli janglar ikki kun davom etdi. Ikkala taraf xam katta talofot ko`rdi. Og`ir janglardan birida Temurbekning o`n olti yoshga kirgan o`g`li Umarshayx Mirzo oyog`idan yarador bo`ldi. Urushning ikkinchi kuni xinduvon darvozasi tarafdan shaxarga QattiQ zarba urildi. Jaxongir Mirzoning bir gurux yigitlari kechga yaQin darishga sazovar bo`ldilar. BoshQa darvozalar Qarshisi olib borilayotgan janglar xam muvofaQQiyatli bordi. Oxir-oQibat Qamaldagilarning axvoli og`irlashdi. OrtiQcha Qarshilik ko`rsatish befoyda ekanligini Amir Xusayn xam tushundi. Nima Qilib bo`lsa xam jonini omon saQlab Qolish payiga tushdi va Temurbek xuzuriga sulx so`rab elchi yubordi. Xazrat soxibQiron agar u o`z ixtiyori bilan taslim bo`lsa, uni omon Qoldirishga so`z berdi. Shundan keyin Amir Xusayn darvozadan chiQib Temurbekning o`rdasi tomon yo`l oldi, lekin vaxima va Qo`rQuv bosib yo`lidan Qaytdi va darvoza yonidagi minbar ichiga kirib yashirindi. Lekin uni topib oldilar va Qo`l-oyoQlarini bog`lab, Temurbekning o`rdasiga keltirdilar. Amir Temur esa «men uni Qonidan kechganman va undan intiQom olish tarixiga chiziQ tortganman»,-deydi. Shundan keyin Amir Kayxusrav Xatloniy xaQiQat so`rab, bir vaQtlar uning ukasi KayQubodni o`ldirgan Xusaynni taQdirini menga topshiring deb iltimos Qilsada soxibQiron o`z so`zida Qat`iy turdi. Ammo Kayxusrav Xusaynni o`ldirganida unga e`tiroz bildirmaydi. Bu voQea 1370 yil 12 aprel kuni sodir bo`ldi. Amir Temur Xusayn ustidan g`alaba Qozongach, butun Movarounnaxrni o`z Qo`li ostiga birlashtiradi. Balxda chaQirilgan Qurultoyda Temur Chig`atoy saltanatining vorisi deb e`lon Qilinadi. Lekin o`sha davrdagi vaziyatni xisobga olib va mo`g`ullarning Qarshiligini kuchaytirmaslik maQsadida xon taxtiga Suyurg`otmish o`tQazilgan edi. Amalda esa SamarQand taxtini soxibQiron Amir Temur tomonidan boshQarilgan. SoxibQiron Movarounnaxrning yagona xukmdori bo`lib olgach, buyuk saltanat barpo Qilishni o`z oldiga maQsad Qilib Qo`ydi va bu ishni asta sekinlik bilan amalga oshira boshladi. Xarbiy Qo`mondonga beriladigan eng xolis baxo-uning janglarda erishgan g`alabasidir. Shu nuQtai nazardan Temur tarixidagi buyuk sarkardalar orasida aloxida ajralib turadi. Amir Temur 1371-1404 yillar orasida Mo`g`uliston, Eron, Ozarbayjon, IroQ, Shom (Suriya), Xindiston, Gurjiston, Armaniston, Kavkaz orti o`lkalari ustiga xarbiy yurishlar Qildi. Biz uzoQ o`tmish, eski zamon ijtimoiy-iQtisodiy taraQQiyotining Qonuniyati va o`sha zamonlardagi xukmron mafkuradan kelib chiQadigan bo`lsak, bunday urushlarning obyektiv Qonuniyatlari borligini ochiQ anglaymiz. Birinchidan, Qadim zamonlarda va o`rta asrlarda o`tgan xonlar va podshoxlar o`z ijtimoiy tabaQasining namoyondalari. O`sha boy-badavlat tabaQalar tarafidan taxtga o`tQazib Qo`yilgan kishilar edilar. Madomiki, shunday ekan, ular o`z tabaQasining maQsad va manfaatlarini ximoya Qilishlari, ya`ni katta urushlar olib borib, ularning yer-suvlarini ko`paytirishlari mo`may o`lja olib, ularning boyligiga Qo`shimcha boylik Qo`shib, ularning iQtisodiy saloxiyatini oshirishlari kerak edi. Buning uddasidan chiQolmagan xon va podshoxlarni ular tutib turmas va taxtdan uloQtirib tashlab, o`zlariga keraklisini o`tQizar edilar. Tarixiy manbalarda bu xaQda ko`p misollar bor. Ikkinchidan, o`sha zamonlardaxonlar va podshoxlar orasida jaxongirlik ya`ni, jaxonga xokim bo`lish, xech bo`lmaganda uning Qismini bo`ysundirishga intilish odati bor edi. Masalan, Iskandar ZulQarnayn, Yuliy Sezar, Chingizxon mana shunday xukmdorlar jumlasidan edilar. Amir Temurning jaxongirlik faoliyatida xar ikki omil xam ma`lum darajada mavjud. Lekin masalaga xaQQoniy yondoshadigan bo`lsak, Temur faoliyatida mamlakatning tinchligi va barQarorligini ta`minlash, ya`ni uni tashQi dushmandan ximoya Qilish, o`z xalQi, Vatanini jaxonga mashxur etish istagi asosiy o`rinni egallagan. Mamlakatimizning XV asrning ikkinchi yarmidagi axvoliga bir nazar tashlaylik, Chingizxon xurujidan teri shaxarlarimiz vayron, dexQonchilik, xunarmandchilik va savdo-sotiQ tushkun bir axvolda Qolgan edi. NafaQat Movarounnaxr, balki Qo`shni mamlakatlarda xam feodal tarQoQlik, parokandalik va o`zaro urushlar avjiga mingan, ayrim xarbiy siyosiy guruxlarning nafaQat o`zlarining yaQin Qo`shnilari yerlariga, balki Movarounnaxr ustiga xam Qilgan talon-tarojlik xurujlari kuchaygan edi. XalQimizda «Qo`shning tinch-sen tinch», degan naQl bor. Qo`shni mamlakatlar tinch bo`lmagandan keyin, Movarounnaxrda tinchlik, barQarorlik, iQtisodiy madaniy yuksalish QayoQdan bo`lsin?! Amir Temur o`zining ichki va tashQi siyosatida asosan mana shu omilga suyanib ish tutdi. To`g`ri. Amir Temur ko`p yillik kurashlardan keyin o`z yurtida feodal tarQoQlik va parokandalikka barxam berishga, el-yurtni mo`g`ullar istibdodidan ozod Qilishga, markazlashgan davlat tuzib, el-yurtni o`z tug`i ostiga birlashtiridi. Lekin faQat birgina shuning o`zi bilan tinchlik va barQarorlik Qaror topmaydi. Mamlakatning ichki axvoli yaxshilanmaydi, uning xalQaro obro`si ortib Qolmaydi. Buning ustiga Chingizxon xurujidan beri nafaQat Movarounnaxr, balki mo`g`ulning oyog`i tekkan barcha mamlakatlarning iQtisodiy axvoli og`ir, siyosiy vaziyat yomon edi. Amir Temur o`tkir siyosatchi odam bo`lgani uchun bu vaziyatni to`g`ri baxoladi, unga aloxida e`tibor berdi. AyniQsa. Mamlakatimizning tevarak-atrofidagi vaziyatni yaxshilash chora-tadbirlarini ko`rdi. Faktlarga murojat Qilaylik. Movarounnaxrning sharQiy-shimoliy tarafida joylashgan Mo`g`ulistonni olib ko`raylik 1369 yili Ilyosxo`jaxon o`ldirilgandan keyin bu mamlakatda xam feodal tarQoQlik va o`zaro urushlar kuchayib ketdi. Mamlakatning sharQiy Qismida dug`lat amirlaridan qamariddin, Yettisuv va Chu taraflarida anQo to`ra, IssiQko`latrofidagi o`lkalarda Mir Karimberdi, mamlakatning yana bir tarafida Mir XaQberdi o`ziga xon, o`ziga bek bo`lib olgan edilar. Ular tez-tez Sayram va Toshkent, Turkiston va Farg`ona ustiga bosQin uyushtirib, tinch axolini talon-taroj Qilar edilar. Masalan, qamariddin va Mo`g`uliston beklari Temur saltanatining dastlabki yillarida Toshkentni bosib oldilar. XIV asrning 80-yillari boshlarida ular Andijon ustiga bostirib keldilar, uning tevarak-atrofidagi yerlarni talon-taroj Qildilar, shaxarning o`zini esa bir xafta mobaynida Qamal ostida tutdilar. Mamlakatimiz janubida-Eronda, IroQ, Ozarbayjonda xam vaziyat yomon edi. 1336 yildan keyin, ya`ni Elxoniylar davlati (1256-1335 yillari Eron bilan Ozarbayjonni idora Qilgan mo`g`ul sulolasi) inQirozga uchragandan keyin Eron, Ozarbayjon va IroQ xam feodal tarQoQlik va o`zaro urushlar girdobida Qoldilar. Masalan, Xurosonni sarbadorlar (1337-1381 yillarda idora Qilgan) Kartlar (/ur bilan Xirotni XIII-XIV asrlarda idora Qilgan), JonQurboniy (bular Obivard, Saraxs va Nisoni idora Qilgan g`almoQ Qavmidan chiQQan sulola) Qavmining amirlari bo`lishib oldilar. Eronning janubiy Qismida Muzaffariylar sulolasi, Jurjon ustidan esa yana bir maxalliy sulola Sayyidlar, iroQ bilan Kurdiston ustidan Jaloiriylar, Katta va Kichik Luriston ustidan Xorazspiylar va inju sulolasi, Ozarbayjonda qora Quyunli turkmanlari o`z xukmronligini o`rnatdilar. Fojea shunda ediki. Ular o`rtasidagi munosabat ko`proQ o`zaro kelishmovchiliklar va dushmanlik ruxida davom etardi: o`zaro ziddiyatlar va urush-talashlar kuchaygan edi. Movarounnaxrning shimoliy va g`arbiy tomonlarida xam notinchlik xukmron edi. OQ O`rdada xam, Oltin O`rdada xam vaziyat yaxshi emas edi. Mazkur davlatlarda Temur Malik, To`xtamish, Urusxon, Po`latxon va Qudratli amir Idiku (Yedigey) mang`it o`rtalarida xokimiyat uchun murosasiz kurash davom etardi. Dashti QipchoQ o`zbeklarning Movarounnaxrga shimol va g`arbiy shimoliy taraflardan taxdidi va talonchilik xurujlari kuchaygan edi. Temurbek taxtga o`tirishi boisi o`laroQ ijtimoiy, siyosiy, iQtisodiy xayotda sodir bo`lgan ijlbiy o`zgarishlar o`z ifodasini xarb ishida va xarbiy san`atda xam namoyon etadi. Asosiy karvon yo`llari ustidan nazorat o`rnatish ulus Qudratini yanada oshirish, xalQ turmush tarzini yaxshilash singari ustivor maQsadlar yo`lida Temurbek o`sha davrda tengi yo`Q xarbiy kuchlari bilan Jata, Eron, afg`oniston, Kavkaz, iroQ, Shom, Misr. Dashti qipchoQ, Shimoliy Anado`li, Xindiston kabi mintaQalarga bir necha bor Qo`shin tortib bordi va olamshumul zafarlar Quchdi. Xarb tarixi Temurbekni jaxonning eng buyuk sarkardalaridan biri sifatida xaQli ravishda tan oladi. Uning xarbiy iste`dodi asosan ikki yo`nalishda: moxir xarbiy tashkilotchi va atoQli xarbiy sarkarda tarzida yorQin namoyon bo`ldi. Dunyoning 27 mamlakatini zabt etishda Amir Temurning Qo`shini va uning xarbiy san`ati bosh omil bo`ldi. Uning g`olibona yurishlarida Qo`llagan taktik va strategik jang Qilish uslublari bugungi kunda xam jaxondagi yetakchi mamlakatlarning xarbiy bilim va akademiyalarida o`rganiladi va o`Qitiladi. Amir Temur Qo`shinlari asosan piyoda va otliQ askarlardan iborat edi. Ular «o`nliklar»-(«ayl»), «yuzliklar»-(«Xo`shun»), «mingliklar»-(«xazora») va «o`n mingliklar»-(«tuman»)ga bo`lingan. Ularga o`nboshi, yuzboshi, mingboshi xamda amirlar boshchilik Qilganlar. Tumanlarda askarlar soni o`n ming, Qo`shinda esa 100 mingdan bo`lgan. O`n minglik lashkarni boshQarish uchun «tumon og`asi», minglik bo`limni «mirixazora», yuzlikni «xo`shunboshi» va o`nlikni boshQarish uchun «aylboshi» kabi xarbiy mansablar tashkil Qilingan. Bo`linma boshliQlari-amirlar Temurga tobe bo`lgan QirQ aymoQ (Qabila)dan o`n ikkitasi: barlos, arg`in, jaloir, tulkichi, duldoy, mo`g`ul, sulduz, to`g`oy, QipchoQ, arlot, totor va tarxonlar orasidan tanlab olingan. Eng ulug` martaba amirlik bo`lib, Temur faoliyatining dastlabki yillaridan boshlab uni tark etmasdan sodiQlik bilan xizmat ko`rsatgan 313 kishiga berilgan: bittasi amir ul-umaro, to`rttasi beklar begi, yuztadan mingboshi, yuzboshi va o`nboshi bo`lgan. Bulardan tashQari, yana o`n ikki nafar kishiga birinchidan to o`n ikkinchi darajali amirlik unvoni berilgan. O`n ikkinchi darajali amir odatda amir ul-umaroning noibi xisoblangan. O`n ikki amirning xar biriga bittadan bayroQ va bittadan nog`ora, o`n minglik Qo`shin, tug` va chortug`, to`rt nafar beklar begining xar biriga bittadan bayroQ, nog`ora, chorto`g` va burg`u (karnay) berilgan. SoxibQiron turk-mo`g`ul xalQlari, xususan Chingizxon lashkari tuzilishini, ularning jang olib borish amallarini atroflicha o`rganib, taxlil Qiladi va zarur o`zgartirishlar kiritadi. Temurbek barpo etgan armiyaning tuzilishi Chingizxon tuzgan Qo`shin tizimi va tuzilishiga ma`lum darajada yaQin bo`lsa-da, biroQ Quyidagi muxim jixatlari bilan farQlanar edi: Chingiziylar Qo`shini yalpi majburiyat asosida xarbiy xizmatga chaQiriladigan xalQ lashkaridan iborat bo`lgan xolda, Temurbek armiyasi umumxalQ xarakteriga ega emas edi. Chingizxon davrida Qo`shin asosini ko`chmanchi omma tashkil Qilgan edi. Temurbek Qo`shiniga oliy bosh Qo`mondon ko`rsatgan aniQ talabga binoan chorvadorlar Qatori kosibchilik, xunarmandchilik, dexQonchilik bilan mashg`ul o`troQ axolidan xam sezilarli miQdorda askar olingan. Temurbek Qo`shinida xarbiy kuchlarning asosini tashkil Qiluvchi otliQ askarlar bilan bir Qatorda piyodalardan tuzilgan Qismlar xam anchagina bo`lgan. Ma`lumki, Chingizxon Qo`shini, zabt etilgan mamlakatlar axolisidan majburiy tartibda tuzilgan xasharni xisobga olmaganda, piyoda askarlarga ega bo`lmagan. Temurbek SharQda birinchilardan bo`lib o`z armiyasiga o`t sochar Qurol, ya`ni to`p-ra`dni olib kirdi. SoxibQiron tog`li xududlarda jang xarakatlari olib boruvchi piyodalardan tuzilgan maxsus xarbiy Qismlarni tashkil Qildi. Temurbek jaxon xarb san`ati tarixida birinchi bo`lib Qo`shinni jang maydonida yetti Qo`lga bo`lib joylashtirish tartibini joriy etdi. Temurbek armiyasida ayollardan tuzilgan bo`linmalar bo`lib, ular jang chog`i erkaklar bilan bir safda turgan, Qaxramonlik va matonat namunalari ko`rsatgan. Temurbek Qo`shini tarkibini Movarounnaxr, Dashti qipchoQ, Xuroson, Eron, Badaxshon, Mo`g`uliston, Xorazm, Mozandaron, Jata singari yerlardan yig`ilgan askarlar tashkil Qilar edi. Unda muntazam Qo`shinga xos bo`lgan ko`pgina belgilar mavjud edi: Qo`shin son jixatdan aniQ va puxta tashkil Qilingan, uning jangovar tartibi-yasol jangdan-jangga takomillashtirib borilgan, armiya o`z zamonasining ilg`or Qurol va texnikasi bilan Qurollangan, aynan bir turdagi Qurol-yarog`, aslaxa-anjom bilan ta`minlangan, Qismlar bir-biridan kiyim-boshi, tutgan bayroQ yoki tug`i orQali xam farQlangan. Bunday ajralib turish jang paytida Qo`shinni boshQarishda juda Qo`l kelgan. Dushman mudofaasini turli usullar yordamida barbod Qilish, g`anim tomonning yirik va mustaxkam mudofaa inshootlariga ega bo`lgan shaxarlariga Qo`QQisdan kuchli zarba berish, zabt etilgan mamlakatning boshliQlarini va ayniQsa, lashkarboshilarini xibsga olish, Qal`a va Qo`rg`onlarni uzoQ muddat davomida muxosara Qilish, yov kuchlarini iloji boricha keng Qamrovda Qurshab olish, uning QishloQ, shaxar, tuman, viloyatlarini birin-ketin fatx etish, dushmanni batamom yakson etgunga Qadar ta`Qib Qilish. Fatx bo`lgan yurtlarni boshQarish uchun o`zining ishonchli vakillarini tayinlash singari strategik maQsadlarini ko`zlab ish yuritish Temurbekka ko`plab zafarlar olib keldi. Taktika jixatdan Temurbek armiyasi o`ziga xos xususiyatlarga ega edi. qo`shinning yasoli Qoraxoniylar, /aznaviylar, SaljuQiylar, Chingiziylar Qo`shini jangovar tartibdan farQli o`laroQ, yetti Qism-Qo`lga ajratilgan, razvedka a`lo darajada yo`lga Qo`yilgan, Qismlarning jang maydonida xamda yurish vaQtida talab darajasida xarakat Qilishi uchun zarur tadbir va rejalar ishlab chiQilgan, ularni jang paytida operativ boshQarishga aloxida katta e`tibor Qaratilgan. Temurbek o`nlik, yuzlik, minglik xamda tuman Qo`mondonlarini tanlash masalasiga bevosita ega bo`lgan Qo`mondonlarning to`g`ri tanlaganligi va o`z joyiga Qo`yilganligi aksar xollarda jang natijasining muvaffaQiyatli yakunlanishiga sezilarli ta`sir ko`rsatgan. SoxibQironning xarb san`ati rivojiga Qo`shgan ulkan xizmatlaridan yana biri-Qo`shin Qanotlarini jang chog`ida dushman xujumidan muxofaza Qilish va aksincha g`anim kuchlarini yon tomondan aylanib o`tib, unga ortdan zarba berish maQsadida tuzilgan otliQ Qism-kunbulning joriy etilishidir. Bunday mutlaQo yangi xarbiy Qism, tarixning guvoxlik berishicha, Aleksandr Makedonskiy, Gannibal, Lyudvig XIV, Buyuk Fridrix, Chingizxon kabi dongdor sarkardalar Qo`shinida bo`lmagan. FaQat XIX asrning atoQli lashkarboshisi Napoleon Bonapart armiyasining jangovar tartibida Qo`shin Qanotlarini ximoyalovchi Qism mavjudligini kuzatish mumkin. Xarbiy mutaxassislarning, Napoleon SharQ mamlakatlariga xarbiy safar Qilishdan avval Temurbek armiyasi tuzilishini, uning jang olib borish yo`l-yo`riQlarini sinchiklab o`rgangan, zarur topgan taktik usullarni o`zlashtirgan degan muloxazasi, xar Qalay, xaQiQatdan yiroQ emas. Xo`sh, turk-mo`g`ul xalQlari armiyasining besh Qismdan iborat an`anaviy jangovar tartibiga o`zgartirish Qachon kiritildi, ya`ni yasolni yetti Qismga bo`lishga soxibQironni Qanday zaruriyat majbur etdi, degan savolning tug`ilishi tabiiy. Ushbu savolga QoniQarli javob olish uchun Temurbekning Balx xokimi amir Xusayn (1370 yili o`ldirilgan) bilan ittfoQda 1365 yili Jata (Mo`g`uliston) xoni Ilyosxo`jaga Qarshi Qilgan, tarixga «loy jangi» nomi bilan kirgan muxorabada ittifoQdoshlar cherigi Qanday yasolda joylashganligini kuzatish kerik bo`ladi. Tarixiy manbalarda keltirilgan ma`lumotlarga Qaraganda, otliQ askarlar Temurbek armiyasining zarbdor Qismi xisoblangan, ular og`ir va yengil Qurollar bilan Qurollangan suvoriy guruxlarga bo`lingan. Yoy, sadoQ va Qilich bilan yengil Qurollangan otliQlar asosan razvedka va soQchilikchilik bilan shug`ullangan, o`ta zarur chog`dagina dushman kuchlari bilan jang Qilish xuQuQiga ega bo`lgan. Yurishga jo`nashdan oldin Temurbek arkoni davlat vazirlar, sarkardalar, beklar, amirlarni xarbiy kengash-mashvaratga chorlagan. Ayni chog`da ulusning turli viloyat va tumanlaridan, shuningdek tobe yurtlardan Qo`shin to`plash uchun maxsus buyrak-tunQal e`lon Qilingan. Farmon kerakli joylarga yuQori mansab egasi, bosh Qo`mondonning adyutanti-tavachi tomonidan tezlik bilan yetkazilgan. Tavachining zimmasiga askar jamlashdan tashQari Qo`shin Qismlarining Qarorgox yoki safardagi o`rni, jangovar tartib-yasolni xamda bir joydan ikkinchi joyga ko`chishni nazorat Qilish xam yuklatilgan edi. Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishiga ko`ra, Temurbek Dashti qipchoQQa Qilingan yurish (1390-1391) oldidan Qo`shinni bir yilga yetadigan oziQ-ovQat, Qurol-yarog`, kiyim-kechak va boshQa safar uchun zarur ashyolar bilan ta`minlashni o`z noiblariga buyurgan. Xar bir suvoriyga bitta yoy, 30 ta o`Q, bir sadoQ, bir QalQon va bitta Qo`shimcha ot ajratilgan. Yurish vaQtida xar o`n jangchi bir chodir, ikki belkurak, bir kerki, bir o`roQ, bir arra, bir tesha, bir bolta, 100 dona nina olgan. AbdurazzoQ SamarQandiy xar bir jangchining shuningdek, yarim man og`irligida arQon, bir dona pishiQ teri va bitta Qozon olib kelishi lozim bo`lganligini Qayd etadi. «Temur tuzuklari»da ta`kidlanishicha, safar chog`ida oddiy askarlarning xar o`n sakkiztasiga bitta chodir berilgan. Xar bir jangchi ikkita ot, yoy, sovut, Qilich, juvoldiz, Qop, o`nta nina, arra va teri xaltaga (chanach) ega bo`lgan. Sara jangchilarning xar beshtasi bir chodirga joylashgan. Ularning xar bittasi dubulg`a, sovut, Qilich, o`Q-yoy, sadoQ va buyruQda ko`rsatilgan miQdorda ot bilan ta`minlangan. O`nbegining aloxida chodiri bo`lgan. U sovut, Qilich, o`Q-yoy, sadoQ bilan Qurollangan va beshta Qo`shimcha ot olish xuQuQiga ega bo`lgan. Yuzbegining xam aloxida chodiri bo`lgan. Uning Qurol-yarog`i Qilich, o`Q-yoy, sovut, sadoQ, gurzi, oyboltadan iborat bo`lgan. Unga o`nta Qo`shimcha ot berilgan. Mingbegi chodirdan tashQari soyabon bilan xam ta`min etilgan. Dubulg`a, zirix (chaxoroyna), sovut, nayza, Qilich, sadoQ va o`Q singari rang-barang Qurol turlari bilan Qurollangan. Piyoda askarlar asosan Qilich, kamon va kerakli miQdorda o`Q bilan safarga chiQQan. Miod yerida oliy bosh Qo`mondonning borgoxi tikilgan va u turli rangdagi tug` xamda bayroQlar bilan bezatilgan. Belgilangan vaQtda (miod vaQti) da lashkargoxga yetib kelgan askarlar Qat`iy tartib va intizom bilan o`z bo`ljar (pozitsiya)larini egallagan xamda yurish oldidan o`tkazilajak an`anaviy xarbiy ko`rikka puxta tayyorgarlik ko`raboshlagan. SoxibQiron yurish paytida tajribali sipoxiylarga katta ishonch bildirgan. Ko`p marotabali so`Qishlarda suyagi Qotgan, urushni o`zining bosh mashg`uloti deb sanagan jangchilar safar boshlanishidan avval jam Qilingan. Ular kirim-chiQim daftariga, shuningdek davlatdan maosh-ulufa, oziQ-ovQat, yem-xashak oluvchilar ro`yxatiga kiritilgan. Tuzilishiga ko`ra Temurbek armiyasi turk-mo`g`ul xalQlari uchun an`anaviy bo`lgan o`n. Yuz, ming va tumanlarga taQsimlangan. Ularga o`nbegi, yuzbegi, mingbegi, tumanbegilar sardorlik Qilgan. «Temur tuzuklari» da Qayd Qilinishicha, Qo`shin Qo`mondonlari safiga Temurbek oliyximmat, oQil, mard, tadbirkor, sezgir, jur`atli, sabotli, xarb ishiga jon-dilini bag`ishlagan iste`dodli shaxslarni jalb etish masalasiga katta e`tibor bergan. Xar bir bek yoki amir o`z noibi-o`rinbosariga ega bo`lgan. Biror bek yoki amir xayotdan ko`z yumgan taQdirda noibi uning o`rnini egallagan. Rui Gonsales Klavixoning guvoxlik berishicha, Qo`shin to`plash to`g`risida farmoni oliy e`lon Qilinishi bilan askarlar o`z oilasi, asbob-aslaxasi, mol-mulki bilan miod yeriga yetib kelgan. O`rdagoxdagi SoxibQironning saropardasi atrofida xar bir Qism va bo`linmalar chodirlari tikilgan. Oddiy askardan yirik sarkardagacha xar kim o`z joylashish o`rnini aniQ bilgan. Barcha ishlar tartib-intizom bilan, shovQin-suronsiz bajarilgan. qo`shin bilan birga Qassoblar, bakovullar, Qovurilgan va pishirilgan go`sht bilan savdo Qiluvchilar, arpa va meva sotuvchilar, nonvoylar xam ko`chib yurgan. Turli kasb egalari askarlarga xizmat ko`rsatganlar. Xatto ko`chma xammomlar xam jangchilar xizmatida bo`lgan. Temurbek tanlab olgan sarkardalar o`zlarining xarbiy maxoratlarini nafaQat urush kezlarida, balki tinch mexnat chog`ida xam namoyish etishga tinmay xarakat Qilar edilar. Xarbiy san`atning o`ziga xos sir-asrorlaridan to`la voQif bo`lgan, dushman saflarini parokanda Qilish yo`l-yo`riQlarini yaxshi egallagan, mushkul vaziyatlarda dadil va tez xarakat Qiladigan, xech Qanday to`siQlardan tap tortmaydigan, Qo`shin safida sodir bo`lishi extimolidan xoli topilmagan tartibsizliklarni o`z vaQtida bartaraf eta oladigan iste`dod egalarigina Temurbek tomonidan lashkarboshilikka Qo`yilgan. Temurbekning farmoyishiga binoan atoQli lashkarboshilardan to`rttasi birinchi darajali sarkarda, ya`ni beklar begi mansabiga tayinlangan. Dongdor amirlardan biriga amir ul-umaro lavozimi berilgan va u oliy bosh Qo`mondon, ya`ni Temurbekning noibi vazifasini ado etgan. SoxibQiron bevosita ishtirok etmagan urush va janglarda amir ul-umaro Qo`shinga Qo`mondonlik Qilgan. Zikr etilganlardan tashQari Qo`shin Qo`mondonligiga yana o`n ikki bek jalb etilgan ming kiishdan iborat suvoriylarga birinchi bek, ikki ming otliQlardan tashkil Qilingan guruxga ikkinchi bek, uch ming otliQlifavjga uchinchi bek va shu tartibda o`n ikki ming otliQ askarlardan tuzilgan Qo`shinga o`n ikkinchi bek sardorlik Qilgan. quyi pog`onada turgan Qo`mondon o`zidan yuQori lavozimni egallab turuvchi sarkadaga bo`ysungan. Temurbek armiyasining turli Qism va bo`linmalariga uch yuz o`ye uch bek boshchilik Qilgan. Ularning dastlabki yuztasi o`nbegilik, ikkinchi yuztasi yuzbegilik, uchinchi yuztasi esa mingbegilik rutbalarini egallagan. Tumanlarga soxibQironning farzandlari, nabiralari xamda amir Shayx Nuriddin, amir Jaxonshox singari nomdor lashkarboshilar raxbarlik Qilgan. Temurbek Qo`mondonlar tarkibining xarb ishidan talab darajasida maxorat va malakaga ega bo`lgan shaxslardan shakllanishiga aloxida diQQat Qilgan. Janglarda Qaxramonlik va mardlik namunalari ko`rsatgan sara jangchilar munosib ravishda taQdirlanib o`nbegi, takror jangovar xizmatlari evaziga yuzbegi va nixoyat mingbegi amaliga ko`tarilish imkoniyatiga ega bo`lgan. Yovning askariy g`ururini tor-mor etgan mingbegi birinchi darajali amir unvoniga, yirik dushman Qismini mag`lub etgan birinchi darajali amir o`z navbatida ikkinchi darajali amir mansabiga va shu yo`sinda o`zga bek xamda amirlar yuQoriroQ xarbiy martabaga ko`tarilib borgan. Janggoxda mardlik va Qaxramonlik ko`rsatgan oddiy jangchilarning maoshi oshirilgan. Ba`zi sabablarga ko`ra jang maydonini tashlab Qochgan askarlar o`lja taQsimotida ishtirok etishdan maxrum Qilingan. Muxorabadan yarador bo`lib Qaytgan shaxslarning izzat-xurmati joyiga Qo`yilgan, ularga Onxazratning marxamati ko`rsatilgan. Biror kishvarning fatx Qilgan yoki g`anim armiyasini mag`lubiyatga uchratgan sarkarda uchun uch xil mukofot ta`sis etilgan, ya`ni sharafli baxodir unvoni xamda tug` va nog`ora berilgan. Ayni shunday yuksak mukofot bilan muxolifatchi taraf taxt vorislari raxnamoligidagi Qo`shinni parishonlikka solgan amir yoki bekning xam shavkati ziyoda Qilingan. Jangu jadal chog`ida shijoat ko`rsatib dushman guruxini Qochirishga muyassar bo`lgan o`nbegi shaxar dorug`asi, yuzbegi esa viloyat xokimi vazifasiga tayinlangan. MuQotalada aduv xashamlari ustidan zafar Quchgan mingbegi viloyat voliysi mansabi bilan taQdirlangan. Biror mamlakat yoki yurtni egallagan amirga o`sha yerlar ma`lum shart va imtiyozlar asosida boshQarilish uchun suyurg`al tarzida inoyat Qilingan. Temurbek va temuriylar davrida suyurg`al keng tarQalgan feodal yer egaligi turlaridan biri bo`lib. Nasldan-naslga o`tgan. Suyurg`al egasi davlat xisobiga to`lanishi zarur bo`lgan soliQlardan ozod Qilingan. Bunday suyurg`al turi «darbasta suyurg`al» deb yuritilgan. Dovyurak paxlavonlar xarblardan ko`rsatgan jasoratlari uchun baland darajaga erishib, baobro` kishilar Qatoridan o`rin olgan. Ular gurzi, olachuk (chodir), murassa` kamar, Qilich va saman ot kabi paxlavonlik nishonlari bilan e`zozlagan. Botirlarning ko`pchiligi keyinchalik o`nlik, yuzlik, mingliklarga Qo`mondonlik Qilishdek ma`suliyatli vazifalarga Qo`yilgan. YUQorida tilga olingan o`n ikki amirdan xar biri yuz dovul (tabl) va bayrog`iga ega bo`lgan. Bosh Qo`mondon nog`ora xamda alamdan tashQari shuningdek, burg`u, tumantug` va chortug` bilan nishonlangan. Mingbegi tug` va karnay, ya`ni Qo`ragaga ega bo`lgan. Yuzbegi va o`nbegiga nog`ora berilgan. Turli Qo`shun, ya`ni Qism Qo`mondonlari tegishli noshonlarga sazovar bo`lgan. Biror lashkarboshining xayoti xavf ostida Qolgan vaziyatda uni g`anim o`Qidan asrab Qolish yo`lida o`z ko`ksini QalQon Qilgan jangchilar SoxibQironning xurmat-e`tiboriga va olQishiga sazovor bo`lgan, maxsus inoyatlar bilan taQdirlangan. SoxibQiron yurishga jo`nashdan ancha avval yog`ining Qurolli kuchlari, mudofaa inshootlari, u yerdagi ichki vaziyat kabilar xaQida aniQ va to`la ma`lumotga ega bo`lish maQsadida uning yurti yoki Qarorgoxiga o`z ayg`oQchi (xabargir, josus) larini peshma-pesh yuborib turgan. /anim to`g`risida zarur ma`lumotlarga ega bo`lgandan so`nggina yurishga taraddud ko`rilgan. Bu xususda ibn arabshox yozadi: «Temur tengi yo`Q fe`l atvorli, chuQur muloxazali kishi bo`lib, uning tafakkur dengizining Qa`ri yo`Q va (uning) tadbiri tog`iga na tekisligu, na g`adir-budir orQali yo`l topilardi. U yerlarning barcha tomonlarida o`z ayg`oQchilarini tarQatib, Qolgan mulklarida esa josuslar Qo`ygan edi. Ular (josuslar) jumlasidan, uning amaldorlaridan biri Amir Otlamish bo`lsa. yanA biri faQix Mas`ud al-quxoniy-u Temur devoni asxoblarining ko`zi edi. Josuslarning bunisi qoxirada, Muiziyada bo`lsa, unisi DamashQda, Shamiysoniyadagi so`fiylardan biri edi. Ularning biri chakanafurush bo`lsa, ikkinchisi yirik savdogar, badxulQ polvon va xunarmand, munajjim va o`z tabiaticha ish Qiladigan lar, gapchinoz Qalandarlaru sayoQ darveshlar. Zarofatli meshkoblar, latofatli etikdo`zlar, alvasti va xiylagar bo`lib, ular chor atrofda bo`layotgan xodisalar va ularning xabarlarini Temurga yetkazib, o`zlari afzal ko`rgan ishlarini unga bayon etardilar. Ular vaznlar, narx-navolar to`g`risida unga zikr Qilib, manzilu shaxarlarni tavsiflardilar. Ularning tekis va notekis joylarining suvratini keltirib, uylari va diyorlari o`rinlarini chizib ko`rsatardilar, shular orasida u joylarning yaQin yoki uzoQ, tor yoki kengligini ularning Qaysi tevarak-atrofda, g`arb yoki sharQdami, shaxarlar va QishloQlarning ismlarini, manzil va panoxjoylar nomlarini, xar joyning axliyu boshliQlari, amirlari, ulug`lari, fozillari, shariflari, boylariyu faQirlarini, ularning xai birining ismi va laQabini, shuxrati va nasabini, ularning xunari va (ega bo`lgan) vositalarini (to`la-to`kis) bayon Qilardilar. Natijada, Temur o`z fikri bilan shularni yaQQol ko`rib, tafakkuri vositasida o`z yerlaridan xorij joylar ustidan xam tasarruf yuritardi». SoxibQiron safar chog`i Qo`shinni Qiyin va o`tib bo`lmas joylardan boshlab boruvchi yo`lchi, ya`ni Qajarchilarni maxalliy xalQ ichida yollab olish masalasiga jiddiy yondashgan. Safar arafasida Temurbek o`z pirlari va raxnamolari xuzuriga sof ishonch xamda pok irodat bilan tashrif buyurib, ziyorat shartlarini bajo keltirgan. MuQaddas va muborak mozorlarni tavof Qilgan. Mayib-majruxlarga, muxtoj va yo`Qsillarga nazru sadaQalar ulashgan. Temurbek armiyasida ichiga yonuvchi modda-naft solingan ko`zachalar irg`ituvchi o`t sochish Quroli-ra`dning uzluksiz ishlab turishini ta`minlovchi maxsus to`pchilar-ra`dandozlar mavjud bo`lgan. Mustaxkam Qal`a va Qo`rg`onlarni Qamal Qilishda samarali Qurol xisoblangan ra`dni boshQaruvchi to`pchilarni soni, Nizomuddin Shomiyning fikricha, 10 ming kishiga yetgan. Ra`dandozlar Temurbek tomonidan ilk marta 1379 yili Urganchni muxosara Qilish vaQtida jangga solingan. Kezi kelganda ta`kidlash lozimki, arab tiliga xos ra`d so`zi aslida «momoQaldiroQ»ni bildiradi. To`pni ra`d termini bilan atashlarining boisi shundaki, undan o`Q-snaryad otilgani kuchli gumburlagan tovush chiQQan. Ra`dning Temurbek tomonidan Qurollanishga kiritilishi XV-XVI asrlarda Movarounnaxr, Xuroson va Eronda artilleriyaning boshQa turlarining paydo bo`lishida turtki vazifasini o`tadi. Amir Temurning xayoti asosan ikki davrga bo`lib o`rganiladi. Birinchi davr: 1359-1386 yillarni tashkil etadi. Bunda Temur Movarounnaxrda mo`g`ul xonligidan mustaQil, kuchli markazlashgan davlat tuzish uchun kurashadi. Ikkinchi davri: 1386 yildan boshlanib, umrining oxirigacha davom etadi. Bu davrda Temur uch yillik, besh yillik, deb nomlangan urushlar olib boradi va Xitoyga Qarshi urushga tayyorgarlik ko`radi. Temur o`z xayotida 30 marta yurish Qilgan va 27 mamlakatni zabt etgan. Lekin ulardan «uch yillik», «besh yillik», «yetti yillik» urushlari mashxur bo`lgan. Temur davlati uchun eng xavfli davlat uning shimolida joylashgan Oltin O`rda edi. qora dengizdan Oltoly tog`larigacha cho`zilgan yerlar Jo`ji ulusi ixtiyorida edi. Jo`ji ulusining YoyiQdan qora dengizgacha cho`zilib ketgan juda katta Qismi Oltin O`rda edi. YoyiQ sharQida yerlar OQ O`rda deb yuritilardi. Amir Temurning Markaziy Osiyo xududidan tashQariga bo`lgan yurishi asosan Shimolga, ya`ni Oltin O`rda davlatiga Qaratilgan edi. Temurning Oltin O`rdaga Qarshi yurishidan maQsadi, uni o`z davlatiga Qo`shib olish emas edi. Davlati uchun xavfli kuch bo`lgan Oltin O`rdani zaiflashtirish va faQat uning sharQiy Qismini o`z saltanatiga Qo`shib olish edi. Bu davrda Oltin O`rda oQ O`rdalarda ikkita mustaQil davlat tashkil topib, ular o`rtasida o`zaro janjallar davom etmoQda edi. Temur uning ichki nizolaridan ustalik bilan foydalandi. O`rusxon tazyiQidan Temur xuzuriga Qochib kelgan OQ O`rda xonlaridan To`xtamishga Temur bir necha marta yordam beradi. 1379 yilda To`xtamish Temur yordamida OQ O`rda taxtini egallaydi. Turon ozodlik xarakatining sarkardasi Temurning Oltin O`rda xoni To`xtamish ustidan Qozongan g`alabasi nafaQat Markaziy Osiyo, butun SharQiy Yevropa, Russiya uchun axamiyatga ega edi. Temur Oltin O`rda xonligini tor-mor etib, uning QishloQ va shaxarlarini vayron Qiladi. SharQ mamlakatlari bilan bog`lagan Buyuk Ipak yo`lining Oltin O`rda orQali o`tadigan shimoliy tarmog`iga xotima beradi. Ta`kidlash lozimki, temuriylar davrida yurish yoki razmdan oldin Qo`shinni ko`rikdan o`tkazib, uning jangovar ruxi va xolatini aniQlash an`ana tusiga kirgan. Ko`rikdan nafaQat asosiy jangovar Qismlar, shuningdek, ular ortidan boruvchi og`ir karvon o`g`ruQ (ovoz) xam o`tkazilgan. Temurbek dushmaniga Qo`QQisdan QaQshatQich zarba berish usuli bilan shuxrat Qozongan edi. /anim o`rdugoxi aniQlangach, aksariyat xollarda SoxibQiron unga maxfiy yoki o`tish o`ta mashaQQatli bo`lgan, xech bir kimsaning oyog`i yetmagan dovonlar, daralar, so`QmoQlar, tog`u toshlar orQali tunda ulovlarni jilovidan tutgan tarzda yaQinlashar, Quyosh o`zining zarrin nurlarini bepoyon zamin uzra socha boshlashi bilan g`aflat uyQusida yotgan yog`iga Quyundek yopirilar edi. Ibn Arabshox xikoya Qiladi: Temurbekning dorus-saltana SamarQandda imoratlar Qurish, bog`u bo`stonlar barpo etish, ariQlar Qazib, suv chiQarish singari obodonchilik yumushlari bilan band bo`lib turganligidan mujda topgan Qo`shni mamlakatlar uning xujumini kutmasdan, mudofaaga tayyorgarlik ko`rmagan xolda xotirjam xayot kechirar edi. SoxibQiron poytaxtdagi ishlarni nixoyasiga yetkazgach, tovachilarga Qo`shinni tez fursat ichida samarQandda to`plash xaQida amr Qiladi. Askarlar uchun o`zi o`ylab topib. Ixtiro Qilgan yo`sinda tayyorlangan dubulg`alarni jangchilar kiyib, yurishga chiQishlarini buyuradi. Temurbek safarning yo`nalishini sir tutadi. Temurbekning Xindga yurish Qilib, Dexliga yaQinlashib Qolganligidan taxlikaga tushgan xindlar shaxzoda Sulton Maxmud, Malluxon va o`zga nomdor xind sarkardalari raxnamoligidagi o`n ming suvoriylar, yigirma ming sara piyodalar va bir yuz yigirma jangovar fillardan iborat Qo`shin bilan unga ro`baro` bo`ladi. SoxibQiron birinchi galda jangchilarning kapalagini uchirib, ularni daxshatga solgan fillarni daf Qilish borasida bosh Qotiradi. Zudlikda fillarga ofat keltiruvchi o`tkir tig`li uchburchak shakldagi sanchiQ-mo`ndulardan minglab yasaladi va fillar kelishi kutilayotgan yerlarga joylashtiriladi. Ikkala Qo`shin jang xarakatlarini boshlagach, Temurbek o`z askariy Qismlarini chekinishga buyuradi. Temuriy jangchilarning tisarilganini ko`rib, dushman Qochdi xayol Qilgan xindlar olg`a tashlanadi. Fillar, ularning ketidan otliQ va piyodalar junbushga keladi. Mo`ndu tikilgan yerga yetgan fillarning oyoQlariga o`tkir sanchiQlar tikon yanglig` Qadaladi. Og`riQ zo`rligidan Qutirgan fillar jon achchig`ida filbonlarni uloQtirib, orQaga tum-taraQay Qocha boshlaydi. Ular ortda kelayotgan xind suvoriy va piyodalarini poymol Qilib, yanchib o`tadi. SoxibQiron o`ta taxlikali onlarda xam sarosimaga tushmas, xissiyotga berilmas, metinday mustaxkam irodasi ikkilanishga, Qat`iyatsizlik ko`rsatishga aslo yo`l Qo`ymas edi. Biror marta xam mag`lubiyat («loy jangi» bundan istisno) alamini tortib ko`rmagan muzaffar Qo`shin oliy bosh Qo`mondonning xar Qanday og`ir va chigal vaziyatdan xam tadbirkorlik bilan chiQib ketishiga butun vujudi bilan ishonar. Shuning uchun g`anim bilan faQat g`alabani ko`zlagan xolda jon-jaxdi bilan jang Qilar edi. SoxibQiron jang maydonini tanlashda bevosita ishtirok etgan. Janggoxning tekis, keng va Qo`shin Qismlarini joylashtirishga Qulay bo`lishi talab Qilingan. AyniQsa, ma`rakagoxning ichimlik suv manba`iga yaQin bo`lishi xamda razm vaQtida Quyosh nurining jangchilar ko`ziga tushmasligi maQsadga muvofiQ xisoblangan. Yirik muxorabalar paytida dastasi uchiga maxcha-yarim oy shakli Qadalgan jangovar bayroQ va tug`lar bilan bezatilgan oliy bosh Qo`mondonning borgoxi balandlikka tikilgan. U yerdan Qism va bo`linmalarning maydondagi xarakati, jangning borishi Temurbek tomonidan kuzatib turilgan. Odatga ko`ra borgox oldida xarbiy orkestr askarlarni mardlikka rag`batlantiruvchi, ularning jangovar ruxini ko`taruvchi kuylarni tinimsiz chalib turgan. Temurbek Qo`shini zabt etilgan Qal`a, shaxar va viloyatlarni o`zboshimchalik bilan g`orat Qilish xuQuQidan butunlay maxrum edi. FaQat ommaviy talo-tarojga ruxsat berilganidan so`nggina yurishda ishtirok etayotgan xar bir kishi, xox u nomdor lashkarboshi bo`lsin, xox oddiy askar bo`lsin, bundan Qat`iy nazar teng g`animat olish xuQuQiga ega bo`lar, kimki biror o`ljani birinchi bo`lib Qo`lga kiritsa, o`shanga ega bo`lar edi. Ko`p xollarda SoxibQiron obod va ko`rkam, madaniyati gurkirab yashnagan, ma`mur shaxar va kentlarni, viloyatlarni g`orat Qilishdan o`zini tiyar, u yerlardagi muborak Qabristonlar, mashoyix va akobirlarni ziyorat Qilar edi. SoxibQiron janglarda mardlik va Qaxramonlik namunalari ko`rsatgan xar Qanday raQibini xurmat Qilar, jangchilarini undan o`rnak olishga undar edi. Bunga tarix shoxid. SoxibQiron biror xisor, shaxar yoki viloyatni Qancha vaQt ichida zabt etish mumkinligini oldindan yaxshilab xisoblab chiQar va sarkardalardan belgilangan muddatda xarbiy xarakatlarni nixoyasiga yetkazishni Qat`iy talab Qilar edi. Nizomuddin Shomiyning «Zafarnoma», /iyosuddin Alining Temurbekning Xindistonga yurishiga bag`ishlangan tarixiy asarida bitilishicha, 1395 yili To`xtamishxonni mag`lub etgan Temurbek SamarQandga Qaytadi va Qish faslini Oxangaronda o`tkazadi. Shaxzoda Pir Muxammadni Mo`g`ulistonga xokim etib tayinlab, chegaraoldi xududlarni mustaxkamlashni, Xitoy va Xo`tanga Qilinajak yurish uchun oziQ-ovQat va yemQxashak jamg`arishni buyuradi. Shu orada unga Xindistonda islomning mavjudligi, biroQ u yerdagi axolining asosiy Qismini majusiylar tashkil Qilishi, musulmon xokimlar budparast ommadan faQat o`lpon yig`ish bilan kifolanayotgani xaQida birin-ketin xabarlar kela boshlaydi. Majusiy QaroQchilarning yovuz niyatlariga chek Qo`yish, mo`minlarni ular o`tkazayotgan zulmdan ozod Qilish, savdogar va sayyoxlarning xavf-xatarsiz kelib-ketishini ta`minlash kabi maQsadlarda Temurbek Xitoy va Xo`tanga Qilinishi lozim bo`lgan yurish o`rniga Xindiston tomon Qo`shin tortadi. Bu urushni u Muxammad payg`ambar e`tiQodini yoyish, payg`ambar nomini ko`klarga ko`tarish, butparast va kofirlarni Qirib, Xindistonda avj olib ketgan feodal tarQoQlik va o`zaro urushlarga barxam berish bayrog`i ostida olib borgan. SoxibQironning o`zi bu xaQda «Tuzuklar»da shunday yozgan edi: «Qur`oni masjiddan fol ochsam, ushbu ulug` oyat chiQdi: «Ey payg`ambar, kofirlarga va munofiQlarga Qarshi jaxd Qilgil»... So`ngra...iQbolimiz xonasi Xindistonga Qarata Qo`l ko`tarib, zafaru fatx fotixasini o`Qidim». Temur qashQadaryo voxasidan chiQib Termiz orQali yurib avgustda qobulni egalladi. U yerdan Xindiston chegaralari tomon kirib borib tulumbi, Multon, Dipalpur, Sarasti, Fatxobod, Somona va boshQa shaxar va Qal`alarni birin-ketin egallab dekabr oyida Xind daryosidan o`tib Dexliga yetib bordi. Boy va badavlat Dexli shaxrini xam mag`lubiyatga uchratdi. SoxibQiron SamarQandga Qaytib kelgandan so`ng /arbga tomon bo`ladigan yurishlarga tayyorgarlik ko`ra boshladi. Bu urush asosan Turk sultoni Boyazid Yildirimga Qarshi Qaratilgan edi. Ikki buyuk turk xokimi o`rtasidagi ziddiyatlar borgan sayin kuchayib bordi. Bu urushga soxibQiron shoshilmadi. Urushni oldini olishga va tinch xal Qilishga xarakat Qildi, chunki islom ximoyachisi bo`lgan sOxibQiron Boyazidning xristanlar bilan jang Qilganini bilar edi. Lekin bunga Boyazid nazar-pisand Qilmadi, Temurni kamsitdi, xaQoratladi va o`rtada boshlangan urushga xamirturush bo`ldi. qora Quyunli turkman Qabilasining xokimi qora Yusuf 1388-1399 yillarda bir necha marta Temur lashkarlariga Qarshi janglar olib borgan. Unga Axmad Jaloyir ittifoQdosh bo`lgan. qora Yusuf va Jaloyirni Boyazid o`z ximoyasiga oladi va boshpana beradi. Amir Temur Boyazidga o`z elchisi orQali xat yozib, qora Yusufni unga topshirishni talab Qiladi. Boyazid nomani olgach, jaxl bilan SoxibQironni xaQoratlab, xatini so`nggida Quyidagilarni yozgan edi: «...Men bilamanki, bu so`zlar seni xech to`xtatmasdan bizning mamlakatimizga tomon otlantiradi. Agar sen kelmasang, sening xotinlaring uch taloQ bo`lsin. Agar sen mening yurtimga kelsangu men urush Qilmay Qochsam, mening xotinlarim uzil-kesil uch taloQ bo`lsin». Bu xaQorat va yuQoridagi ayollar xaQidagi so`zlarga Temur juda g`azab bilan Qaraydi, chunki u ayollarni xurmat Qilar va xatto ularni ismlarini atab chaQirmas xam edi. Amir Temurning /arbga yurishi 1399 yilda boshlanib 1404 yilgacha davom etgan. Bu tarixga «yetti yillik urush» nomi bilan kirgan. 1400 yilda turk sultoni o`ziniki xisoblagan Kichik Osiyoning xosildor yerlarida joylashgan ikkita muxim Qal`a Sivoz va Milatiyani bosib oldi. Temur Msir sultonini tor-mor keltirib, uni Qochishga majbur Qildi va DamashQni egallab oldi, so`ng Musulga o`tdi. 1401 yilda u Bag`dod ko`rg`onlarini yakson Qildi. 1402 yilda u yerdan o`tib Gurjilarning isyonini yana bir marta bostirdi. SoxibQironning bu xarakatlari sulton Boyazidning asablarini batamom ishdan chiQardi. Amir Temur 1402 yil aprel oyida Kuriya daryosini kechib o`tib birin-ketin Tartum, Kemox va qaysariya Qal`a shaxarlarini egallab, Turkiya bilan Suriya va Bag`dod aloQa yo`lini kesib Qo`yadi. Amir Temur bilan Sulton Boyazid o`rtasidatarixda nom Qoldirgan «AnQara jangi» 1402 yil 28 iyunda boshlandi. Bu jangda Temurning buyuk sarkardalik maxorati, ayniQsa yaQQol ko`rindi. 200 ming kishilik Temur Qo`shinining o`ng Qanotiga o`g`li Mironshox, chap Qanotiga nabiralari Sulton Xusayn va Xalil Sultonlar, kenja o`g`li Shoxrux Qo`mondonlik Qildi. qo`shin markazini Temurning sevimli nabirasi va valiaxdi Muxammad Sulton boshQardi, yana nabiralari Pirmuxammad va Iskandarlar xam bu jangga tayyor turdilar va jang Temurning erkin g`alabasi bilan yakunlandi. Amir Temur 1404 yil kuzida nabirasi Ulug`bekning to`yini o`tkazish baxonasida o`z davlati Qo`l ostidagi oQillar, viloyat xukmdorlarini, Qo`shin boshliQlarini va boshQa amaldorlarni SamarQandga taklif Qildi va Qurultoy chaQirdi. Unda Xitoyga bo`ladigan yurish muxokama Qilindi. Temur ulug` tug`ni ko`tarib 1405 yil 8 yanvarda 200 ming lashkar bilan Xitoy sari yuzlandi. qish o`sha yili juda QattiQ kelgandi. qishning sovuQligi shu darajada kuchli bo`lgan ekanki, Ali Yazdiyning yozishicha daryo ustidagi muzning Qalinligi 2-3 tirsakka teng bo`lgan. SovuQ zarbidan juda ko`p askarlarning yuz, burunlarini sovuQ urib ketgan, ba`zilari esa xalok bo`lishgan. Ammo soxibQiron to`xtamay yo`lni davom ettirar edi. 1405 yil 14 yanvarda Temur O`tror shaxriga yetib keldi. U shu yerda shamollab kasalga chalindi va uzoQ muddat yotib Qoldi. Uni O`tror xokimi Berdibekning saroyiga yotQizadilar. Kuni yaQinlashganini tushida ko`rgan soxibQiron xamsafar avlod-ajdodlarini, Quroldosh amiru-akrabo va o`z o`rniga Qoldirayotgan voris Pirmuxammad Jaxongirga itoat etishga da`vat etadi va vasiyat Qiladi. Saroyda xozir bo`lganlar nomidan amir Shoxmalik va Shayx Nuriddin ulug` Amirni oxirat yo`liga jo`natish oldidan uning vasiyatlarini bajarish va unga amal Qilishga va`da berganlar. 1405 yil 18 fevral kechQurun buyuk saltanat soxibi Amir Temurning xayotiga yakun yasaldi. Uning jasadini SamarQandga olib kelib, o`z vasiyatnomasiga ko`ra piru ustozi Shayx Said Baraka xokining oyoQ tomoniga dafn etdilar. Shunday Qilib, 1370-1407 yillar mobaynida, ya`ni 35 yil SamarQand taxtini boshQargan SoxibQiron Amir Temur Ko`ragoniy buyuk saltanatga asos soldi. U umri davomida 30 martadan ortiQ xarbiy yurishlar uyushtirdi va biror marta bo`lsada yengilmadi, dunyodagi 27 mamlakatni egalladi. Amir Temur tuzgan salatanat sarxadlari janubda Arabiston yarim orollari va Xindiston yerlaridan shimolga to Maskov knyazligiga Qadar, sharQda Xitoy xududlaridan g`arbga tomon O`rta Yer dengizi va Misr davlatlari yerlarini xam o`z ichiga olgan xududlarga Qadar cho`zilib ketgan. Amir Temur Kichik Osiyoda bo`lgan vaQtda /arbiy Yevropaning ancha olis davlatlari: Valua sulolasidan bo`lgan fransuz Qiroli Karl VI (1380-1422) va Angliya Qiroli Genrix IV Lankasterskiy (1399-1413) bilan diplomatik yozishmalar olib bordi. Temur bilan Karl VI o`rtasida saQlanib Qolgan yozishmalar xarakteriga ko`ra, Karl VI ning takliflari rad etilmagan va fransuz Qirolini Temur jiddiy Qo`llab-Quvvatlagan, de bayta olamiz. Parij milliy kutubxonasida saQlanayotgan ular o`rtasidagi yozishmalar esa AnQara jangidan keyingi davrga taalluQlidir. Amir Temur nomidan Karl VI ga yozilgan ikki maktub va Qirolning Amir Temurga yo`llagan javob maktubi bizgacha yetib kelgan. Ikki o`rtada xatlarni Arxiyepiskop Ioann yetkazishda muxim rol yo`nagan. Temurning Karl VI ga yozgan ikki xati 1402 yil 1 avgustda yozilgan, Karl VI ning javobi esa 1403 yil 15 iyunda yozilgan. Karl VI o`z maktubida AnQara yonida turk Qo`shinlarini yengganligi uchun Temurga minnatdorchilik bildiradi. Amir Temur davlati va Usmoniylar o`rtasidagi nizo Angliyani xam befarQ Qoldirmagan edi. qirol Genrix IV Lankasterning Temur nomiga yo`llagan maktubi saQlanib Qolgan. Bu maktub xozirda Britaniya muzeyida saQlanadi. Ushbu nomaning asosiy mavzusi savdo aloQalari va anQara jangi mavzusi tashkil etadi. Maktub mazmunidan bilsa bo`ladiki, ilgari xam Amir Temur va Genrix IV o`rtasida diplomatik munosabatlar bo`lgan. Bu munosabatlarda diplomatik missiyani Franchesko Satru ado etgan. Maktublarda Temur va Genrix fuQarolari o`rtasida erkin savdo munosabatlarini davom ettirish istagi borligi Qayd Qilib o`tiladi. Bundan tashQarii Genrix IV Temurga umumiy dushman-Boyazid ustidan Qozonilgan g`alaba uchun minnatdorchilik bildiradi. Temurning Misr sultoni va AnQara g`alabalaridan so`ng Yevropada shuxrati yanada ortdi. Kastiliya Qiroli Genrix III xam Amir Temur davlati bilan diplomatik munosabatlar o`rnatib, u bilan yaQinlashish ishtiyoQida bo`ladi. U 1402 yil anQara jangidan so`ng Temurga birinchi elchilarini yubordi. Bu elchilar Kichik Osiyoda Qabul Qilinadi. Tarkibi Payo de Stomayor va Ernan Sanches Palasuelas ismli elchilardan iborat bu gurux Temurni g`alaba bilan tabriklaydi. Temur xam ispan elchilarini vataniga Qaytara turib, o`zining Muxammad al-Keshiy ismli elchisini ularga Qo`shib jo`natadi. Muxammad al-Keshiy Qirolga Amir Temur maktubini topshiradi. Ushbu elchilikka javoban Kastiliya Qiroli Genrix III Alfone Santa Mariya Rus Gonzales de Klavixo va Qirolning soQchisi Gomes de Salazar xam bor edi. Klavixo elchilarga boshchilik Qiladi. Genrix III elchilar jo`natar ekan doimiy maQsadini unutmadi: elchilar xamma yerni kuzatib yurishlari va borgan xamma joylaridagi xalQlar to`g`risida ma`lumotlarni to`plashlari, Qaytib kelganlaridan so`ng bularning xammasini Qirolga xisobot berishlari kerak edi. Klavixo diQQatga sazovor barcha narsalarni yozib bordi. SoxibQiron markazlashgan davlat tuzib mo`g`ullarni Movarounnaxrdan xaydab chiQargach, Xorazmni xam o`z saltanati tarkibiga kiritishni rejalashtiradi. Bu paytda Qo`ng`irot urug`iga mansub so`filar sulolasi vakili Xusayn So`fi janubiy Xorazm, Kat va Xiva shaxarlarini bosib oladi. Sharofuddin Ali Yazdiyning yozishicha, Temur 1372 yil Xorazmga elchi yuborib bosib olingan yerlarni Qaytarilishini so`ragan. Natija bo`lmagach, temur xarbiy xarakatlar boshlagan. Xorazmda so`nggi yurish 1388 yil bo`lgan. Bu safargi urushning sababchisi Oltin O`rda xoni To`xtamishxonning ig`vosiga uchib Temurga Qarshi isyon ko`targan Xorazm xukmdori Sulaymon So`fi bo`ladi. To`xtamishxon asli kim? U Manng`ishloQ xokimi To`yxo`ja o`g`lonning o`g`li, asli Jo`chi naslidan. To`xtamishxon O`rusxon (Oltin O`rda bilan OQ O`rdani birlashtirishni taklif Qilgan xon) ta`Qibidan Qochib, Temur xuzuriga panox izlab keladi. Temur To`xtamishxonga otasi xunini olish uchun va OQ O`rda taxti uchun kurashda Qurol va Qo`shin bilan yordam beradi. Maxkam Abduraimovni yozishicha, Temur: «…To`xtamishga to`rtinchi marta xam Qo`shin berib, tajribali Qo`mondonlaridan birini unga bosh etib tayinlaydi». Ammo tajribasiz To`xtamish xar safar mag`lubiyatga uchrab Qaytaveradi. Download 109.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling