Amir temur davrida harbiy va diniy unvonlar


Download 97.34 Kb.
bet12/14
Sana23.03.2023
Hajmi97.34 Kb.
#1288502
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
AMIR TEMUR DAVRIDA HARBIY VA DINIY UNVONLAR

-Aminlar65- tushgan ma’lumotlarni joylarga topshirib, adolatsizlik, tartibsizlik, davlat va jamiyat manfaatlariga zid ishlar haqida yozma ma’lumot berib turadigan maxsus ishonchli vakillar;
-Dasturi azam66- biror kishiga zulm yetkazib undan ortiqcha mablag’ olishga yo’ qo’ymaslik uchun mas’ul shaxs;
Devonda 10ta vazirlik mavjud bolib, ularning 7-si Adliyavazirligi edi.
Bu vazirlik to’g’ridan-to’g’rifuqarolar va dunyoviy ishlar bilan shug’ullangan. Hukm shariat hukmi asosida olib borilgan.
-Mutavalliy67- vaqf mulklarini boshqartgan va nazoratni amalga oshirgan;
-Qozi68- har bir shahar va viloyatda, devonning turli jabhalarida qonunni nazorat qilgan. Qozilar darajasi va martabasiga ko’ra, bir-birlaridan farq qilgan. Qozi-ul quzzot, qozilar va hokazo;
-Lashkar qozisi69- harbiy qozi ‘’qozi-i harb’’ deyilgan;
-Muhtasib70- bozorlarda tarozi, narx-navoni nazorat qiluvchi shaxs;
-Ixtisob71- muhtasiblarning boshlig’i shunday atalgan;
-Yasoqiylar72- yosoni amalga oshiruvchi, hukmni ijro etuvchi shaxs;
-Qozibacha73- qozining o’g’li;
-Qozizoda74- qozidan tarqalgan avlod ijtimoiy guruh;
- Islom ulamolari75- (arab. — olim soʻzining koʻpligi — bilimdon) —manbalarda bu titul ham tilga olingan bo’lib, islom ilohiyotchilari va huquqshunos (faqih)lari, shuningdek, diniy muassasalarga, qozilik mahkamalariga, oʻquv yurtlariga mutasaddi boʻlgan barcha islom dini olimlari;
Davlat qurilishi va boshqaruv sohasidagi eng muhim vazifa o’sha paytda qonunchilik hokimiyati institutlarining roli va ta’sirini kuchaytirish bilan bog’liq edi. Bu borada Sohibqironning qozilarni tayinlash va ularnin faoliyatiga oid qarashlari diqqatga sazvovor; ‘’Lashkar uchun maxsus qozi va hay’at uchun alohida qozi tanladim; har mamlakatga yubordimki, toki musulmonlar gunoh ishlardan qaytib, yaxshi va savob ishlari ko’paysin’ Bundan ko’rinadiki, Amir Temur o’z saltanatida sudlarning harbiy va fuqarolik ishlari bo’yicha ixtisoslashuviga katt ahamiyat bergan.


Download 97.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling