Amir temur davrida harbiy va diniy unvonlar


Download 97.34 Kb.
bet1/14
Sana23.03.2023
Hajmi97.34 Kb.
#1288502
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
AMIR TEMUR DAVRIDA HARBIY VA DINIY UNVONLAR


AMIR TEMUR DAVRIDA HARBIY VA DINIY UNVONLAR




Mundarija


Kirish. 3
I BOB. Temuriylar davlatidagi diniy unvonlar 9
1.1 Temuriylar davlati siyosiy tarixi va mamlakatda sayyidlar, shayxlar, ulamolar va fozil kishilarning mavqeyi. 9
1.2. Temuriylar jamiyatida diniy amal, mansab, kasb va vazifalar 22
1.3 Temuriylar jamiyatidagi diniy maqom, epitafiya, martaba, rutba kunya va faxriy laqablar. 24
II BOB. . Temuriylar davridagi huquq sohasiga oid unvonlar 35
2.1 Temur tuzuklarida ijtimoiy adolat va jazo siyosati masalalari. 35
2.2 Temuriylar davlatida huquqiy lavozim, kasb va vazifalar 45
Xulosa 48
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 51



Kirish.


Amir Temur shaxsini idrok etish–tarixni idrok etish demakdir. Amir Temurni anglash–o‘zligimizni anglash demakdir. Amir Temurni ulug‘lash–tarix qa’riga chuqur ildiz otgan tomirlarimizga, madaniyatimizga, qudratimizga asoslanib, buyuk kelajagimizni, ishonchimizni mustahkamlash demakdir. Bu haqda gapirganda, Amir Temurning davlatchilik va diplomatiya, harbiy mahorat, bunyodkorlik salohiyati, ilmu fan, san’at va me’morchilikka oid qarashlari, hayotning ma’no-mazmuni, insonni ulug‘laydigan ezgu ishlar haqida bildirgan fikrlari, dinu diyonat va adolatni joyiga qo‘yish, saltanat ishlarini kengash va tadbir asosida amalga oshirish, har bir masalada uzoqni ko‘zlab, el manfaatini o‘ylab ish tutish bilan bog‘liq ibratli fazilatlarini alohida ta’kidlash o‘rinlidir. Aynan mana shunday masalalar Sohibqiron tafakkurining mahsuli bo‘lgan "Temur tuzuklari" asarida har tomonlama aniq, ishonarli va ta’sirchan tarzda yoritilgan.
Sohibqironning "Tuzuklar"i o‘qilganda, inson xuddiki o‘zi uchun qandaydir katta ruhiy kuch-quvvat topgandek bo‘ladi. Har bir satri bir umr el-yurt, saltanat tashvishi bilan yashagan fidoyi inson, ulkan davlat arbobining keng miqyosdagi o‘y-fikrlari, hayot va kurash tajribasi, mushohadasi, ba’zan esa dardli va iztirobli kechinmalari bilan sug‘orilgan bu asarda qanday teran ma’no mujassam ekanini ma’rifatli, zukko kitobxon yaxshi anglaydi, albatta. Men o‘z ish faoliyatimda bu kitobga takror-takror murojaat qilib, undagi hech qachon eskirmaydigan hayot hikmatlarining qanchalik to‘g‘ri ekaniga ko‘p bor ishonch hosil qilganman. Masalan, "Tajribamda ko‘rilgankim, azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshirokdir", degan fikrlar bugungi kunda ham naqadar dolzarb ekani barchamizga ayon. Yoki u zotning: "Saltanat ishlarining to‘qqiz ulushini mashvarat, tadbir va kengash, qolgan bir ulushini esa qilich bilan bajo keltirish zarur", degan ko‘rsatmalarida hozirgi notinch zamon uchunXXI asr siyosatdonlari uchun ham har jihatdan ibratli fikrlar borligini ta’kidlash,joiz.
Bugungi murakkab va taxlikali davrda bu kitobni qayta-qayta mutolaa qilish, uning mag‘zini chaqish birinchi galda rahbar, yetakchi bo‘lishdek mas’uliyatli vazifani o‘z zimmasiga olgan odamlar uchun, qolaversa, har qaysi ziyoli inson uchun bag‘oyat foydali ekani haqida ortiqcha gapirib o‘tirishga hojat yo‘q.
Asosiy maqsadga o’tishdan avval qisqacha bo’lsa-da turli salbiy sifatlari bilan sifatlanishiga sabab bo’lan ba’zi omillar haqida fikr bildiraylik . Avvalo ‘ shuni aytish kerakki Amir Temur o’z zamonasining odami bo’lgan, o’sha vaqtdagi hukm uchun kurashganlar o’ylaganlarini o’ylagan ‘ aytgan gaplarini aytgan ‘ qilgan ishlarini qilgan.
Qisqa qilib aytganda o’zi yashagan zamon taomiliga ko’ra ish ko’rgan. Ehtimol, ushbu taomilda boshqalardan ustun bo’lga uchun ko’pchilik zamondosh podshohlar ustidan g’olib kelgandir. Hamma uriush qilganidek, Amir Temur ham jang qilgan, llekin urush haqida boshqalardan yaxshiroq bilgani uchun ko’proq g’alaba qozongan. Amir Temur ham boshqa hukmdorlar singari o’ziga qarshi ko’tarilgan isyonlarni shavqatsiz ravishda bostirgan, bu ishda boshqalardan ko’ra qattiqqo’lroq bo’lgan holos. Amir Temurning boshqa tasarrufotlarini ham shunga taqqoslash mumkin. Lekin ,nima uchun boshqalardan ko’ra Amir Temur ko’proq tanqid qilingan? Nima uchun uni dunyodagi eng vahshiy , eng qonxo’r, eng zolim hukmdorlardan biri sifatida ta’rif qilib kelinadi? Ehtimol tarixchilarimiz bu savollarga atroflicha javob berarlar. Bizningcha , bunday bo’lishining sablaridan biri- Amir Temurning arab va ajam yerlarida qilgan yurishlari hamda Usmonli turklar sultoni Boyazid Yildirimni yengib , asir olishidir. O’sha davrda bu ikki taraf o’ziga hos tashviqot markazilari bo’lib’ dunyoga xohlagan fikrlarini
yoyish, targ’ibot qilish imkoniyatiga ega bo’lganlar. Amir Temurdan zarba yegan bu ikki taraf uni madh eta olmasligi tabiiy edi. Shuning uchun ham arab va usmonli turk tarixchilari o’sha qadim zamonlardan tortib hozirgacha Amir Temir sha’niga nomaqul gaplar aytib, tanqid qilib turli salbiy sifatlar bilan sifatlab kelmoqdalar. Ushbu ikki tomonning o’sha vaqtdagi fikriy dunyoda tutgan o’rni va roli juda ham katta edi. Aynan shu omil dunyoda Temur haqida salbiy fikrlarning tarqalishiga sabab bo’lgan omillardan biridir. Adolat yuzasidan aytish lozimki, turk tarixchilari oxirgi paytlarda bu ishga ancha chek qo’ydilar . Yevropadagi uyg’onishdan keyin sharq har narsada g’arbga qaram bo’la boshladi. Harbiy, siyosiy ustunlik samarasi o’laroq madaniy va ilmiy sohada ham Yevropa ustunligi boshlandi. Jahongir Amir Temur yurti Movarounnahr Rus istilosi ostida qoldi. Rus istilochilari o’z qo’l ostidagi yurtlarni past, xalqlarni qoloq hisoblash asosida ish olib bordi. Ruslar hech qachon, biz kechagina hech gap emas edik deya olmas edi. Balki o’z mustamlakasi bo’lganlarga , siz hech kim emassiz, biz sizlarga ilm-ma’rifat, fan-madaniyat o’rgatgani keldik , deyishardi. Ular bu da’volarining puch ekanligini yashirish maqsadida tarixni buzib ko’rsatishga zo’r berar edilar. O’z navbatida bu ish, Movarounnahrning islomiy tarixini buzishga , sohtalashtirib, qoloq qilib ko’rsatishga harakat qilishardi. Movarounnahr tuprog’idan chiqqan buyuk davlat arbobi , muhtasham saltanat asoschisi sifatida Amir Temurning shuhrati mustamlakachilarga tinchlik bermasligi turgan gap edi. Shuninh uchun ham , ular Amir Temurni qoralashda , yovuz , madaniyatsiz , yirtqich, odam o’ldirishdan boshqa narsani bilmaydigan shaxs sifatida ko’rsatishda hech narsadan qaytmadilar. Chor Rossiyasi o’rnidagi Bolshovoy mustamlakachilar esa dinni xalqlar afyuni deb e’lon qildi. Dinga bog’liq har narsani zararli, dedilar. Dindorlarni esi pastga chiqarishdilar. Shu asnoda , Islom dini asosida dunyoga dong taratgan Movarounnahr madaniyati davlatchiligi, buyuk shaxslari, jumladan Amir Temur va uning ishlari ham afyun , qoloqlik, daxshat deb vasf etila boshlandi. Bora-bora yurtimizga tegishli har bir narsa eskilik sarqiti, madaniyatsizlik deb e’lon qilindi. O’zimizning kommunistlar tashabbusi bilan madaniyatimiz asoslaridan bi – harflarimiz ham qoloqliok sababchisi sifatida qaralib avval lotin keyinroq rus harflariga almashtirildi. Qarabsizki, bir kunda asrlar davomida dunyo madaniyatida peshqadam bo’lgan butun boshli bir xalq savodsiz, deb e’lon qilindi. Endi bu sho’rlik ,,savodsiz” xalq, o’zining ,,ilmli” og’asidan ilm o’rgana boshladi. Mustaqillik in’om etgan eng ulug‘ ne’matlardan biri — bu, xalqimizning o‘zligini bilish, o‘z tarixini emin-erkin o‘rganish huquqi bo‘ldi. Qadriyatlarimizni tiklash, merosimizga xolis munosabatni qaror toptirish, aziz allomalar nomini sharaflash, ularga bugungi avlodning yuksak hurmat-e’tiborini bajo keltirish istiqlol yillarida amalga oshirilgan behad ulkan savobli ishlar sirasidandir. O‘tgan qisqa davr mobaynida bobokalonimiz buyuk Sohibqiron Amir Temur hazratlarining tabarruk nomi, hayoti va mislsiz jasoratlarga to‘la faoliyati xalqimiz ma’naviy dunyosining ajralmas qismiga aylanib ulgurgani shundan bir dalolat gav. Amir Temur bugungi davrda nafaqat tariximizni gavdalantiradi, balki jamiyat boshqaruvida, uni shakllantirishda tajriba sifatida asqotadi. Bobokalonimiz Sohibqiron Amir Temurning suvrati va siyrati haqida ko‘plab tarixiy asarlarda ma’lumotlar uchraydi. Buyuk o‘tmishimizga daxldor bunday ma’lumotlarda Amir Temur siymosining nafaqat jahongir, qudratli davlat asoschisi, balki barkamol shaxs sifatidagi ulug‘vor ishlari ham gavddalanadi. Amir Temur shaxsi yosh avlodni Vatanga muhabbat va yurtparvarlik ruhida tarbiyalash uchun ham buyuk ibrat namunasi bo'lib xizmat qilayapti.

Download 97.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling