Amir temur davrida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayot


Download 24.11 Kb.
Sana23.09.2023
Hajmi24.11 Kb.
#1686418
Bog'liq
Amir Temur 2


AMIR TEMUR DAVRIDA IJTIMOIY-IQTISODIY VA SIYOSIY HAYOT.
Yo‘ldashev Safoxon A’loxon o‘g‘li
Namangan davlat universiteti
Tarix yo‘nalishi 2-bosqich talabasi


Аnnotatsiya: Mazkur maqolaning asosiy maqsadi Amir Temur davridagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotni misollar bilan ochib bersihdan iborat. Maqolada Temurning obodonlashtirish, qishloq xo‘jaligi va sug‘orish tarmoqlarini ta’mirlash ishlariga e’tibor qaratildi .
Kalit so‘zlar: Temur, lashkar, ziroatchilik, ijtimoiy-iqtisodiy, ilm-fan, adabiyot, falsafa, din, darra, soliqlar.
Amir Temur hiokimyat tepasiga kelgach, barcha sohada mo‘g‘ullardan qolgan vayronagarchilikni tugatish va obodonlashtirishi, qishloq xo‘jaligi va sug‘orish tarmoqlarini ta’mirlash ishlariga asosiy e’tibor qaratdi. Qattiq intizom o‘rganildi. Mamlakatda axvol yaxshilanib, xunarmand axolining turmush darajasi yaxshilandi. Temur davlatidagi ijtimoiy tuzum davlat tarkibiga kirgan xalqlarning turli tumanligi, ularning bir- biri bilan aloqadorligi inobati bilan bog‘liq edi. Amir Temur mamlakatni boshqarishda aholining o‘n ikkita ijtimoiy guruhga bo‘lganligi manbalarida qayd etilgan. Ular quydagi ijtimoiy toifalardir:-sayyidlar, olimlar va shayxlar.
— katta tajribaga ega ilmli kishilar.
— Duo qiluvchi taqvodorlar.
— Lashkarning sipoxlari, sarxang va amirlar.
— Askarlar va xalq ommasi.
— Davlat boshqaruv ishlarini a’lo darajada biladigan maslahatgo‘y dono va aqlli kishilar.
— Vazirlar, kotiblar, devon boshlig‘i.
— Tibbiyot ahli, munajjim va muxandislar.
— Muxaddislar va muarrixlar.
— Tasavvuf vakillari va oriflar.
— Xunarmandlar va san’atkorlar.
— Ajnabiy sayyoxlar va savdogarlar.
Bu ijtimoiy toifalar yoki qatlamlar Amir Temur davlatining ma’muriy- boshqaruv tizimidagi tartiblar bilan aloqador xolda uning harbiy siyosiy xarakterda bo‘lganligini ham ko‘rsatib turibdi.
XV asrda ziroatchilik bilan shug‘ullanuvchi qishloq axli orasida bir qismi imtiyozlariga ega bo‘lgan va ular soliqlarning oz miqdorini to‘lashgan. Axolining juda katta qismini ijarachi-chorikorlar va jamoa dexqonlari tashkil etgan. Qishloqlar jamoa yoki qariya deb yuritilgan. Uning mulki butun jamoa axliga qarashli bo‘lgan.
Xunarmandchilik soxasida asosiy ishlab chiqaruvchi ijtimoiy toifa erkin xunarmandlar bo‘lgan. Ular shaxarda yashovchi savdogarlar bilan bir qatorda madaniy markazning o‘rta xol vakillari sanalganlar. Temuriylar davrida soliqning asosiy turi- xiroj bo‘lgan. Yer solig‘i xosilning uchdan bir qismigacha bo‘lgan. Bog‘lardan tanobona solig‘i olingan. Shuningdek, jon solig‘i, ulog‘, begar ham mavjud edi.
Yerga egalikning keng tarqalgan turi xususiy yer egaligi bo‘lgan suyurg‘ol edi. XV asrda ziroatchilar qanday yer mulklarida yashab, ekin ekishlariga qarab xiroj to‘laganlar.
Ular asosan to‘rt turga
1. davlat yerlarida ishlovchi ziroatkorlar.
2. Xususiy mulk yerlarida ishlaydigan ziroatchilar.
3. O‘z yerida ishlovchi ziroatchilar.
4. Vaqf yerlarida ishlovchi ziroatchilarga bo‘lingan.
Xiroj asosan maxsulot yoki pul bilan olingan. Mag‘lub shahar aholisidan sari shumor (jizya) olingan. Mamlakat xavf ostida qolgan vaqtda favqulodda soliq — avorizot yig‘ib olingan. Do‘kondor hunarmandlardan tamg‘a solig‘i olingan. Xalq ko‘plab xashar ishlari (begar)ga jalb etib turilgan. Shuningdek mulkdorlar o‘z mulklarining qirqdan bir qismi miqdorida zakot to‘lab turganlar. Chegaradagi bojxonalarda chetdan kelgan savdogarlardan boj undirilgan, mahalliy savdogarlar esa tagjoy solig‘i, bog‘dorlar tanobona to‘laganlar.
Amir Temur davlatida huquqiy munosabatlar boshqa Sharq davlatlarida bo‘lgani kabi Qur’oni Karim, hadislarda bayon etilgan tartib — qoidalarga asoslangan edi.
Amir Temurning huquq va qonun unsurlari «Temur tuzuklari»da o‘z aksini topgan.
Bu asarda davlat yumushlari, harbiy soha, raiyat va ijtimoiy tuzumning barcha qatlamlari xaqida so‘z yuritiladi. Unda ta’kidlanishicha, dunyoviy jihatlarni xukmdorning o‘zi,ya’ni, Amir Temur nazorat qilgan va kerakli jazoni sham o‘zi bergan. Shariat ishlari bilan esa shariat qozisi shug‘ullangan. Shuningdek, davlat devonining turli bo‘g‘inlarida ham turlicha qozilar faoliyat yuritgan, masalan, lashkar uchun maxsus qozi, raiyat uchun aloxida qozi tayinlangan. Amir Temur davlatida huquq tizimi quydagicha bo‘lgan:
Shayxulislom-mamlakatda musulmonlarni nojo‘ya ishlardan saqlash va savob ishlarga undash bo‘yicha masxul shaxs. Sadrlar-axli islomga boshchilik qilgan. Asosiy vazifalari vaqflarni nazorat qilish bo‘lgan: shuningdek ular suyurg‘olni ham belgilab turganlar.
Mutavalliy-sadrlar tomonidan vaqflarni boshqarish va nazorat qilish bilan shug‘ullanuvchi shaxs.
Qozi-xar bir shahar va viloyatla, devonning turli bo‘g‘inlarida qonunni nazorat qilgan. Qozilar martabasi va darajasiga ko‘ra bir-birilan farq qilgan.
Mudarris-diniy masalalar, shariat, tafsir, xadis va fiqxdan dars beruvchi shaxs.
Muxtasib-bozorlarda tarozi, narx-navoni nazorat qiluvchi mas’ul.
Bular orasida qozi va sadrlar o‘z ishlar yuzasidan shaxsan Amir Temurning o‘ziga xisobot berib turganlar. Amir Temur qat’iy qonunlar va tartiblarni o‘z tuzuklarida yozib qoldirgan:-xazinabon moliya ishlariga xiyonat qilsa, o‘zlashtirib olgan mablag‘i maoshidan ikki barobar ortiq bo‘lsa, ortig‘i oladigan maoshi xisobidan ushlab qolingan:
— agarda sipoxiy biror-bir kimsaga zulm qilsa, uni o‘sha jabrlangan kishiga topshirganlar va jabrlanuvchi o‘zi xoxlagancha jazolagan:
— qishloq yoki shahar amaldorlari pastroq toifadagi kishilarga zulm yetkazsalar, katta miqdorda jarimaga xukm etilganlar:
— xalqqa jabr zulm qilgan kishi jarima bilan yoki darra bilan jazolangan:
— kimda-kim o‘g‘irlik qilsa, o‘g‘irlangan narsani qaytarishi shart bo‘lgan yoki qattiq jazolangan.
Kishilarga yetkazilgan xar qanday zarar uchun, jismoniy zarar uchun hamda sharob ichish, zino ishlar bilan mashg‘ul bo‘lishi kabi jinoyatlar shariat qozisi chiqargan xukmga binoan jazolangan.
Temur davrida el uluslar, garchi markaziy hukumatga itoat etsalar-da, ma’lum mustaqillikka ega edilar. Ulus hukmdorlarining davlat apparati, mustaqil qo‘shini bo‘lib, ularning markaziy hukumatga tobeligi xirojning (daromad solig‘i) bir qismini Samarqandga yuborib turishdan iborat edi. Viloyat va tumanlarda hokimiyat markaziy hukumat tarafidan tayinlangan dorug‘alar qo‘lida edi. Davlat ishlari asosan uch muassasa (devon) qo‘lida bo‘lgan: devoni oliy (markaziy ijroiya organi), devoni mol (moliya ishlari maxkamasi) va devoni tavochi (harbiy ishlar maxkamasi). Din, shariat bilan bog‘liq ishlar qozi va shayx-ul-islom qo‘lida edi. «Temur tuzuklari»da berilgan ma’lumotlarga ko‘ra davlatni yetti nafar vazir:
1) mamlakat va raiyat ishlari bo‘yicha vazir (bosh vazir);
2) vaziri sipox, ya’ni harbiy ishlar bo‘yicha vazir;
3) egasiz qolgan mol-mulklarni tasarruf etish ishlari vaziri;
4) saltanatning kirim chiqim ishlarini boshqaruvchi vazir,ya’ni moliya ishlari vaziri; 5,6,7) sarhad (chegara) viloyatlarining ishlarini nazorat etib turuvchi vazirlar boshqargan. Yetti vazirning barchasi devonbegiga buyso‘ngan. Markaziy hokimiyat organ idoralarida kabi, ulus hokimlari devonlarida kabi, vazirlardan boshqa turli tabaqadagi amaldorlar bo‘lgan. Temur vaqti- vaqti bilan so‘roqpurush, reviziya va tekshirish-taftish, tergov qilish-tahqiq o‘tkazib turgan. Uning saltanatida mansabini suiste’mol qilish, o‘g‘ri-talonchilik, rishvat (pora) xo‘rlik, ichkilik bozlik, maishiy buzuqlik og‘ir gunoh hisoblanib, bu ish bilan mashg‘ul bo‘lganlar qattiq jazolangan. Xususan Yazdiyning yozishicha, Temur hatto nojuya harakat qilgani uchun farzandi Mironshoh, hamda nevarasi Amirzoda Pirmuhammadlarni ham xalq oldida tegishli jazoga tortgan edi. Zamondosh tarixchilarni e’tirof etishicha, Temurning eng harakterli xususiyatlari-davlat, mamlakat, fuqaroning g‘amxo‘ri ekanligi davlat ishlarini og‘ishmay, qattiylik bilan boshqargan. Amir Temur islomni targ‘ib qilish, uning rolini siyosatining axloqiy-mafkuraviy omili sifatida kuchaytirishga alohida e’tibor berdi. Sohibqiron davrida islom dinining haqiqiy xomiysi ekanini amalda to‘liq namoyish etdi. Barcha ruhoniylar bu davrda daxlsiz hisoblangan. Temur vaqf ahkomini joriy etdi. Uning daromadlari hisobidan madrasa, masjid, xonaqohlarni mablag‘ bilan ta’min etdi. Diniy masalalar, xususan islomiy marosimlar, urf-odatlar va shariat qonunlarining bajarilishi ustidan mansablar joriy etdi. Ular mutavalliy, muftiy, qozikalon, muxtashiy nomlar bilan atalardi. Ma’lumki, Amir Temur hayotida uchta piri bo‘lgan. Ulardan Said Baraka, uning uchun alohida e’tiborga, xurmatga sazovor bo‘lgan pir hisoblangan. Said Baraka Temur qilich bilan nimaniki qo‘lga kiritgan bo‘lsa, shulardan toat-ibodat, hamda fatvolar berib duogo‘ylik bilan mustahkamlab berishga harakat qiladi. Shunday qilib, Amir Temur reja va maqsadlarini amalga oshirishda mulkdor zodagonlarga, harbiy kishilarga va xalqqa ta’sir eta olayotgan ruhoniylarga tayangan. Temur hukmronligi davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayotda sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi. Yangi sug‘orish kanallar qazilishi va ayrim eskilarining tiklanishi, ekin maydonlarining kengayishiga olib keldi. G‘alla, paxta va boshqa an’anaviy qishloq xo‘jalik ekinlari bilan bir qatorda yangi zig‘ir, poliz ekinlari (masalan, qovunning «Miri Temur» navi), xurmo ekila boshlagan. Temur farmoniga ko‘ra ekinzorlar yaqiniga o‘tov o‘rnatish ko‘shni rahbarlariga taqiqlangan. Uning farmoniga ko‘ra yangi Qishloqlar vujudga keldi, ayniqsa,, Samarqand atrofida, bu esa dehqon aholisining farovonlashuviga, eng muhimi-qishloq va shahar aholisining o‘zaro kengayishiga ,dehqonlarning mahsulotlari bilan shaharliklarning hunarmandchilik buyumlari ayir boshlashga yordam berdi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

  1. Temur va Ulug'bek davri tarixi. T. 1996 y.

  2. Amir Temur va temuriylar davrida madaniyat va san'at T. 1996 y.

  3. Abdurahmonov A. Ulug'bek va uning rasadxonasi. T 1996 y.

  4. Ahmedov B. Temur. T 1995 y.

  5. Ahmedov B. Ulug'bek. T. 1994 y.

  6. Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi. T. 1992 y.

Download 24.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling